×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BAKTRIM suspenziya 100ml 240mg/5ml

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Faol modda:
сульфаметоксазола, Триметоприм
Ishlab chiqaruvchi:
- F.Hoffmann-La Roche Ltd, Швейцария произведено: Cenexi SAS
ATX kodi:
- J01EE01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

EKSAGIN tabletkalari N7 Helba Pharmaceuticals Inc. Co., Турция произведено: Merkez Laboratory Pharmaceutical and Trade Co. Turkiya
89 600 s`om dan
BISEPTOL suspenziya 80ml 240mg/5ml Medana Pharma S.A. Polsha
25 200 s`om dan
OKVINOV infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml VMG Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
TAVANIK tabletkalari 500mg N5 Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BAKTRIM suspenziya 100ml 240mg/5ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BAKTRIM®

BACTRIM®

 

Preparatning savdo nomi: Baktrim®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Ko-trimoksazol&

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun suspenziya

Tarkibi:

5 ml (1 o‘lchov qoshiq) ichga qabul qilish uchun suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: ko-trimoksazol – 240 mg (200 mg sulfametoksazol va 40 mg trimetoprimga to‘g‘ri keladi);

yordamchi moddalar: dispersiyalanuvchi sellyuloza – 80,0 mg, metilparagidroksibenzoat – 2,5 mg, propilparagidroksibenzoat – 0,5 mg, sorbitol – 4500,0 mg, polisorbat 80 – 10,0 mg, vanil aromatizatori – 10,0 mg, banan aromatizatori – 25,0 mg, 5,0 ml gacha tozalangan suv.

Ta‘rifi: sarg‘ish-oqdan to to‘q sariq ranggacha bo‘lgan meva xidli bir xil suspenziya.

Farmakoterapevtik guruhi: mikroblarga qarshi majmuaviy vosita.

ATX kodi: J01EE01

Farmakologik ta‘siri

Farmakodinamikasi

Majmuaviy bakterisid ximioterapevtik vosita

Baktrim® preparati tarkibida ikki faol modda saqlaydi, ular mikroorganizmlarda folin kislotasi biosintezini ketma-ket kechuvchi bosqichlarini katalizasiya qiladigan ikki fermentni bloklab, sinergik ta‘sir ko‘rsatadi. Shu mexanizmi tufayli, in vitro sharoitlarida bakterisid ta‘sirga preparatning alohida komponentlari faqat bakteriostatik ko‘rsatuvchi konsentrasiyalarida erishiladi. Shu bilan birga Baktrim® preparati ko‘pincha, uning komponentlaridan biriga chidamli qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan samarali bo‘ladi.

In vitro sharoitlarida Baktrim® preparatining antibakterial ta‘siri, garchi sezuvchanlik geografik xududga bog‘liq bo‘lsada, grammusbat va grammanfiy patogen mikroorganizmlarning keng doirasini qamrab oladi.

Odatdagi sezgir qo‘zg‘atuvchilar (sulfametoksazol bo‘yicha minimal bostiruvchi konsentrasiya (MBK) ≤80 mg/l).

Kokklar: Branhamella catarrhalis.

Grammanfiy mikroorganizmlar: Haemophilus influenze (β-laktamaza hosil qiluvchi va β-laktamaza hosil qilmaydigan shtammlari), Haemophilus parainfluenzae, E. Coli, Citrobacter greundii, Citrobacter ning boshqa turlari, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella oxytoca ning boshqa turlari, Enterobacter cloaceae, Enterobacter aerogenes, Hafnia alvei, Serratia marcetcens, Serratis liquefaciens, Serratia ning boshqa turlari, Proneus mirabilis, Proneus vulgaris, Morganella morganii, Shigella spp., Yersinia enterocolitica, Yersinia ning boshqa turlari, Vibrio cholerae.

Turli grammanfiy mikroorganizmlar: Edwardsiella tarda, Alcaligenes faecalis, Paeudomonas cepacia, Burkholderia (Pseudomonas) pseudomallei.

Klinik tajriba Brucella, Listeria monocytogenea, Nocardia asteroides, Pneumocystis jirovecii, Cyclospora cayetanensis lar ham sezgir bo‘lishlari mumkinligini ko‘rsatadi.

Qisman sezgir qo‘zg‘atuvchilar (sulfometoksazol bo‘yicha MBK=80-160 mg/l).

Kokklar: Staphylococcus aureus (metisillinga sezgir va metisillinga chidamli shtammlari), Staphylococcus spp. (koagulazamanfiy), Streptococcus pneumoniae  (penisillinga sezgir va penisillinga chidamli shtammlari).

Grammanfiy tayoqchalar: Hemophilus ducreyi, Providensia rettegri, Providensia ning boshqa turlari, Salmonella typhi, Salmonella enteritides, Stenotrophomonas maltophilia (ilgari Xanthomonas maltophilia deb nomlangan).

Turli grammanfiy mikroorganizmlar: Acinetobacter lwoffi, Acinetobacter anitratus (asosan, A. baumanii), Aeromonas hydrophilia.

Chidamli qo‘zg‘atuvchilar (sulfometoksazol bo‘yicha MBK≥160 mg/l).

Mycoplasma spp., Mycobacterium tuberculosis, Treponema pallidum.

Agar Baktrim® empirik ravishda buyuriladigan bo‘lsa, aniq infeksion kasallikka mumkin bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilarning Baktrim® preparatiga chidamliligini maxalliy xususiyatlarini hisobga olish kerak.

Qisman sezgir mikroorganizmlar chaqirishi mumkin bo‘lgan infeksiyalarda, qo‘zg‘atuvchiga chidamlilikni istisno qilish uchun, sezuvchanlikka sinama o‘tkazish tavsiya etiladi.

Baktrim® preparatiga sezuvchanlikni standart usullar, masalan Klinik va laborator standartlar instituti (KLSI) tavsiya etgan disklar usuli yoki suyultirish usuli bilan aniqlash mumkin.

KLSI sezuvchanlikning quyidagi mezonlarini tavsiya qiladi:

    Disklar usuli*, o‘sishni bostirish zonasi diametri (mm) Suyultirish usuli**, MBK (mkg/ml)
trimetoprim sulfametoksazol
Enterobacteriaceae Sezgir ≥16 ≤2 ≤38
Qismansezgir 11-15
Chidamli ≤10 ≥4 ≥76
Acinetobacter spp. Sezgir ≥16 ≤2 ≤38
Qismansezgir 11-15
Chidamli ≤10 ≥4 ≥76
Burkholderia cepacia Sezgir ≥16 ≤2 ≤38
Qismansezgir 11-15
Chidamli ≤10 ≥4 ≥76
Stenotrophomonas maltophilia Sezgir ≥16 ≤2 ≤38
Qismansezgir 11-15
Chidamli ≤10 ≥4 ≥76
Enterobacteriaceaedan tashqari boshqa bakteriyalar*** Sezgir ≤ 2 ≤38
Qismansezgir
Chidamli ≥4 ≥76
Staphylococcus spp. Sezgir ≥16 ≤2 ≤38
Qismansezgir 11-15
Chidamli ≤10 ≥4 ≥76
Enterococcus spp. Sezgir ≥16 ≤0,5 ≤9,5
Qismansezgir 11-15 1-2 19-38
Chidamli ≤10 ≥4 ≥76
Streptococcus pneumoniae Sezgir ≥19 ≤0.5 ≤9,5
Qismansezgir 16-18 1-2 19-38
Chidamli ≤15 ≥4 ≥76
Haemophilus influenzae &Haemophilus parainfluenzae Sezgir ≥16 ≤0,5 ≤9,5
Qismansezgir 11-15 1-2 19-38
Chidamli ≤10 ≥4 ≥76
Neisseria meningitidis Sezgir ≥30 ≤0,12 ≤2,4
Qismansezgir 26-29 0,25 4,75
Chidamli ≤25 ≥0,5 ≥9,5

* Disk: 1,25 mkg trimetoprimva 23,75 mkg sulfametoksazol.

** Trimetoprimvasulfametoksazol 1:19 nisbatda.

*** boshqa bakteriyalar Pseudomonasaeruginosa, Acinetobacterspp., Burkholderiacepacia i Stenotrophomonasmaltophiliadan tashqari Pseudomonasspp. vaboshqa avtotroflar, glyukozo-fermentlamaydigan va grammanfiy bakteriyalarni o‘z ichiga oladi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Og‘iz orqali qabul qilinganidan so‘ng trimetoprim va sulfametoksazol me‘da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlarida tez va to‘liq so‘riladi. 160 mg trimetoprim + 180 mg sulfametoksazol bir marta qabul qilinganidan so‘ng 1-4 soat o‘tgach trimetoprimning plazmadagi maksimal konsentrasiyasi 1,5-3 mkg/ml, sulfametoksazolniki esa – 40-80 mkg/ml ni tashkil qiladi. 12 soatlik interval bilan ko‘p marta qabul qilinganida minimal muvozanat konsentrasiyalari 2-3 kundan keyin trimetoprim uchun 1,3-2,8 mkg/ml va sulfametoksazol uchun 32-63 mkg/ml chegaralarida barqarorlanadi.

Biokiraolishligi

Trimetoprim va sulfametoksazolni so‘rilishi to‘liq hisoblanadi, peroral qo‘llanganda bu ikkala komponentlar uchun mutloq biokiraolishlik 100% ga to‘g‘ri keladi.

Taqsimlanishi

Trimetoprimning taqsimlanish hajmi taxminan 1,6 l/kg ni, sulfametoksazolniki – taxminan – 0,2 l/kg ni tashkil qiladi. Plazma oqsillarni bog‘lab olish xususiyati trimetoprim uchun 37% ga va sulfametoksazol uchun 62% yetadi. Trimetoprim sulfametoksazolga nisbatan prostata bezining yallig‘lanmagan to‘qimasiga, urug‘ suyuqligiga, qin sekretiga, so‘lakka, o‘pakning sog‘lom va yallig‘langan to‘qimasiga, safroga birmuncha yaxshiroq kiradi, shu vaqtning o‘zida orqa miya suyuqligiga va ko‘z suyuqligiga ikkala komponentlar bir xil darajada qiradi.

Trimetoprim katta miqdorda va sulfametoksazol birmuncha kamroq miqdorda qon oqimidan interstisial va organizmning ekstravazal suyuqliklariga o‘tadi, bunda tirmetoprim va sulfametoksazolning konsentrasiyalari ko‘pchilik sezgir mikroorganizmlar uchun minimal bostiruvchi konsentrasiyadan yuqori bo‘ladi.

Odamda trimetoprim va sulfametoksazol yo‘ldoshda, kindik tasmasi qonida, homila oldi suyuqligida va homila to‘qimalarida (jigar, o‘pka) aniqlanadi, bu ikkala moddalarni yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tishini ko‘rsatadi. Odatda, trimetoprimning homiladagi konsentrasiyasi onadagiga yaqin, sulfametoksazolning konsentrasiyasi esa homilada onadagiga nisbatan past bo‘ladi.

Har ikkala modda ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Ko‘krak sutidagi konsentrasiyasi ona plazmasidagiga yaqin (trimetoprim) yoki past (sulfametoksazol) bo‘ladi.

Metabolizmi

Trimetoprimning taxminan 30% dozasi metabolizmga uchraydi. Odam jigari mikrosomalari bilan o‘tkazilgan in vitro sharoitdagi tadqiqotlarga muvofiq trimetoprimning oksidlanuvchi metabolizmida CYP3A4, CYP1A2 va CYP2C9 izofermentlarining rolini inkor etib bo‘lmaydi.

Trimetoprimning asosiy metabolitlari 1- va 3-oksidlar va 3- va 4-gidroksi hosilalari hisoblanadi. Ayrim metabolitlari mikroblarga qarshi faollikka ega.

Sulfametoksazolning taxminan 80% dozasi jigarda asosan N4-asetilizasiya (taxminan 40%) va kamroq darajada glyukuron kislotasi bilan kon‘yugasiya yo‘li bilan metabolizmga uchraydi.

Sulfametoksazol oksidlanishi metabolizmga uchraydi. Gidroksilaminning hosilalarini hosil bo‘lishiga olib keluvchi birinchi oksidlanish bosqichi, CYP2C9 izofermenti tomonidan katalizasiya qilinadi.

Chiqarilishi

Har ikkala komponentni yarim chiqarilish davri bir biriga juda yaqin (trimetoprim uchun o‘rtacha 10 soat va sulfametoksazol uchun 11 soat).

Ikkala moddalar, shuningdek ularning metabolitlari, deyarli asosan buyrak orqali ham kalavalar filtrasiyasi va ham naychalar sekresiyasi yo‘li bilan chiqariladi, buning oqibatida xar ikkala faol moddalarning siydikdagi konsentrasiyasi, qondagiga nisbatan yuqori bo‘ladi.

Trimetoprimning dozasini taxminan uchdan ikki qismi va sulfametoksazolning dozasini beshdan bir qismi buyrak orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. Trimetroprimning umumiy plazma klirensi minutiga 1,9 ml/kg, sulfametoksazolniki minutiga 0,32 ml/kg ni tashkil qiladi. Faol moddalarning katta bo‘lmagan qismi ichak orqali chiqariladi.

Pasientlarning alohida guruhidagi farmakokinetikasi

Bolalar

Trimetoprim va sulfametoksazolning farmakokinetikasi pasientning yoshiga bog‘liq (buyrak funksiyasi normal bo‘lgan bolalardagi tadqiqot natijalariga muvofiq).
2 oylikkacha bo‘lgan bolalarda trimetoprim-sulfametoksazolni chiqarilish tezligini pasayishi kuzatiladi, lekin keyinchalik chiqarilish tezligi va umumiy klirensi oshadi, yarim chiqarilish davri esa qisqaradi. Farmakokinetikaning bunday o‘zgarishlari 1,7-24 oylikkacha bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda sezilarliroq va yosh o‘tgan sari kamayadi (agar 1 yoshdan 3,6 yoshgacha, 7,5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar va katta pasientlarni solishtirsa).

Keksa yoshdagi pasientlar

Trimetoprimni chiqarilishida buyrak klirensining muhimligini, shuningdek yosh o‘tgan sari kreatinin klirensini fiziologik pasayishini e‘tiborga olib, keksa pasientlarda trimetoprimning buyrak klirensi va umumiy klirensini pasayishini kutish mumkin. Sulfametoksazolning farmakokinetikasi yoshga kamroq darajada bog‘liq, chunki sulfametoksazolning buyrak klirensi umumiy klirensining faqatgina 20% ni tashkil qiladi.

Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 15-30 ml) bo‘lgan pasientlarda preparatning har ikkala komponentlarini yarim chiqarilish davri oshadi, bu dozaga tuzatish kiritishni talab etadi. Fraksion va uzluksiz peritoneal dializ trimetoprim-sulfametoksazolni chiqarilishiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Gemodializ va gemofiltrasiya vaqtida qon plazmasidagi trimetoprim-sulfametoksazolning konsentrasiyasi ahamiyatli darajada pasayadi.

Gemodializning har bir seansidan so‘ng trimetoprim-sulfametoksazolning dozasini 50% ga oshirish tavsiya etiladi.

Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan bolalarda (kreatinin klirensi <30 ml/min), trimetoprimning klirensi pasayadi, yarim chiqarilish davri esa uzayadi. Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan bolalarda trimetoprim-sulfametoksazolning dozasini buyrak funksiyasiga muvofiq hisoblanishi kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limi va “Ayrim hollarda dozalash” kichik bo‘limlariga qarang).

Jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Jigar funksiyasini o‘rtacha va og‘ir darajali buzilishlari bo‘lgan pasientlarda trimetoprim va sulfametoksazolning farmakokinetikasi sog‘lom ko‘ngillilarnikidan ahamiyatli darajada farq qilmaydi.

Mukovissidozi bo‘lgan pasientlar

Mukovissidozi bo‘lgan pasientlarda trimetoprimning buyrak klirensini va sulfametoksazolning metabolik klirensini oshishi kuzatiladi. Preparatning ikkala komponentlarida umumiy plazma klirens oshadi va yarim chiqarilish davri pasayadi.

 

Qo‘llanilishi

Baktrim®ni faqat, shifokorning fikri bo‘yicha, bunday davolashning afzalligi, mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyurish kerak; bitta samarali antibakterial vositani qo‘llash bilan kifoyalanish mumkinligi haqidagi masalasini hal qilish, shuningdek antibakterial preparatlarni tegishli qo‘llash bo‘yicha rasmiy tavsiyalarni va antibakterial preparatlarga chidamlilikni mahalliy tarqalganligini e‘tiborga olish kerak.

In vitro sharoitlarida bakteriyalarning antibiotiklarga sezuvchanligi turli geografik xududlarda va vaqtda o‘zgarishi tufayli, preparatni tanlashda bakterial sezuvchanlikning mahalliy xususiyatlarini hisobga olish kerak.

In vitro sharoitda bakteriyalarning antibiotiklarga chidamliligi geografik mintaqalar va vaqt bo‘yicha o‘zgarganligi tufayli, preparatni tanlaganda bakterial sezuvchanlikning mahalliy o‘ziga xosligini e‘tiborga olish kerak. Baktrim® preparatini faqat preparatga ishonchli ravishda yoki yuqori ehtimollik bilan sezgir bakteriyalar yoki boshqa mikroorganizmlar chaqirgan infeksiyalarni davolash yoki profilaktika qilish uchun qo‘llash kerak. Bunday ma‘lumot yo‘qligida tegishli antibakterial davolash epidemiologik holat va bakterial sezuvchanlikning mahalliy o‘ziga xosligiga muvofiq empirek tanlanishi kerak.

Nafas yo‘llari va LOR-a‘zolarining infeksiyalari: surunkali bronxitni zo‘rayishi, bolalarda o‘rta quloq otiti. Kattalar va bolalarda Pnemocystis jirovecii chaqirgan pnevmoniyani davolash va oldini olish (birlamchi va ikkilamchi) uchun qo‘llanadi.

Siydik-tanosil yo‘llarining infeksiyalari: siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari, yumshoq shankr.

Me‘da-ichak yo‘llarining infeksiyalari: qorin tifi va paratif, shigellezlar (agar antibakterial davolash ko‘rsatilgan bo‘lsa Shigella flexneri va Shigella sonnei sezgir shtammlari chaqirgan), Escherichia coli enteropatogen shtammlari chaqirgan sayohatchilar diareyasi, vabo (suyuqlik va elektrolitlarni to‘ldirishga qo‘shimcha).

Boshqa infeksiyalar: bir qator mikroorganizmlar chaqirgan infeksiyalar (boshqa antibiotiklar bilan birga qo‘llash mumkin), masalan: brusellez, o‘tkir va surunkali osteomielit, nokardioz, aktinomikoz, toksoplazmoz va janubiy amerika blastomikozida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqatdan keyin yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi.

Standart dozalash

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar 12 soatlik interval bilan:

 

 

Ichga qabul qilish uchun suspenziya, o‘lchov

qoshiqlar (ml)

  ertalab kechqurun
Standart doza 4 (20 ml) 4 (20 ml)
Minimal doza va uzoq muddat (14 sutkadan ko‘proq) davolash uchun doza 2 (10 ml) 2 (10 ml)
Oshirilgan doza (juda og‘ir holatlarda) 6 (30 ml) 6 (30 ml)

 

Davolash davomiyligi

O‘tkir infeksiyalarda Baktrim® preparatini kamida 5 kun davomida yoki pasientdagi simptomlar 2 kun davomida kuzatilmagunicha buyurish kerak. Agar 7 kun davomida davolashdan so‘ng klinik yaxshilanish yuz bermasa, davolashga tuzatish kiritish uchun pasientning holatini takroran baholash kerak.

Ayrim hollarda dozalash

Yumshoq shankr

Suspenziya 4 o‘lchov qoshig‘idan sutkada ikki marta qabul qilinadi. Agar 7 kundan keyin teri elementini bitishi yuz bermasa, davolashni yana 7 kunga uzaytirish mumkin. Lekin samaraning bo‘lmasligi, qo‘zg‘atuvchining chidamliligidan dalolat berishi mumkinligini ko‘zda tutish kerak.

Siydik yo‘llarining o‘tkir asoratlanmagan infeksiyalari

Siydik yo‘llarining o‘tkir asoratlanmagan infeksiyalari bo‘lgan ayollarga suspenziyaning 8-12 o‘lchov qoshig‘ini bir marta qabul qilish tavsiya etiladi. Iloji boricha, ularni kechqurun ovqatdan keyin yoki uxlashdan oldin qabul qilish kerak.

Pneumocystis jirovecii chaqirgan pnevmoniya

1 kg tana vazniga sutkada 20 mg gacha trimetoprim va 100 mg gacha sulfametoksazol, teng dozalarga bo‘lingan, xar 6 soatda 14 kun davomida qabul qilinadi. Dozaning yuqori chegarasi quyidagi jadval bo‘yicha aniqlanadi:

Tana vazni, kg 6 soatlik interval bilan qabul qilinadigan dozalar,

o‘lchov qoshiqlari (ml)

8 1 (5 ml)
16 2 (10 ml)
24 3 (15 ml)
32 4 (20 ml)
40 5 (25 ml)
48 6 (30 ml)
64 8 (40 ml)
80 10 (50 ml)

Pneumocystis jirovecii chaqirgan pnevmoniyani oldini olish uchun, kattalar va bolalarga
(12 yoshdan katta) suspenziyani sutkada 960 mg ko-trimoksazol (4 o‘lchov qoshiq preparat) buyurish tavsiya etiladi.

Pneumocystis jirovecii chaqirgan pnevmoniyani oldini olish uchun bolalarga (12 yoshgacha) trimetoprimning tavsiya etiladigan dozasi sutkada 150 mg/m2 va sulfametoksazolniki sutkada 750 mg/m2, ikkiga bo‘lingan xolda, xar haftada  ketma-ket 3 kun davomida.

Yig‘indi sutkalik doza 320 mg trimetoprim va 1600 mg sulfametoksazoldan oshmasligi kerak. Bunda quyidagi ko‘rsatmalardan foydalanish mumkin:

Tana yuzasining maydoni 12 soatlik interval bilan qabul qilinadigan dozalar,

o‘lchov qoshiqlari (ml)

0,26 0,5 (2,5 ml)
0,53 1 (5 ml)
1,06 2 (10 ml)

6 haftalikdan 5 oylikkacha bo‘lgan bolalarga – ichga qabul qilish uchun suspenziya 0,5 o‘lchov qoshig‘idan sutkada ikki marta (ertalab va kechqurun), 6 oylikdan 5 yoshlikkacha bo‘lgan bolalarga- 1 o‘lchov qoshiqdan sutkada ikki marta, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga suspenziya – 2 o‘lchov qoshig‘idan sutkada ikki marta buyuriladi. Dozalashning bu tartibi kg tana vazniga taxminan 6 mg trimetoprim va 30 mg sulfametoksazol sutkalik dozasiga to‘g‘ri keladi. Og‘ir infeksiyalarda bolalar uchun dozani 50% ga oshirish mumkin.

Nokardioz

Kattalarga kuniga suspenziya 12-16 o‘lchov qoshig‘idan kamida 3 oy davomida buyuriladi. Pasientning yoshi, tana vazni, buyrak funksiyasi va kasallikning og‘irligiga qarab dozaga tuzatish kiritish kerak. Ba‘zan davolash 18 oygacha davom etadi.

Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Kreatinin klirensi >30 ml/min bo‘lganda odatdagi doza, kreatinin klirensi minutiga
15-30 ml bo‘lganda – odatdagi dozaning yarmi buyuriladi, kreatinin klirensi ≤15 ml/min bo‘lganda esa, Baktrim®  preparatini qo‘llash mumkin emas.

Dializda bo‘lgan pasientlar: gemodializda bo‘lgan pasientlarda trimetoprim-sulfametoksazolning odatdagi dozasini qo‘llash kerak. Gemodializning har bir seansidan keyin pasientlar standart dozaning yarmini tashkil etuvchi preparatning qo‘shimcha dozasini qabul qilishlari kerak.

Peritoneal dializda bo‘lgan pasientlarda trimetoprim-sulfametoksazolni qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki peritoneal dializda trimetoprim sulfametoksazolning minimal klirensi kuzatiladi.

Keksa va qari yoshdagi pasientlar

Buyrak funksiyasi normal bo‘lganida kattalar uchun odatdagi doza buyuriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tavsiya etilgan dozalarda Baktrim® preparati odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlari teri toshmasi va me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar hisoblanadi.

Noxush reaksiyalar tez-tezligini ta‘riflash uchun quyidagi tasnif ishlatiladi: juda tez-tez (≥10%), tez-tez (≥1% va ≤10%), tez tez emas (≥0,1% va ≤1%), kam hollarda (≥0,01% va ≤0,1%), juda kam hollarda (≤0,01%), tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida aniqlab bo‘lmaydi).

Tizim /a‘zo/sinf Tez-tez Tez-tez emas Kam hollarda Juda kam hollarda Tez-tezligi noma‘lum
Infeksion va parazitarkasalliklar   Zamburug‘li infeksiyalar (kandidoz)      
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar     Leykopeniya, granulositopeniya, trombositopeniya, anemiya (megaloblast, gemolitik/autoimmunyoki aplastik) Agranulositoz, metgemoglobinemiya, pansitopeniya  
Immun tizimi tomonidan buzilishlar       O‘ta yuqori sezuvchanlik keaksiyalari, allergik reaksiyalar (tana haroratini oshishi, angionevrotik shish, anafilaktoidreaksiyalar, zardob kasalligi)  
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar     Gipoglikemiya    
Ruhiyatni buzilishlari     Gallyusinasiyalar    
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar   Tirishishlar Neyropatiya (shu jumladan periferik nevritlarvaparesteziyalar) Ataksiya, aseptik meningit/ meningeal simptomatika Serebral vaskulit
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar       Uveit

 

Retinalvaskulit
Eshitish a‘zosi tomonidan va labirint buzilishlar       Tizimli va tizimli bo‘lmagan bosh aylanishi  
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar       Allergik miokardit, purpura, Shenleyn-Genox purpurasi Vaskulit, nekrozlovchi vaskulit, poliangiit bilan kechuvchi granulematoz, tugunli periarteriit
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar       O‘pka infiltratlari O‘pka vaskuliti
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Ko‘ngil aynini, qusish Diareya, soxtamembranoz enterokolit Stomatit, glossit   O‘tkir pankreatit
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar «jigar» transaminazalari faolligini oshishi Gepatit, bilirubinkonsentrasiyasini oshishi Xolestaz Jigar nekrozi «o‘t chiqarish yo‘lini yo‘qolishi»sindromi
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar Toshma, turg‘un dori eritemasi, eksfoliativ dermatit, makulopapuleztoshma, eritema, qichishish, qizamiqsimontoshma Eshakemi   Fotosensibilizasiya, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonsonsindromi, toksikepidermalnekroliz, eozinofiliya va tizimli ko‘rinishlar bilan kechuvchi dori toshmasi (DRESS sindrom)  
Suyak-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar       Rabdomioliz Artralgiya, mialgiya
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar Qonda azot konsentrasiyasini oshishi, kreatinin darajasini oshishi Buyrak funksiyasini buzilishi Kristalluriya Interstisialnefrit, diurezni kuchayishi  
Laborator ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi         Giperkaliemiya, giponatriemiya
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar     Venoz og‘riqva flebit    

Alohida noxush ko‘rinishlarni ta‘rifi

Qon tomonidan buzilishlar kuchsiz yaqqollikda bo‘ladi, simptomsiz kechadi va preparat bekor qilingandan keyin yo‘qoladi.

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda allergik reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar odatda kuchsiz ifodalangan va preparat bekor qilingandan keyin tez yo‘qoladi.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar: eozinofil yoki allergik alveolitda paydo bo‘ladigan o‘pka infiltratlari yo‘tal va hansirash bilan namoyon bo‘lishi mumkin.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar: Pneumocystis jirovecii chaqirgan pnevmoniyani davolash uchun trimetoprimning yuqori dozalarini qo‘llash qon zardobida kaliyning konsentrasiyasini avj oluvchi, lekin qaytuvchan oshishiga olib kelishi mumkin. Trimetoprimning hatto tavsiya etilgan dozalari qo‘llanilganda ham kaliy almashinuvini buzilishlari, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda yoki giperkaliemiyaga olib keluvchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llaganda giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin. Qandli diabeti bo‘lmagan va trimetoprim-sulfametoksazolni qabul qilayotgan pasientlarda odatda davolash boshlanganidan keyin bir necha kundan keyin gipoglikemiya holatlari kuzatilgan. Buyrak funksiyasini buzilishi, jigar kasalliklari, yetarli darajada oziqlanmaydigan yoki trimetoprim-sulfametoksazolning yuqori dozalarini qabul qilayotgan pasientlarda gipoglikemiya xavfi yuqori.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: Baktrim® preparati bilan davolash fonida o‘tkir pankreatit holatlari ta‘riflangan.

OITV-infeksiyalangan pasientlardagi nojo‘ya reaksiyalar

OITV-infeksiyalangan pasientlarda noxush ko‘rinishlar pasientlarning umumiy populyasiyasidagi bilan bir xil, lekin ayrim noxush ko‘rinishlar ko‘proq kuzatilishi va klinik manzarasi bo‘yicha farq qilishi mumkin:

Tizim/a‘zo/sinf Juda tez-tez Tez-tez emas
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar Leykopeniya, granulositopeniya, trombositopeniya  
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishi   Gipoglikemiya
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya  
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar «Jigar» transaminazalarini oshishi  
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar Makulopapuleztoshma, qichishish

 

 
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar Tana haroratini oshishi (odatdamakulopapuleztoshma bilan)  
Laborator ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi Giperkaliemiya Giponatriemiya

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Anamnezda ko-trimoksazolga (sulfametoksazol+trimetoprim) va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; jigar parenximasini yaqqol shikastlanishi; og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi ≤ 15 ml/min), peritoneal dializ; qon kasalliklari (aplastik anemiya, V12-tanqisligi anemiyasi, agranulositoz, leykopeniya, folat kislotasi tanqisligi oqibatidagi megaloblast anemiya); dofetilid, paklitaksel va amiodaron bilan majmuada; 6 haftalik yoshgacha bo‘lgan bolalar; glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi; homiladorlikni III uch oyligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.

Klozapin bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki klozapinning agranulositoz chaqirish qobiliyati ma‘lum.

Ehtiyotkorlik bilan

Porfiriya, qalqonsimon bez funksiyasini buzilishi, bronxial astma, folat kislotasi tanqisligi; asosan CYP2C8 va CYP2C9 izofermentlari tomonidan metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan majmuada; AAF (angiotenzinga aylantiruvchi ferment) ingibitorlari, angiotenzin reseptorlari blokatorlari, kaliy tejovchi diuretiklar va prednizolon bilan bir vaqtda extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Farmakokinetik o‘zaro ta‘sir

Trimetoprim organik kationlarning transporteri 2 ni (OST2) ingibitori, shuningdek CYP2C8 izofermentining kuchsiz ingibitori hisoblanadi. Sulfametoksazol CYP2C9 izofermentining kuchsiz ingibitori hisoblanadi.

OST2 tashiluvchi (masalan, dofetilid, amantadin, memantin va lamivudin) preparatlarining tizimli ekspozisiyasi, trimetoprim va sulfametoksazol birga qo‘llanganida oshishi mumkin.

Trimetoprim-sulfametoksazol va dofetilidni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Trimetoprim dofetilidning buyrak ekskresiyasini ingibisiya qiladi, dofetilidning “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon AUC ni 103% ga va maksimal konsentrasiyasini 93% ga oshiradi. Dofetilidning konsentrasiyasini oshishi QT intervalini uzayishi bilan kechuvchi jiddiy qorinchalar aritmiyalari, shu jumladan torsades de pointes aritmiyasini chaqirishi mumkin.

Amantadin va memantin qabul qilayotgan pasientlarda nerv tizimi tomonidan noxush ko‘rinishlarni (deliriy va miokloniya kabi) rivojlanish xavfi oshadi.

Asosan CYP2C8 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydigan preparatlar (masalan, paklitaksel, amiodaron, dapson, repaglinid, rosigitazon va pioglitazon) ning tizimli ekspozisiyasi, trimetoprim-sulfametoksazol birga qo‘llanganida oshishi mumkin.

Paklitaksel va amiodaron past terapevtik indeksga ega, ularni trimetoprim/sulfametoksazol bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Dapson va trimetoprim-sulfametoksazol metgemoglobinemiya rivojlanishini sababi bo‘lishi mumkin, chunki ularni farmakokinetik va farmakodinamik o‘zaro ta‘sirlari uchun potensial mavjud. Dapson va trimetoprim-sulfametoksazol qabul qilayotgan pasientlarda, metgemoglobinemiya rivojlanishi aniqlash uchun sinchiklab monitoring o‘tkazish kerak. Zarurat bo‘lganida muqobil davolash buyurish kerak. Repaglinid yoki pioglitazon qabul qilayotgan pasientlarda, gipokaliemiyani rivojlanishini aniqlash uchun muntazam monitoring o‘tkazish kerak.

Asosan CYP2C9 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydigan (masalan, kumarinlar (varfarin, asenokumarol), fenitoin va sulfonilmochevina hosilalari (glibenklamid, gliklizid va glipizid)) preparatlarning tizimli ekspozisiyasi, trimetoprim-sulfametoksazol birga qo‘llanganida oshishi mumkin.

Kumarinlarni qabul qilayotgan pasientlarda qon ivishini monitoring qilish kerak.

Baktrim® fenitoinning jigardagi metabolizmini susaytirishi mumkin. Trimetoprim va sulfametoksazolning standart dozalari buyurilganidan so‘ng fenitoinning yarim chiqarilish davri 39% ga oshishi va uning klirensi 27% ga kamayishi kuzatilgan. Fenitoin qabul qilayotgan pasientlarni, fenitoinning toksik ta‘sirini aniqlash uchun monitoring o‘tkazish  kerak. Sulfonilmochevina hosilalarini (glibenklamid, gliklazid va glipizid) qabul qilayotgan pasientlarda gipoglikemiya rivojlanishini aniqlash uchun monitoring o‘tkazish  kerak.

Baktrim® preparati peroral kontraseptivlarning samaradorligini pasaytirish xususiyatiga ega. Baktrim® preparati bilan davolanish vaqtida ayollarga kontrasepsiyaning qo‘shimcha usullarini ishlatish tavsiya etiladi.

Trimetoprim-sulfametoksazol va indometasinni bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida sulfametoksazolning konsentrasiyasini oshishini sababi bo‘lishi mumkin.

Baktrim® preparati zardobdagi digoksinning konsentrasiyasini oshirishi mumkin, ayniqsa keksa pasientlarda, shuning uchun zardobda digoksinning konsentrasiyasini monitoring qilish kerak.

Farmakodinamik o‘zaro ta‘sir va mexanizmi noma‘lum bo‘lgan o‘zaro ta‘sir

Trimetoprim-sulfametoksazolni va mielosupressiv ta‘sirga ega yoki buyrak funksiyasiga olib keluvchi boshqa preparatlarni (nukleozid analoglari, takrolimus, azatioprin yoki merkaptopurin) bir vaqtda qo‘llaganda mielotoksik va nefrotoksik noxush ko‘rinishlarning rivojlanish tezligi va og‘irlik darajasi oshishi mumkin. Bunday preparatlarni trimetoprim-sulfametoksazol bilan bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda gematologik va/yoki buyrak toksikligi rivojlanishi yuzasidan monitoring o‘tkazish kerak.

Klozapin bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki klozapinni agranulositozni chaqirish xususiyatiga ega ekanligi ma‘lum.

Keksa va qari yoshdagi pasientlarda ayrim diuretiklar (asosan tiazid) bir vaqtda qo‘llanganida trombositopeniya hollari miqdorini oshishi kuzatilgan.

Diuretiklarni qabul qilayotgan pasientlarda, qonda trombositlarning darajasini muntazam ravishda monitoring o‘tkazish kerak.

Trimetoprim-sulfametoksazol va siklosporin qabul qilayotgan pasientlarda, buyrak ko‘chirib o‘tkazilganidan so‘ng, buyrak funksiyasini qaytuvchan yomonlashishi kuzatilishi mumkin.

Sulfonamidlar, shu jumladan sulfametoksazol metotreksatning oqsillar bilan bog‘lanishi va buyrak orqali tashilishi uchun raqobatlashishi, shunday qilib, erkin metotreksatning konsentrasiyasini va uning tizimli samarasini oshirishi mumkin.

Trimetoprim va metotreksat qabul qilayotgan pasientlarda, pansitopeniya hollari ta‘riflangan. Trimetoprim odamning degidrofolatreduktazasiga past affinlikka ega, biroq metotreksatning toksikligini, ayniqsa qarilik yoshi, gipoalbuminemiya, buyrak funksiyasini buzilishi, suyak ko‘migi funksiyasini susayishi kabi, xavf omillari bo‘lganida, shuningdek metotreksatning yuqori dozalarini qabul qilayotgan pasientlarda kuchaytirishi mumkin. Mielosupressiyani oldini olish uchun bunday pasientlarga folat kislotasini yoki kalsiy folinatini buyurish kerak.

Bezgakni oldini olish uchun haftada 25 mg dan ko‘proq dozalarda pirimetamin qabul qilayotgan pasientlarga trimetoprim-sulfametoksazol bir vaqtda buyurilganida, ularda megaloblast anemiya rivojlanishi mumkinligini taxmin qilish mumkin.

Trimetoprim-sulfametoksazol va qon zardobida kaliyning konsentrasiyasini oshiruvchi preparatlar (AAF ingibitorlari, angiotenzin reseptorlarining blokatorlari, kaliy tejovchi diuretiklar va prednizolon kabilar) bir vaqtda qo‘llanganida, trimetoprim-sulfametoksazolning kaliyni tejovchi ta‘siri hisobiga, extiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Laboratoriya tadqiqotlari

Trimetoprim-sulfametoksazol va xususan, uning tarkibiga kiruvchi trimetoprim zardobda, ligand sifatida bakterial digidrofolatreduktaza yordamida oqsillar bilan raqobatli bog‘lanish usuli bilan o‘tkaziladigan metotreksatning zardobidagi konsentrasiyasini aniqlash natijalariga ta‘sir qilishi mumkin. Lekin metotreksatni radioimmun usuli bilan aniqlaganda ta‘sir qilmaydi.

Trimetoprim va sulfametoksazol shuningdek Yaffe reaksiyasining (kreatininni ishqoriy muhitda pikrin kislotasi bilan reaksiyasi bo‘yicha aniqlash) natijalariga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin, bunda normal qiymatlar doirasida natijalar taxminan 10% ga himoyalanadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

O‘ta yuqori sezuvchanlik va allergik reaksiyalar: teri toshmasi yoki har qanday boshqa og‘ir nojo‘ya reaksiyasi birinchi marta paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak. Allergik reaksiyalarga moyilligi va bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarga Baktrim® preparatini extiyotkorlik bilan buyurish kerak.

O‘pkadagi infiltratlar (eozinofil yoki allergik alveolit tipidagi) yo‘tal yoki hansirash kabi simptomlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatilgan simptomlar paydo bo‘lganida yoki to‘satdan avj olganida pasientni takroran ko‘rikdan o‘tkazish va Baktrim® preparati bilan davolashni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqish kerak.

Buyrak tomonidan buzilishlar: sulfonilamidlar, shu jumladan Baktrim® preparatidiarezni kuchaytirishi mumkin, ayniqsa yurak yetishmovchiligi chaqirgan shishlari bo‘lgan pasientlarda. Baktrim® preparatining yuqori dozalarini qabul qilayotgan pasientlarda (shu jumladan P. jiroveciichaqirgan pnevmosist pnevmoniyani davolaganda), shuningdek quyidagi pasientlar guruhida: preparatning standart dozasini qabul qilayotgananamnezida kaliy metabolizmini buzilishlari bo‘lgan pasientlar; buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar; giperkaliemiya rivojlanishiga olib keluvchi preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda buyrak funksiyasi va zardobda kaliy konsentrasiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.

Jiddiy noxush reaksiyalar: qonning patologik o‘zgarishlari, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), eozinofiliya va tizimli ko‘rinishlar bilan kechuvchi dorilar oqibatidagi toshma (DRESS sindrom), va jigarni yashin tezligida kechuvchi nekrozi kabi nojo‘ya reaksiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan, garchi kamdan-kam bo‘lsa ham, o‘lim bilan tugagan holatlar haqida xabar berilgan.

Pasientlarning alohida guruhlari: keksa va qari yoshli pasientlarda, shuningdek yondosh kasalliklari, masalan buyrak va/yoki jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda, yoki boshqa preparatlar bir vaqtda qabul qilinganida, og‘ir nojo‘ya reaksiyalarni yuqori rivojlanishi xavfi bor; bunday hollarda rivojlanish xavfi doza va davolash davomiyligi bilan bog‘liq.

Baktrim® preparati bilan davolash davomiyligi, ayniqsa keksa va qari yoshdagi pasientlarda iloji boricha qisqaroq bo‘lishi kerak. Buyrak funksiyasini buzilishida “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limidagi “Ayrim holatlarda dozalash” kichik bo‘limidagi ko‘rsatmalarga muvofiq dozaga tuzatish kiritish kerak. Trimetoprim-sulfametoksazol qabul qilayotgan buyrak funksiyasini og‘ir darajada buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 15-30 ml) bo‘lgan pasientlarda toksiklik simptomlari (ko‘ngil aynishi, qusish, giperkaliemiya) rivojlanishi yuzasidan sinchkovlik bilan monitoring o‘tkazish kerak.

Og‘ir gematologik kasalliklari bo‘lgan pasientlarga Baktrim® preparatini faqat istisno sifatida buyurish mumkin.

Keksa va qari yoshli pasientlarda, shuningdek folat kislotasini tanqisligi yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda, folat kislotasi yetishmovchiligi uchun xarakterli bo‘lgan gematologik o‘zgarishlar paydo bo‘lishi mumkin. Ular folat kislotasi buyurilganidan keyin yo‘qoladi.

Gemoliz rivojlanishi mumkinligi tufayli, Baktrim® preparatini glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan pasientlarga buyurish mumkin emas, mutloq ko‘rsatmalar bo‘lgan holatlardan tashqari va faqat minimal dozalarda.

Har qanday sulfonamidlar buyurilganida bo‘lgani kabi porfiriyasi yoki qalqonsimon bez funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Moddalar almashinuvi uchun “sekin asetilizasiya” xarakterli bo‘lgan pasientlar, sulfonamidlarga idiosinkraziya rivojlanishiga moyilroq bo‘ladilar.

Uzoq vaqt davolash: Baktrim® preparati uzoq muddat buyurilganida qonning shaklli elementlari sonini muntazam ravishda aniqlash kerak. Qonning xar qanday xujayralarini miqdori axamiyatli darajada pasayganida Baktrim®  preparatini bekor qilish kerak.

Baktrim® preparati bilan uzoq vaqt davomida davolanayotgan pasientlarda (ayniqsa buyrak yetishmovchiligida), siydikning umumiy taxlili va buyrak funksiyasini muntazam nazorat qilish kerak. Davolash vaqtida organizmga yetarli darajada suyuqlik tushishini va kristalluriyani oldini olish uchun adekvat diurezni ta‘minlash kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik

Homiladorlikning erta muddatlarida Baktrim® preparatini qabul qilgan ayollarda homilaning tug‘ma nuqsonlari rivojlanishi xavfi isbotlanmagan.

Hayvonlarda trimetoprim va sulfametoksazolning juda katta dozalari, homilada folat kislotasining yetishmovchiligi uchun tipik bo‘lgan rivojlanishi nuqsonlarini chaqirgan.

Trimetoprim ham, sulfametoksazol ham yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tishi va, oqibatda, folat kislotasi almashinuviga ta‘sir qilishi mumkinligi tufayli, homiladorlikda (I-II uch oylikda) Baktrim® ni faqat, uni qo‘llashdan kutilayotgan foyda homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyurish kerak. Baktrim®bilan davolash jarayonida homilador ayollarga, shuningdek homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan ayollarga, sutkada 5 mg dan folat kislotasini buyurish tavsiya etiladi. Homiladorlikning kechki muddatlarida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda rivojlanishi mumkin bo‘lgan yadroli sariqlik borligi xavfi tufayli, Baktrim® preparatini qo‘llashdan saqlanish kerak.

Emizish davri

Trimetoprim ham, sulfametoksazol ham ko‘krak sutiga o‘tadi. Baktrim®  preparatining oz miqdori ko‘krak suti bilan bolaga o‘tishiga qaramasdan, emizikli bola uchun mumkin bo‘lgan xavfni (yadroli sariqlik, o‘ta yuqori sezuvchanlik) ona uchun kutilayotgan terapevtik samara bilan solishtirish tavsiya etiladi.

Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Baktrim® preparati transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga bevosita ta‘sir ko‘rsatmaydi. Shunga qaramasdan, rivojlangan preparatning nojo‘ya ta‘siri (ayrim hollarda ahamiyatli) ushbu qobiliyatga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin (“Nojo‘ya ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani o‘tkir oshirib yuborilishi simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, intellektual va ko‘rishni buzilishlar, og‘ir hollarda – kristalluriya, gematuriya va anuriya.

Dozani surunkali oshirib yuborilish simptomlari: qon hosil bo‘lishini susayishi (trombositopeniya, leykopeniya), shuningdek folat kislotasini yetishmovchiligi oqibatida qon manzarasini boshqa patologik o‘zgarishlari.

Davolash (simptomatikasiga qarab): preparatni so‘rilishini oldini olish bo‘yicha choralar, jadallashtirilgan diurez yo‘li bilan buyrak ekskresiyasini kuchaytirish (siydikning PN ni ishqoriy tomonga o‘zgartirish sulfametoksazolni chiqarilishiga yordam beradi), gemodializ (peritoneal dializ samarasiz). Qon manzarasi va elektrolitlarni nazorat qilish kerak. Qon manzarasini yaqqol patologik o‘zgarishlarida yoki sariqlikda spesifik davolash buyuriladi. Qon hosil bo‘lishiga trimetoprimning ta‘sirini yo‘qotish uchun folat kislotasi 3-6 mg dozada mushak ichiga 5-7 kun davomida buyuriladi.

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun suspenziya 240 mg/5 ml

50 ml yoki 100 ml dan preparat birinchi marta ochish nazorati bo‘lgan, polipropilen buraluvchi qopqoqli jigarrang shisha flakonlarda.

1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov qoshig‘i bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BAKTRIM suspenziya 100ml 240mg/5ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BAKTRIM suspenziya 100ml 240mg/5ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BAKTRIM suspenziya 100ml 240mg/5ml dori vositasi F.Hoffmann-La Roche Ltd, Швейцария произведено: Cenexi SAS tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BAKTRIM suspenziya 100ml 240mg/5ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BAKTRIM suspenziya 100ml 240mg/5ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KOTRISEPT tabletkalari N40
BIKOTRIM suspenziya 100ml 240mg/5ml
BISEPTOL tabletkalari 960mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: сульфаметоксазола, Триметоприм ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polfa in Pabianice Joint Stock Company
Narh: 28 600 so'mdan Batafsil
BISEPTOL suspenziya 80ml 240mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: сульфаметоксазола, Триметоприм ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medana Pharma S.A.
Narh: 25 200 so'mdan Batafsil
BISEPTOL tabletkalari 480mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: сульфаметоксазола, Триметоприм ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pabianickie Zaklady Pharmaceutyczne Polfa S.A.
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
BISEPTOL tabletkalari 120mg N20
Narh: 13 400 so'mdan Batafsil
IZIPTOL suspenziya 90ml 480mg/10ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: сульфаметоксазола, Триметоприм ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: СП ООО "Remedy Group"
  • Vakil: Izida Pharma
BISEPTOL tabletkalari 960mg N10
Narh: 28 600 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DORMIKUM inyeksiya uchun eritma 15mg/3ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: midazolam ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: F.Hoffmann-La Roche Ltd, Швейцария произведено: Cenexi SAS
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9