×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AKTID inyeksiya uchun eritma 100mkg N1

Kategoriya:
- Gormonal vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Октреотид
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Samarth Life Sciences Pvt. Ltd
Vakil:
- Zandra-Tashkent MChJ
ATX kodi:
- H01CB02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

PREDNIZOLON eritma 1ml 30mg/ml N3 Agio Pharmaceutical Limited Hindiston
9 000 s`om dan
DEKSAMETAZON inyeksiya uchun eritma 1ml 0,4% N5 Uzgermed Pharm, СП, ООО O'zbekiston
5 000 s`om dan
MERKAZOLIL ZDOROVE tabletkalari 5mg N50 Здоровье,ФК, ООО Ukraina
YODOMARIN 200 tabletkalari 200mkg N100 Berlin Chemie AG (Menarini Group) Germaniya
52 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Eritmani har bir ml quyidagilarni saqlaydi: faol modda: oktreotidga ekvivalent 50 mkg va 100 mkg oktreotid atsetat.
Aktid (oktreotid atsetati) somatostatin tabiiy gormoniga o'xshash farmakologik ta'sir ko'rsatadi. U somatostatinga qaraganda o'sish gormoni glyukagon va insulinni yanada kuchli ingibitori hisoblanadi. Shuningdek u somatostatin kabi LG ni GnVG ga bo'lgan reaktsiyasini bostiradi, vistseral qon oqimini kamaytiradi, serotonin, gastrin, vazoaktiv intestinal peptid, sekretin, motilin va pankreatik polipeptidlarni ajralib chiqarilishini bostiradi.
Bunday farmakologik ta'siri tufayli, Aktid (oktreotid atsetati) kartsinoid o'smalarni metastazlari (isitma va diareya) va vazoaktiv intestinal peptidni (VIP) ishlab chiqaradigan adenoma (suyuq diareya) bilan bog'liq simptomlarni davolash uchun qo'llanilgan.
Aktid (oktreotid atsetati) akromegaliyali bemorlarda o'sish gormonini va/yoki IFR-1 (somatomedin S) darajasini sezilarli darajada kamaytiradi.
Aktidning (oktreotid atsetati) bir martalik dozalari sog'lom ko'ngillilarda o't pufagini qisqaruvchanligini bostirishini va safro ishlab chiqarishini kamaytirilishini ko'rsatgan.
1 ml eritma tiniq, rangsiz I sinfli, ko'k sindirish halqali shisha ampulada, PVX taglik o'ramlovchi ilova-varaka bilan karton qutida.
Teri ostiga in'ektsiyasidan keyin oktreotid in'ektsiya joyidan tez va to'liq so'riladi. Preparat qabul qilinganidan keyin 0,4 soat o'tgach cho'qqi kontsentratsiya – 5,2 ng/ml ga (100 mkg doza) erishilgan. Maxsus radio-immunologik, vena ichiga va teri ostiga yuboriladigan dozalar bioekvivalent deb tan olingan. Cho'qqi kontsentratsiyani va egri osti maydonini qiymatlari teri ostiga va vena ichiga 400 mg gacha bo'lgan bir martalik dozalarini va ko'p martalik 200 mkg dozani kuniga uch marta (sutkada 600 mkg) yuborilgandan keyin dozaga proportsional bo'lgan. Preparatning klirensi 66% ga pasaygan, preparatni sutkada 600 mkg gacha dozasini sutkada 150 mkg bo'lgan doza bilan solishtirilganda nochiziqli kinetikasi taxmin qilinadi. Kuniga 600 mkg dan yuqori bo'lgan dozada klirensni nisbiy kamayishi aniqlanmagan. Sog'lom ko'ngillilarda oktreotidni qon plazmasidan taqsimlanishi tez yuz bergan (t ½ =0,2 soat), taqsimlanish hajmi (V dss) 13,6 l ni, umumiy klirensi esa soatiga 10 l ni tashkil qilgan. Qonda, eritrotsitlarda taqsimlanishi ahamiyatsiz darajada bo'lgan va kontsentratsiyaga bog'liq bo'lmagan holda taxminan 65% plazmada oqsillari bilan, asosan lipoproteidlar bilan, kam darajada alьbuminlar bilan bog'langan.
Oktreotidni plazmadan chiqarilishida uning yarim chiqarilish davri 1-3 minutlik tabiiy gormon bilan solishtirilganda 1,7 soatni tashkil qiladi. Aktid (oktreotid atsetati) ning ta'sirini davomiyligi o'zgarmas bo'lib, u o'smani turiga qarab 12 soatgacha uzayishi mumkin. Dozaning taxminan 32% o'zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Keksa yoshdagi populyatsiyada preparatning yarim chiqarilish davrini ahamiyatli darajada oshishi (46%) va klirensini ahamiyatli darajada kamayishi (26%) tufayli dozaga tuzatish kiritilishiga zarurat bo'lishi mumkin. Akromegaliyali bemorlarda preparatni farmakokinetikasi sog'lom ko'ngillilardagidan biroz farqlanadi. Teri ostiga yuborilgandan keyin 0,7 soatdan so'ng o'rtacha cho'qqi kontsentratsiya – 2,8 ng/ml ga (100 mkg doza) erishilgan. Taqsimlanish hajmi 21,6±8,5 l ni tashkil qilgan, umumiy klirensi esa soatiga 18 l gacha uzaygan. Preparatni qon oqsillari bilan o'rtacha bog'lanishi 41,2% ni tashkil qilgan. Taqsimlanishi va yarim chiqarilish davri normal ko'rsatkichlar bilan o'xshash bo'lgan. Dializ talab qilinadigan og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda klirensi normal sub'ektlarda aniqlanadigan (taxminan soatiga 10 l dan 45 l gacha) klirensning yarmiga qadar kamaygan. Jigar kasalliklarini oktreotidni taqsimlanishiga ta'siri noma'lum.
O't pufagining anomaliyalari, ayniqsa toshlar va/yoki safro qumlari ko'pincha surunkali davolangan bemorlarda rivojlanadi. Akromegaliyada davolash vaqtida sinusli bradikardiya (minutiga<50 zarb) 25% da; o'tkazuvchanlikni buzilishi 10% da; aritmiya 9% da rivojlangan. 34-64% akromegaliyali bemorlarda diareya, suyuq axlat, ko'ngil aynishi va qorinda diskomfort aniqlangan. Faqat 2,6% bemorlar bu simptomlar tufayli davolashni to'xtatganlar. Bu simptomlar boshqa buzilishlari bo'lgan bemorlarni 5-10% da kuzatilgan. 10% dan kam bemorlarda qusish, meteorizm, anomal ich kelishi, qorinni dam bo'lishi va qabziyatlar bo'lgan. Gipoglikemiya va giperglikemiya 3% va 16% muvofiq akromegaliyali bemorlarda va faqat 1,5% boshqa kasalliklari bo'lgan bemorlarda kuzatilgan. Akromegaliyada davolanish vaqtida biokimyoviy gipotireoz 12%, bemorlarda endemik bo'qoq 6% bemorlarda uchragan. Akromegaliyasi bo'lmagan patsiyentlarda gipotireoz faqat bir nechta alohida bemorlarda qayd etilgan, endemik bo'qoq esa kuzatilmagan. In'ektsiya qilinganda og'riq 7,7%, bosh og'rig'i 6%, bosh aylanishi – 5% bemorlarda aniqlangan. Shuningdek pankreatit ham kuzatilgan.
Umumiy
Aktid (oktreotid atsetati) nazorat-boshqaruv gormonlari, insulin, glyukagon va o'sish gormoni o'rtasidagi muvozanatni buzadi, bu gipoglikemiyaga yoki giperglikemiyaga olib kelishi mumkin. Aktid (oktreotid atsetati) shuningdek tireotrop gormonining sekretsiyasini ham bostiradi, bu gipotireozga olib kelishi mumkin. Shuningdek Aktid (oktreotid atsetati) bilan davolash vaqtida yurak o'tkazuvchanligini buzilishi paydo bo'ladi. Shunga qaramay bu nojo'ya samaralarni uzoq davolash vaqtida paydo bo'lishi faqat akromegaliyali bemorlarda aniqlangan, qachonki ularda asosiy kasallikdan tashqari qandli diabetni, gipotireozni va yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanishi xavfi yuqori bo'ladi. Bunday buzilishlarni Aktid (oktreotid atsetati) bilan davolanishiga bog'liqlik darajasi noaniq bo'lsada, glikemik nazoratni buzilishlari, qalqonsimon bezini buzilishi va EKG dagi buzilishlar quyida ta'riflangandek Aktid (oktreotid atsetati) bilan davolanganda rivojlangan. Gipoglikemiya yoki giperglikemiya Aktid (oktreotid atsetati) bilan davolash vaqtida paydo bo'lsada, qoida bo'yicha ular sust, ammo qandli diabetga olib kelishi mumkin yoki insulin, boshqa gipoglikemik vositalarini dozalarining o'zgartirishni talab qilishi mumkin. Akromegaliyali bemorlarni Aktid (oktreotid sitrati) bilan davolanganda ularni 3% va 16% da muvofiq ravishda gipoglikemiya yoki giperglikemiya rivojlangan. Og'ir giperglikemiya, keyinchalik pnevmoniya va avval giperglikemiyasi bo'lmagan bitta bemorda Aktid (oktreotid atsetati) bilan davolangandan keyin o'lim holati xabar qilingan. Aktidni (oktreoatid atsetat) qabul qilgan akromegaliyali bemorlarning 12% da faqat biokimyoviy gipotireoz, 8% da endemik bo'qoq rivojlangan, 4% uchun esa o'rinbosar tireoid davolash talab qilingan. Surunkali davolashda dastlabki va vaqti-vaqti bilan a'zolar funktsiyalarini (TTG, umumiy va/yoki erkin T4) baholash tavsiya kilinadi. Akromegaliyada Aktid (oktreotid atsetati) bilan davolash vaqtida bemorlarning 25% da bradikardiya (minutiga <50 zarb/min) rivojlangan; 10% da o'tkazuvchanlikni buzilishi va 9% da yuz bergan aritmiyalar paydo bo'lgan. EKG ni boshqa o'zgarishlari, jumladan QT intervalini uzayishi, o'qlarni siljishi, erta repolyarizatsiyasi, past volьtaj, R/S o'tishi va
R-tishchasining erta progressiyasi kuzatilgan. EKG ni bunday o'zgarishlari akromegaliyada kam holat hisoblanmaydi. Bradikardiya chaqirish xususiyatiga ega β-blokatorlari kabi preparatlarning dozasini tuzatish zarur hisoblanadi. Og'ir dimlangan yurak yetishmovchiligi bo'lgan akromegaliyali bitta bemorda Aktid (oktreoatid atsetat) bilan davolash SYuE yomonlashuviga, preparat to'xtatilgandan keyin esa yaxshilanishga olib kelgan. Preparatning samarasi preparat qayta buyurilganda tasdiqlangan Aktid (oktreoatid atsetati) qabul qilgan bemorlarda bir nechta pankreatit hollari aniqlangan. Aktid (oktreoatid atsetati) ayrim bemorlarda ozuqaviy yog' kislotalarini so'rilishini o'zgartirishi mumkin. Dializga muhtoj og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda Aktidni (oktreoatid atsetat) yarim chiqarilish davri uzayishi mumkin, bu esa samarani bir maromda ushlab turuvchi dozani tuzatishni talab qiladi.
Aktid (oktreoatid atsetati) bilan davolanayotgan ayrim bemorlarda V12 vitaminining darajasini pasayishi va Shilling testini salbiy natijalari aniqlangan bo'lib, u Aktid (oktreoatid atsetati) bilan surunkali davolanganda V12 vitaminining darajasini nazorat qilish kerak.
Aktid (oktreotid atsetat) noadekvat yoki jarrohlik rezektsiyalarini o'tkazilishi mumkin bo'lmagan, gipofizni nur bilan davolashni va bromokreptin mezilatni maksimal o'zlashtira oladigan dozasini qabul qilolmaydigan patsiyentlarda qonda o'sish gormoni va IFR-1 (somatomedin S) darajasini kamaytirish uchun qo'llanadi. Bundan maqsad kartsinoid o'smalarda o'sish gormoni va IFR-1 ning (somatomedin S) darajasini normallashtirishga erishish hisoblanadi.
Aktid (oktreotid atsetat) kartsinoid o'smalarni metastazi bo'lgan bemorlarni simptomatik davolash uchun buyuriladi, u yerda u kasallik bilan bog'liq kuchli diareya va isitmani bostiradi yoki susaytiradi.
Aktid (oktreotid atsetat) VIP-ishlab chiqaradigan o'smalar bilan bog'liq ko'p suyuqlik yo'qotish bilan kechadigan diareyani davolash uchun buyuriladi.
Ushbu preparatga yoki uning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
Aktid (otreotid atsetati) ozuqa moddalarni so'rilishini o'zgarishlari bilan ifodalanadi, shuning uchun u peroral preparatlarni so'rilishga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Aktidni (oktreotid atsetat) siklosporin bilan yondosh qo'llash qonda siklosporinni kontsentratsiyasini kamaytirish va transplantatni qabul qilmaslikka olib kelishi mumkin. Insulin, peroral qandni tushiruvchi preparatlarni, beta-blokatorlarni, kalьtsiy kanallari blokatorlarini yoki suv-elektrolit muvozanatini boshqarish uchun preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarga bu dori vositalarining dozalarini tuzatish talab qilinishi mumkin.
2ºS dan 8ºS gacha bo'lgan haroratda, yorug'likdan himoyalangan joyda saqlansin. Muzlatilmasin.
Aktidni (oktreotid atsetati) teri ostiga yoki vena ichiga yuborish mumkin. Simptomlarni davolash uchun Aktidni (oktreotid atsetati) teri ostiga in'ektsiyasi odatiy qo'llash usuli hisoblanadi. Teri ostiga eng kichik hajmda yuborilganda og'riq kamayishi mumkin. Huddi shu joyning o'ziga ko'p marotaba teri ostiga qisqa vaqt davomida in'ektsiya qilishdan saqlanish lozim. Preparatni yuborish uchun joyni tizimli tartibda o'zgartirish kerak.
Parenteral preparatlarni qo'llashdan oldin mexanik kiritmalarning borligini va rangsizlanishini vizual tekshirish kerak. Agar eritmada qattiq zarrachalar va/yoki uni rangsizlanishi kuzatilsa, preparat qo'llanilmasin. Parenteral aralashmalarni mikrobli zararlanish ehtimolini minimal darajaga tushirish uchun sterilizatsiyaning to'g'ri usullaridan foydalanish kerak. Aktid (oktreotid atsetati) ning samarasini tushirishi mumkin bo'lgan glikozil oktreotid kon'yugatini shakllanishi tufayli, To'liq Parenteral Oziqlanishda (TPO) qo'llaniladigan eritmalar bilan nomutanosib. Uni 50-200 ml hajmda suyultirish va 15-30 minut davomida vena ichiga tomchilab yoki 3 minut davomida oqim bilan vena ichiga yuboriladi. Preparatni favqulotda holatlarda (masalan, kartsinoid kriz) oqim bilan bolyusli yuborish mumkin. Boshlang'ich doza odatda kuniga ikki yoki uch marta 50 mkg ni tashkil qiladi. Dozani kuniga 3 marta 50 mkg dan boshlash mumkin. Bunday kichik dozadan qo'llashni boshlash yanada yuqori dozalarga muhtoj patsiyentlarning me'da-ichak yo'llariga nisbatan salbiy samaralarga moslashtirish mumkin. IFR-1 ning (somatomedin S) darajasini har 2 haftada titrlash uchun qo'llanmada ishlatish mumkin. Bundan tashqari, Aktidni (oktreotid atsetati) qabul qilinganidan keyin 0-8 soatda o'sish gormonini ko'p marotabalik darajasida bo'lishi, dozani yanada tezroq titrlash imkonini beradi. Maqsad o'sish gormonini erkaklarda 5 ng/ml dan kam darajaga va IFR-1 ni (somatomedin S)
1,9 tb/ml dan kam darajaga va ayollarda 2,2 tb/ml dan kam darajaga erishishdan iborat.
100 mkg dan kuniga uch martalik doza eng ko'p uchraydigan samarali doza hisoblanadi, ammo ayrim patsiyentlarga maksimal samara uchun kuniga 3 marta 500 mkg gacha bo'lgan dozasi talab qilinadi. Sutkada 300 mkg dan yuqori dozalar kam hollarda qo'shimcha biokimyoviy foydaga olib keladi va agar dozani oshirish qo'shimcha avzalliklarni bermasa, dozani kamaytirish kerak. IFR-1 (somatomedin S) yoki o'sish gormoni 6 oylik intervaldan keyin qayta baholanishi kerak. Aktidni (oktreotid atsetati) kasallikni faolligini baholash uchun nur terapiyasi bilan davolangan patsiyentlarda har yili taxminan 4 haftaga to'xtatib turish kerak. Agar o'sish gormoni yoki IFR-1 ning (somatomedin S) darajasi oshsa, kasallikni belgilari va simptomlari qaytalansa, Aktid (oktreotid atsetati) bilan davolashni qayta tiklash mumkin.
Kartsinoid o'smalar
Aktid (oktreotid atsetati) bilan davolashni birinchi 2 haftasi davomida tavsiya qilinadigan sutkalik doza 100-600 mkg dan 2-4 qabulda (o'rtacha sutkalik doza 300 mkg ni tashkil qiladi) o'zgarib turadi. O'rtacha sutkalik samarani bir maromda ushlab turuvchi doza 450 mkg atrofida bo'lgan, ammo ayrim patsiyentlarda klinik va biokimyoviy afzalliklarga 50 mkg dozada ham erishilgan bo'lsa, huddi shu vaqtda boshqalarda sutkada 1500 mkg gacha bo'lgan dozalar talab qilingan.
VIPomalar
Kasallik simptomlarini nazorat qilish uchun kundalik 200-300 mkg dan 2-4 qabulga bo'lingan dozalarni davolashning birinchi 2 haftasi davomida (150-750 mkg diapazonda) qo'llash tavsiya qilinadi. Individual asosda, terapevtik natijaga erishish uchun dozalar to'g'rilanishi mumkin, ammo kuniga 450 mg dan yuqori odatiy dozalar talab qilinmaydi.
Bugungi kunda hech bir bemorda hech qanday odatdagi dozani oshirib yuborilishi holatlari yuz bermagan. Bemorlarni tekshirish uchun sog'lom ko'ngillilarga vena ichiga bolyusli 1 mg li (1000 mkg) yuborilgan dozalari va 30 mg ni (30,000 mkg) vena ichiga
20 minut davomida va 120 mg ni (120,000 mkg) vena ichiga 8 soat davomida yuborish jiddiy oqibatlarga olib kelmagan.
Sog'lom ko'ngillilarda Aktidni (oktreotid atsetat) bir martalik dozalari o't pufagini qisqaruvchanligini bostiradi va safroni ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Klinik tadqiqotlarda (asosan akromegaliyali yoki psoriazli patsiyentlarda) o't yo'llarining anomaliyalari 63% (27%o't pufagida toshlari, 24% toshlarsiz qumlar), 12% o't yo'llarining kengayishi) tashkil qilgan. Aktidni (oktreotid atsetat) 1 oy yoki undan kamroq olgan bemorlarda o't toshlarini hosil bo'lishi rivojlangan. Aktidni (oktreotid atsetat) 12 oy va yoki undan uzoqroq qabul qilgan bemorlarda toshlarni yoki qumlarni bo'lishi 52% tashkil qilgan. O't-tosh kasalligini rivojlanishi patsiyentning yoshi, jinsi yoki preparatni dozasiga bog'liq emas. O't pufagini patologiyasi bo'lmagan patsiyentlardagi kabi o't pufagining anomaliyalari rivojlangan patsiyentlarni ko'pchiligini UTT da me'da-ichak kasalliklarini simptomlari uchragan. Simptomlar o't pufagi kasalliklari uchun spetsifik hisoblanmaydi. Ayrim patsiyentlarda Aktid (oktreotid atsetati) bilan davolanish vaqtida yoki u to'xtatilgandan keyin o'tkir xoletsistit, o'tkir xolangit, biliar abstraktsiya, xolestatik gepatit yoki pankreatit rivojlangan.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AKTID inyeksiya uchun eritma 100mkg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AKTID inyeksiya uchun eritma 100mkg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AKTID inyeksiya uchun eritma 100mkg N1 dori vositasi Samarth Life Sciences Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AKTID inyeksiya uchun eritma 100mkg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AKTID inyeksiya uchun eritma 100mkg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
OKTREOTID inyeksiya uchun eritma 1 ml 100 mkg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Октреотид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фарм-Синтез,АО произведено Компания Деко,ООО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
MAYPRED 500 poroshok 500mg
ONO inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/ml N10
KAPRIN eritma 5 ml 5000 YeD/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarth Life Sciences Pvt. Ltd
KAPRIN eritma 5 ml 1000 YeD/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarth Life Sciences Pvt. Ltd
ONO inyeksiya uchun eritma 4ml 2mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarth Life Sciences Pvt. Ltd
ONO inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarth Life Sciences Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9