×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AMBROSTAT tabletkalari 30mg N20

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- ATM Pharm, OOO
ATX kodi:
- R05CB06
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
ORTOFEN tabletkalari 25mg N30 ТатХимФармПрепараты, АО Rossiya
5 500 s`om dan
OMNITUS tabletkalari 20mg N10 Хемофарм А.Д. Serbiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AMBROSTAT tabletkalari 30mg N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AMBROSTAT®

AMBROSTATUM

Preparatning savdo nomi: Ambrostat®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ambroksol gidroxloridi

Dori shakli: tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ambroksol gidroxloridi – 30 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, natriy kroskarmellozasi, mikrokristallik sellyuloza, magniy stearati.

Ta‘rifi: oq rangli, yassisillindrik, hidsiz tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: balg‘am ko‘chiruvchi vositalar

ATX kodi: R05CB06

Farmakologik xususiyatlari

Yaqqol balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sirga ega mukolitik perparat. Preparat bronxlarning shilliq qavatining seroz hujayralarini rag‘batlantirishi hisobiga balg‘amni suyultiradi. Balg‘amning seroz va shilliq komponentlarining nisbatini me‘yorlashtirib, balg‘amning mukopolisaxaridlari orasidagi bog‘larni parchalaydigan fermentlarni hosil bo‘lishi va ishlab chiqarilishini  surfaktantni hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi. Suyuqlik sekresiyani kuchaytirib va mukosiliar klirensini oshirib balg‘am chiqib ketishini yengillashtiradi va yo‘talni kamaytiradi.  Surfaktant hosil bo‘lishini oshishi hisobiga preparat yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, antioksidant hususiyatlarga ega va mahalliy immunitetni oshiradi.

 
Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingan preparat me‘da-ichak yo‘llaridan to‘liq so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga (Smax) 2 soatdan keyin erishiladi.

Biokiraolishligi 70-80% ni tashkil qiladi. Preparatning kumulyasiyasi aniqlanmagan.

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 90%. To‘qimalarga tez kiradi va eng yuqori konsentrasiyasi o‘pkada aniqlanadi. Gematoensefalik to‘siq (GET) va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi.

Preparat jigarda konyugasiya yo‘li bilan jadal metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 7-12 soatni tashkil qiladi. Asosan buyraklar orqali (preparatning taxminan 90%) chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Nafas yo‘llarining qovushqoq balg‘am bilan kuzatilgan kasalliklar: o‘tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi, balg‘amni ajralib chiqishini buzilishi bilan kechuvchi bronxial astma, bronxoektatik kasallik, shuningdek burun-tomoq bo‘shlig‘ining yallig‘lanishlarida shilliqni suyulishini yaxshilash uchun.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkalar ichga, ovqatdan keyin, katta mikdordagi suyuqlik bilan, butunligicha qabul qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga sxema bo‘yicha buyuriladi: birinchi  2-3 kun davomida 30 mg dan sutkada 2-3 marta buyuriladi, so‘ngra 30 mg dan sutkada 2 marta yoki 15 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi.

6 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga odatda 15 mg dan sutkada 2-3 marta buyuriladi. Qo‘llashning davomiyligi ko‘rsatkichlarga va kasallikni kechishiga bog‘liq va u shaxsiy ravishda belgilanadi, lekin shifokorlarning ko‘rsatmasisiz 4-5 kundan oshmasligi kerak.

Yo‘tal simptomlari kuchayganda bemor shifokorga murojaat qilishi lozim.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ambrostat yaxshi o‘zlashtiriladi. Quyidagi nojo‘ya reaksiyalar bo‘lishi mumkin:

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, gastralgiya, epigastral sohada diskomfort, jig‘ildon qaynashining yengil ko‘rinishlari;

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, yakka holatlar – kontaktli dermatit, Kvinke shishi, anafilaktik shok, terini shikastlanishi to‘g‘risida juda kam xabar berilgan -Stivens-Djonson va Layell sindromlari.

Boshqalar: holsizlik, bosh og‘rig‘i, dizuriya, rinoreya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ambroksolga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik (I uch oyligi) va laktasiya davri, me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi, preparatni yo‘talga qarshi dori vosistalari bilan bir vaqtda qabul qilish, laktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (tabletkalar uchun).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparat va antibakterial vositalarni (amoksisillin, sefuroksim, doksisiklin, eritromisin) bir vaqtda qabul qilish antibiotiklarni o‘pka to‘qimasiga yaxshi kirishiga yordam beradi. Tug‘ish faoliyatini susaytiruvchi preparatlar bilan mutanosib.

Preparatni yo‘talga qarshi vositalar bilan majmuaviy qo‘llanganda, yo‘tal refleksini susayishi tufayli, suyultirilgan sekret xavfli dimlanishi mumkin. Shuning uchun yo‘talga qarshi vositalarini qabul qilish faqat davolovchi shifokorning ko‘rsatmasiga ko‘ra o‘tkazilishi kerak. Ambrostatni yurak glikozidlari va diuretiklar bilan birga qo‘llash mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ambrostat tabletkalari laktoza saqlaganligi tufayli, kam uchraydigan galaktozani nasliy o‘zlashtiraolmasligi, laktozasi tanqisligi yoki glyukoza, galaktozani so‘rilishini buzilishi bo‘lgan pasientlar, bu preparatni qabul qilmasliklari kerak. Ambrostatni buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan va/yoki jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlarga buyurilganda shifokorning sinchkov nazorati zarur. Bunday hollarda dozani kamaytirish va/yoki qabul qilishlar orasidagi vaqtni oshirish tavsiya qilinadi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi.

Homiladorlikning I uch oyligida Ambrostatni qo‘llash mumkin emas. Ambrostatni homiladorlikning II yoki III uch oyligida faqat ona uchun kutilayotgan foyda va homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfning nisbati oldindan baholagandan keyingina qo‘llash mumkin. Ambroksol ko‘krak sutiga chiqariladi, shuning uchun emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda ta‘sir qilish qobiliyati.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘siri xaqida xabarlar yo‘q.

Allergik reaksiyalarning birinchi belgilari rivojlanganda preparatni qabul qilishni bekor qilish lozim.

Navbatdagi dozani qabul qilish o‘tkazib yuborilgan hollarda keyingi qabul qilishda preparatning dozasini oshirib yubormaslik lozim. Preparat qandli diabet bo‘lgan bemorlarga buyurilganida 1 tabletka 0,01 NB ga to‘g‘ri kelishini yodda tutish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasi oshirib yuborilganda zaharlanish hollari kuzatilmagan. Ammo ba‘zida: qisqa muddatli bezovtalik va ich ketishi, doza kuchli oshirib yuborilganida arterial bosimni pasayishi, qusish, so‘lak ajralishini kuchayishi bo‘lishi mumkin

Davolash: bunday hollarda, ayniqsa dozani kuchli oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qilish va uning tavsiyasiga ko‘ra me‘dani yuvish, yog‘ saqlovchi mahsulotlarni qabul qilish, gemodinamik ko‘rsatkichlarni nazorat qilish, zarurati bo‘lganda simptomatik davolashni o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

10 ta tabletkadan PVX/alyumin folga kontur uyali o‘ramda.

Kontur-uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AMBROSTAT tabletkalari 30mg N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AMBROSTAT tabletkalari 30mg N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AMBROSTAT tabletkalari 30mg N20 dori vositasi ATM Pharm, OOO tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AMBROSTAT tabletkalari 30mg N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AMBROSTAT tabletkalari 30mg N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
MIKOFLYU kapsulalar 150mg N1
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
AZASIN kapsulalar 500mg N3
NIFUROKSAZID ATM kapsulalar 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM-Pharm
Narh: 20 500 so'mdan Batafsil
ASSEIN poroshok 600mg N10
ASSEIN poroshok 200mg N10
AZASIN kapsulalar 250mg N6
ASSEIN poroshok 600mg N20
ASSEIN poroshok 200mg N20
FLUOKSETIN ATM kapsulalar 20mg N20
OMEPRAZOL ATM kapsulalar 20mg N30
FLUKONAZOL ATM kapsulalar 150mg N1
NIMESULID ATM granuli 2g N30
VITAMIN S ATM poroshok 300mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
ENZIMIN tabletkalari 140mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
ENZIMIN tabletkalari 140mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
ENZIMIN tabletkalari 140mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9