×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ANTI KOLD tabletkalari N20

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Armaniston
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Арпимед, ООО
ATX kodi:
- R05X
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 11 ta dorixonasida topildi

ico 13 400 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
59 000 s`om dan
AMBROKSOL 30 sirop 100ml 30mg/5ml Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ Ukraina
25 120 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ANTI KOLD tabletkalari N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ILOVA-VARAQA

(Istemolchilar uchun ma‘lumot)

ANTI-KOLD 

 

Preparatning savdo nomi: Anti-Kold.

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): parasetamol (raracetamol), fenilefrin gidroxloridi (rhenylephrine hydrochloride), xlorfeniramin maleati (shlorpheniramine maleate).

Dori shakli: tabletkalar 

Tarkibi

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: asetaminofen (parasetamol) – 325 mg, fenilefrin gidroxloridi – 5 mg, xlorfeniramin maleati – 2 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, povidon, magniy stearati, natriy kraxmal glikolyati.

Ta‘rifi: dumaloq, yassi yuzali, oq rangli, bir tomonida riskali va ikki tomonida faskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: analgetik-antipiretik. N1-gistamin reseptorlar antagonisti. simpatomimetik.

ATX kodi: R05X

Farmakologik xususiyatlari

Anti-Kold og‘riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi, allergiyaga qarshi va qon tomirlarni toraytiruvchi (arteriolalarning torayishini chaqiradi) ta‘sirga ega.

Parasetamol og‘riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va kuchsiz ifodalangan yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizm prostaglandinlarning sintezini ingibisiya qilinishi va gipotalamusdagi termoregulyasiya markaziga ta‘siri bilan bog‘liq.

Xlorfeniramin maleati antiallergik ta‘sir ko‘rsatadi (ko‘z yoshini oqishi, burun va ko‘zlardagi qichishishni bartaraf qiladi).

Fenilefrin gidroxloridi ko‘proq yuqori nafas yo‘llarining qon tomirlariga nisbatan tomirlarni toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi (ko‘p shilliq hosil bo‘lishini va burun shilliq qavatining shishini kamaytiradi).

Anti-Kold qachon qabul qilinishi kerak?

Anti-Kold quyidagilar bilan birga kechuvchi gripp va shamollashni simptomatik davolash uchun qo‘llanishi mumkin:

  • yuqori harorat,
  • isitma va etni uvishishi,
  • mushak va bosh og‘rig‘i,
  • o‘tkir rinit,
  • tumov va burunning bitishi,
  • aksirish.

Anti-Kold qanday qabul qilinishi kerak?

  • 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga dozalash tartibini shifokor belgilaydi.
  • 6 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalargabir martalik doza – 1 tabletka.
  • Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalargabir martalik doza – 2 tabletka.
  • Zarurati bo‘lganida tavsiya etilgan bir martalik dozani xar 4-6 soatda takrorlash mumkin, lekin sutkada 4 martadan ko‘p emas.
  • Qabul qilish davomiyligi: isitmani simptomatik davolash uchun – 3 kundan ko‘p emas, og‘riqni – 5 kundan oshmasligi kerak.

Preparat qo‘llanganida qanday noxush samaralari nomoyon bo‘lishi mumkin?

Kam hollarda toshma, qichishish; charchoqlik hissi, bosh aylanishi, uyquning buzilishi, ko‘rishning buzilishi, og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘riq kuzatilishi mumkin, ular preparat bekor qilinganida o‘tib ketadi.

Qanday hollarda preparatni qabul qilish mumkin emas?

Agar Sizda ilgari preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik aniqlangan bo‘lsa, Anti-Koldni qabul qilish mumkin emas.

Anti-Koldni 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Agarda Sizda quyidagilar bo‘lsa shifokorga xabar berish kerak?

  • surunkali bronxit,
  • emfizema,
  • yopiq burchakli glaukoma,
  • yurak kasalliklari,
  • arterial gipertoniya,
  • yaqqol ateroskleroz,
  • qalqonsimon bezining kasalliklari,
  • qandli diabet,
  • prostata bezining gipertrofiyasi.

Preparat qabul qilishni bekor qilish yoki shifokorga murojaat qilish kerak, agar:

  • Sizning holatingiz yaxshilanmasa yoki kasallikning yangi simptomlari paydo bo‘lsa (kasallik jiddiyroq bo‘lishi mumkinligini ko‘zda tutish kerak).

Bu haqida bilish kerak!

Anti-Koldni homiladorlik davrida buyurish tavsiya qilinmaydi. Preparatni laktasiya davrida qo‘llashning zarurati bo‘lganida, emizishni vaqtincha to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.

Keksalarga, jigar kasalliklari bo‘lgan shaxslarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, shuningdek preparatni uzoq muddat qabul qilish mumkin emas (isitmani davolash uchun – 3 kundan ko‘p emas, og‘riqni – 5 kundan ko‘p emas), chunki har bir faol modda chaqirgan nojo‘ya samaralarining rivojlanishining xavfi oshadi.

Anti-Kold preparati bilan bir vaqtda asetaminofen (parasetamol) va boshqa shamollashga qarshi preparatlarni qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Anti-Kold preparatini MAO ingibitorlarini (izokarboksazid, fenelzin, tranilsipromin) qabul qilish tugaganidan keyin kamida 14 kun o‘tgach qo‘llash mumkin.

Anti-Kold sedativ ta‘sirga ega preparatlar (trankvilizatorlar, trisiklik antidepressantlar, allergiyaga qarshi, tirishishga qarshi preparatlar, mushak relaksantlari, alkogol) bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki bu dori vositalarining nojo‘ya samaralarini, ayniqsa uyquchanlikni rivojlanish xavfi oshadi.

Anti-Kold preparatini beta-adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Agarda Siz boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta shifokorga xabar bering.

 

 

Doza oshirib yuborilganida qanday simptomlar bo‘lishi mumkin?

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohasida og‘riq; og‘ir hollarda jigar yetishmovchiligi, ensefalopatiya va komatoz holat rivojlanadi.

Davolash: simptomatik. Boshida me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish tavsiya etiladi.

Preparatni qanday sharoitlarda saqlash kerak?

Preparatni bolalar ololmaydigan, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-250S haroratda saqlash kerak.

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun tabletkalar.

20 tabletka saqlovchi (10 tabletkadan 2 blister) karton qutida.

 

Saqlash muddati

Yaroqlilik muddati – 4 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ANTI KOLD tabletkalari N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ANTI KOLD tabletkalari N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ANTI KOLD tabletkalari N20 dori vositasi Арпимед, ООО tomonidan Armaniston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ANTI KOLD tabletkalari N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ANTI KOLD tabletkalari N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
FOLIEVAYA KISLOTA tabletkalari 5mg N48
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Ishlab chiqaruvchi: Арпимед, ООО
Narh: 9 600 so'mdan Batafsil
ANTI AKNE suspenziya 30ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Ishlab chiqaruvchi: Арпимед, ООО
TETRASIKLIN maz 3g 1%
Narh: 2 900 so'mdan Batafsil
DIGOKSIN tabletkalari 0,25mg N40
Narh: 6 900 so'mdan Batafsil
GIDROKORTIZON maz 10g 1%
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
ALLOPURINOL tabletkalari 300mg N30
Narh: 35 600 so'mdan Batafsil
MEBENDAZOL tabletkalari 100 mg/500 mg N10
GIDROKORTIZON maz 15g 1%
BENZONAL tabletkalari 100mg N48
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Ishlab chiqaruvchi: Арпимед, ООО
MEKSIL eritma 5 ml 50 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Ishlab chiqaruvchi: Арпимед, ООО
MEKSIL eritma 2 ml 50 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Ishlab chiqaruvchi: Арпимед, ООО
KARDIOLAYF tabletkalari N96
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Ishlab chiqaruvchi: Арпимед, ООО
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9