×
×
  • ALBENDAZOL tabletkalari 400mg N5

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALBENDAZOL tabletkalari 400mg N5

Kategoriya:
- Antiparazitik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Torimed Pharm, OOO
ATX kodi:
- P02CA03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SEKDAZA tabletkalari 0,5g N4 Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S. Turkiya
30 000 s`om dan
GLISTAGON PLYUS tabletkalari N1 Combitic Global Caplet Pvt. Ltd. Hindiston
12 000 s`om dan
GELMINTOKS suspenziya 15ml 125mg/2,5ml Innothera Chouzy Frantsiya
43 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ALBENDAZOL tabletkalari 400mg N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ALBENDAZOL

ALBENDAZOLE

 

Preparatning savdo nomi: Albendazol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): albendazol

Dori shakli: tabletka

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: albendazol – 200,0 mg yoki 400,0 mg;

yordamchi moddalar: natriy kraxmal glikolyat, makkajo‘xori kraxmali, laktoza, mikrokristallik sellyuloza, saxarin, aspartam, povidon, suvsiz limon kislotasi, sariq sanset (Supra), aerosil, apelsinli aromatizator, vanilli  aromatizator, tozalangan talk, magniy stearat.

Ta‘rifi:

Dozasi 200 mg. To‘q sariq rangli, ikki tomoni silliq dumaloq tabletkalar.

Dozasi 400 mg. Cho‘zinchoq, to‘q sariq rangli, bir tomoni sinish chiziqchali va ikkinchi tomoni silliq kapsula ko‘rinishidagi tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Gelmintlarga qarshi vosita.

ATX kodi: P02CA03

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparat gelmintlarga qarshi faollikka ega. Albendazol β–tubulin polimerizasiyasiga ta‘sir qiladi, uni to‘xtatadi. Natijada, gelmintlar ichagida mikronaychalar hosil bo‘lish jarayoni buziladi, qurtlarning glyukozani hazm qilish qobiliyati bostiriladi, organellalarning hujayra ichidagi normal migrasiyasi, ularning mushak to‘qimalarida ATF sintezi bloklanadi. Albendazolning terapevtik konsentrasiyasi gelmintlarni halok qiladi.

Preparat jinsiy yetilgan va lichinka bosqichidagi gelmintlarga nisbatan faol. Albendazol nematodlarni (Necatoramericanus, Strongyloidesstercoralis, Enterobiusvermicularis, Trichuristrichiura, Ascarislumbricoides, Cutaneous Larva Migrans, Ancylostomaduodenale), sestodlarni (cho‘chqa, ho‘kiz sepenlari va mitti sepenlar), trematodlar (Clonorchissinensis, Opisthorchisviverrini), sodda jonivorlar (lyambliyalar) ni halok bo‘lishiga olib keladi.

 

Qo‘llanilishi

Albendazol  quyidagi holatlarda buyuriladi:

– neyrosistiserkoz;
– qorin, jigar, o‘pka exinokokkozi;
– sistli exinakokkoz holatida operasiya qilinishiga moneliklar bo‘lganda;
– sistli exinakokkoz holatida sistlar miqdorini kamaytirish uchun jarrohlik aralashuvi zarur bo‘lganida;
– araxnoidal, me‘da ichidagi, rasemoz sistlar;
– askaridoz;
– trixonelez;
– enterobioz;

– ankilostomidoz;
– opistorxoz;
– lyamblioz;
– mikrosporidoz;
– toksokaroz;
– gnatostomoz;

– trixinoz;
– kapillyaroz;
– aralash gelmintozlar holatida buyuriladi..

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqatdan keyin. Tabletkalar suv bilan ichiladi. Dozasi patologiyaga qarab belgilanadi. Albendazol qabul qilingandan so‘ng surgi vositasi kerak bo‘lmaydi.

 

Patologiya Dozalash sutkada Kunlar soni
Odatiy  gelmintozlar 400 mg (bolalar – 60 mg/ 10 kg) Bir marta
Bosh miya sistiserkozi 800 mg (bolalar – 15 mg/kg) 8-30 sutka
Strongiloidoz va sestodoz 400 mg (200 mg) 3 sutka, 3 haftadan keyin takrorlanadi
Askaridoz 400 mg (200 mg) Bir marta, 3 haftadan keyin takrorlanadi
Enterobioz 400 mg (200 mg) Bir marta, 3 haftadan keyin takrorlanadi
Ankilostomidoz 400 mg (200 mg) Bir marta, 3 haftadan keyin takrorlanadi
Lyamblioz 400 mg (200 mg) 3 sutka, 3 haftadan keyin takrorlanadi

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Albendazol qabul qilinganda quyidagi noxush  samaralar kuzatilishi mumkin:
– leykopeniya;
– pansitopeniya;
– bosh og‘rig‘i;
– trombositopeniya;
– agranulositoz;
– dispepsiya;
– jigar transaminazalari faolligini oshishi;
– qorin og‘rig‘i;
– bosh aylanishi;
– meningial simptomatika;
– terini qichishishi;
– gipertermiya;
– eshakem;
– alopesiya (qaytuvchan);
– gipertenziya;
– buyrak funksiyasi buzilishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Albendazol quyidagi hollarda buyurilmaydi:
– 2 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi gelmintozlar;
– albendazolga o‘ta sezuvchanlik;
– homiladorlik;
– laktasiya davri.
Ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi:

– sistiserkoz fonidagi ko‘z to‘r pardasi patologiyalarida;

– jigar sirrozida;

– ko‘mikda qon yaratilish susaygan holatda.

Homiladorlik: homilador, homilador deb gumon qilingan ayollarga Albendazolni buyurish mutlaq mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Prazikvantel, deksametazon, simetidin albendazolning qondagi konsentrasiyasini oshiradi.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi nojo‘ya ta‘sirlar kuchayishi bilan ifodalanadi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Chiqarilish shakli

1 tabletkadan  kontur uyali o‘ramda.

Kontur uyali o‘ramlar  1 (1×1), 2 (2x1), 5(5x1) yoki 10 (10x1) dan qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton pachkaga joylanadi.

 

Saqlash sharoitlari

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALBENDAZOL tabletkalari 400mg N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALBENDAZOL tabletkalari 400mg N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ALBENDAZOL tabletkalari 400mg N5 dori vositasi Torimed Pharm, OOO tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ALBENDAZOL tabletkalari 400mg N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALBENDAZOL tabletkalari 400mg N5 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
XONDROKSIN maz 20g
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9