×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AZMASOL aerozol 100mkg

Kategoriya:
- Nafas olish tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Bangladesh
Faol modda:
Сальбутамол
Ishlab chiqaruvchi:
- Beximсo Pharmaceuticals Ltd
Vakil:
- OMEGA SINTEZ
ATX kodi:
- R03AC02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

BERODUAL eritma dlya ingalyasiy 20ml Boehringer Ingelheim International GmbH, Германия произведено: Istituto de Angeli S.R.L.Loc. Italiya
90 000 s`om dan
MILAP tabletkalari 10mg+5mg N20 Navodaya Pharmaceuticals Private Limited, Индия произведено: Elfin Drugs Pvt.Ltd Hindiston
13 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AZMASOL aerozol 100mkg qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AZMASOL

AZMASOL

 

Preparatning savdo nomi: Azmasol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): salbutamol

Dori shakli: ingalyasiya uchun dozalangan aerozol, 100 mkg/doza.

Tarkibi:

1 doza quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: salbutamol (salbutamol sulfati ko‘rinishida) – 100 mkg;

yordamchi moddalar: suvsiz etanol 1,1,1,2 – tetraftoretan (GFA 134a), olein kislotasi.

Ta‘rifi: gomogen suspenziya saqlovchi, shikastlanishsiz va oqib chiqish belgilari bo‘lmagan, bosim ostidagi germetik aerozol ballon.

Farmakoterapevtik guruhi: bronxolitik vosita.

ATX kodi: R03AC02.

Farmakologik xususiyatlari

Salbutamol beta-2-adrenoreseptorlarning selektiv agonisti hisoblanadi. Terapevtik dozalarda u miokardning beta-1-adrenoreseptorlariga ahamiyatsiz ta‘sir ko‘rsatib, bronxlarning silliq mushaklaridagi beta-2-adrenoreseptorlarga ta‘sir ko‘rsatadi. Bronxlarning spazmini oldini olib yoki bartaraf etib, yaqqol bronxlarni kengaytiruvchi samara ko‘rsatadi, nafas yo‘llarida qarshilikni kamaytiradi. O‘pkaning tiriklik xajmini oshiradi. Tavsiya etilgan terapevtik dozalarda yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi, arterial bosimni oshishini chaqirmaydi. Shu guruhga mansub boshqa dori vositalariga nisbatan kamroq darajada musbat xrono- va inotrop ta‘sir ko‘rsatadi. Koronar arteriyalarning kengayishini chaqiradi. Bir qator metabolik samaralarga ega: qonda kaliyning konsentrasiyasini kamaytiradi, glikogenoliz va insulin sekresiyasiga ta‘sir ko‘rsatadi, asidoz rivojlanishi xavfini oshirib, giperglikemik (ayniqsa bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda) va lipolitik samara ko‘rsatadi.

Ingalyasion shakllarini qo‘llagandan keyin ta‘siri tez boshlanadi, samarasini boshlanishi – 5 minutdan keyin, maksimum – 30-90 minutdan keyn (maksimal samaraning 75% ga 5 minut davomida erishiladi), davomiyligi – 4-6 soatni tashkil etadi.

Farmakokinetikasi

Ingalyasion yuborilgandan keyin salbutamol dozasining 10-20% quyi nafas yo‘llariga yetib boradi. Dozaning qolgan qismi ingalyatorda qoladi yoki burun-halqum shilliq qavatiga cho‘kadi va so‘ngra yutib yuboriladi. Nafas yo‘llarining shilliq qavatiga tushgan fraksiyasi o‘pka to‘qimasi va qonga so‘riladi, lekin o‘pkada metabolizmga uchramaydi.

Salbutamolning plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi taxminan 10% ni tashkil qiladi.

Salbutamol jigarda metabolizmga uchraydi va asosan siydik bilan o‘zgarmagan ko‘rinishda va fenol sulfati ko‘rinishida chiqariladi. Ingalyasion dozani yutib yuborilgan qismi me‘da-ichak yo‘llaridan so‘riladi va fenol sulfatiga aylanib, jigar orqali “birinchi o‘tish” da jadal metabolizmga uchraydi. O‘zgarmagan salbutamol va kon‘yugat asosan siydik bilan chiqariladi.

Salbutamolning yarim chiqarilish davri 4-6 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali qisman o‘zgarmagan ko‘rinishda va qisman faol bo‘lmagan metaboliti 4’-O-sulfat (fenol sulfati) ko‘rinishida chiqariladi. Ahamiyatsiz qismi safro (4%), axlat bilan chiqariladi. Salbutamol dozasining katta qismi 72 soat davomida chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  1. Bronxial astma:
  • bronxial astma, shu jumladan og‘ir kechuvchi bronxiast astmani zo‘rayishida xurujlarni bartaraf etish;
  • allergenlar ta‘siri bilan bog‘liq yoki jismoniy yuklama chaqirgan bronxospazm xurujlarini oldini olish;
  • bronxial astmani uzoq vaqt samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashning bir komponenti sifatida qo‘llash.
  1. Nafas yo‘llarining qaytuvchan obstruksiyasi bilan kechuvchi o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK), surunkali bronxitda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

AZMASOL faqat ingalyasion yuborish uchun mo‘ljallangan. Preparatning dozasini yoki qo‘llash tez-tezligini oshirish haqidagi qarorni faqat shifokor qabul qiladi.

Preparatni sutkada 4 martadan ortiq qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparatning maksimal dozalarini tez-tez qo‘llash yoki dozani to‘satdan oshirilishiga ehtiyoj kasallikni kechishini yomonlashuvidan dalolat beradi.

Kattalar, keksalar va 12 yoshdan oshgan bolalar. Majmuaviy davolash tarkibida bronxial astma va O‘SOK da samarani bir maromda ushlab turuvchi davomli davolash: tavsiya etilgan doza 200 mkg (2 ingalyasiya) sutkada 4 martani tashkil qiladi.

Bronxospazm xurujini bartaraf etish: tavsiya etilgan doza 100-200 mkg (1-2 ingalyasiya) ni tashkil qiladi. Allergenlar ta‘siri bilan bog‘liq yoki jismoniy yuklama chaqirgan bronxospazm xurujlarini oldini olish: tavsiya etilgan doza qo‘zg‘atuvchi omil ta‘siridan 10-15 minut oldin 200 mkg (2 ingalyasiya) sutkada 4 martani tashkil qiladi.

Maksimal sutkalik doza: 1200 mkg (12 ingalyasiya).

2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Majmuaviy davolash tarkibida bronxial astma va O‘SOK da samarani bir maromda ushlab turuvchi davomli davolash: tavsiya etilgan doza 200 mkg (2 ingalyasiya) sutkada 4 martani tashkil qiladi.

Bronxospazm xurujini bartaraf etish: tavsiya etilgan doza 100-200 mkg (1-2 ingalyasiya) ni tashkil qiladi.

Allergenlar ta‘siri bilan bog‘liq yoki jismoniy yuklama chaqirgan bronxospazm xurujlarini oldini olish: tavsiya etilgan doza qo‘zg‘atuvchi omil ta‘siridan 10-15 minut oldin 100-200 mkg (1-2 ingalyasiya) sutkada 4 martani tashkil qiladi.

Maksimal sutkalik doza: 800 mkg (8 ingalyasiya).

Ingalyatorni qo‘llash qoidasi

Birinchi marta qo‘llash uchun tayyorlash:

Preparatni birinchi marta qo‘llashdan oldin ingalyator-uchlikdan himoya qalpoqchasini yechish kerak. So‘ngra ballonni vertikal harakatlar bilan jadal chayqatish, ingalyator-uchlikni pastga qaratib ballonni to‘nkarish va klapanni adekvat ishlashiga ishonch hosil qilish uchun havoga ikki marta purkash kerak. Preparatni qo‘llashda bir necha kunlik tanaffusda ballonni jadal chayqatgandan keyin havoga bir marta purkash kerak.

Qo‘llanishi:

  1. Ingalyator-uchlikdan himoya qalpoqchasini yechiladi. Ingalyator-uchlikning ichki va tashqi yuzasi toza ekanligiga ishonch hosil qilish kerak.
  2. Ballon vertikal harakatlar bilan jadal chayqatiladi.
  3. Ingalyator-uchlikni pastga qaratib ballonni to‘nkarish, ballonni bosh va o‘rta va ko‘rsatkich barmoqlari orasida vertikal holatda shunday ushlash kerakki, bunda katta barmoq ingalyator-uchlik ostida bo‘lishi kerak.
  4. Iloji boricha chuqur nafas chiqariladi, so‘ngra ingalyator-uchlik tishlar orasida joylanadi va lablar bilan siqiladi, bunda u tishlanmaydi.
  5. Og‘iz orqali nafas olishni boshlab, preparat dozasi ajralib chiqishi uchun ballonning yuqori qismiga bosiladi, bunda sekin va chuqur nafas olish davom ettiriladi.
  6. Nafas olish tutib turiladi, ingalyator-uchlik og‘izdan chiqariladi va ballonning yuqori qismidan barmoq olinadi. Imkoniyat boricha nafas ushlab turiladi.
  7. Agar zarur bo‘lsa keyingi ingalyasiya o‘tkaziladi. Buning uchun ballonni vertikal holatda taxminan 30 sekund tutib turiladi. Shundan so‘ng 2-6 punktlarda ta‘riflangan yo‘riqnomalarga muvofiq bajariladi.

Ingalyator-uchlik himoya qalpoqchasi bilan berkitiladi.

MUHIM: 4, 5 va 6 punktlarga rioya qilib, harakatlar shoshmasdan bajariladi. Dozani ajralib chiqishidan bevosita oldin iloji boricha sekinroq nafas olish muhim. Agar og‘iz atrofida “bulut” paydo bo‘lsa, 2 punktdan boshlab takrorlash kerak.

Tolazash:

Ingalyator-uchlikni xaftada kamida bir marta tozalash kerak.

  1. Ingalyator-uchlikdan himoya qalpoqchasini yechiladi, ingalyator-uchlik esa ballondan yechiladi.
  2. Iliq oqava suvda ingalyator-uchlik va himoya qalpoqchasi sinchkovlik bilan yuviladi.
  3. Ingalyator-uchlik va himoya qalpoqchasi ichki va tashqi tomonidan sinchkovlik bilan quritiladi.
  4. Ballon va klapan uchiga ingalyator-uchlik kiydiriladi, ingalyator-uchlikning erkin teshigi himoya qalpoqchasi bilan berkitiladi. Ballon suvga tushirilmasin!

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tez-tezligi bo‘yicha nojo‘ya samaralar quyidagi toifalarga ajratilishi mumkin: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 va <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 va <1/100), kam hollarda (≥1/10000 va <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000) uchraydigan.

Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – dermatit; juda kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, teri toshmasi;

Moddalar almashinuvi tomonidan: kam hollarda – gipokaliemiya.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – tremor, bosh og‘rig‘i, xavotirlik; kam hollarda – bosh aylanishi, uyquchanlik, charchoqlik; juda kam hollarda – giperfaollik.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – taxikardiya, yurak urishini his qilish; kam hollarda – teri giperemiyasi bilan kechuvchi periferik qon tomirlarni kengayishi, ko‘krakda diskomfort yoki og‘riq; juda kam hollarda – aritmiya, shu jumladan yurak bo‘lmachalari fibrillyasiyasi, supraventrikulyar taxikardiya, ekstrasistoliya, arterial bosimni pasayishi va kollaps.

Nafas tizimi tomonidan: kam hollarda – yo‘tal, nafas yo‘llarini ta‘sirlanishi; juda kam hollarda – bronxospazm (paradoksal yoki preparatga o‘ta yuqori sezuvchanlik chaqirgan).

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: kam hollarda – og‘iz bo‘shlig‘i va hiqildoq shilliq qavatini ta‘sirlanishi, ta‘m bilishni o‘zgarishi, ko‘ngil aynishi, qusish.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: kam hollarda – mushaklarni tirishishi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
  • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan:

Agar anamnezida taxiaritmiya kuzatilsa, miokardit, yurak nuqsonlari, aortal stenoz, yurak ishemik kasalligi, og‘ir surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, tireotoksikoz, feoxromositoma, dekompensasiyalangan qandli diabet, glaukoma, tutqanoq xurujlari, buyrak yoki jigar yetishmovchiligi, noselektiv beta-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qabul qilish, homiladorlik, laktasiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Markaziy nerv tizimini rag‘batlantiruvchi vositalarning ta‘sirini, tireotoksikozi bo‘lgan bemorlarda taxikardiyani kuchaytiradi, yurak glikozidlarini qabul qilish fonida ekstrasistoliya rivojlanishi ehtimolini oshiradi. Teofillin va boshqa ksantinlar bir vaqtda qo‘llanganda taxiaritmiya; ingalyasion anesteziya uchun vositalar, levodopa – og‘ir qorinchalar aritmiyalari rivojlanish ehtimolini oshiradi.

Monoaminooksidaza ingibitorlari va trisiklik antidepressantlar salbutamolning ta‘sirini kuchaytirib, arterial bosimni to‘satdan pasayishiga olib kelishi mumkin.

Noselektiv beta-adrenoblokatorlar bilan nomutanosib (farmakologik antagonizm) (buni beta-adrenoblokatorlarning ko‘z uchun dori shakllarini qo‘llaganda ham e‘tiborga olish kerak).

M-xolinoblokatorlar (shu jumladan ingalyasion) bilan bir vaqtda buyurish ko‘z ichki bosimini oshishiga olib kelishi mumkin.

Diuretiklar, ksantinlar va glyukokortikosteroidlar salbutamolning gipokaliemik ta‘sirini kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Pasientlarni Salbutamol preparatini to‘g‘ri qo‘llash haqida xabardor qilish kerak. Preparatni to‘g‘ri qo‘llash va yo‘riqnomalarga qat‘iy amal qilish salbutamolni bronxlarga tushishini ta‘minlashdan iborat. Davolashni boshida preparatni tibbiy xodim kuzatuvi ostida va ko‘zgu oldida mashq qilgandan keyin qo‘llash kerak. Boshqa ingalyasion preparatlarni qo‘llagandagi kabi ballon sovutilganda terapevtik samara kamayishi mumkin. Shuning uchun qo‘llashdan oldin preparat saqlovchi ballon hona haroratigacha isitilishi kerak (ballon bir necha minut davomida qo‘lda isitiladi, boshqa usullarni qo‘llash mumkin emas!).

Ballon ichidagisi bosim ostida bo‘ladi, shuning uchun ballonni qizdirish, sindirish, teshish yoki yoqish mumkin emas, hatto ular bo‘sh bo‘lsa ham.

Ingalyasiyadan keyin og‘izda noxush hissiyotlar va tomoqni qichishishi yuzaga kelgan hollarda og‘izni suv bilan chayish kerak.

Bronxodilatatorlar nostabil yoki og‘ir kechayotgan bronxial astmani davolashning yagona yoki asosiy komponenti bo‘lmasligi kerak.

Agar preparatning asosiy dozasi samarasizroq yoki qisqaroq bo‘lib qolsa (preparatning ta‘siri kamida 3 soat saqlanishi kerak), pasient shifokorga murojaat etishi kerak. Salbutamolning dozasini yoki qabul qilish tez-tezligini oshirish faqat shifokor nazorati ostida amalga oshirish kerak. Keyingi dozalarni qo‘llash orasidagi intervalni qisqartirish faqat juda zarur holatlarda amalga oshirish mumkin va qat‘iy asoslangan bo‘lishi kerak. Bronxial astmani davolash uchun qisqa ta‘sirga ega beta-2-adrenoreseptorlarning ingalyasion agonistlarini qo‘llashga ehtiyojni oshishi kasallikni zo‘rayishidan dalolat beradi. Bunday hollarda pasientni davolash rejasini qayta ko‘rib chiqish kerak. Bronxial astmani zo‘rayishida yuqori dozalari qabul qilish “rikoshet” sindromini (har bir keyingi xuruj jadalroq kechadi) chaqirishi mumkin. Og‘ir bo‘g‘ilish xurujida ingalyasiyalar orasidagi tanaffus kamidi 20 minut bo‘lishi kerak.

Haddan tashqari uzoq vaqt davolaganda, shuningdek preparatni to‘satdan bekor qilganda asoratlar xavfi oshadi. Salbutamolni uzoq vaqt qo‘llash asosiy davolash uchun yallig‘lanishga qarshi preparatlarni ishlatish bilan olib borilishi kerak.

Bronxial astmani to‘satdan va avj olib boruvchi yomonlashishi pasientning hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin, shuning uchun bunday hollarda glyukokortikosteroidlarni buyurish yoki dozasini oshirish haqidagi masala shoshilinch ravishda hal etilishi kerak. Bunday pasientlarda nafasni chiqarishni cho‘qqi tezligini har kungi monitoringini o‘tkazish tavsiya etiladi.

Tireotoksikozi bo‘lgan pasientlarda salbutamolni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Beta-2-adrenoreseptorlarning agonistlari bilan davolash, ayniqsa ularni parenteral yuborilganda yoki nebulayzer yordamida qo‘llash gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin. Bronxial astmaning og‘ir xurujlarini davolaganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bunday hollarda ksantin hosilalari, glyukokortikosteroidlar, diuretiklarni bir vaqtda qo‘llash oqibatida, shuningdek gipoksiya oqibatida gipokaliemiya kuchayishi mumkin. Bunday hollarda qon zardobida kaliyning konsentrasiyasini nazorat qilish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davri

Homilador ayollarga salbutamolni faqat pasient uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgandagina buyurish mumkin. Salbutamolni ko‘krak sutiga kirishi ehtimolini inkor etib bo‘lmaydi, shuning uchun emizikli ayollarda, pasientning o‘zi uchun kutilayotgan foyda bola uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgan hollardan tashqari buyurish tavsiya etilmaydi. Ko‘krak sutidagi salbutamol yangi tug‘ilgan chaqaloqqa salbiy ta‘sir ko‘rsatishi haqidagi ma‘lumotlar yo‘q.

Pediatriyada qo‘llanishi

2 yoshdan 12 yoshgacha bolalarda qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar yo‘q. Maksimal sutkalik doza: 800 mkg (8 ingalyasiya).

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Salbutamol tirishishlar va bosh aylanishi kabi nojo‘ya ta‘sirlar chaqirishi mumkinligi tufayli, birinchi marta qo‘llayotganda juda ehtiyotkorlikka rioya qilish yoki transport vositalarini boshqarishdan va boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan voz kechish tavsiya etiladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘proq uchraydiganlari – gipokaliemiya, arterial bosimni pasayishi, taxikardiya, mushak tremori, ko‘ngil aynishi, qusish; kamroq uchraydiganlari – qo‘zg‘alish, giperglikemiya, respirator alkaloz, gipoksiya, bosh og‘rig‘i; kam hollarda – gallyusinasiyalar, tirishishlar, taxiaritmiya, yurak qorinchalari xilpillashi, periferik qon tomirlarni kengayishi.

Davolash: simptomatik (preparatni bekor qilish kerak), taxiaritmiyada kardioselektiv beta-adrenoblokatorlar yuboriladi (bronxospazm yuzaga kelishi xavfi tufayli ehtiyotkorlik bilan). Salbutamolning yuqori dozalarini qo‘llash gipokaliemiya chaqirishi mumkin, shuning uchun dozani oshirib yuborishga shubha bo‘lganida qon zardobida kaliyning konsentrasiyasini nazorat qilish kerak.

Chiqarilish shakli

Himoya qalpoqchali purkovchi uchlik bilan ta‘minlangan dozalovchi klapanli germetik alyumin ballon.

Ballon, qalpoqchali uchlik va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasini saqlovchi karton quti.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

24 oy.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AZMASOL aerozol 100mkg dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AZMASOL aerozol 100mkg dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AZMASOL aerozol 100mkg dori vositasi Beximсo Pharmaceuticals Ltd tomonidan Bangladesh mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AZMASOL aerozol 100mkg dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AZMASOL aerozol 100mkg dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SALBUTAMOL aerozol 100mkg 100 mkg/doza 200 doz
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Сальбутамол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Eastmount Invest L.P., Великобритания произведено: Heilongjiang Province Fulekang Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
SALBUTAMOL aerozol 100mkg 100 mkg/doza 200 doz
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Сальбутамол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Биннофарм, АО
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
SALBUTAMOL aerozol 100 mkg/doza 200 doz
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Сальбутамол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Aeropharm GmbH
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
AEROBRES aerozol 100mkg N200
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Сальбутамол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Aeropharm GmbH
NEBUTAMOL eritma dlya ingalyasiy 2ml 1mg/ml N10
Narh: 68 300 so'mdan Batafsil
VENTOLIN EVOXALER INGALYATOR DOZIROVANNIY 100mkg 200 doz N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Сальбутамол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited., Великобритания произведено: GlaxoWellcome Production
VENTAKORT aerozol 100mkg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Сальбутамол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
SALBUTAMOL AV aerozol 7,0 g 100 mkg 200 doz
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Сальбутамол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Алтайвитамины, ЗАО
SALBUTAMOL AV aerozol 11,0 g 100 mkg 200 doz
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Сальбутамол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Алтайвитамины, ЗАО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ODISIN ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
SINEREKS ko'z tomchilari 5ml 0,3% N1
OLOPAN ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1
KSALAPROST ko'z tomchilari 2,5ml 0,005%
IPRAZOL aerozol 20mkg+100mkg N200
BEKSITROL F aerozol 25+250mkg N120
INTRAMOL ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
DEKOMIT 100 aerozol 100mkg
BEKSITROL F aerozol 25+125mkg
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9