×
×
  • ASIBROKS tabletkalari 600 mg N12

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ASIBROKS tabletkalari 600 mg N12

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ruminiya
Qadoqda soni:
- 12
Ishlab chiqaruvchi:
- Rotapharm, LTD, Великобритания, произведено: S.C.World Medicine Europe S.R.L.
ATX kodi:
- R05CB01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 10 ta dorixonasida topildi

ico 40 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
TONZILGON N draje N50 Bionorica SE Germaniya
72 000 s`om dan
GERBION PODOROJNIKA sirop 150ml KRKA, d.d. Sloveniya
41 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ASIBROKS tabletkalari 600 mg N12 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ASIBROKS

asibroX

 

Preparatning savdo nomi: Asibroks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): asetilsistein

Dori shakli: vishillovchi tabletkalar.

Tarkibi:

Asibroks 200 mg

1 vishillovchi tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 200 mg asetilsistein;

yordamchi moddalar: askorbin kislotasi, suvsiz natriy karbonati, natriy gidrokarbonati, suvsiz limon kislotasi, sorbitol, natriy sitrati, makrogol 6000, natriy saxarini, «Limon» aromatizatori.

Asibroks 600 mg

1 vishillovchi tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 600 mg asetilsistein;

yordamchi moddalar: askorbin kislotasi, suvsiz natriy karbonati, natriy gidrokarbonati, suvsiz limon kislotasiya, sorbitol, natriy sitrati, makrogol 6000, natriy saxarini, «Limon» aromatizatori.

Ta‘rifi: yassi silindrik, oq rangli, faskali, o‘ziga xos hidli, biroz marmarsimon tabletkalar

Farmakoterapevtik guruhi: balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

ATX kodi: R05CB01

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Asetilsistein – mukolitik, balg‘am ko‘chiruvchi vosita bo‘lib, sistein aminokislotasining hosilasidir. Erkin sulfgidril guruhi hisobiga asetilsistein balg‘amning nordon mukopolisaxaridlarini bisulfit bog‘larini uzadi, bu mukoproteidlarning depolimerizasiyasiga olib keladi va bronxial sekretning qovushqoqligini kamayishiga yordam beradi. Mukosiliar klirensni oshishi hisobiga balg‘amni ajralib chiqishini yengillashtiradi. Asetilsistein shuningdek antioksidant va pnevmoprotektor xususiyatlariga ham ega, bu sulfgidril guruxlarni erkin radikallarni bog‘lash xususiyati bilan bog‘liq. Bundan tashqari, asetilsistein detoksikasiyaning muhim omili hisoblangan, glitationning sintezini oshishiga yordam beradi. Asetilsisteinning bu xususiyati parasetamol va boshqa moddalar (aldegidlar, fenollar va boshqalar) bilan o‘tkir zaharlanishlarida uni antidot sifatida qo‘llash imkoniyatini beradi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan so‘ng asetilsistein ovqat hazm qilish yo‘llarida tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng asetilsisteinning biokiraolishligi taxminan 10% ni tashkil etadi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng maksimal konsentrasiyasiga 1-3 soatdan keyin erishiladi.

Jigarda sisteingacha (farmakologik faol metaboliti) va diasetilsistein, sistin va keyinchalik – aralash disulfitlargacha metabolizmga uchraydi. Asetilsistein va uning metabolitlari organizmda turli shakllarda: qisman – erkin substansiya ko‘rinishida, qisman – qon plazmasi proteinlari bilan bog‘langan holda, qisman – inkorporasiyalangan aminokislotalar holida aniqlanadi. Organizmdan siydik bilan nofaol metabolitlar (noorganik sulfatlar, diasetilsistein) ko‘rinishida deyarli to‘liq chiqariladi. Asetilsisteinning ozgina miqdorigina axlat bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Qon plazmasidan yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni tashkil etadi va jigardagi biotransformasiya tezligiga bog‘liq. Jigar yetishmovchiligida u 8 soatgacha uzayishi mumkin.

Asetilsistein yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tishi va amniotik suyuqlikda to‘planishi mumkin.

Qo‘llanilishi

Nafas a‘zolarining, qovushqoq, qiyin ajraladigan balg‘amni ko‘p hosil bo‘lishi bilan kechuvchi quyidagi kasalliklarda:

  • o‘tkir va surunkali bronxitlar;
  • obstruktiv bronxit;
  • laringotraxeit;
  • pnevmoniya;
  • bronxoektazlar;
  • bronxial astma;
  • bronxiolitlar;
  • mukovissidoz;
  • o‘tkir va surunkali sinusitda, o‘rta quloq otitida sekretni ajralib chiqishini yengillashtirish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Asibroks ichga qabul qilinadi.

600 mg asetilsistein saqlovchi bir tabletka 200 ml xona xaroratidagi ichimlik suvida yoki 200 mg asetilsistein saqlovchi bir tabletka 100 ml xona haroratidagi ichimlik suvida eritiladi.

Preparatni ovqatdan keyin qabul qilish kerak. Suyuqlikni qo‘shimcha qabul qilish asetilsisteinning mukolitik samarasini kuchaytiradi. Eritilganidan keyin darhol qabul qilish kerak, istisno hollarda tayyor eritmani 2 soatga qoldirish mumkin.

Kattalar va 14 yoshdan oshgan o‘smirlarga preparat 200 mg dan sutkada 2-3 marta yoki      600 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi.

6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 200 mg dan sutkada 2 marta qabul qilish tavsiya etiladi.

2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 200 mg sutkada 1 marta buyuriladi.

Mukovissidozda:

  • kattalar va 14 yoshdan oshgan o‘smirlarga 200 mg dan sutkada 2-3 marta yoki 600 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi
  • 6 yoshdan oshgan bolalarga 200 mg dan sutkada 3 marta qabul qilish tavsiya etiladi
  • 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 200 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi
  • tana vazni 30 kg dan ortiq bo‘lgan pasientlar preparatni sutkada 800 mg gacha bo‘lgan dozada qabul qilishlari mumkin.

Qisqa muddatli shamollash kasalliklarida preparatni qabul qilish davomiyligi 5-7 kunni tashkil etadi. Surunkali bronxitlar va mukovissidozda preparatni infeksiyani oldini olish samarasiga erishish uchun uzoqroq vaqt qabul qilish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

MNT tomonidan: kam hollarda – bosh og‘rig‘i, quloqlarda shovqin.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – stomatit; ayrim hollarda – ko‘ngil aynishi, qusish, jig‘ildon qaynashi, diareya.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: ayrim hollarda – arterial bosimni tushishi, taxikardiya.

Nafas tizimi tomonidan: yakka hollarda – yuqori sezuvchanlik reaksiyasini ko‘rinishi sifatida o‘pkadan qon ketishi rivojlanishi mumkin.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi; yakka hollarda – bronxospazm (asosan bronxlarning giperreaktivligi bo‘lgan pasientlarda).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • asetilsisteinga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar (600 mg asetilsistein saqlovchi tabletkalar uchun);
  • homiladorlik va laktasiya davri;
  • me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayish bosqichida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Asetilsistein va yo‘talga qarshi vositalar bir vaqtda qo‘llanganida, yo‘tal refleksini bostirilishi tufayli, balg‘amni ajralib chiqmasdan, nafas yo‘llarida to‘planishi paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday majmualarni ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak.

Asetilsisteinni bronxolitiklar bilan sinergizmi kuzatiladi.

Asetilsistein va nitrogliserinni bir vaqtda qabul qilish nitrogliserinning qon-tomirlarini kengaytiruvchi ta‘sirini kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Antibiotiklar (penisillinlar, sefalosporinlar, eritromisin, tetrasiklin va amfoterisin V) va proteolitik fermentlar bilan farmasevtik nomutanosibdir.

Metallar, rezina bilan kontaktda o‘ziga xos xidga ega bo‘lgan sulfidlar hosil bo‘ladi. Penisillinlar, sefalosporinlar, tetrasiklinning so‘rilishini kamaytiradi (ularni asetilsistein ichga qabul qilinganidan keyin kamida 2 soat o‘tgach qabul qilish kerak).

Maxsus ko‘rsatmalar

Asibroksni qon tupurishda, o‘pkadan qon ketishida, qizillo‘ngach venalarini varikoz kengayishi, buyrak usti bezlarining kasalliklari, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Bronxial astma va obstruktiv bronxitda asetilsisteinni bronxial o‘tkazuvchanlikni muntazam nazorati ostida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga asetilsisteinni faqat hayotiy ko‘rsatmalarga qarab, va qat‘iy nazoratga (tana vazniga maksimum 10 mg/kg) rioya qilgan holda buyurish mumkin.

Asibroks tarkibida sorbitol va natriy saxarini saqlaydi, shuning uchun preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslaxatlashish kerak.

Preparatni qabul qilish vaqtida shisha idishlardan foydalanish kerak, metallar, rezina, kislorod, yengil oksidlanuvchi vositalar bilan kontaktda bo‘lishdan saqlanish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni qo‘llash bo‘yicha adekvat va yaxshi nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Asibroks preparatini homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Pediatriyada qo‘llanishi

Preparatani 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas (600 mg asetilsistein saqlovchi tabletkalar uchun tegishli).

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Asibroks avtomobilni xaydash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: diareya, qusish, qorinda og‘riq, jig‘ildon qaynashi va ko‘ngil aynishi kuzatilishi mumkin.

Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Asibroks 200 mg №20

2 vishillovchi tabletkalar laminasiyalangan stripda. 10 laminasiyalangan striplar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Asibroks 600 mg №10

2 vishillovchi tabletkalar laminasiyalangan stripda. 5 laminasiyalangan striplar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Tabletka olinganidan keyin tuba zich berkitilsin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ASIBROKS tabletkalari 600 mg N12 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ASIBROKS tabletkalari 600 mg N12 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ASIBROKS tabletkalari 600 mg N12 dori vositasi Rotapharm, LTD, Великобритания, произведено: S.C.World Medicine Europe S.R.L. tomonidan Ruminiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ASIBROKS tabletkalari 600 mg N12 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ASIBROKS tabletkalari 600 mg N12 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ASIBROKS tabletkalari 200 mg N24
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm, LTD, Великобритания, произведено: S.C.World Medicine Europe S.R.L.
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
ASIBROKS inyeksiya uchun eritma 300mg/3ml 3ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Asetilsistein ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Rotapharm
ASIBROKS inyeksiya uchun eritma 3ml 300mg/3ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Asetilsistein ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9