×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BAFEPIM poroshok

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Faol modda:
Цефепим
ATX kodi:
- J01DA24
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

EKSTUM poroshok 1,5g Shreya Life Sciences PVT. LTD. Hindiston
LEVOFEV 500 tabletkalari 500mg N5 Lincoln Pharmaceuticals Ltd. Hindiston
24 600 s`om dan
AZIREM suspenziya 15ml 200mg/5ml Remedy Group СП OOO O'zbekiston
BISEPTOL tabletkalari 960mg N10 Pharmaceutical Works Polfa in Pabianice Joint Stock Company Polsha
28 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BAFEPIM poroshok qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BAFEPIM

BAFEPIMYe

 

Preparatning savdo nomi: Bafepim

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Sefepim (gidroxloridi ko‘rinishida).

Dori shakli: In‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun

Tarkibi:

Faol modda: Sefepim gidroxloridi

Yordamchi moddalar: L-arginin, azot gazi.

Ta‘rifi: Oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli kukun.

Farmakoterapevtik guruxi: Antibiotik (sefalosporinlar guruxi).

ATX kodi: J01DA24

 

Farmakologik xususiyatlari

Sefepim bakterisid ta‘sirga ega bo‘lgan IV avlod sefalosporin antibiotikidir. Uning ta‘sir mexanizmi bakteriyalarni hujayra devorining sintezini ingibisiya qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bakteriyalarning xujayralari ichida Sefepimning molekulyar nishonlari penisillin bog‘lovchi oqsillardir (RVR). Keng ta‘sir doirasiga ega, shuningdek ko‘pchilik beta-laktamazalar gidroliziga yuqori chidamli va grammanfiy bakteriyalarning hujayralariga tez kiradi. Quyida ko‘rsatilgan mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlariga qarshi in vitro ham klinik infeksiyalarda ham faol:

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Cedecea, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter calcoaceticus, Citrobacter freundii, Allotype Citobacter, Enterobacter agglomerans, Haemophilus influenzae (shu jumladan, beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlari), Hafnia alvei, Klebsiella oxytaca, Moraxela catarrhalis (shu jumladan, beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlari), Proteus vulgaris, Providencia stuartii, Serratia marcescens.

Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus (faqat metisillinga chidamli shtammlari), Streptococcus pyogenes (Lansefeld bo‘yicha A guruhi streptokokklari), Streptococcus pneumoniae, Staphylococcus epidermidis (faqat metisillinga chidamli shtammlari), Staphylococcus saprophyticus, Streptococcus agallactiae (Lansefeld bo‘yicha V guruhi streptokokklari).

Enterokokklarning ko‘pchilik shtammlari, masalan Enterococcus faecalis va metisillinga chidamli stafilokokklar, sefepimga ham chidamli.

Anaerob mikroorganizmlar: Grammanfiy basillalar (Bacteroides fragilis, boshqa Bacteroides va Fusobacterium), grammusbat va grammanfiy kokkobakteriyalar (shu jumladan peptokokklar, peptostreptokokklar va Velionella), grammusbat basillalar (shu jumladan Clostridium,  Eubacterium va Acidobacterium).

 

Farmakokinetikasi

Vena ichiga (v/i) bir martalik doza qo‘llanganida 250 mg – 2 g chegaralarida sefepimning farmakokinetikasi to‘g‘ri chiziqlidir. Sefepim asosan buyraklar orqali chiqariladi, yarim chiqarilish davri (T½) 2,0 soatni tashkil qiladi, sog‘lom ko‘ngillilarning organizmidan umumiy klirensi minutiga 120,0 ml tezlik bilan sodir bo‘ladi. Mushak ichiga (m/i) qo‘llanganida preparat to‘liq so‘riladi. Bir marta m/i in‘eksiyadan keyin plazmada maksimal konsentrasiyaga (Smaks) tahminan 1,5 soat o‘tgach erishiladi. 500 mg – 2 g m/i diapazonda sefepimning farmakokinetikasi to‘g‘ri chiziqlidir. 9 kun davomida klinik ahamiyatli dozalarni qabul qilgan sog‘lom katta ko‘ngilli erkaklarda to‘planishini isbotlovchi dalillar yo‘q. Sefepimning zardob oqsillari bilan bog‘lanishi tahminan 20% ni tashkil qiladi va uning zardobdagi konsentrasiyasiga bog‘liq emas. Sefepimning o‘rtacha taqsimlanish hajmi (Vd) barqaror holatda 18,0 l ni tashkil qiladi. Terapevtik konsentrasiyalari siydik, safro, peritoneal suyuqligi, o‘t qopi suyuqligi va so‘lak kabi organizmning turli suyuqliklarida va bronxlarning shilliq qavati, prostata bezi, appendiks va o‘t qopi kabi organizmning to‘qimalarida aniqlanadi. Sefepim yallig‘langan gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi. Sefepim kuchsiz N-metilpirrolidingacha (NMP) metabolizmga uchraydi, u tez N-oksidga (NMP-N-oksid) aylanadi. Sefepimning chiqarilishi asosan buyraklar orqali bo‘ladi Qabul qilingan dozaning tahminan 85% o‘zgarmagan holda, dozaning 1% dan kamrog‘i NMP ko‘rinishida, 6,8% –NMP-N-oksidi ko‘rinishida va 2,5% – sefepim epimeri ko‘rinishida chiqariladi.

Sefepim axamiyatsiz darajada ko‘krak suti bilan chiqariladi.

Sefepimning farmakokinetikasi 2 oylikdan to 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bir martalik va ko‘p martalik dozalardan keyin, dasturlar bo‘yicha har 8 soatda va har 12 soatda tekshirilgan. V/i ga bir martalik dozadan keyin organizmdan umumiy klirensi Vd mos ravishda minutiga 3,3 ml/kg va 0,3 l/kg ni tashkil qiladi. Siydikda o‘zgarmagan sefepimning chiqarilishi yuborilgan dozaning 60,4% tashkil qilgan, o‘rtacha buyrak klirensi esa minutiga 2,0 ml/kg. Yoshi va jinsi organizmdan klirensiga yoki Vd ga (tana vazniga hisoblanganda) ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Sefepim har 12 soatda 50 mg/kg dan qo‘llanganida to‘planishi kuzatilmagan, shu vaqtning o‘zida Cmax, “konsentrasiya vaqt” (AUC) egri chizig‘i osti maydoni va parchalanish davri, har 8 soatdagi 50 mg/kg dozadan keyin barqaror holatida taxminan 15% ga oshgan. Sefepimning bolalardagi ta‘siri v/i ga 50 mg/kg dozadan keyin, v/i ga 2 g dan doza olgan kattalardagi ta‘siri bilan bir xil. 50 mg/kg m/i ga dozaning mutlaq bioekvivalentligi 82,3% ni tashkil qiladi. Sefepimning farmakokinetikasi turli darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda o‘rganilgan o‘rtacha T½ gemodializga muxtoj bo‘lgan pasientlarda 13,5 soat bo‘lgan, uzoq muddatli peritoneal dializga muhtoj bo‘lgan pasientlarda esa – 19,0 soat. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda organizmdan sefepimning umumiy klirensi, kreatinin klirensiga (K/K) proporsional kamaygan, bu shu guruh pasientlari uchun dozalarga tuzatish kiritish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.

Jigar faoliyati buzilgan pasientlarda sefepimning farmakokinetikasi o‘zgarmaganligicha qolgan. Bu guruh pasientlari uchun dozalarga tuzatish kiritish zarurati yo‘q.

Qo‘llanilishi

Preparat kattalar va 2 oylikdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda yuqorida ko‘rsatilgan mikroorganizmlarning sezgir shtammlari chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanadi:

  • quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari (pnevmoniya va bronxit);
  • siydik chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan va asoratlangan infeksiyalari (shu jumladan pielonefrit);
  • asoratlangan qorin ichki infeksiyalari (shu jumladan peritonit va o‘t-safro yo‘llarining infeksiyalari);
  • teri va yumshoq to‘qimalarini infeksiyalari;
  • ginekologik infeksiyalar, septisemiya va febril neytropeniyali pasientlar uchun infeksiyani empirik davolash;
  • bolalardagi orqa miyaning bakterial meningiti;

–           preparatga chidamli bakteriyalarning rivojlanishini kamaytirish uchun va in‘eksiyalar uchun Sefepim va boshqa antibakterial preparatlarning  samaradorligini qo‘llab turish uchun ham ishlatiladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Parenteral: v/i va m/i (chuqur).

Kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalar yoki tana vazni ≥40 kg bo‘lgan bolalar: 1-2 g dan v/i bir qabulda, har 12 soatda, davolashning davomiyligi patogeneziga muvofiq 7-10 kun.

Siydik chiqarish yo‘llarining o‘rta va o‘rtacha infeksiyalari: 0,5-1 g v/i yoki m/i, har 12 soatda, davolashning davomiyligi 7-10 kun.

Siydik chiqarish yo‘llarining o‘tkir infeksiyalari: 2 g v/i ga har 12 soatda, davolash muddati – 10 kun.

O‘tkir va hayotga xavf soluvchi infeksiyalarda 2 g dan v/i ga har 8 soatda qo‘llash mumkin.

Istmali neytropaniyaniyani empirik davolash uchun: 2 g v/i 8 ssoatda, davolashning odatdagi muddati 7-10 kun yoki neytropeniya yo‘qolgunicha.

Isitma belgilari yo‘qolgan, lekin neytropeniyasi qolgan pasientlar uchun mikroblarga qarshi davolashni davom ettirishnining zarurati qayta ko‘rilishi kerak.

2 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi doza kattalarga tavsiya qilingan maksimal dozadan (2 g har 8 soatda) oshmasligi kerak. Vazni 40 kg dan yuqori bo‘lgan bolalar uchun kattalar dozasini qo‘llash tavsiya etiladi, masalan 40 mg/kg har 12 soat 7-14 kun davomida.

Bakterial orqa miya meningiti bo‘lgan bemor bolalar uchun 50 mg/kg doza, har 8 soatda v/i ga tomchilagich orqali ishlatilishi mumkin.

Bolalarda isitmali neytropeniyani empirik davolash: 50 mg/kg har 12 soatda (isitmali neytropeniyani davolash – har 8 soatda preparatni qabul qilish), davolashning davomiyligi esa – katta pasientlardagi kabi. Sefepim in‘eksiya uchunni 2 oylikdan kichik bolalarda ishlatish tajribasi cheklangan. Tajriba 50 mg/kg doza ishlatilganida olinganligi tufayli, 2 oylikdan katta pasientlarda farmakokinetik parametrlarni modellash, 30 mg/kg doza har 12 yoki 8 soatda 1 dan 2 oylikkacha yoshdagi pasientlarga qo‘llanishi mumkinligini ko‘rsatadi. 2 oylikdan kichik yoshdagi bolalarni davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar uchun dozani to‘g‘irlashni xojati yo‘q.

Buyraklar faoliyati buzilgan pasientlarda (K/K ≤ 60 ml/min) Sefepim in‘eksiya uchun dozasi buyraklar orqali chiqarilishini sekinlashgan tezligini kompensasiyalash uchun to‘g‘rilanishi kerak. Sefepim in‘eksiya  uchunni tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi,  buyraklar faoliyati me‘yoriy bo‘lgan pasientlar uchun dozasidek bo‘lishi kerak. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun me‘yoriy dozalash tartibi bilan solishtirganda, sefepimning tutib turuvchi dozalari tavsiya qilingan tartibi.

Kreatinin klirensi (ml/min) >60, odatdagi tavsiya etilgan dozalash tartibi Tutib turuvchi dozalarning tavsiya etilgan tartibi
500 mg har 12 soatda 1 g har 12 soatda 2 g har 12 soatda 2 g har 8 soatda
30-60 500 mg har 24 soatda 1 g har 24 soatda 2 g har 24 soatda 2 g har 24 soatda
11-29 500 mg har 24 soatda 500 mg har 24 soatda 1 g har 24 soatda 2 g har 24 soatda
< 11 250 mg har 24 soatda 250 mg har 24 soatda 500 mg har 24 soatda 1 g har 24 soatda
Gemodializ* 500 mg har 24 soatda 500 mg har 24 soatda 500 mg har 24 soatda 500 mg har 24 soatda

Birinchi kuni 1 g, so‘ngra 500 mg dan har 24 soatda. Gemodializ kunlari sefepim gemodializdan keyin qo‘llanishi kerak. Iloji boricha sefepim har kuni bir vaqtda ishlatilishi kerak.

Gemodializga duchor bo‘lgan pasientlarda, dializni boshlash vaqtida organizmda bo‘lgan barcha sefepimning tahminan 68 % 3 soat dializ davomida chiqariladi. Gemodializdagi pasientlarga in‘eksiya  uchun sefepim dozasi yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilgan. Uzoq muddatli ambulator peritoneal dializga duchor bo‘lgan pasientlarga, in‘eksiya  uchun sefepim odatdagi tavsiya etilgan dozalarda har 48 soatda qo‘llanishi mumkin.

Buyraklar faoliyati buzilgan bolalarda preparatni ishlatilishi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q; biroq sefepimning bolalardagi farmakokinetikasi kattalarnikiga o‘xshash bo‘lgani tufayli, kattalar uchun dozalarni o‘zgartirilishiga proporsional ravishda dozalash tartibini o‘zgartirish tavsiya qilinadi.

V/i ga qo‘llash: O‘tkir yoki hayotga xavf soluvchi infeksiyalari bo‘lgan pasientlar uchun v/i ga qo‘llash avzalroq. V/i ga infuziya uchun 500 mg, 1 g yoki 2 g ni 50-100 ml 0,9 % natriy xlorid, 5 % yoki 10 % in‘eksiya uchun dekstroza, M/6 in‘eksiya uchun natriy laktat, Ringer laktat eritmasida eritiladi. In‘eksiya uchun sefepimning konsentrasiyasi 40 mg/ml dan oshmasligi kerak. 50-100 ml hajmni v/i ga quyish taxminan 30 minut davomida o‘tkazilishi kerak.

M/i ga qo‘llash: M/i ga qo‘llash uchun 0,5 g in‘eksiya uchun sefepimga 1,5 ml in‘eksiya uchun eritmalar qo‘shish yoki 1,0 g ga 3,0 ml eritma qo‘shish, so‘ngra chuqur m/i ga in‘eksiya qilish kerak (katta dumba mushagining tashqi yuqori kvadrati).

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, dispepsiya, soxtamembranoz enterokolit.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, paresteziyalar, mioklonus va tirishishlar, ensefalopatiya (buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda sefepimning to‘g‘rilanmagan dozalarini qo‘llanganda).

Yurak-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, xansirash, periferik shishlar..

Laboratoriya ko‘rsatkichlari tomonidan: fosforni oshishi yoki kamayishi, ALT va AST, ishqoriy fosfataza, qondagi mochevina azoti yoki zardobdagi  kreatinin darajasisni umumiy bilirubin, eozinofillar sonini oshishi, protrombin vaqtini uzayishi va tromboplastin vaqtini qisqarishi, kalsiy miqdorini, gematokritni oshishi, hamda qisqa muddatli leykopeniya, granulositopeniya va trombositopeniya.

Qon yaratish tizimi tomonidan: aplastik anemiya, gemolitik anemiya, gemorragiyalar.

Mahalliy reaksiyalar: in‘eksiya joyida v/i ga yuborilganda-flebitlar, m/i-og‘riq va yallig‘lanishlar.

Boshqalar: toshma, Stivens-Jonson sindromi, ko‘p shaklli eritema, toksik epidermal nekroliz, buyrak disfunksiyasi, toksik nefropatiya, vaginit, jigar disfunksiyasi, xolestaz va pansitopeniyani ham qo‘shib.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Sefepimga, L-argininga, sefalosporin, penisillin sinfi antibiotiklari va boshqa beta-laktam antibiotiklariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, 2 oylikkacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: Homiladorlik, laktasiya, me‘da-ichak yo‘llarining kasalliklari (shu jumladan anamnezdagi), ayniqsa kolit.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

In‘eksiya uchun sefepim eritmalarini, ko‘pchilik beta-laktam antibiotiklariga o‘xshash, 40 mg/ml dan yuqori konsentrasiyadagi ampisillin eritmalariga qo‘shish mumkin emas va metronidazolga, vankomisinga, gentamisinga, tobramisinga, netilmesin sulfatga yoki aminofillinga, ular orasida o‘zaro ta‘sir bo‘lishi mumkinligi tufayli, qo‘shish mumkin emas. Biroq agarda in‘eksiya uchun sefepim bilan bir vaqtda davolash ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu antibiotiklardan har birini alohida yuborish mumkin. Sefepimni qo‘llash siydikdagi glyukozani xato musbat reaksiyaga olib kelishi mumkin. Glyukoza testlarida enzimatik glyukoza-oksidlovchi reaksiyalarni ishlatish tavsiya qilinadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

In‘eksiya uchun sefepim bilan davolashni boshlashdan avval pasientlarni sefepim, sefalosporin, penisillin yoki boshqa preparatlarga, ularda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasini aniqlash uchun sinchiklab so‘rov o‘tkazish kerak. Agarda ushbu prepart penisillinga sezuvchanligi bo‘lgan pasientga yuborilishi kerak bo‘lsa, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki beta-laktam antibiotiklarida qarama-qarshi o‘ti yuqori sezuvchanlik qatiy aniqlanadi.

Keng ta‘sir doirasiga ega antibakterial preparatlar qabul qilinganida, yengildan to hayotga xavf soluvchigacha bo‘lgan soxtamembranoz kolitlarning rivojlanishi haqida xabar berilgan. Shuning uchun antibakterial preparatlar qo‘llanganidan keyin diareya belgilari bo‘lgan pasientlarda, ushbu tashxisni qo‘yish juda muhim. Yengil soxtamembranoz kolit odatda davolashni to‘xtatishni talab qiladi. In‘eksiya uchun sefepim me‘da-ichak kasalliklari, ayniqsa kolitlari bo‘lgan shaxslarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak.

Ko‘pchilik sefalosporinlar, shu jumladan sefepim, protrombin faolligini kamayishi bilan assosiasiyalangan. Bu xavfga buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan yoki ovqatlanishi yetarli bo‘lmagan pasientlar, hamda mikroblarga qarshi davolashni uzoq muddatli kursini olayotgan pasientlar duchor bo‘ladilar. Xavf guruhi pasientlarida protombin vaqtinikuzatish kerak va ekzogen K vitaminini qo‘llash ko‘rsatilgan.

In‘eksiya uchun sefepim maksimal odam dozalaridan 33 marta yuqori dozalarda ishlatilganida, arginini glyukozaning metabolizmini o‘zgartirishi va vaqtincha zardobdagi kaliyning oshirishi ko‘rsatilgan. Pastroq dozalarining samarasi hozirgi vaqtda noma‘lum.

Buyraklar faoliyati buzilgan pasientlarda (K/K ≤ 60 ml/min) in‘eksiya uchun sefepim dozasi yoki qabul qilish vaqtining intervalini, buyraklar faoliyati bilan muvofiqlashtirish kerak. Buyraklarning faoliyati in‘eksiya uchun sefepim bilan bir vaqtda aminoglikozidlar va kuchli diuretiklar kabi nefrotoksikligi mumkin bo‘lgan preparatlar qo‘llangan holda, sinchiklab kuzatilishi kerak.

In‘eksiya uchun sefepimni homilador ayollarda ishlatilishi bo‘yicha adekvat va yaxshi nazoratli tekshirishlar o‘tkazilmagan. Hayvonlardagi reproduktivlikni tekshirishlar hamma vaqt ham odamni davolashga bo‘lgan reaksiyasini   oldindan aytib beraolmasligi tufayli, preparatni homiladorlik vaqtida faqat juda zarur bo‘lgan holda ishlatish kerak.

Sefepim ko‘krak suti bilan juda past konsentrasiyalarda (0,5 mkg/ml) chiqariladi. Preparat emizikli onalarda ishlatilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Keksa pasientlar odatdagi tavsiya qilingan kattalarning dozalarini olganlarida, klinik samaradorligi va xavfsizligi, yoshi katta pasientlardagi bilan o‘xshash bo‘lgan. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan keksa pasientlarda ishlatilganida, in‘eksiya uchun sefepimning dozasi buyrak faoliyatiga muvofiq ravishda to‘g‘rilanishi kerak.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Juda katta dozani olayotgan pasientlar, kuzatuv ostida bo‘lishlari va tutib turuvchi davolashni olishlari kerak. Organizmdan sefepimni chiqarish bo‘yicha yordamchi muolaja sifatida gemodializ, ammo peritoneal dializ emas, tavsiya qilingan.

Simptomlari: Ko‘pincha surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda: tirishishlar, ensefalopatiya, nerv-psixik qo‘zg‘alish paydo bo‘ladi.

Davolash: Gemodializ (sefepimni organizmdan chiqarilishi bo‘yicha yordamchi muolaja sifatida). Gemodializda bo‘lgan pasientlarda, organizmda mavjud bo‘lgan sefepimning umumiy miqdorini tahminan 68% dializ boshida, 3 soat dializ davomida chiqariladi.

 

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun, flakonlarda 1 g dan.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yukori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BAFEPIM poroshok dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BAFEPIM poroshok dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BAFEPIM poroshok dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
TETRAPIM poroshok 1,0g N5
TETRAPIM poroshok 1,0g N1
TETRAPIM poroshok 0,5g N5
TETRAPIM poroshok 0,5g N1
AKPIM poroshok 1g
SEFIKAD poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
FIPIM poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narh: 44 700 so'mdan Batafsil
POZINEG 2000 poroshok 2000mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aurobindo Pharma Limited
PIME S poroshok 2,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanjivani Parenteral Limited
PIME S poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanjivani Parenteral Limited
Narh: 60 500 so'mdan Batafsil
SEFEPIM SANITA poroshok 1g N10
PIMESEF poroshok 500mg N1
LADEF poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
LADEF poroshok 500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
FORSIM poroshok 0,5g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Novopharma plus, СП ООО
PRIMASEF poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Аверси-Рационал, ООО
ZEFEPIM poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd.
SEFIKAD poroshok 2000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
FIPIM poroshok 0,5g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
ULTRAPIM poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
SIVULAN poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ABiPharm, ООО
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
PIME S poroshok 0,5g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanjivani Parenteral Limited
NIKAPIM poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: God Gift Laboratory Pvt. Ltd.
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
ROKSIPIM poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Ltd Sti., Турция произведено: Pharma Vision San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
SEFEPIM poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Красфарма, ПАО
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9