×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AMBRONIK tabletkalari 30mg N20

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Nika Pharm, ДХО (упаков.) Борисовский завод медицинских препаратов,ОАО, Беларусь (произ.)
ATX kodi:
- R05CB06
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
INSTI BEZ SAXARA granuli 5,6g N5 Herbion Pakistan (PVT) Ltd Pokiston
17 900 s`om dan
PROKOF sirop 100ml 15mg/5ml Protech Biosystems Pvt. Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AMBRONIK tabletkalari 30mg N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AMBRONIK

AMBRONIK

 

Preparatning savdo nomi: Ambronik

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ambroksol gidroxloridi

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ambroksol gidroxloridi – 30 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, kalsiy stearati, kolloidli suvsiz kremniy dioksidi.

Ta‘rifi: oq yoki oq rangli sarg‘ish tusli, yassi silindrik shaklli, faska va kesim chiziqli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

ATS kodi: R05CB06

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Balg‘am ko‘chiruvchi vosita bo‘lib, surfaktant sekresiyasi va sintezini oshiradi va uning yemirilishini bloklaydi. Sekretomotor, sekretolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sirga ega; bronxlarning shilliq qavati bezlari seroz hujayralarini rag‘batlantiradi,  balg‘am hosil bo‘lishini hamda alveola va bronxlarda sirt faol modda (surfaktant)ning ajralib chiqishini ko‘paytiradi; balg‘amning seroz va shilliq komponentlarining buzilgan nisbatini me‘yorlashtiradi. Ambroksol gidroxloridi siliar faollikni rag‘batlantiradi, buning natijasida balg‘am ajralishi va uning chiqarilishi osonlashadi (mukosiliar klirens). Suyuqlik sekresiyasining faollashishi va mukosiliar klirensning oshishi balg‘am chiqishini osonlashtiradi va yo‘talni yengillashtiradi.

 
Farmakokinetikasi

Ambroksol gidroxlorid absorbsiyasi yuqori bo‘lib, Cmax ga erishish vaqti 2 soatni tashkil qiladi, plazma oqsili bilan bog‘lanish 80% ni tashkil qiladi. Gematoensefalik (GET) va yo‘ldosh to‘siqlardan o‘tadi, ko‘krak sutiga chiqariladi.

Metabolizmi jigarda ro‘y beradi, dibromantranil kislotasini va glyukuron kon‘yugatlarni hosil qiladi. Qon plazmasidan yarim chiqarilish vaqti (T1/2) – 9-10 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali chiqariladi: 90% suvda eruvchan metabolitlar ko‘rinishida, o‘zgarmagan holatda esa 5%.

Umumiy klirens 660 ml/daq oralig‘ida. Buyrak klirensi umumiy klirensning taxminan 83%-ini tashkil qiladi.

Buyrak faoliyati buzilgan bemorlarda ambroksol gidroxloridning chiqarilishi kamaygan bo‘lib, bu uning qon plazmasidagi darajasi 1,3-2 marotaba ortishini asoslaydi. Ambroksol gidroxloridning terapevtik diapazoni yetarli darajada keng bo‘lganligi uchun dozaga tuzatish kiritishga hojat yo‘q.

Ambroksol gidroxloridi farmakokinetikasi yosh va jinsga bog‘liq emas va shuning uchun dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Ovqatlanish ambroksol gidroxloridning biokiraolishligiga ta‘sir qilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Shilimshiq balg‘am ajralishi bilan kechuvchi nafas yo‘llari kasalliklari: o‘tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, balg‘amning qiyin ko‘chishi bilan kechuvchi bronxial astma, bronxoektatik kasallikda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkalar ichga ovqatdan keyin, butunligicha katta mikdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilinadi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga birinchi 2-3 kun davomida 30 mg dan sutkada 2-3 marta, so‘ngra 30 mg dan sutkada 2 marta yoki 15 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi.

6 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga odatda 15 mg dan sutkada 2-3 marta buyuriladi.

Qo‘llash davomiyligi ko‘rsatma va kasallikning kechishiga bog‘liq hamda shaxsiy ravishda belgilanadi.

Preparat qabul qilish bir yoki undan ko‘p marotaba o‘tkazib yuborilganda, keyingi qabulda preparatni yuqori dozada qabul qilish mumkin emas, o‘tkazib yuborilgan dozani keyingi kuni qabul qilish kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – diareya, og‘iz qurishi, ich qotishi; yuqori dozalarda uzoq muddat qabul qilganda – ko‘ngil aynishi, gastralgiya, qabziyat, qusish.

Allergik reaksiyalar: kam hollarda – teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish, qichishish; alohida hollarda – allergik kontaktli dermatit; juda kam hollarda – anafilaktik turdagi reaksiyalar.

Boshqalar: kam hollarda – darmonsizlik, bosh og‘rig‘i.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Me‘da va o‘n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, homiladorlik (I uch oyligi), laktasiya, har qanday etiologiyali tirishishlarda qo‘llash mumkin emas.

Preparatni ambroksol gidroxloridga yoki preparatning boshqa komponentlariga nisbatan ma‘lum bo‘lgan yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin emas.

Ambronik, tabletkalar 30 mg, ta‘sir kuchi tufayli 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘sir

Preparat yo‘talga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, yo‘talning kamayishi fonida balg‘am chiqarilishi qiyinlashadi. Preparat va antibiotiklar (amoksisillin, sefuroksim, eritromisin, doksisiklin) bir vaqtda qo‘llanganda, antibiotiklarning samaradorligi kuchayadi, chunki antibiotiklarning o‘pka shilimshig‘iga kirishi yaxshilanadi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni homiladorlikning II va III uch oyligida, agarda ona uchun davolashdan kutilayotgan foyda homila uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda, qo‘llash mumkin. Davolash vaqtida emizishni to‘xtatish lozim.

Ambronikni yo‘tal refleksi susaygan yoki balg‘amning to‘planish ehtimoli tufayli mukosiliar tashilishning buzilishi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Ambronikni qabul qilayotgan bemorlarga nafas mashqlarini bajarish tavsiya qilinmaydi, og‘ir bemorlarda suyultirilgan balg‘amning aspirasiyasini amalga oshirish kerak.

Bronxial astma bo‘lgan bemorlarda ambroksol gidroxloridi yo‘talni kuchaytirishi mumkin. Ambroksolni bevosita uyqudan oldin qo‘llash mumkin emas.

Ambronik dori vositasi laktoza saqlaydi, shuning uchun preparatni galaktozaga tug‘ma yuqori sezuvchanligi, Lappa laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktozani yomon o‘zlashtiruvchi bemorlarda qo‘llash mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanilmasin.

 

Dozaning oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya kuzatilishi mumkin.

Davolash: preparatni bekor qilish, sun‘iy qustirish, me‘dani dori vositasini qabul qilgandan ilk 1-2 soat ichida yuvish (faqat doza ekstremal oshirib yuborilganida); yog‘ saqlovchi mahsulotlarni iste‘mol qilish; simptomatik davolashni o‘tkazish.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkalar, kontur uyali o‘ramda.

1, 2, 3, 5, 6 yoki 10 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Dorixonadan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AMBRONIK tabletkalari 30mg N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AMBRONIK tabletkalari 30mg N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AMBRONIK tabletkalari 30mg N20 dori vositasi Nika Pharm, ДХО (упаков.) Борисовский завод медицинских препаратов,ОАО, Беларусь (произ.) tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AMBRONIK tabletkalari 30mg N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AMBRONIK tabletkalari 30mg N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
AMBRONIK tabletkalari 30mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО (упаков.) Борисовский завод медицинских препаратов,ОАО, Беларусь (произ.)
AMBRONIK tabletkalari 30mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО (упаков.) Борисовский завод медицинских препаратов,ОАО, Беларусь (произ.)
AMBRONIK tabletkalari 30mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО (упаков.) Борисовский завод медицинских препаратов,ОАО, Беларусь (произ.)
AMBRONIK tabletkalari 30mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО (упаков.) Борисовский завод медицинских препаратов,ОАО, Беларусь (произ.)
AMBRONIK tabletkalari 30mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО (упаков.) Борисовский завод медицинских препаратов,ОАО, Беларусь (произ.)
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9