×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AVIROZ tabletkalari 10mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Розувастатина кальция
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Avantika Medex Pvt. Ltd Индия произведено: Halewood Laboratories Pvt. Ltd
Vakil:
- MChJ Konark Pharm MChJ
ATX kodi:
- C10AA07
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 3 ta dorixonasida topildi

ico 54 500 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
43 000 s`om dan
TELSARTAN H tabletkalari 80mg+12,5mg N28 Dr.Reddy’s Laboratories Ltd. Hindiston
64 000 s`om dan
NEBIVORLD tabletkalari 5mg N28 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
60 999 s`om dan
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N60 Innothera Chouzy Frantsiya
345 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: 

faol modda: rozuvastatin kal'tsiy – 10 mg va 20 mg rozuvastatinga ekvivalent. 

yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza (RN 102), laktoza monogidrati, natriy kroskarmeloza, magniy gidroksidi, magniya stearati, tozalangan tal'k. 

plyonka qobig'i: temir (III)-oksidi, izopropanol*, dixlormetan*. 

*ishlab chiqarish jarayonida parlanib ketadi. 

Сhiqarilish shakli

10 tabletkadan alyumin blisterlarda. 3 blisterdan tibbiyotda qo'llanishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Rozuvastatin – statinlar guruhiga mansub gipolipidemik vosita, GMG-KoA reduktaza ingibitoridir. Raqobatli antagonizm printsipi bo'yicha statin molekulasi koenzim A retseptorining bu ferment bog'lanadigan joyi bilan bog'lanadi. Statin molekulasining boshqa qismi gidroksimetilglutaratni xolesterin molekulasining sintezida oraliq mahsulot hisoblangan mevalonatga aylanish jarayonini ingibitsiya qiladi. GMG-KoA reduktaza faolligini ingibitsiya qilinishi ketma-ket reaktsiyalarga olib keladi, buning natijasida xujayra ichida xolesterin miqdori kamayadi va PZLP-retseptorlarining faolligi kompensator ravishda oshadi va muvofiq ravishda PZLP xolesterini (XS) katabolizmi tezlashadi.

Statinlarning gipolipidemik samarasi XS-PZLP hisobiga umumiy XS darajasini kamayishi bilan bog'liq. PZLP darajasini kamayishi dozaga bog'liq va proportsional emas, balki eksponentsial xarakterga ega. 

Gipolipidemik ta'sirdan tashqari statinlar endoteliy disfunktsiyasida (erta aterosklerozning klinika oldi belgisi) qon tomir devoriga, ateromaning holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, antioksidant, antiproliferativ xususiyatlarga ega.

Terapevtik samara davolash boshlanganidan keyin 1 hafta davomida namoyon bo'ladi va 

2 hafta davolagandan keyin odatda 4 haftada erishiladigan maksimal samaraning 90% ni tashkil qiladi va bunday keyin doimiy bo'lib qoladi.

Ichga qabul qilingandan keyin rozuvastatinning qon plazmasidagi Smax ga taxminan 5 soatdan keyin erishiladi. Biokiraolishligi – taxminan 20% ni tashkil etadi.

Rozuvastatin jigarda to'planadi. vd – taxminan 134 l. Plazma oqsillari (asosan al'buminlar) bilan bog'lanishi taxminan 90% ni tashkil etadi.
 
Tsitoxrom R450 izofermentlar tizimi uchun maxsus bo'lmagan substrat bo'lib, past darajada (taxminan 10%) biotransformatsiyaga uchraydi. Rozuvastatinning metabolizmida ishtirok etuvchi asosiy izoferment bo'lib CYP2C9 hisoblanadi. CYP2C19, CYP3A4 va CYP2D6 izofermentlari metabolizmga kam darajada jalb qilingan.

Rozuvastatinning asosiy aniqlangan metabolitlari bo'lib, N-dismetil va lakton metabolitlari hisoblanadi. N-dismetil rozuvastatinga nisbatan faolligi taxminan 50% kamroq, lakton metabolitlari farmakologik jihatdan faol emas.

Rozuvastatin dozasining taxminan 90% axlat bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. Qolgan qismi siydik bilan chiqariladi. Plazmadagi T1/2 – taxminan 19 soatni tashkil etadi. Dozasi oshirilganda T1/2 o'zgarmaydi. Plazmadagi klirensning o'rtacha qiymatlari taxminan soatiga 50 l (variatsiya koeffitsenti 21,7%) ni tashkil etadi.

Yaqqol buyrak yetishmovchiligi (KK < 30 ml/min) bo'lgan patsientlarda sog'lom ko'ngillilarga nisbatan rozuvastatinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi 3 marta yuqori, N-dismetilning kontsentratsiyasi esa 9 marta yuqori. Gemodializdagi patsientlarda rovuvastatinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi sog'lom ko'ngillilarga nisbatan taxminan 50% ga yuqori. 

Сhayl'd-P'yu shkalasi bo'yicha 8 va 9 darajadagi jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda T1/2 ni kamida 2 marta oshishi aniqlangan.
Aviroz preparatini qabul qilganda kuzatiladigan nojo'ya samaralar odatda kuchsiz namoyon bo'ladi va o'z-o'zidan o'tib ketadi. Boshqa GMG-KoA reduktaza ingibitorlari qo'llanilganda bo'lgani kabi, nojo'ya samaralarni rivojlanish tezligi asosan dozaga bog'liq xarakterga ega.

Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan angionevrotik shish.

Endokrin tizimi tomonidan: tez-tez –qandli diabetining 2 tipi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og'rig'i, bosh aylanishi.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – qabziyat, ko'ngil aynishi, qorinda og'riq; kam xollarda – pankreatit.

Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez emas – terini qichishishi, toshma, eshakemi.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: tez-tez – mialgiya; kam hollarda – miopatiya (shu jumladan miozit), rabdomioliz.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: Aviroz preparatini qabul qilgan patsientlarda proteinuriya aniqlanishi mumkin. Siydikda oqsil miqdorining o'zgarishi (yo'qligidan yoki juda kam miqdordan ++ yoki undan ko'proqqacha) preparatni 10-20 mg dozada qabul qilayotgan 1% dan kamroq patsientlarda, preparatni 40 mg dozada qabul qilayotgan taxminan 3% patsientlarda kuzatilgan. Siydikda oqsil miqdorining biroz o'zgarishi 20 mg dozada qabul qilinganida kuzatilgan. Ko'pchilik holatlarda proteinuriya davolash jarayonida kamayadi yoki yo'qoladi va buyrak o'tkir kasalligining rivojlanishi yoki mavjud bo'lganini avj olishini bildirmaydi.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: Aviroz preparati barcha dozalarda, ayniqsa 20 mg dan yuqori dozalarda qo'llanilganda – mialgiya, miopatiya (shu jumladan miozit); kam hollarda – o'tkir buyrak yetishmovchiligi bilan yoki usiz kechuvchi rabdomioliz.

KFK darajasini dozaga bog'liq ravishda oshishi rozuvastatin qabul qilgan kam sonli patsientlarda kuzatiladi. Ko'pchilik xollarda u ahamiyatsiz, simptomsiz va vaqtinchalik bo'lgan. KFK faolligi oshganida (NYuСh ga nisbatan 5 marta va undan ko'p) davolanishni to'xtatish lozim.

Jigar tomonidan: patsientlarning oz miqdorida jigar transaminazalarining faolligini dozaga bog'liq oshishi kuzatilgan. Ko'pchilik hollarda u ahamiyatsiz, simptomsiz va vaqtinchalik bo'lgan.

Laborator ko'rsatkichlar: glyukoza, bilirubinning kontsentratsiyasini, GGT, ishqoriy fosfatazaning faolligini oshishi, qalqonsimon bezi funktsiyasining buzilishi.

Boshqalar: tez-tez – astenik sindrom kuzatilishi mumkin.

Retsept bo'yicha.
Buyrakka ta'siri

Aviroz preparatining yuqori dozalarini (asosan 40 mg dozada) qabul qilgan patsientlarda ko'pgina hollarda o'tkinchi bo'lgan buyrak kanalchalari proteinuriyasi kuzatilgan. Bunday proteinuriya buyrakning o'tkir kasalligi yoki buyrak kasalligini avj olganligidan dalolat bermagan. Preparatni 40 mg dozada qabul qilgan patsientlarda davolanish vaqtida buyrak funktsiyasi ko'rsatkichlarini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Tayanch-harakat apparati tomonidan

Aviroz preparati barcha dozalarda, ayniqsa 20 mg dan yuqori dozalarda qo'llanilganda, tayanch-xarakat apparatiga quyidagi ta'sirlari: mialgiya, miopatiya, kam xollarda – rabdomioliz xaqida xabar berilgan

Davolashni boshlashdan avval 

Aviroz preparati buyurilganda, boshqa GMG-KoA reduktaza ingibitorlari buyurilganda bo'lgani kabi, miopatiya/rabdomiolizni rivojlanish xavf omillariga ega bo'lgan patsientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim, xavf va davolashdan kutiladigan foyda nisbatini ko'rib chiqish va klinik kuzatuvni amalga oshirish lozim.

Aviroz preparatini 40 mg dan yuqori dozada fibratlar bilan birga qabul qilish mumkin emas. Aviroz preparati bilan davolash boshlanganidan so'ng 2-4 xaftadan keyin va/yoki dozasi oshirilganida lipidlar almashinuvining ko'rsatkichlarini nazorat qilish lozim (zarurati bo'lganida dozaga tuzatish kiritish talab etiladi).

Davolashni boshlashdan oldin va davolash boshlanganidan so'ng 3 oydan keyin jigar funktsiyasining ko'rsatkichlarini aniqlash tavsiya etiladi. Agar qon zardobida transaminazalarning faolligi NYuСh dan 3 marta yuqori bo'lsa, Aviroz preparatini qabul qilishni to'xtatish yoki preparatning dozasini kamaytirish lozim. 

Gipotireoz yoki nefrotik sindrom oqibatida giperxolesterinemiya kuzatilgan patsientlarda asosiy kasalliklarni davolash Aviroz preparati bilan davolashni boshlashdan oldin o'tkazilishi kerak.

OITV proteaza ingibitorlari

Preparatni OITV proteaza ingibitorlari bilan birga qo'llash tavsiya etilmaydi.

Preparatni laktaza yetishmovchiligi, galaktozani o'zlashtiraolmaslik va glyukozo-galaktoza mal'absorbtsiyasi bo'lgan patsientlarda qo'llash mumkin emas.

O'pkaning interstitsial kasalligi

Ba'zi statinlar, ayniqsa uzoq vaqt davomida qo'llanganida o'pkaning insterstitsial kasalligini yakka xolatlari haqida xabar berilgan. Kasallikning belgilari hansirash, quruq yo'tal va umumiy xolatning yomonlashishi (holsizlik, tana vaznining kamayishi va isitma) bo'lishi mumkin. O'pkaning interstitsial kasalligiga shubha tug'ilganida statinlar bilan davolashni to'xtatish lozim.

Qandli diabetning 2 tipi

Glyukozaning kontsentratsiyasi 5,6 dan 6,9 mmol'/l gacha bo'lgan patsientlarda Aviroz preparati bilan davolash qandli diabetning 2 tipini rivojlanish xavfini oshishi bilan assotsiatsiyalangan.
Jigar funktsiyasini buzilishlarida qo'llanishi

Avirozni faol fazadagi jigar kasalliklari bo'lgan patsientlarda qo'llash mumkin emas.

Buyrak funktsiyasini buzilishlarida qo'llanishi

Engil yoki o'rtacha og'irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 30 ml dan kam) bo'lgan patsientlarda Aviroz preparatini qo'llash mumkin emas. Buyrak funktsiyasini o'rtacha darajada (KK minutiga 30-60 ml) buzilishlari bo'lgan patsientlarda preparatni 40 mg dozada qo'llash mumkin emas.

Buyrak funktsiyasini o'rtacha darajada buzilishlari bo'lgan patsientlarga preparatning 5 mg boshlang'ich dozasi tavsiya etiladi.

Keksa patsientlarda qo'llanishi

Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Aviroz preparatini transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarni ishlatish qobiliyatiga ta'sirini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan. Avtotransportni boshqarishda yoki diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi ishlarni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim (davolash vaqtida bosh aylanishi rivojlanishi mumkin). 
- Fredrikson bo'yicha birlamchi xolesterinemiya (IIa tipi, shu jumladan oilaviy geterozigot giperxolesterinemiya) yoki aralash giperxolesterinemiyada (IIb tipi) parhez va nomedikamentoz davolash usullari (masalan, jismoniy mashqlar, tana vaznini kamayishi) yetarli bo'lmaganda parhezga qo'shimcha sifatida;

- oilaviy gomozigot giperxolesterinemiyada parhezga va boshqa lipidlarning miqdorini pasaytiruvchi (masalan, PZLP-aferez) davolashga qo'shimcha sifatida, yoki bunday davolash samarali bo'lmaganida;

- gipertriglitseridemiyada (Fredrikson bo'yicha Iv tipi) parhezga qo'shimcha sifatida;

- aterosklerozni avj olishini sekinlashtirish uchun umumiy XS va XS-PZLP kontsentratsiyasini pasaytirish uchun davolash ko'rsatilgan patsientlarda parhezga qo'shimcha sifatida;

- YuIKning klinik belgilari bo'lmagan, lekin uni rivojlanish xavfi yuqori (erkaklar uchun 50 yoshdan va ayollar uchun 60 yoshdan oshganlar, S-reaktiv oqsil kontsentratsiyasini oshishi (≥2 mg/l), arterial gipertenziya, XS-PZLP kontsentratsiyasini pastligi, chekish, oilaviy anamnezida YuIK ni erta boshlanishi kabi qo'shimcha xavf omillaridan kamida bittasi bo'lganida) bo'lgan katta yoshdagi patsientlarda yurak-qon tomirlari asosiy asoratlarining (insul't, infarkt, arterial revaskulyarizatsiya) birlamchi profilaktikasida qo'llaniladi.

5 mg, 10 mg va 20 mg sutkalik dozada Aviroz preparati uchun:

 rozuvastatinga yoki preparatning komponentlaridan birortasiga yuqori sezuvchanlik;

 laktozani o'zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukozo-galaktoza mal'absorbtsiyasi (preparat laktoza saqlaydi);

 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar;

 faol fazadagi jigar kasalligi, shu jumladan zardobda transaminazalar faolligining turg'un oshishi va qon zardobida transaminazalar faolligini har qanday oshishi (normaning yuqori chegarasiga nisbatan 3 marta va undan yuqori);

 buyrak funktsiyasining yaqqol buzilishlari (KK minutiga 30 ml dan kam); 

 miopatiya;

 tsiklosporinni bir vaqtda qabul qilish;

 ayollarda: homiladorlik, laktatsiya davri, adekvat kontratseptsiya usullaridan foydalanmaslik;

 miotoksik asoratlar rivojlanishiga moyilligi bo'lgan patsientlarda qo'llash mumkin emas.
40 mg sutkalik dozada Aviroz preparati uchun:

 rozuvastatinga yoki preparatning komponentlaridan birortasiga yuqori sezuvchanlik;

 laktozani o'zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukozo-galaktoza mal'absorbtsiyasi (preparat laktoza saqlaydi);

 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar; 

 tsiklosporinni bir vaqtda qabul qilish; 

 ayollarda: homiladorlik, laktatsiya davri, adekvat kontratseptsiya usullaridan foydalanmaslik;

 faol fazadagi jigar kasalligi, shu jumladan zardobda transaminazalar faolligini turg'un oshishi va qon zardobida transaminazalar faolligini har qanday oshishi (normaning yuqori chegarasiga nisbatan 3 marta va undan yuqori);

 miopatiya/rabdomiolizni rivojlanish xavfi omillari bo'lgan patsientlar, xususan: o'rtacha og'irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 60 ml dan kam), gipotireoz, shaxsiy yoki oilaviy anamnezida mushak kasalliklari, anamnezda boshqa GMG-KoA reduktaza ingibitorlari yoki fibratlarni qabul qilish fonida miotoksiklik rivojlanishi bo'lgan patsientlar;

 alkogolni haddan tashqari ko'p iste'mol qilish;

 plazmada rozuvastatinning kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin bo'lgan holatlar;

 fibratlarni bir vaqtda qabul qilish;

 mongoloid irqiga mansub patsientlarda qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

5 mg, 10 mg va 20 mg sutkalik dozada Aviroz preparati uchun: miopatiya/rabdomiolizni rivojlanish xavfining mavjudligi – buyrak yetishmovchiligi, gipotireoz, shaxsiy yoki oilaviy anamnezida nasliy mushak kasalliklari va oldingi anamnezida boshqa GMG-KoA reduktaza ingibitorlarini yoki fibratlarni qo'llaganda mushak toksikligi; alkogolni haddan tashqari ko'p iste'mol qilish; 65 yoshdan oshganlar; rozuvastatinning plazmadagi kontsentratsiyasini oshishi kuzatilgan holatlar; irqiy mansublik (mongoloid irqi); fibratlar bilan bir vaqtda buyurish; anamnezida jigar kasalliklari; sepsis; arterial gipotenziya; yirik jarroxlik aralashuvlari, jarohatlar; og'ir darajadagi metabolik, endokrin buzilishlari yoki elektrolitlar muvozanatining buzilishlari; nazorat qilib bo'lmaydigan tirishish xurujlari.

40 mg sutkalik dozada Aviroz preparati uchun: yengil darajadagi (KK minutiga 60 ml dan yuqori) buyrak yetishmovchiligi; 65 yoshdan oshganlar; anamnezida jigar kasalliklari; sepsis; arterial gipotenziya; yirik jarroxlik aralashuvlari, jarohatlar; og'ir darajadagi metabolik, endokrin buzilishlari yoki elektrolitlar muvozanatini buzilishlari; nazorat qilib bo'lmaydigan tirishish xurujlari.
Tsiklosporin: rozuvastatin va tsiklosporin bir vaqtda qo'llanilganda rozuvastatinning AUC sog'lom ko'ngillilarda aniqlangan ko'rsatkichdan o'rtacha 7 marta yuqori bo'lgan. Birga qo'llash rozuvastatinning plazmadagi kontsentratsiyasini 11 barobar oshishiga olib keladi. Tsiklosporinning plazmadagi kontsentratsiyasiga ta'sir qilmaydi.

Bilvosita antikoagulyantlar: bilvosita antikoagulyantlar (masalan, varfarin) ni bir vaqtda qabul qilayotgan patsientlarda rozuvastatin bilan davolashni boshlash yoki preparatning dozasini oshirish protrombin vaqtini (XNN) uzayishiga olib kelishi mumkin. Rozuvastatinni bekor qilish yoki preparatning dozasini pasaytirish XNN kamayishiga olib kelishi mumkin. Bunday xolatlarda XNN ni nazorat qilish tavsiya etiladi.

OITV proteaza ingibitorlari: o'zaro ta'sirning aniq mexanizmi noma'lumligiga qaramay, OITV proteaza ingibitorlarini birga qo'llash rozuvastatinning ekspozitsiyasini sezilarli darajada oshishiga olib kelishi mumkin. 

Sog'lom ko'ngillilarda 20 mg rozuvastatinni OITV proteazaning ikkita ingibitorini (400 mg lopinavir/100 mg ritonavir) saqlovchi majmuaviy preparat bilan bir vaqtda qabul qilish yuzasidan o'tkazilgan farmakokinetik tadqiqotda, rozuvastatinning AUC0-24 va Cmax ni muvofiq taxminan ikki marta va besh marta oshishiga olib kelgan. Shuning uchun OITV-infektsiyasi bo'lgan patsientlarni davolashda rozuvastatin va OITV proteaza ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. 

Antatsidlar: rozuvastatin va tarkibida alyuminiy va magniy gidroksidini saqlovchi antatsidlar suspenziyasini bir vaqtda qo'llash rozuvastatinning plazmadagi kontsentratsiyasini taxminan 50% ga kamayishiga olib keladi. Agar antatsidlar rozuvastatin qabul qilingandan so'ng 2 soatdan keyin qabul qilinsa, ushbu samara kuchsizroq namoyon bo'ladi. Bunday o'zaro ta'sirning klinik ahamiyati o'rganilmagan.

Eritromitsin: rozuvastatin va eritromitsinni bir vaqtda qo'llash rozuvastatinning AUC0-24 20% va rozuvastatinning Cmax ni 30% ga kamayishiga olib keladi. Bunday o'zaro ta'sir eritromitsinni qabul qilganda kuzatiladigan ichak motorikasini kuchayishi natijasida bo'lishi mumkin.

Peroral kontratseptivlar/o'rinbosar gormonal davolash: rozuvastatin va peroral kontratseptivlarni bir vaqtda qo'llash etinilestradiolning AUC va norgestrelning AUC ni muvofiq 26% va 34% ga oshiradi. Plazmadagi kontsentratsiyasining bunday oshishini peroral kontratseptivlarning dozasini tanlashda hisobga olish kerak. Aviroz preparatini va o'rinbosar gormonal davolashni bir vaqtda qo'llash bo'yicha farmakokinetik ma'lumotlar yo'q, shunday ekan, bunday majmuani qo'llaganda o'xshash samarani istisno qilib bo'lmaydi. Ammo bunday majmua klinik tadqiqotlarni o'tkazish vaqtida keng qo'llanilgan va patsientlar tomonidan yaxshi o'zlashtirilgan.

Boshqa dori vositalari: rozuvastatinni digoksin bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'siri kutilmaydi. 
Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. 

Yaroqlilik muddati

3 yil. 

O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin. 

10 mg li dozasi uchun: pushti rangli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida Av gravirovkasi, boshqa tomoni bir tekis bo'lgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

20 mg li dozasi uchun: pushti rangli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida Av gravirovkasi, boshqa tomoni bir tekis bo'lgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tabletkani ichga, chaynamasdan va maydalamasdan, butunligicha, suv bilan qabul qilinadi. Preparatni ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar kunning istalgan vaqtida buyurish mumkin. Aviroz preparati bilan davolashni boshlashdan oldin patsient standart gipoxolesterinemik parhezga rioya qilishni boshlashi va davolash vaqtida unga rioya qilishni davom ettirishi lozim. Preparatning dozasini lipidlarning kutilgan kontsentratsiyalari bo'yicha tegishli tavsiyalarni inobatga olgan xolda davolashning maqsadi va davolashga terapevtik javobga qarab individual ravishda tanlash kerak. 

Preparatni qabul qilishni boshlayotgan patsientlar uchun yoki boshqa GMG-KoA reduktaza ingibitorlarini qabul qilishdan o'tkazilgan patsientlar uchun tavsiya etilgan boshlang'ich dozasi sutkada 1 marta Aviroz preparatining 5 mg yoki 10 mg ni tashkil etishi kerak. Boshlang'ich dozani tanlashda xolesterinning individual kontsentratsiyasiga asoslanishi va yurak-qon tomir tomonidan kuzatilishi mumkin bo'lgan asoratlar xavfini e'tiborga olinishi, shuningdek nojo'ya samaralarni potentsial rivojlanish xavfini baholash kerak. Zarurati bo'lganida dozani 4 xaftadan keyin yuqori dozagacha oshirish mumkin.

Avval shifokorga murojaat etmagan patsientlarga preparatni 40 mg dozada buyurish tavsiya etilmaydi. 2-4 xafta davomida davolagandan keyin va/yoki Aviroz preparatining dozasi oshirilganida lipid almashinuvining ko'rsatkichlarini nazorat qilish lozim (zarurati bo'lsa dozaga tuzatish kiritish talab etiladi).

Keksa yoshdagi patsientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Engil yoki o'rtacha og'irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 30 ml dan kam) bo'lgan patsientlarda Aviroz preparatini qo'llash mumkin emas. Buyrak funktsiyasining o'rtacha darajada buzilishlari (KK minutiga 30-60 ml) bo'lgan patsientlarda preparatni 40 mg dozada qo'llash mumkin emas. Buyrak funktsiyasining o'rtacha darajada buzilishlari bo'lgan patsientlarda preparatni 5 mg boshlang'ich dozada qo'llash tavsiya etiladi. 

Jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsientlar: Aviroz preparatini faol fazadagi jigar kasalliklari bo'lgan patsientlarda qo'llash mumkin emas.

Bir nechta sutkalik dozalar bir vaqtda qabul qilinganida rozuvastatinning farmakokinetik ko'rsatkichlari o'zgarmaydi.

Rozuvastatinning dozasi oshirib yuborilganida spetsifik davolash mavjud emas. Dozasi oshirib yuborilganida simptomatik davolash va xayot uchun muhim a'zolar va tizimlarning funktsiyasini tutib turishga qaratilgan choralarni o'tkazish tavsiya etiladi. Jigar funktsiyasini va KFK darajasini nazorat qilish lozim. Gemodializni samarali bo'lish ehtimoli kam.

Aviroz preparatini homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida qo'llash mumkin emas. Reproduktiv yoshdagi ayollar adekvat kontratseptsiya usullaridan foydalanishlari kerak. 

Garchi xolesterin va xolesterin biosintezini boshqa maxsulotlari homilani rivojlanishi uchun muhim bo'lsa-da, GMG-KoA reduktazani ingibitsiya bo'lishini potentsial xavfi preparatni homiladorlarda qo'llashdagi foydadan ustun turadi.

Davolash jarayonida homiladorlik yuz bersa, preparatni qabul qilish darhol to'xtatilishi kerak.

Rozuvastatinni ko'krak suti bilan ajralib chiqishiga nisbatan ma'lumotlar yo'q, shuning uchun emizish davrida preparatni qabul qilishni to'xtatish kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AVIROZ tabletkalari 10mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AVIROZ tabletkalari 10mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AVIROZ tabletkalari 10mg N30 dori vositasi Avantika Medex Pvt. Ltd Индия произведено: Halewood Laboratories Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AVIROZ tabletkalari 10mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AVIROZ tabletkalari 10mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ROZAT tabletkalari 30mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Розувастатина кальция ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Adamed Pharma A.S. Penkov M. Adamkevich 6a 05-152 Chosnov, Polsha / Polsha
  • Vakil: Adamed S.A.
RVT SEYF 10 tabletkalari 10mg N30
ROZAT tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Розувастатина кальция ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Adamed Pharma A.S. Penkov M. Adamkevich 6a 05-152 Chosnov, Polsha / Polsha
  • Vakil: Adamed S.A.
Narh: 37 990 so'mdan Batafsil
ROZAT tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Розувастатина кальция ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Adamed Pharma A.S. Penkov M. Adamkevich 6a 05-152 Chosnov, Polsha / Polsha
  • Vakil: Adamed S.A.
Narh: 115 000 so'mdan Batafsil
ROZAT tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Розувастатина кальция ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Adamed Pharma A.S. Penkov M. Adamkevich 6a 05-152 Chosnov, Polsha / Polsha
  • Vakil: Adamed S.A.
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
LIPIROZ 10 tabletkalari 10mg N30
Narh: 23 500 so'mdan Batafsil
AVIROZ tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Розувастатина кальция ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd Индия произведено: Halewood Laboratories Pvt. Ltd
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
Narh: 84 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
AVIROZ tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Розувастатина кальция ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd Индия произведено: Halewood Laboratories Pvt. Ltd
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
Narh: 84 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9