×
×
  • ARTOKSAN suppozitorii 20 mg N5

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ARTOKSAN suppozitorii 20 mg N5

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine Ilac San.ve Tic. A.S.
ATX kodi:
- M01AC02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 147 ta dorixonasida topildi

ico 44 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 66 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 48 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom klubniki 150ml 100mg/5ml Рекитт Бенкизер Хелскэр (Великобритания) Лимитед Buyuk Britaniya
54 000 s`om dan
DEKSALGIN tabletkalari 25mg N10 Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA Ispaniya
DIAFLEKS kapsulalar 50mg N30 S.C. Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
165 000 s`om dan
DIKLAN tabletkalari 50mg+500mg N100 Artemis Life care Limited, Китай произведено: Nucleus Formulation Pvt. Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ARTOKSAN suppozitorii 20 mg N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ARTOKSAN

ARTOXAN

 

Preparatning savdo nomi: Artoksan

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tenoksikam

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizasiyalangan kukun erituvchi bilan majmuada.

Tarkibi

1 flakon preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: tenoksikam – 20 mg;

yordamchi moddalar: mannitol, askorbin kislotasi, dinatriy edetati, trometamin, natriy gidroksidi, xlorid kislotasi.

1 ampula erituvchi 2 ml in‘eksiya uchun suv saqlaydi.

Ta‘rifi: yashil-sariq rangli liofilizisiyalangan kukun;

erituvchi – rangsiz tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar. Oksikamlar.

ATX kodi: M01AS02

Farmakologik xususiyatlari

Artoksan kuchli yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va kamroq ifodalangan isitmani tushiruvchi ta‘sirga ega bo‘lgan, samarali nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat (NYAQV) hisoblanadi. Preparatning hususiyatlari siklooksigenaza fermentining ikkala izoformalarini ingibisiya qilishi bilan bog‘liq, bu araxidon kislotasining metabolizmini buzilishiga va prostaglandinlar sintezini blokadasiga olib keladi.

Yallig‘lanishga qarshi samarasi kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kamayishi (ekssudasiyani cheklaydi), lizosomal membranalarni turg‘unlashuvi (lizosomalardan, to‘qimalarni shikastlanishini chaqiradigan fermentlarni ajralib chiqishiga to‘sqinlik qiladi), yallig‘lanish mediatorlari (prostaglandinlar, gistamin, bradikinin, limfokinlar, komplement omillari) sintezini susayishi yoki faolsizlantirilishi bilan bog‘liq. Yallig‘lanish o‘chog‘ida erkin radikallarning miqdorini kamaytiradi, xemotaksis va fagositozni susaytiradi. Yallig‘lanishning proliferativ fazasini tormozlaydi, to‘qimalarni yallig‘lanishdan keyingi sklerozlanishini kamaytiradi; xondroprotektor ta‘sir ko‘rsatadi.

Preparat yallig‘lanishi o‘chog‘ida og‘riq sezuvchanligini kamaytiradi va talamusdagi og‘riq markazlariga ta‘sir qiladi, desensibilizasiyalovchi ta‘sirga ega (uzoq muddat qo‘llanganida). Revmatik kasalliklarda tinch xolatda va harakatda bo‘g‘imlardagi og‘riqni susaytiradi, bo‘g‘imlarning ertalabki tangligini va shishini kamaytiradi, bo‘g‘imlarning faoliyatini yaxshilaydi va xarakat xajmini oshiradi.

Farmakokinetikasi

Uzoq muddatli yarim chiqarilish davriga ega – 60-75 soat. Gistogematik to‘siqlar orqali oson o‘tadi, sinovial suyuqlikka yaxshi o‘tadi. Biokiraolishligi yuqoriligi – 100% bilan xarakterlanadi.

Qo‘llanilishi

Tayanch-harakat apparatini, og‘riq sindromi bilan birga kechuvchi, yallig‘lanish-degenerativ kasalliklari:

  • revmatoid artrit, podagrali artrit, ankilozlanuvchi spondilit (Bexterev kasalligi);
  • infeksion nospesifik poliartrit;
  • osteoartroz, osteoxondroz;
  • tendinitlar, bursitlar, miozitlar, periartritlar;
  • artralgiya, nevralgiya, mialgiya, ishalgiya, lyumbago;
  • jarohatlar, kuyishlarda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Mushak ichiga yoki vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan.

20 mg dozada sutkada 1 marta buyuriladi, tutib turuvchi doza: sutkada 10 mg ni tashkil etadi.

Yaqqol og‘riq sindromida dozani sutkada 1 marta 40 mg gacha oshirish mumkin.

Podagrali artritning o‘tkir xurujlarida: 20 mg dan sutkada 2 marta birinchi 2-3 kun davomida, so‘ngra 20 mg dan sutkada 1 marta 5 kun davomida qo‘llanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: qorinda og‘riqlar va noxush xislar, ko‘ngil aynishi, meteorizm.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i.

Allergik reaksiyalar: qichishish, eshakemi, eritema, Stivens-Djonson va Layell sindromlari.

Laboratoriya ko‘rsatkichlari: plazmada kreatinin, mochevinaning konsentrasiyalarini oshishi, “jigar” transaminazalarining faolligini oshishi kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • tenoksikamga yoki boshqa NYAQP yuqori sezuvchanlik;
  • me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari;
  • me‘da-ichakdan qon ketishlar;
  • homiladorlik;
  • laktasiya davri;
  • bolalar;
  • “aspirin triadasi”;
  • jigar va buyrak faoliyatini yaqqol darajadagi buzilishlari;
  • buyrak yetishmovchiligi;
  • yurak yetishmovchiligi;
  • qon kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparat litiy preparatlari, bilvosita antikoagulyantlarning samarasini kuchaytiradi (protrombin indeksini nazorat qilish kerak).

Diuretiklar bilan birga qo‘llanganida organizmda natriy va suvni ushlanib qolishi mumkinligini xisobga olish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Artoksan bilan uzoq muddatli davolash jarayonida jigar va buyraklarning faoliyatini nazorat qilish kerak.

Qon ketish vaqti uzayishi mumkin, buni operativ aralashuvlarda xisobga olish kerak.

18 yoshdan kichik bo‘lgan shaxslarda tenoksikamni qo‘llash bo‘yicha yetarli ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli, preparat ularga juda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni o‘ta ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki Artoksanni bu toifa pasientlarda qo‘llash bo‘yicha yetarli ma‘lumotlar yo‘q.

Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat bilan davolanish vaqtida avtotransportni boshqarish va diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potensial havfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish xollari kuzatilmagan.

Chiqarilish shakli

Liofilizasiyalangan kukun bo‘lgan 3 flakon va erituvchi bo‘lgan 3 ampula kontur uyali o‘ramda.

1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ARTOKSAN suppozitorii 20 mg N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ARTOKSAN suppozitorii 20 mg N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ARTOKSAN suppozitorii 20 mg N5 dori vositasi World Medicine Ilac San.ve Tic. A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ARTOKSAN suppozitorii 20 mg N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ARTOKSAN suppozitorii 20 mg N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Другие формы препарата
ARTOKSAN poroshok 20mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Tenoksikam ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
ARTOKSAN kapsulalar 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Tenoksikam ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited, Великобритания произведено: Global Napi Pharmaceuticals
ARTOKSAN gel 45g 1%
ARTOKSAN tabletkalari 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Tenoksikam ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9