×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALETORIN ALETORIN BEYBI tabletkalari 10mg N20

Kategoriya:
- Antiallergik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- "Codepharm" ИП ООО
ATX kodi:
- R06AE07
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FENISTIL NYu tomchilar dlya priema vnutr 20ml 0,1% Novartis Consumer Health S.A. Shveytsariya
55 000 s`om dan
ZODAK tabletkalari 10mg N30 Zentiva k.s. Chexiya
75 000 s`om dan
FENKAROL tabletkalari 10mg N20 Олайнфарм, АО Latviya
40 300 s`om dan
ZIRTEK tomchilar dlya priema vnutr 10ml 10mg/ml GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: Aesica Pharmaceuticals S.r.l. Italiya
72 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ALETORIN ALETORIN BEYBI tabletkalari 10mg N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ALETORIN

AlYeTORIN beybi

ALETORIN

AlETORIN baby

Preparatning savdo nomi: Aletorin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): setirizin digidroxloridi

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Ta‘rifi:

faol modda: setirizin digidroxloridi – 10 mg, 5 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, kolloidli kremniy ikki oksidi, magniy stearati, krospovidon;

qobig‘i: gipromelloza, laktoza (monogidrati), makrogol 3350, titan ikki osidi, triasetin.

Ta‘rifi: 5 mg li tabletkalar: oq rangdan och sariq ranggacha bo‘lgan, dumaloq, ikki yoqlama qavariq tabletkalar;

10 mg li tabletkalar: oval shaklli, ikkiyoqlama qavariq, ikki tomonida bo‘lish chiziqli, oq rangdan och sariq ranggacha bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: antiallergik vositalar.

ATX kodi: R06AE07

 

Farmakologik xususiyatlari

Gistamin N1-reseptorlarining selektiv antagonisti. Allergik reaksiyaning “erta” bosqichida ta‘sir qiladi, eozinofillarning migrasiyasini kamaytiradi, shuningdek allergik reaksiyaning “kechki” bosqichida mediatorlarning ajralib chiqishini cheklaydi. Astmasi bo‘lgan bemorlarda setirizin gistamin chaqiradigan bronxospazmni sezilarli darajada pasaytiradi. Bundan tashqari, u spesifik allergenlarning ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lgan allergik reaksiyani bartaraf qiladi. Bu samaralar sedativ ta‘sir bilan kechmaydi. Amalda antixolinergik va antiserotonin ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin preparat ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyaga (Smax) 1 soat oralig‘ida erishiladi. Preparatning 93% qon plazmasi oqsillari bilan mustahkam bog‘lanadi. Organizmning to‘qimalarida yaxshi taqsimlanadi, ko‘krak sutiga o‘tadi, lekin gematoenselik to‘siq orqali o‘tmaydi. Preparatning ahamiyatsiz miqdori jigarda metabolizmga uchraydi, asosiy qismi o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Yarimchiqarilish davri (T1/2)  kattalarda 7-10 soatni, keksalarda esa 12 soatni tashkil qiladi. Buyraklar faoliyati buzilgan bemorlarda T1/2 19 soatdan 21 soatgacha uzayishi mumkin.

Qo‘llanilishi

Surunkali va mavsumiy allergik rinit, allergik kon‘yunktivit, qichishuvchi dermatozlar, eshakemi, Kvinke antionevrotik shishi (majmuaviy davolash tarkibida).

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga ovqatdan so‘ng 10 mg dozada bir qabulda buyuriladi (kechqurun, uyqudan oldin avzalroq). Kattalar uchun tavsiya qilinadigan sutkalik maksimal doza, ikki qabulda (eratalab va kechqurun) 20 mg. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar preparatning yarim dozasini qabul qilishlari kerak. Buyraklarning faoliyati me‘yorda bo‘lgan keksa bemorlarda dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi. Preparatni shifokor tavsiyasisiz 7 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat odatda juda yaxshi o‘zlashtiriladi. Uyquchanlik, juda kam hollarda og‘iz, burun, xalqum shilliq qavatining qurishi, yo‘tal, tomoqda og‘riq, dispeptik ko‘rinishlar: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinning dam bo‘lish hissi, qabziyat yoki diareya, ishtahaning kuchayishi, charchoqlik, bosh aylanishi, quloqlarda shovqin,  dezorientasiya, diplopiya, asabiylik, bosh og‘rig‘i, terlash, siydikni tutilishi. Juda kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari: teri toshmalari, angionevrotik Kvinke shishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, og‘ir nefropatiya, homiladorlik, emizish davri, preparatga yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Alkogol yoki markaziy nerv tizimining depressantlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida ularning susaytiruvchi ta‘siri sezilarli kuchayadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolanish vaqtida yuqori diqqat va tezkor reaksiyalarni talab qiladigan ishlarni (shu jumladan transport vositalarini haydash) bajarish, spirtli va sedativ (tinchlantiruvchi) vositalarni qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saklansin va yaroklilik muddati o‘tgach ishlatmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: og‘iz qurishi, uyquchanlik, tormozlanish, holsizlik, bosh og‘rig‘i, taxikardiya, siyishni  qiyinlashishi , qabziyat, xavotirlik, ta‘sirchanlik.

Davolash: simptomatik. Maxsus antidoti yo‘q. Me‘dani yuvish. Gemodializ samarali emas.

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar 5 mg va 10 mg dan blisterlarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25º S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALETORIN ALETORIN BEYBI tabletkalari 10mg N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALETORIN ALETORIN BEYBI tabletkalari 10mg N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ALETORIN ALETORIN BEYBI tabletkalari 10mg N20 dori vositasi "Codepharm" ИП ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ALETORIN ALETORIN BEYBI tabletkalari 10mg N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALETORIN ALETORIN BEYBI tabletkalari 10mg N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9