×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ASEMAGNIL 150 tabletkalari 150mg/30,39mg N30

Kategoriya:
- Antitrombotik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Ацетилсалициловая кислота, гидроксид магния
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Belinda Laboratories Pvt. Ltd, Индия произведено: Akums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
Vakil:
- VEGAPHARM
ATX kodi:
- B01AC30
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

35 000 s`om dan
KLODAGREL tabletkalari 75mg N30 Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Cure Quick Pharmaceuticals Hindiston
40 000 s`om dan
ASMADA tabletkalari 150mg/30,39mg N100 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
39 200 s`om dan
340 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Atsemagnil 75 yoki 150: plyonka qobiq bilan qoplangan 10 ta tabletka alyumin blisterda. O'ramida 3 yoki 10 ta
blister tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga joylashtirilgan .
Atsetilsalisil kislotasining (ask) ta'siri mexanizmini asosida tsiklooksigenazani (sog-1) qaytmas
ingibitsiyasi yotadi, buning natijasida tromboksan A2 sintezi bloklanadi va trombositlar agregasiyasi
susayadi. Ask trombositlar agregasiyasini susayishini boshqa mexanizmlariga ega deb hisoblanadi, bu esa
turli qon-tomir kasalliklarida uning qo'llash sohasini kengaytiradi.
Ask shuningdek yallig'lanishga qarshi, og'riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi ta'sirga ega.
Atsemagnilning tarkibiga kiruvchi magniy gidroksidi me'da-ichak yo'llarining shilliq qavatini
atsetilsalisil kislotasining ta'siridan himoya qiladi.
Farmakokinetikasi
Ask me'da-ichak yo'llaridan deyarli to'liq so'riladi. Ask ni yarim chiqarilish davri taxminan 15 minutni
tashkil etadi, chunki ask ichakda, jigarda va qon plazmasida fermentlar ishtirokida tezda salisil
kislotasiga (SK) gidrolizlanadi. SK ning yarim chiqarilish davri taxminan 3 soatni tashkil etadi, ammo u ask
ning katta (3,0 g dan ortiq) dozalari bir vaqtda yuborilganida ferment tizimlarining to'yinishi natijasida
sezilarli ravishda uzayishi mumkin.
Ask ning Biokiraolishligi taxminan 70% ni tashkil etadi, ammo bu kattalik sezilarli darajada o'zgarib
turadi, chunki ask fermentlar ta'siri ostida SK ga tizim oldi (me'da-ichak yo'llari shilliq qavatida,
jigarda) gidrolizga uchraydi. SK ning biokiraolishi 80-100% ni tashkil etadi.
Magniy gidroksidining qo'llanadigan dozalari atsetilsalisil kislotasining biokiraolishligiga ta'sir
qilmaydi.
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
atsetilsalisilovaya kislota - 150 mg;
magniy gidroksid - 30,39 mg.
yordamchi moddalar: etilsellyuloza, dixlormetan, stearin kislotami, makkajo'xori kraxmal, natriy
lauril sulfat i, krospovidon, AK Disol, gipromelloza, tozalangan talk, titana dioksid,
polietilenglikol (6000), izopropil spirt, temir (III) oksidi bo'yovchisi
Quyida keltirilgan nojo'ya reaktsiyalarning uchrash tezligi quyidagiga muvofiq ravishda belgilangan:
- juda tez-tez > 1/10;
- tez-tez > 1/100, <1/10;
 - bazida > 1/1000, <1/100;
- kam hollarda > 1/10 000, <1/1000;
- juda kam hollarda < 1/10 000, jumladan alohida xabarlar.
Allergik reaktsiyalar: eshakemi (tez-tez), Kvinke shishi (tez-tez).
Immun tizimi tomonidan: anafilaktik reaktsiyalar (ba'zida).
Me'da-ichak yo'llari tomonidan: ko'ngil aynashi (tez-tez), jig'ildon qaynashi (juda tez-tez), qusish (tez-tez),
qorin sohasida og'riq hislari, me'da va o'n ikki barmoq ichak shilliq qavati yaralari (ba'zida), shu jumladan
teshilishlar bilan (kam hollarda), me'da-ichakdan qon ketishlari (ba'zida), "jigar" fermentlari
faolligini oshishi (kam hollarda), stomatit (juda kam hollarda), ezofagit (juda kam hollarda), me'da-ichak
yo'llarining yuqori qisimida eroziv shikastlanishlar (juda kam hollarda), strikturalar bilan kechuvchi
(juda kam hollarda), kolit (juda kam hollarda), ta'sirlangan ichak sindromi (juda kam hollarda).
Nafas tizimi tomonidan: bronxospazm (tez-tez)
Qon yaratish tizimi tomonidan: yuqori qon oquvchanligi (juda tez-tez), anemiya (kam hollarda),
gipoprotrombinemiya (juda kam hollarda), trombositopeniya (juda kam hollarda), neytropeniya, aplastik
anemiya (juda kam hollarda), eozinofiliya (juda kam hollarda), agranulositoz (juda kam hollarda).
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi (ba'zida), bosh og'rig'i (tez-tez), uyqusizlik (tez-tez),
uyquchanlik (ba'zida), quloqlarni shang'illashi, miya ichiga qon quyilishi (kam hollarda).
Preparatni shifokor buyurganidan keyin qabul qilish lozim.
Ask bronxospazmni qo'zg'atishi mumkin, shuningdek bronxial astma xurujlarini va boshqa yuqori sezuvchanlik
reaktsiyalarini keltirib chiqarishi mumkin. Anamnezda bronxial astma, pollinoz, burun polipozi, nafas
olish tizimining surunkali kasalliklarini, shuningdek boshqa preparatlarga allergik reaktsiyalarni
(masalan, teri reaktsiyalari, qichishish, eshakemi) mavjudligi xavf omillari bo'lib hisoblanadi.
Ask jarrohlik aralashuvlari vaqtida va ulardan keyin turli og'irlik darajasidagi qon ketishlarni
keltirib chiqarishi mumkin. Rejalashtirilgan jarrohlik aralashuviga qadar qon ketishi rivojlanishi xavfi
Ask ning past dozalarini qabul qilayotgan pasientlarda ishemik asoratlar rivojlanishi xavfi yuzasidan
baholanishi kerak. Agar qon ketishi rivojlanishi xavfi sezilarli bo'lsa, ask ni qabul qilish vaqtincha
to'xtatilishi kerak.
Ask ni antikoagulyantlar, trombolitiklar va antitrombositar preparatlar bilan birgalikda qo'llanilishi
qon ketishini rivojlanish xavfini oshishi bilan kechadi.
Ask past dozalarda moyilligi bo'lgan (siydik kislotasining pasaytirilgan ekskresiyasiga ega) pasientlarda
podagrani rivojlanishini qo'zg'atishi mumkin.
Ask ni metotreksat bilan birga qo'llanilishi qon yaratish a'zolari tomonidan nojo'ya ta'sirlarni uchrash
tezligini oshishi bilan kechadi.
Ask ning yuqori dozalari gipoglikemik ta'sir ko'rsatadi, ushbu holatni qandli diabeti bo'lgan, ichga qabul
qilish uchun gipoglikemik vositalarni va insulinni qabul qilayotgan pasientlarga ask ni buyurishda nazarda
tutish kerak.
Tizimli glyukokortikosteroidlar (GKS) va salisilatlar birgalikda qo'llanilganida davolash vaqtida qonda
salisilatlar kontsentrasiyasi past bo'lishini, tizimli glyukokortikosteroidlar (GKS) qo'llanilishi bekor
qilinganidan keyin esa salisilatlar dozasi oshib ketishini yodda tutish lozim.
Yurak-qon tomir kasalliklari xavfi yuqori bo'lgan pasientlarda ask ni ibuprofen bilan birgalikda qo'llash
tavsiya etilmaydi: ibuprofen bilan bir vaqtda qo'llanganida 300 mg dozalarda ask ning antiagregant
ta'sirini kamayishi qayd etilgan, bu ask ning kardioprotektor ta'sirlari pasayishiga olib keladi.
Ask dozasini tavsiya etilgan davolash dozalaridan ortiq oshirilishi me'da-ichakda qon ketishi xavfi bilan
bog'liq. Agregant davolash sifatida ask ning past dozalari uzoq vaqt qabul qilinganida me'da-ichakda qon
ketishini rivojlanishi xavfi munosabati bilan keksa pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. Ask
ni alkogol bilan bir vaqtda qabul qilinganida me'da-ichak yo'llari shilliq qavatlarini shikastlanishi va
qon ketishi vaqtini uzayishi xavfi yuqori bo'ladi
Xavf omillari (masalan, qandli diabet, giperlipidemiya, arterial gipertenziya, semirish, chekish, keksalik
yosh) mavjud bo'lganida tromboz va o'tkir yurak etishmovchiligi kabi yurak-qon tomir kasalliklarini birlamchi
profilaktikasi;
џ takroriy miokard infarktini va qon tomirlar trombozini oldini olishda;
џ qon-tomirlarda jarrohlik aralashuvlari (aortokoronar shuntlash, teri orqali translyuminal koronar
angioplastika) o'tkazilgandan keyin tromboemboliyani oldini olishda;
џ nostabil stenokardiyada qo'llaniladi.
Ask ga, preparatning yordamchi moddalariga va boshqa NYAQP ga yuqori sezuvchanlik, bosh miyaga qon quyilishi;
qon ketishiga moyillik (K vitamini etishmovchiligi, trombositopeniya, gemorragik diatez); salisilatlar
va NYAQP qabul qilinishi oqibatida induktsiyalangan bronxial astma;
me'da-ichak yo'llarining eroziv-yarali shikastlanishi (zo'rayish fazasida);
 me'da-ichakdan qon ketishi; og'ir buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 10 ml);
 homiladorlik (I va III uch oyliklari);
laktasiya davri;
glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida qo'llash mumkin emas;
metotreksat bilan (haftada 15 mg dan ortiq dozada) bir vaqtda qabul qilish mumkin emas;
18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: podagrada, giperurikemiyada, anamnezda miy ning yarali shikastlanishlari yoki me'daichakdan qon ketishlari bo'lganida, buyrak va/yoki jigar etishmovchiligi, bronxial astma, pollinoz, burun
polipozi, allergik holatlarda, homiladorlikning II uch oyligida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Bir vaqtda qo'llanilganida ask quyidagi dori preparatlarining ta'sirini kuchaytiradi: Metotreksat – buyrak klirensi pasayishi va uni oqsillar bilan bog'dan siqib chiqarilishi hisobiga. Geparin va bevosita bo'lmagan antikoagulyantlar ta'sirini – trombositlar faoliyati buzilishi va bevosita bo'lmagan antikoagulyantlarni oqsillar bilan bog'dan siqib chiqarilishi hisobiga. Trombolitik va antitrombositar preparatlar (tiklopidin) ta'sirini. Digoksin ta'sirini – uning buyrak ekskresiyasi pasayishi oqibatida. Gipoglikemik vositalar (insulin va sulfonilmochevina hosilalari) ta'sirini –ask ni o'zining yuqori dozalarda gipoglikemik xossalari va sulfonilmochevina hosilalarini oqsillar bilan bog'dan siqib chiqarilishi hisobiga. Valproat kislotasi – uni oqsillar bilan bog'dan siqib chiqarilishi hisobiga kuchaytiradi. Additiv ta'siri ask ni etanol (alkogol) bilan bir vaqtda qabul qilinganida kuzatiladi. Ask siydik kislotasining raqobatli tubulyar eliminasiyasi oqibatida urikozurik vositalarning (benzbromaronning) ta'sirini kuchsizlantiradi. Salisilatlarning eliminasiyasini kuchaytirgan holda tizimli GKS lar ularning ta'sirini kuchsizlantiradi. Antasidlar va kolestiramin preparat so'rilishini pasaytiradi.
Quruq, yorug'likdan himoya qilingan joyda, 25°Сdan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
24 oy. Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo'llanilmasin.
dumaloq, qizg'ish-jigrarang rangli, ikki yoqlama qavariq, ikki tomoni ham silliq bo'lgan plyonka
qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tabletkalar butunligicha, suv bilan yutiladi. Xohishga qarab, tabletkani teng ikkiga bo'lish, chaynash yoki
oldindan maydalab olish mumkin.
Xavf omillari (masalan, qandli diabet, giperlipidemiya, arterial gipertenziya, semizlik, chekish, keksalik
yosh) mavjud bo'lganida tromboz va o'tkir yurak etishmovchiligi kabi yurak-qon tomir kasalliklarini birlamchi
profilaktikasida:
Ask ni 150 mg dozada saqlovchi Atsemagnil preparatining 1 ta tabletkasi birinchi sutkalarda, so'ngra ask ni 75
mg dozada saqlovchi Atsemagnil preparatining 1 ta tabletkasi sutkada 1 marta buyuriladi.
Takroriy miokard infarktini va qon tomirlari trombozini profilaktikasi:
Ask ni 75-150 mg dozada saqlovchi Atsemagnil preparatining 1 ta tabletkasi sutkada 1 marta buyuriladi.
Qon tomirlarda jarrohlik aralashuvlaridan (aortokoronar shuntlash, teri orqali translyuminal koronar
angioplastikadan) keyin tromboemboliyani profilaktikasi:
Ask ni 75-150 mg dozada saqlovchi Atsemagnil preparatining 1 ta tabletkasi sutkada 1 marta buyuriladi.
Nostabil stenokardiyada:
Ask ni 75-150 mg dozada saqlovchi Atsemagnil preparatining 1 ta tabletkasi sutkada 1 marta buyuriladi.
Homiladorlikning birinchi 3 oyi davomida salisilatlarning katta dozalarini qo'llash homilani rivojlanish nuqsonlarini uchrash tezligini oshishi bilan bog'liq. Homiladorlikning II uch oyligida salisilatlarni, faqat xavf va foyda jiddiy baholangan holdagina buyurish mumkin. Homiladorlikning so'nggi uch oyligida salisilatlar yuqori (sutkada 300 mg dan ortiq) dozada tug'ruq faoliyatining tormozlanishini, homilada arterial qon oqimi yo'lini muddatidan avval berkilishini, ona va homilada ko'p qon ketishini keltirib chiqaradi, bevosita tug'ruqdan oldin preparatni buyurilishi esa, ayniqsa chala tug'ilgan bolalarda miya ichiga qon quyilishini keltirib chiqarishi mumkin. Homiladorlikning so'nggi uch oyligida salisilatlarni buyurish mumkin emas. Laktasiya davrida preparatni qo'llash mumkinligini yoki mumkin emasligini aniqlash uchun ommabop klinik ma'lumotlar etarli emas. Atsetilsalisil kislotasini laktasiya davrida buyurishdan oldin preparat bilan davolashdan kutilgan potentsial foydani emizikli yoshdagi bolalar uchun potentsial xavfga nisbatan baholash lozim

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ASEMAGNIL 150 tabletkalari 150mg/30,39mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ASEMAGNIL 150 tabletkalari 150mg/30,39mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ASEMAGNIL 150 tabletkalari 150mg/30,39mg N30 dori vositasi Belinda Laboratories Pvt. Ltd, Индия произведено: Akums Drugs & Pharmaceuticals Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ASEMAGNIL 150 tabletkalari 150mg/30,39mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ASEMAGNIL 150 tabletkalari 150mg/30,39mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ASEMAGNIL 75 tabletkalari 75mg/15,2mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота, гидроксид магния ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories Pvt. Ltd, Индия произведено: Akums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
  • Vakil: VEGAPHARM
KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Daniya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота, гидроксид магния ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Takeda Osteurope Holding GmbH
  • Vakil: IP MChJ "STADA SUBSIDIARY"
Narh: 53 800 so'mdan Batafsil
KARDIOMAGNIL tabletkalari 75mg+15,2mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Daniya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота, гидроксид магния ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Takeda Osteurope Holding GmbH
  • Vakil: IP MChJ "STADA SUBSIDIARY"
Narh: 39 800 so'mdan Batafsil
ASMADA tabletkalari 150mg/30,39mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота, гидроксид магния ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 39 200 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ASEMAGNIL 75 tabletkalari 75mg/15,2mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота, гидроксид магния ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories Pvt. Ltd, Индия произведено: Akums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
  • Vakil: VEGAPHARM
ASEMAGNIL 150 tabletkalari 150mg/30,39mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories Pvt. Ltd, Индия произведено: Akums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9