×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AMINOVEN INFANT infuziya uchun eritma 100ml 10% N10

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Avstriya
Faol modda:
Аминокислоты для парентерального питания
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия произведено: Fresenius Kabi Austria GmbH
Vakil:
- ALINFARM MEDICAL
ATX kodi:
- B05BA01
Noaniqliq haqida habar berish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:
1 l eritma quyidagilarni saqlaydi: 10%
faol modda:

L-izoleysin 8,000g

L-leysin 13,000g

L-lizin monoatsetati 12,000 g

(L-lizinga mos keladi 8,51 g)

L-metionin 3,120 g

L-fenilalanin 3,750 g

L-treonin 4,400 g

L-triptofan 2,010 g

L-valin 9,000 g

L-arginin 7,500 g

L-gistidin 4,760 g

Glitsin 4,150 g

L-alanin 9,300 g

L-prolin 9,710 g

L-serin 7,670 g

Taurin 0,400 g

N-atsetil- L-sistein 0,700 g

(L –sisteinga mos keladi 0,520 g)

N-atsetil- L-tirozin 5,176 g

(L-tirozinga mos keladi) 4,200 g)

yordamchi moddalar:

L-olma kislotasi 2,620 g

In’eksiya uchun suv 1 l gacha

Aminokislotalarning umumiy miqdori 100 g

Azotning umumiy miqdori 14,9 g

Titrlanadigan kislotalik 27-40 mmol NaOH/l
rN 5,5 - 6,0

Nazariy osmolyarligi 885 mOsm/l

Chiqarilish shakli

100 ml yoki 250 ml dan rezina (galobutil) tiqin va birinchi ochish nazoratli plastik qalpoqchali alyumin qopqoq bilan berkitilgan II gidrolitik sinf shisha flakonlarda.

10 flakonlar plastik tutqich yoki usiz tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Infuziya uchun eritma 
Aminoven infant 10% preparatining tarkibiga kiruvchi aminokislotalar fiziologik komponentlar bo‘lib hisoblanadi. Parenteral yuborilgandan keyin ular organizmning erkin aminokislotalar puliga qo‘shiladi va barcha metabolik jarayonlarda ishtirok etadi, shu jumladan oqsil sintezi uchun ishlatiladi.

Aminoven infant 10% preparatining biokiraolishligi vena ichiga yuborilganda 100% ni tashkil qiladi. Aminokislotalar organizmning erkin aminokislotalar puliga qo‘shiladi va interstitsial suyuqlik va a’zolar va to‘qimalarning xujayralararo bo‘shlig‘iga taqsimlanadi. Qon plazmasida va xujayralar sitoplazmasida erkin aminokislotalarning konsentratsiyasi bemorning yoshi, oziqlanish darajasi va umumiy xolatiga qarab tor doirada boshqariladi. To‘g‘ri (sekin va doimiy tezlikda) yuborilganda Aminoven infant 10% preparati aminokislotalar muvozanatini izdan chiqarmaydi.
Jigar va buyrak funksiyasini og‘ir buzilishlarida aminokislotalar muvozanatini boshqarish izdan chiqadi. Bunday xollarda parenteral oziqlantirish uchun aminokislotalarning maxsus eritmalarini ishlatish kerak. Aminokislotalarning faqatgina oz miqdori buyraklar orqali chiqariladi. Aminokislotalarni plazmadan yarim chiqarilish davri patsiyentning yoshiga ahamiyatli ravishda bog‘liq.
To‘g‘ri qo‘llanilganda aniqlanmagan. Aminoven infant 10% preparatini periferik venalarga yuborganda mahalliy reaksiyalar belgilari: qizarish, flebitlar, trombozlar kuzatilishi mumkin. Punksiya sohasini har kunlik nazorati tavsiya etiladi.
Statsionarlar uchun.

Erta yoshdagi bolalarni parenteral oziqlantirganda quyidagi ko‘rsatkichlarni e’tiborga olish kerak: siydikda azot, ammiak, glyukoza, elektrolitlar, triglitseridlar (yog‘ emulsiyalarini qo‘shimcha yuborgada), jigar fermentlari darajasi, zardob osmolyarligi, kislota-ishqor muvozanati va suv-tuz almashinuvi. Haddan tashqari tez infuziya buyraklar orqali aminokislotalarni yo‘qotilishiga va buning oqibatida aminokislotalar disbalansiga olib kelishi mumkin.
Aminoven infant 10% preparati yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, erta yoshdagi bolalar va chala tug‘ilgan chaqaloqlarni qisman parenteral oziqlantirish uchun mo‘ljallangan. Uglevod eritmalari, yog‘ emulsiyalari, shuningdek vitaminlar, elektrolitlar va mikroelementlar preparatlari bilan birga to‘liq parenteral oziqlantirishni ta’minlaydi.
Aminokislotalarning boshqa eritmalari kabi Aminoven infant 10% preparatini aminokislotalar almashinuvini buzilishlarida, metabolik atsidozda, gipergidratatsiyada, gipokaliyemiyada yuborish mumkin emas. Jigar va buyrak yetishmovchiligida individual ravishda dozalash talab etiladi.
Mikrob kontaminatsiyasining yuqori xavfi tufayli, aminokislotalar eritmalarini boshqa dori preparatlari bilan aralashtirish mumkin emas.
Aminoven infant 10% preparatiga boshqa dori vositalarini qo‘shishdan saqlanish kerak, chunki bu toksik reaksiyalar chaqirishi mumkin. Har qanday xolatda preparatlarning mutanosibligi, sterillikni saqlash va sinchkovlik bilan aralashtirishga ishonch hosil qilish kerak. Boshqa medikamentlar qo‘shilgan eritmalarni saqlash mumkin emas.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Muzlatilmasin!

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

Aminoven infant 10% preparatini saqlovchi ochiq flakonni sovutgichda 24 soatgacha saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Flakon ochilgandan keyin darhol ishlatilsin. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Agar eritma tiniq, o‘ram shikastlanmagan bo‘lsa ishlatilsin.
Tiniq yoki biroz tovlanuvchi, rangsizdan och-sariq ranggacha bo‘lgan eritma.
Aminoven infant 10% asosan markaziy venalarga dovomli, tomchilab vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan.

Yuborishning maksimal tezligi: soatiga 1 kg tana vazniga 0,1 g gacha aminokislota, bu soatiga 1 kg tana vazniga 1 ml ga teng.

Maksimal sutkalik doza:

-1 yoshgacha bo‘lgan bolalar – sutkada 1 kg tana vazniga 1,5-2,5 g aminokislota yoki sutkada 1 kg tana vazniga 15 - 25 ml Aminoven infant 10% preparati.

-2-5 yoshdagi bolalar – sutkada 1 kg tana vazniga 1,5 g aminokislota yoki sutkada 1 kg tana vazniga 15 ml.

-6-14 yoshdagi bolalar – sutkada 1 kg tana vazniga 1,0 g aminokislota, bu sutkada 1 kg tana vazniga 10 ml ga teng.

Aminoven infant 10% parenteral oziqlantirish zarurati saqlanguncha qo‘llanadi.
Aminokislotalarning boshqa eritmalarini dozasini oshirib yuborgandagi kabi Aminoven infant 10% preparatining dozasi yoki yuborish tezligi oshirib yuborilganda qaltirash, ko‘ngil aynishi, qusish, buyrak aminoatsidozi yuzaga keladi. Shuningdek qon aylanishini o‘tkir buzilishlari yuzaga kelishi mumkin. Bunday xolatlarda preparatni yuborishni darhol to‘xtatish kerak. Giperkaliyemiya paydo bo‘lganda, har 3-5 g glyukozaga 1-3 XB insulin qo‘shib 200 dan 500 ml gacha 5% li glyukoza eritmasi yuboriladi

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AMINOVEN INFANT infuziya uchun eritma 100ml 10% N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AMINOVEN INFANT infuziya uchun eritma 100ml 10% N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AMINOVEN INFANT infuziya uchun eritma 100ml 10% N10 dori vositasi Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия произведено: Fresenius Kabi Austria GmbH tomonidan Avstriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AMINOVEN INFANT infuziya uchun eritma 100ml 10% N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AMINOVEN INFANT infuziya uchun eritma 100ml 10% N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
AKUMIN GEPA infuziya uchun eritma 250ml 8% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Аминокислоты для парентерального питания ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
  • Vakil: Inom Health Care MChJ
Narh: 120 000 so'mdan Batafsil
KABIVEN PERIFERICHESKIY emulsiya 900Kkal 1026ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shvetsiya
  • Faol modda: Аминокислоты для парентерального питания ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия произведено: Fresenius Kabi AB
  • Vakil: ALINFARM MEDICAL
KABIVEN SENTRALNIY emulsiya 2053ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shvetsiya
  • Faol modda: Аминокислоты для парентерального питания ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия произведено: Fresenius Kabi AB
AMINOVEN infuziya uchun eritma 500ml 10% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Аминокислоты для парентерального питания ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия произведено: Fresenius Kabi Austria GmbH
AMINOVEN infuziya uchun eritma 500ml 15% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Аминокислоты для парентерального питания ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия произведено: Fresenius Kabi Austria GmbH
Ishlab chiqaruvchining dorilari
AMINOVEN infuziya uchun eritma 500ml 10% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Аминокислоты для парентерального питания ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия произведено: Fresenius Kabi Austria GmbH
SMOFKABIVEN PERIFERICHESKIY emulsiya 100ml 20% N10
AMINOVEN infuziya uchun eritma 500ml 15% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Аминокислоты для парентерального питания ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия произведено: Fresenius Kabi Austria GmbH
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9