×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALKAIN eritma 15ml 0,5%

Kategoriya:
- Oftolmologik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Belgiya
Faol modda:
Проксиметакаин
Ishlab chiqaruvchi:
- Alcon Pharmaceuticals Ltd, Швейцария произведено: S.A. Alcon–Couvreur n.v.
ATX kodi:
- S01HA
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KYUPEN FORTE ko'z tomchilari 5ml 0,4% N1 Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
36 000 s`om dan
DORZOPT PLYUS ko'z tomchilari 5ml 20mg/ml+5mg/ml S.C. Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
116 500 s`om dan
SIGNISEF ko'z tomchilari 5ml 0,5% Сентисс Фарма Пвт. Лтд. Hindiston
48 000 s`om dan
FOTIL FORTE ko'z tomchilari 5ml Santen Oy Finlyandiya
95 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ALKAIN eritma 15ml 0,5% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ALKAIN*

ALCAINE*

 

Preparatning savdo nomi: ALKAIN*

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): proparakain gidroxloridi (proksimetakain gidroxloridi)

Dori shakli: 0,5% li steril oftalmologik eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 5 mg proksimetakain gidroxloridi;

yordamchi moddalar: 0,1 mg benzalkoniy xloridi (konservant), gliserin, xlorid kislotasi va/yoki natriy gidroksidi (rN boshqarish uchun), tozalangan suv.

Ta‘rifi: rangsizdan biroz sarg‘ish yoki jigarranggacha bo‘lgan tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi:  mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita.

ATX kodi: S01HA04.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Proksimetakain gidroxloridi, asosan oftalmologiyada qo‘llananadigan murakkab efir turiga mansub kuchli ta‘sir etuvchi yuzaki anestetik hisoblanadi.

Proksimetakain gidroxloridi boshqa mahalliy anestetiklar qatorida nerv impulsini natriy ionlarini neyron membranani o‘tkazuvchanligini qisqartirish yo‘li bilan nerv impulslarini rag‘batlantirilishini va o‘tkazuvchanligini reversiv bloklaydi. Anesteziyani boshlanashi vaqti proksimetakin bilan instillyasiya qilingandan keyin 2 minutdan keyin kuzatiladi va instillyasiyadan keyin maksimum 15 minut davomida davom etadi, undan keyin tiklananish boshlanadi. Ko‘zlarni rangdor pardasining rangi proksimetakinni anestetik ta‘siriga ta‘sir qilmaydi.

Farmakokinetikasi

Proksimetakinni mahalliy qo‘llangandan keyin to‘qimalarga va plazmaga so‘riladi va esterazalar bilan tezda gidrolizlanadi, ammo yuqori dozalari nojo‘ya samaralarni sabachisi bo‘lishi mumkin.

ALKAIN* oftalmologik eritmasini qo‘llangandan keyin anesteziyaning ta‘siri 30 sekund davomida boshlanadi va nisbatan qisqa vaqt davomida (taxminan 15 minut) davom etadi.

Xavfsizligi bo‘yicha klinika oldi ma‘lumotlari

Preparatni ambulator sharoitida bir marta qabul qilish xarakteriga asoslanib proksimetakainni mahalliy qo‘llangandagi samarasiini baholash uchun onkogenlikka, mutagenlikka, fertillikka yoki embriofetal rivojlanishiga bo‘lgan samarasini baholash uchun klinika oldi tekshirishlari o‘tkazilmagan. Shifokorni preparatni qisqacha xarakteristikasiga qo‘shimcha ko‘rsatmani kiritishni zarurligi to‘g‘risida dori vositasini klinika oldi ma‘lumotlari yo‘q.

Qo‘llanilishi

ALKAIN oftalmologik eritmasi proksimetakain gidroxloridi saqlaydi va mahalliy anestetik hisoblanadi.

ALKAIN oftalmologik eritmasi oftalmologik muolajalarda ko‘z ichki bosimini tonometrik o‘lchash, yot jismlarni va chok iplarini olib tashlash, kon‘yunktivadan va shoxpardadan tahlil uchun surtmani qirtishlab olish, gonioskopik tekshirishlar va yuzaki anesteziya talab qilinadigani boshqa hollarda yuzaki anesteziya uchun mo‘ljallangan.

Qo‘llash usuli va dozalari

Tonometriyani bajarishda va qisqa davomiylikdagi muolajalarda muolajadan bevosita oldin 1-2 tomchidan tomiziladi. Unchalik katta bo‘lmagan yot jismni yoki chok ipini olib tashlash kabi jarrohlik aralashuvlarida 1-2 tomchidan har 5-10 minutda 1-2 tomchidan (1-3 dozada) har 5-10 minutda tomiziladi.

Kataraktani olib tashlashda uzoq anesteziya zarur bo‘lganida 1-2 tomchidan (3-5 dozada) tomiziladi.

Bolalarda qo‘llanilishi

Oftalmologik proksimetakain gidroxloridi eritmasini pediatrik pasientlarda xavfsizligi va samaradorligi aniqlangan. Proksimetakain gidroxloridini ishlatish kattalarda va o‘n ikki yoshdan katta bolalarda muvofiq va yaxshi nazoratlangan tadqiqotlar bilan va chaqaloqlarda va boshqa pediatrik pasientlarda xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar bilan tasdiqlanadi.

Jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanilishi

ALKAIN oftalmologik eritmasini xavfsizligi va samaradorligi jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda aniqlanmagan.

Oftalmologik ishlatish uchun mo‘ljallangan.

Qo‘llashdan oldin yaxshilab chayqating.

Qopqog‘i olingandan keyin, agar qopqoqni ochishdan himoyalangan halqasi susaygan bo‘lsa, uni preparatni qo‘llashdan oldin yeching.

Pipetkani uchini va eritmani ifloslanishini bartaraf qilish uchun pipetkani uchi qovoqlarga va uni atrofidagi boshqa yuzalarga tegib ketmasligiga e‘tibor qilish kerak.

Preparat ishlatilmasa flakonni zich yopilgan holda saqlash kerak.

Qo‘llangandan keyin burun-yosh yo‘llarini okklyuziyasi yoki qovoqlarni yaxshilab yopish tavsiya qilinadi. Bu ko‘z yo‘llari orqali qo‘llanadigan tibbiy preparatlarni tizimli so‘rilishini qisqartirishi mumkin va tizimli nojo‘ya holatlarni kamayishiga olib keladi.

Agar bittadan ko‘p oftalmologik preparatlarni qo‘llashga zarurat bo‘lsa, uni kamida 5 minutlik oraliqda qo‘llash lozim. Ko‘z surtmalarini oxirgi navbatda qo‘llash lozim.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya ko‘rinishlarni umumiy jadvali

Quyidagi nojo‘ya ko‘rinishlar qayd qilingan. Mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha ularni tez-tezligini aniqlash mumkin emas. Har bir tizim-a‘zolar sinfi bo‘yicha nojo‘ya holatlar ularning jiddiyligini kamayishi tartibida keltirilgan.

Tizim-a‘zolar sinfi Nojo‘ya holatlar
Immun tizmi tomonidan buzilishlar yuqori sezuvchanlik
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar sinkope
Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar Shox pardani eroziyasi, shox pardani xiralashuvi, keratit, ko‘rishni noaniqligi, fotofobiya, midriaz, ko‘z og‘rig‘i, ko‘zlarni ta‘sirlanishi, ko‘z qorachig‘ni ketib qolishi, ko‘rishda diskomfort, ko‘zni qizarishi, ko‘zni yoshlanishi

Tanlangan nojo‘ya holatlarning  ta‘rifi

  • Qo‘shimcha ravishda mahsulotni haddan ziyod ishlatish anestetikni epiteliyga nisbatan toksik ta‘siri tufayli ko‘zlarni shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
  • Proksimetakain allergik kontakt dermatitni chaqirishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni faol ingredientiga va har qanday yordamchi moddalarga yukori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

O‘zaro ta‘siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan; ammo hech qanday ahamiyatli o‘zaro ta‘sirlar kuzatilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

  • Oftalmologiyada yuzaki anesteziya uchun buyuriladi. In‘eksiya uchun emas.
  • Mahalliy anestetikni yurak kasalliklari yoki gipertireozi bo‘lgan pasientlar ehtiyotkorlik bilan qo‘llashlari lozim.
  • Mahalliy anestetikni uzoq vaqt qo‘llash anesteziyani davomiyligini qisqartirishi mumkin.
  • Uzoq qo‘llash shoxpardani epiteliysiga toksik ta‘sir qilishi va u epitelial shikastlanish ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin, ular shoxpardaning qaytmas shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
  • Preparatni uzoq vaqt qo‘llash bitishni sekinlashtirishi mumkin.
  • Pasientlar anestetikni samarasi tufayli ularning ko‘zlari sezuvchan bo‘lmay qoladi va shuning uchun ehtiyotkorlikka rioya qilish va ko‘zlarni tasodifan shikastlanishidan saqlanish lozim.
  • Anesteziya vaqtida ko‘zlarni ta‘sirlovchilardan, ishqalanishidan va yot jismlarni tushishidan himoya qiling. Uzoq anesteziyadan, kataraktani olib tashlangandan keyin ko‘zlarni bog‘lov bilan yopish lozim.
  • Proksimetakain allergik kontakt dermatitini sababchisi bo‘lishi mumkin. ALKAIN oftalmologik eritmani teri bilan to‘qnashishidan saqlanish lozim.
  • ALKAIN oftalmologik eritmasi benzalkoniy xloridi saqlaydi, u ko‘zlarni ta‘sirlanishini va yumshoq kontakt linzalarni rangsizlanishini sababchisi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari anestetik samara to‘liq tugamagunicha kontakt linzalarni taqish tavsiya qilinmaydi.

Fertillik, homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik

Oftalmologik proksimetakainni homilador ayollarga qo‘llanilishii to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q yoki cheklangan miqdorda mavjud.

ALKAIN oftalmologik eritmasini homiladorlik vaqtida tavsiya etilmaydi.

Emizish

Mahalliy qo‘llangan proksimetakain yoki uning metabolitlarini ko‘krak sutiga kirishi noma‘lum; ammo emizikli bola uchun xavfni istisno qilish mumkin emas.

Emizishni to‘xtatish yoki bola uchun emizishdan bo‘lgan foyda va ayol uchun davolashdan bo‘lgan foydani e‘tiborga olgan holda, ALKAIN oftalmologik eritmasi bilan davolashni to‘xtatish yoki undan voz kechish to‘g‘risida qarorni qabul qilish lozim.

Fertillik

ALKAIN oftalmologik eritmasini mahalliy qo‘llangandagi ta‘sirini baholash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

ALKAIN oftalmologik eritmasi transport vositasini haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi yoki juda oz ta‘sir qiladi. Vaqtinchalik ko‘rishni noaniqligi yoki boshqa ko‘rishni buzilishlari transport vositalarini haydash yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qiladi. Agar qo‘llangandan keyin ko‘rishni noaniqligi paydo bo‘lsa, pasient transport vositasini haydashni yoki mexanizmlarni boshqarishni boshlashdan oldin ko‘rish tiklangunicha kutishi kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

ALKAIN oftalmologik eritmasini dozasini oshirib yuborilishida ko‘z(lar)ni iliq suv bilan yuvish mumkin. Dozani oshirib yuborilishida yoki tasodifan yutib yuborilganda tizimli ta‘siri markaziy nerv tizimini ta‘sirlanishi (MNT) ko‘rinishida paydo bo‘lishi mumkin va u o‘z ichiga asabiylashish, tremor yoki tirishishlarni oladi; shundan keyin MNT bostirilishi keladi, u hushdan ketishga va respirator depressiyaga olib kelishi mumkin. Preparatni tizimli ta‘sirini davolash simptomatik va tutib turuvchi tarzda bo‘lishi kerak.

Chiqarilish shakli

15 ml dan past zichlikdagi polietilen “Droptainer™” flakon tomchilagichda.

1 ta flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylashgan.

 

Saqlash sharoiti

2ºS dan 8ºSgacha bo‘lgan haroratda sovutkichda saqlansin.

Birinchi ochilgandan keyin 4 haftadan so‘ng yo‘q qilish kerak.

Yaroqlilik muddati

30 oy.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALKAIN eritma 15ml 0,5% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALKAIN eritma 15ml 0,5% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ALKAIN eritma 15ml 0,5% dori vositasi Alcon Pharmaceuticals Ltd, Швейцария произведено: S.A. Alcon–Couvreur n.v. tomonidan Belgiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ALKAIN eritma 15ml 0,5% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALKAIN eritma 15ml 0,5% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SLEZA NATURALNAYA II ko'z tomchilari 15ml N1
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9