×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Balansol eritmasi 500ml N1

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Россия
Faol modda:
Вода для инъекций, Калия хлорид, кальция хлорид, магния хлорид, Натрия ацетата тригидрат, Натрия хлорид, Натрия цитрат, Цитрат дигидрат
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- ООО «Гротекс»
Vakil:
- Pharmline Plus MChJ
Noaniqliq haqida habar berish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Polipropilendan (Poliflak) tayyorlangan, kavsharlangan qalpoqcha bilan berkitilgan flakonda 500 ml dan joylangan.

Karton qutida qo'llashga doir yo'riqnoma bilan birga bitta flakon (Poliflak) joylangan.

Davolash-profilaktika muassasalari uchun qo'llashga doir yo'riqnoma bilan birga 500 ml dan bo'lgan 1 dan 40 tagacha flakon (Poliflak) kartondan tayyorlangan gofr qutida yoki gofrlangan kartondan tayyorlangan, termokirishuvchan plyonka bilan o'ralgan idishlarda (lotoklarda) joylashtirishga yo'l qo'yiladi.

Balansol irrigasiya qilish uchun fiziologik, izotonik oftalmologik eritma bo'lib, pH 6,5 dan 8,0 gacha bo'lgan barqaror kislotali-ishqoriy muvozanatga ega. Balansol natriy, kaliy, kaltsiy, magniy va xlor kabi beshta asosiy ionlarni tarkibida saqlaydi, ular tufayli eritma elektrolit tarkibi bo'yicha muvozanatlangan bo'ladi va muguz pardasining operasiyadan keyingi shishishini oldini olishga yordam beradi, chunki eritma muguz pardasi to'qimalari va ko'z oldingi kamerasi suyuqliklari o'rtasidagi membranali to'siq sifatida endoteliyning amal qilishini ta'minlaydi. Muvvozanatlanmagan tuzli irrigasiya eritmalariga nisbatan Balansol jarrohlik aralashuvi vaqtida odam ko'z to'qimalarining eng kam darajada shikastlanishini samaraliroq ravishda ta'minlaydi va ko'zning oldingi kamerasida deyarli barcha har qanday oftalmologik jarrohlik manipulyasiyalarida irrigasiya qilish uchun mos keladi. 

Eritmada faqat ikkita atsetat va tsitrat sun'iy komponenti – tayyor buyumning kislotaviyligini (pH) tartibga soluvchilar mavjud.

Quyidagilar eritmaning asosiy funktsiyalaridir: fakofragmentasiya vaqtida oldingi kamerani qo'llab-quvvatlash, fakoemulsifikasiya o'tkazilganda yadro fragmentlari va Gavhar massalarini yoki vitrektomiyada shishasimon jismni oqim bilan yuvish yo'li bilan chiqarib tashlash. Bunda yuvish eritmasidan foydalanish ko'z ichki hujayra tuzilmalari, jarrohlik operasiyasida ma'lum darajada shikastlanadigan to'qimalar va bo'shliqlarning anatomik butunligi va normal fiziologik amal qilishini ta'minlashga yordam beradi. Shunday qilib, yuvish (irrigasiya qilish) uchun eritma operasiya vaqtida va undan keyin ko'z oldingi kamerasida normal bosim va hajmini ta'minlaydi.

Balansol irrigasion oftalmologik eritma (bundan buyon matnda eritma, buyum deb yuritiladi) o'zi bilan tiniq rangsiz eritmani ifodalaydi. Konservantlarsiz.

1 ml uchun tarkib: natriy xloridi – 6,4 mg, natriy atsetati trigidrati – 3,9 mg, natriy tsitrati digidrati – 1,7 mg, kaliy xloridi – 0,75 mg, kaltsiy xloridi digidrati – 

0,48 mg yoki geksagidrati – 0,715 mg, magniy xloridi geksagidrati – 0,3 mg, in'ektsiya uchun suv – 1 ml gacha.

Osmolyalligi – 200-400 mosm/kg, rn – 6,5-8,0.

Anionlar:

Xlorid ioni – 3662 – 5493 mg/l

Tsitrat ioni – 874 – 1311 mg/l

Kationlar:

Natriy ioni – 2860 – 4290 mg/l

Kaliy ioni – 314 – 471 mg/l

Magniy ioni – 28,4 – 42,6 mg/l


Aniqlanmagan.

Qo'llanilishi sohasi – oftalmologik jarrohlikda (buyurilishiga ko'ra).

Eritma ko'zning oldingi kamerasida deyarli barcha har qanday oftalmologik jarrohlik manipulyasiyalarida yuvish (irrigasiya qilish) uchun mo'ljallangan.

Eritma komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

+ 2 °C dan + 30 °C gacha haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo'llanilmasin!

Eritma hajmi individual o'ziga xos xususiyatlar va operasiya turiga bog'liq. Kiritiladigan eritma hajmi shifokor tomonidan aniqlanadi.

Flakon bilan ishlash tartibi:

Infuzion tizimni qo'llashga doir ko'rsatmalarga rioya qilish lozim.

Infuzion tizimni flakonga quyidagi tarzda ulanadi:

1. Tiqin bitta portdan olinadi va portga spirtli sharcha bilan ishlov beriladi.

2. Port infuzion tizimning uchligi bilan teshiladi.

3. Infuzion tizimning naychasi havo pufakchalari ko'zga tushishini oldini olish uchun eritma bilan to'ldiriladi.

Portni teshishga faqat bir marta yo'l qo'yiladi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Balansol eritmasi 500ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Balansol eritmasi 500ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Balansol eritmasi 500ml N1 dori vositasi ООО «Гротекс» tomonidan Россия mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Balansol eritmasi 500ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Balansol eritmasi 500ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9