×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ASESOL infuziya uchun eritma 200ml

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Натрия ацетат, Калия хлорид, Натрия хлорид
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- B05BB
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 54 ta dorixonasida topildi

O'xshash dorilar

Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ASESOL infuziya uchun eritma 200ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ASESOL

ACESOLUM

Preparatning savdo nomi: Asesol

Ta‘sir etuvchi moddalari (XPN): natriy asetati. natriy xloridi va kaliy xloridi.

Dori shakli: infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

1 l eritma quyidagilarni saqlaydi

faol moddalar: natriy asetati – 2 g, natriy xloridi – 5 g, kaliy xloridi – 1 g.

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv 1 l gacha

Ta‘rifi: rangsiz, tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Tuzli eritma.

ATX kodi: V05VV

 

Farmakologik xususiyatlari

Gemodinamik va dezintoksikasion ta‘sir ko‘rsatadi. Gipovolemiyani, qonning quyuqlashishini va metabolik asidozni kamaytiradi, kapillyar qon aylanishini yaxshilaydi, diurezni ko‘paytiradi. Suv-elektrolit muvozanatini tiklanishiga yordam beradi.

Qo‘llanilishi

Turli kasalliklarda (o‘tkir dizenteriya, El-Tor (Inaba) vabosi, ovqat toksikoinfeksiyalari va b.) paydo bo‘ladigan organizmning degidratasiyasi va intoksikasiyasida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Eritma 38-400S gacha isitiladi. Eritmali idish shtativga osiladi, uchlikdan qalpoqcha olib tashlanadi va bir martalik sistema ignasi kiritiladi. Preparat vena ichiga yuboriladi (oqim bilan yoki tomchilab). Kasallikning og‘ir shakllarida (gipovolemik infeksion-toksik shok, adekvat bo‘lmagan kapillyar perfuziya, dekompensasiyalangan metabolik asidoz, anuriya) 1-2 soat davomida bemorning tana vazniga 7-10% miqdorda, yuborish oqim bilan boshlanadi, so‘ngra minutiga 40-120 tomchi tezlikda 24-48 soat davomida tomchilab yuborishga o‘tiladi.

Kasallikning yengilroq shakllarida (organizmning intoksikasiyasi va suvsizlanishi, metabolik asidoz, oliguriya) preparatni tomchilab yuborish bilan cheklanish mumkin.

Eritma suyuqlik hajmini tiklanishi uchun yetarli miqdorda yuboriladi. Preparatni qo‘llash gematokrit va qondagi elektrolitlar konsentrasiyasini nazorati ostida o‘tkaziladi. Yuborilgan va yo‘qotilgan suyuqlikning muvozanati har 6 soatda aniqlanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Giperkaliemiya rivojlanishi mumkin, bunday hollarda elektrolit muvozanatining meyorlashuviga qadar, preparat Disol eritmasi bilan almashtiriladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Giperkaliemiya, alkaloz, surunkali buyrak yetishmovchiligi, gipergidratasiya holati, o‘pkalar, miya shishining xavfi, preparat komponentlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Mahsus ko‘rsatmalar

Buyrakning ajratib chiqarish faoliyati buzilgan bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Davolash gematokrit va elektrolitlarni nazorati ostida o‘tkaziladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma 250, 400 ml dan flakonlarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ASESOL infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ASESOL infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ASESOL infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi Reka-Med Farm OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ASESOL infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ASESOL infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
Narh: 7 200 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
ASESOL infuziya uchun eritma 400ml
Narh: 7 200 so'mdan Batafsil
ASESOL infuziya uchun eritma 250ml
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
ASESOL eritma 200ml
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 900 so'mdan Batafsil
Narh: 3 350 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
ASESOL infuziya uchun eritma 400ml
Narh: 7 200 so'mdan Batafsil
ASESOL infuziya uchun eritma 250ml
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9