×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BANEOSIN 20,0 maz

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Avstriya
Faol modda:
Бацитрацин, неомицин
Ishlab chiqaruvchi:
- Мерк КГаА унд Ко. / Сандоз ГмбХ
Vakil:
- Sandoz Pharmaceuticals d.d.
ATX kodi:
- D06AX
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SALISILOVAYA KISLOTA eritma 20ml 1% Lekinterkaps, ООО O'zbekiston
1 500 s`om dan
FUSIS gel 30g 0,5% Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
27 100 s`om dan
ELOKOM maz 15g 0,1% Schering-Plough Сentral East AG, Швейцария произведено: Schering-Plough Labo N.V. Belgiya
68 000 s`om dan
KETOZOL SN krem 20g BKRS Pharma Pvt. Ltd. Hindiston
Yaroqlilik muddati (oy) 3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
sirtga qo‘llash uchun surtma

Sirtga qo‘llash uchun 20 g surtma saqlovchi alyumin tuba. Bir tubadan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma.
Tarkibi

1 g surtma quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar: batsitratsin rux – 250 XB; neomitsini sulfati – 5000 XB.
Yordamchi moddalar: lanolin, oq yumshoq parafin.
Baneotsin faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan majmuviy antibakterial preparat bo‘lib hisoblanadi.

Baneotsin ikkita antibiotiklar: neomitsin va batsitratsin saqlaydi.

Batsitratsin bakteriyalar xujayra qobig‘ining sintezini ingibitsiya qiluvchi polipeptid antibiotigi bo‘lib hisoblanadi.

Neomitsin bakteriyalar oqsillarining sintezini ingibitsiya qiluvchi aminoglikozid antibiotigi bo‘lib hisoblanadi.

Batsitratsin asosan gemolitik streptokokk, stafilokokk, Clostridium spp., Corynebacterium diphtheriae, Treponema pallidum kabi grammusbat mikroorganizmlarga, shuningdek Neisseria spp. va Haemophilus influenzae kabi grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol. Ta’sir doirasiga shuningdek aktinomitsetlar va fuzobakteriyalar kiradi. Batsitratsinga rezistentlik juda kam xollarda kuzatiladi.

Neomitsin stafilokokki, Proteus, Enterobacter aerogenes, Klebsiella pneumoniae, Salmonellae, Shigellae, Haemophilus influenzae, Pasteurella, Neisseria meningitidis, Vibrio cholerae, Bordetella pertussis, Bacillus anthracis, Corynebacterium diphtheriae, Streptococcus faecalis, Listeria monocytogenes, Escherichia coli, Mycobacterium tuberculosis, Borrelia i Leptospira interrogans (L. icterohaemorrhagicae) kabi grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol.

Batsitratsin va neomitsinni majmuaviy qo‘llash mikroblarga qarshi keng ta’sir doirasini ta’minlaydi, garchi preparat Pseudomonas, Nocardia spp., zamburug‘lar va viruslarga qarshi faol emas.


Baneotsin ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanilganda surtish joyida mahalliy ta’sir ko‘rsatadi. Ammo so‘rilganda neomitsin va batsitratsin uchun qon zardobidan yarim chiqarilish davri taxminan 2-3 soatni tashkil qiladi. Baneotsinning alohida faol moddalari uchun quyidagi farmakokinetik ma’lumotlar xos. Batsitratsin teri va shilliq qavatlar orqali so‘rilmaydi. Shunga qaramasdan ochiq yaralar bo‘lganida so‘rilishini e’tiborga olish kerak. Neomitsin shikastlanmagan teri orqali ahamiyatsiz darajada so‘riladi, ammo u muguz qavati bo‘lmagan teri orqali (yara, jarohat, kuyishlar va boshqalar) va yallig‘langan va jarohatlangan teri orqali tez so‘riladi.

To‘qimalar tomonidan o‘zlashtirilishi yaxshi, biologik mahsulotlar, qon va to‘qima komponentlari tomonidan faolsizlanishi kuzatilmaydi. Agar preparat teri shikastlanishining katta sohalariga surtilsa, preparatni so‘rilishi va uning oqibatlarini e’tiborga olish kerak («Nojo‘ya ta’siri», «Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri», «Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar» va «Ehtiyotkorlik choralari» bo‘limlariga qarang).


Nojo‘ya reaksiyalar tizimli va ularni yuzaga kelishi tez-tezligi bo‘yicha quyidagicha tasniflangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥ 1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1 000, <1/100), kam xollarda (≥1/10 000, <1/1 000), juda kam xollarda (<1/10 000), tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi).
Umuman olganda teri, shilliq qavatlar yoki jarohat yuzasiga surtilganda yaxshi o‘zlashtiriladi.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Kam xollarda: neomitsinga allergiya bo‘lganida 50% xolatlarda boshqa aminoglikozid antibiotiklariga kesishgan allergiya kuzatiladi.
Tez-tezligi noma’lum: surunkali dermatozlari (masalan dimlangan dermatit yoki surunkali o‘rta otit) bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llaganda sog‘lom teriga ta’siriga nisbatan ko‘pgina boshqa preparatlarga, shu jumladan neomitsinga sensibilizatsiya odatda kuchayadi. Ayrim xolatlarda allergiya ko‘rinishi bo‘lib preparatning bitkazuvchi samarasini kuzatilmasligi hisoblanishi mumkin.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma’lum: vestibulyar nervni shikastlanishi, neyro-mushak blokadasi.

Eshitish va labirint tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma’lum: ototoksiklik.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Kam xollarda: asosan kontakt dermatit bilan namoyon bo‘luvchi allergiyalar.
Neomitsinga allergiya odatda hisoblangandan ko‘ra kamroq uchraydi.
Tez-tezligi noma’lum: uzoq vaqt qo‘llash terini qizarishi, qurishi va kepaklanishi, teri toshmasi va qichishish bilan kechuvchi allergik reaksiyalar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Agar shikastlanish tarqalsa yoki bitmasa, bu allergiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Quyosh nuri ta’siri yoki ultrabinafsha nurlanishdan keyin fotosezuvchanlik yoki fototoksik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma’lum: nefrotoksiklik.

Yuqorida sanab o‘tilgan yoki ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganda shifokorga murojaat etish kerak.
Retseptsiz beriladi.

Baneotsin neomitsinga va (yoki) batsitratsinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksiyalarda qo‘llanadi. Baneotsin surtmasining samaradorligi bog‘lam qo‘yilganda kuchayadi.

- Terining o‘choqli infeksiyalari, masalan:

furunkullar, karbunkullar (jarroxlik usulida davolagandan keyin), stafilokokk sikoz, chuqur follikulit, yiringli gidradenit, paronixiya.

- Tarqalganligi cheklangan terining bakterial infeksiyalari, masalan: kontagioz impetigo, oyoqlarning infeksiyalangan yaralari, ikkilamchi infeksiyalangan ekzema, dermatozlarda, kesilishlarda, shilinishlarda, kuyishlarda, kosmetik jarroxlikda va teri transplantatsiyasida ikkilamchi infeksiya (shuningdek oldini olish maqsadida va bog‘lamlarni shimdirish uchun).

- Jarroxlik aralashuvlaridan keyin infeksiyani oldini olishda.

Operatsiyadan keyingi davrda Baneotsin surtmasi qo‘shimcha davolash sifatida qo‘llanishi kerak. Infeksiyalangan bo‘shliqlar va yaralari (masalan quloq pardasini perforatsiyasiz kechuvchi tashqi eshitish yo‘lining bakterial infeksiyalari, ikkilamchi bituvchi yaralar yoki jarroxlik yaralari) bo‘lgan bemorlarni mahalliy davolaganda Baneotsin surtmasini bintlarga surtgan afzal.

Batsitratsinga va (yoki) neomitsinga, aminoglikozid qatorining boshqa antibioktilariga yoki preparatning yordamchi moddalaridan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.


Terining katta sohalarini og‘ir shikastlanishlarida qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki preparatni so‘rilishi eshitishni yo‘qolishi bilan kechuvchi ototoksiklikka olib kelishi mumkin.


Yurak yoki buyrak yetishmovchiligi oqibatida ajratuvchi funksiyani yaqqol buzilishlarida va davolashni boshlashdan oldin, agar preparat so‘rilishi mumkin bo‘lsa vestibulyar va (yoki) koxlear tizimni shikastlanishi bo‘lganda qo‘llash mumkin emas.


Quloq pardasini perforatsiyasi bo‘lganda tashqi eshituv yo‘liga qo‘llanilmasin.


Faol moddalar so‘rilgan xolatlarda sefalosporinlarni yoki aminoglikozidlar qatoridagi boshqa antibiotiklarni yondosh buyurish nefrotoksiklikni oshirishi mumkin.
Etakrin kislotasi yoki furosemid kabi diuretiklarni bir vaqtda qo‘llash oto- va nefrotoksiklikni oshirishi mumkin.
Preparat so‘rilgan xolatlarda narkotik vositalar, anestetiklar va (yoki) miorelaksantlarni yuborish nevr-mushak blokadasini kuchaytirishi mumkin.

Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Sarg‘ish rangli, kuchsiz o‘ziga xos hidli gomogen surtma.

Sirtga qo‘llanadi. Kattalar va bolalarda surtma shikastlangan sohalarga yupqa qavat qilish sutkada 2-3 marta surtiladi. Zarurati bo‘lganida bog‘lam qo‘yiladi. Surtish sohasi tana yuzasining 1% dan (taxminan patsiyentning kaft o‘lchamiga mos keladi) oshmasligi kerak.

Davolash davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak.

Jigar/buyrak funksiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar: tavsiya etilgan dozalardan ahamiyatli yuqori dozalarda qo‘llaganda, faol moddalarni so‘rilishi mumkinligi tufayli nefro- va (yoki) ototoksiklikka ko‘rsatuvchi simptomlarga e’tibor qaratish kerak. Qon va siydik tahlili, shuningdek audiometrik tekshiruv o‘tkazish tavsiya etiladi.

Bolalar: dozalash bo‘yicha maxsus tavsiyalarga yo‘q.

Keksa patsiyentlar (65 yoshdag oshgan): dozalash bo‘yicha maxsus tavsiyalarga yo‘q.

Tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda qo‘llanilganda, preparatni so‘rilishi mumkinligi tufayli nefro- va (yoki) ototoksiklikka ko‘rsatuvchi simptomlarga, ayniqsa (neyro)trofik yaralar bo‘lgan patsiyentlarda e’tiborni qaratish kerak.

Agar homiladorlik va emizish davrida Baneotsinni so‘rilish xavfi mavjud bo‘lsa, quyidagilarni e’tiborga olish kerak. Boshqa barcha aminoglikozidlar kabi neomitsin yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi. Aminoglikozidlarni yuqori dozalarda tizimli qo‘llanilganda homilada eshitish apparatini shikastlanishi kuzatilgan.

Shuning uchun ushbu preparatni faqat, agar homila uchun potensial foyda yuqori bo‘lgandagina qo‘llash kerak.

Baneotsinni og‘izga, ayniqsa bolalarda tushishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas.

Tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda qo‘llanilganda, preparatni so‘rilishi mumkinligi tufayli nefro- va (yoki) ototoksiklikka ko‘rsatuvchi simptomlarga, ayniqsa (neyro)trofik yaralar bo‘lgan patsiyentlarda e’tiborni qaratish kerak.

Jigar va (yoki) buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda ushbu xavf yuqori. Shuning uchun bunday patsiyentlarda Baneotsin bilan jadal davolashdan oldin va davolash vaqtida qon va siydik tahlilini, shuningdek audiometrik tekshiruvni o‘tkazish kerak.

Surunkali otiti bo‘lgan patsiyentlarda Baneotsinni qo‘llaganda ototoksik samara kuzatilishi mumkinligi tufayli ehtiyoktorlik chorasiga rioya qilish kerak.

Kumulyativ toksiklik xavfi tufayli mahalliy va tizimli aminoglikozidlar bilan majmuaviy davolashdan saqlanish kerak.

Baneotsinni nazoratsiz so‘rilishi xolatida nerv-mushak o‘tkazuvchanligini blokadasi, ayniqsa atsidoz, miasteniya gravis yoki boshqa neyromushak buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda e’tiborni qaratish kerak. Kalsiy preparatlari yoki neostigmin yordamida bunday blokadani bartaraf etish mumkin.

Uzoq vaqt qo‘llaganda chidamli mikroorganizmlarni, ayniqsa zamburug‘larni haddan tashqari o‘sishigi e’tibor qaratish kerak. Agar bu kuzatilsa, tegishli davolashni buyurish kerak.

Allergik reaksiyalar yoki superinfeksiya rivojlanganda preparat bilan davolash to‘xtatiladi.

Quyosh nuri ta’siri yoki ultrabinafsha nurlanishdan keyin fotosezuvchanlik yoki fototoksik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.

BANEOSIN 20,0 maz qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BANEOSIN®

BANEOCIN®

 

Preparatninig savdo nomi: Baneosin®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): basitrasin+neomisin

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun kukun.

Tarkibi:

1 g kukun quyidagilarni saqlaydi: 

faol moddalar:basitrasin rux – 250 XB; nemisin sulfat – 5000 XB,

yordamchi moddalar: sterillangan kukun asosi (2% dan ko‘p bo‘lmagan magniy oksidini saqlovchi makkajo‘xori kraxmali).

Ta‘rifi: oqdan sarg‘ish rangli bo‘lgan mayda dispers kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: majmuaviy antibiotik

ATX kodi: D06AX.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Baneosin mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan majmuaviy antibakterial preparat hisoblanadi.

Baneosin ikkita bakterisid antibiotik: neomisin va basitrasin saqlaydi.

Basitrasin bakteriya hujayra qobig‘ini sintezini ingibisiya qiluvchi polipeptid antibiotik hisoblanadi.

Neomisin bakteriya oqsilini sintezini ingibisiya qiluvchi aminglikozid – antibiotik hisoblanadi.

Basitrasin asosan gemolitik streptokokk, stafilokokk, ayrim Clostridium spp., Corynebacterium diphtheriae, Treponema pallidum grammusbat mikroorganizmlarga, shuningdek Neisseria spp. va Haemophilus influenza kabi grammanfiy patogen mikroorganizmlarga nisbatan faol. Preparatning ta‘sir doirasi shuningdek aktinomisetlarni va fuzobakteriyalarni ham o‘z ichiga oladi. Basitrasinga nisbatan rezistentlik juda kam hollarda uchraydi.

Neomisin stafilokokklar, Proteus, Enterobacter aerogenes, Klebsiella pneumoniae, Salmonellae, Shigellae, Haemophilus influenzae, Pasteurella, Neisseria meningitidos, Vibrio cholerae, Bordetella pertussis, Bacillus anthracis, Corynebacterium diphtheriae, Streptococcus faecalis, Listeria monocytogenes, Escherichia coli, Mycobacterium turerculosis, Borrelia va Leptospira interrogans (L. Icterohaemorrhagicae) kabi grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol. Preparat Pseudomonas, Nocardia spp., zamburug‘larga va viruslarga nisbatan faol bo‘lmasada, basitrasin va neomisinni majmuaviy qo‘llash keng antimikrob ta‘sir doirasini ta‘minlaydi.

Farmakokinetikasi

Baneosinni ko‘rsatma bo‘yicha ishlatilganda surtish joyiga mahalliy ta‘sir ko‘rsatadi. Ammo so‘rilgan hollarda qon zardobidan yarim chiqarilish davri neomisin va basitrasin uchun taxminan 2-3 soatni tashkil qiladi. Baneosinning alohida faol ingredientlari uchun quyidagi umumiy farmakokinetik ma‘lumotlar tegishli. Basitrasin teri va shilliq qavatida deyarli so‘rilmaydi. Shunga qaramasdan, ochiq jarohatlar bo‘lganida so‘rilishini hisobga olish kerak. Neomisin shikastlanmagan teri orqali oz miqdorda so‘riladi. Shunga qaramasdan u shox qavatiga ega bo‘lmagan teri (yaralar, jarohatlar, kuyishlar va boshqalar) va yallig‘langan yoki shikastlangan teri orqali tez so‘riladi.

Baneosin yaxshi o‘zlashtiriladi. To‘qimalardagi o‘zlashtirolishligi a‘lo deb baholanadi, biologik mahsulotlar, qon va to‘qima komponentlari tomonidan faolsizlantirilishi kuzatilmaydi. Agar preparat terining katta shikastlangan sohalariga surtilsa, preparatni so‘rilishini mumkinligini va uning oqibatlarini e‘tiborga olish kerak. (“Nojo‘ya ta‘sirlari”, “Dorilarning o‘zaro ta‘siri”, “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” va “Maxsus ko‘rsatmalar” ga qarang).

Qo‘llanilishi

Baneosin neomisinga va/yoki basitrasinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksiyalarda qo‘llash uchun ko‘rsatilgan.

  • Terining tarqalishi cheklangan bakterial infeksiyalari, masalan, xo‘llangan kontagioz impetigo, oyoqlarni infeksiyalangan  trofik yaralarida, infeksiyalangan ekzemada, bakterial taglik dermatitida, bakterial asoratlarda (Herpes simplex va Herpes zorter yoki suvchechak vezikulalarida).
  • Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kindik infeksiyasining profilaktikasi.
  • Jarrohlik (dermatologik) muolajalardan keyingi infeksiyalarning profilaktikasi: Baneosin kukunini operasiyadan keyingi davrda (kesilgandan, kauterizasiyadan, epiziotomiyadan keyin, terida yoriqlarni, nam (bo‘kkan) jarohatlarni va choklarni davolash uchun) qo‘shimcha davolash uchun qo‘llash mumkin.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga qo‘llanadi. Kukunni shikastlangan sohalarga yupqa qavat qilib surtiladi.

Kattalarga va bolalarga Baneosinni odatda sutkada 2-4 marta qo‘llanadi.

Tana yuzasining 20% ko‘proq kuygan bemorlarda Baneosin kukunini kuniga bir martadan tez, ayniqsa buyrak faoliyatini pasayishi tufayli qo‘llanmasligi kerak, chunki faol ingredientni so‘rilishi yuz berishi mumkin. Mahalliy qo‘llanganda neomisinning 7 kun davomida dozasi sutkada 1 g dan oshmasligi kerak (taxminan 200g sirtga qo‘llash uchun kukun). Qayta kurslarda maksimal doza ikki marta kamaytirilishi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Teriga, shilliq qavatiga va jarohat yuzalariga mahalliy surtilganda Baneosin odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.

Preparatni uzoq vaqt qo‘llagan bemorlarda terining qizarishi va qurishi, teri toshmalari va qichishishi ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.

Allergik reaksiyalar asosan kontakt ekzema turi bo‘yicha kechadi va u kam hollarda uchraydi. Taxminan 50% hollarda ular boshqa aminoglikozid-antibiotiklariga kesishgan allergiya bilan bog‘liq.

Teri qoplamalarini katta shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarni davolashda preparatni so‘rilishi mumkinligini va buning oqibatida vestibulyar va koxlear apparatini shikastlanishi, nefrotoksik samara va neyromushak o‘tkazuvchanligini blokadasi kabi asoratlarni paydo bo‘lishini hisobga olish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Basitrasinga va/yoki neomisinga yoki aminoglikozid qatori antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik.

Terini katta shikastlanishlarida qo‘llash mumkin emas, chunki preparatni so‘rilishi eshitishni yo‘qotish bilan birga kechuvchi ototoksik samarani chaqirishi mumkin.

Preparatni chiqarish faoliyatini yaqqol buzilishlari oqibatida yurak yoki buyrak yetishmovchiligi va mavjud bo‘lgan vestibulyar va koxlear tizimini shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda, agar preparatni so‘rilishi mumkin bo‘lsa qo‘llamaslik kerak. Kukunni ko‘z atrofi sohasiga surtish mumkin emas. Nog‘ora pardani perforasiyasida tashqi eshitish yo‘liga qo‘llanmasin.

Ehtiyotkorlik bilan

So‘rilish mumkin bo‘lganida (teri qoplamalarining butunligini katta buzilishlari) mumkin bo‘lgan neyromushak blokadasi belgilarini paydo bo‘lishini ayniqsa, asidozli, og‘ir miasteniyali yoki boshqa neyromushak kasalliklari bo‘lgan bemorlarda kuzatish lozim. Neyromushak blokadasi rivojlanganida kalsiy preparatlari yoki neostigmin qo‘llash ko‘rsatilgan.

Preparatni uzoq vaqt qo‘llanganda rezistent organizmlarni haddan ziyod o‘sishi mumkinligini kuzatish kerak. Agar shunday holat yuz bersa, tegishli davolashni buyurish lozim.

Allergik reaksiyalar yoki superinfeksiya rivojlangan bemorlarda Baneosin preparati bilan davolashni to‘xtatish lozim.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Agar tizimli so‘rilish bo‘lsa, sefalosporinlarni yoki aminoglikozid qatori antibiotiklarni yondosh buyurish nefrotoksik reaksiyalari ehtimolini oshirishi mumkin.

Baneosin bilan etakrin kislotasi yoki furosemid kabi diuretiklarni bir vaqtda ishlatish oto- va nefrotoksik samaralarni keltirib chiqarishi mumkin.

Narkotiklarni, anestetiklarni va miorelaksantlarni qabul qilayotgan bemorlarda Baneosinni so‘rilishi neyromushak o‘tkazuvchanligini blokadasi holatini kuchaytirishi mumkin.

Basitrasin va neomisin uchun nomutanosiblik holatlari aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tavsiya qilingandan dozadan sezilarli darajada yuqori dozalarda qo‘llanganda Baneosinni so‘rilishi oqibatida nefro- va/yoki ototoksik reaksiyalarni ko‘rsatuvchi simptomlarga e‘tiborni qaratish lozim.

Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda jigar va/yoki buyrak faoliyati pasayganida toksik samaralari xavfi oshganligi sababli, Baneosin preparati bilan davolashdan oldin va davolash vaqtida audiometrik tekshirishlar bilan birga qon va siydik tahlilini o‘tkazish lozim.

Agar Baneosinni so‘rilishi mumkin bo‘lsa, ayniqsa asidozli, yondosh og‘ir miasteniyali (myasthenia gravis) yoki boshqa neyromushak kasalliklari bo‘lgan bemorlarda neyromushak o‘tkazuvchanligini potensial blokadasiga e‘tiborni qaratish lozim.

Uzoq vaqt davolanganda chidamli mikrororganizmlarni o‘sishi mumkinligiga e‘tiborni qaratish kerak. Bunday hollarda tegishli davolashni buyurish lozim.

Preparatni bolalarda, jigar va buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda, shuningdek ishlov beriladigan yuzalarning katta maydoniga, uzoq vaqt qo‘llanganda va terining chuqur shikastlanishlarida qo‘llash hollarida shifokor bilan oldindan maslahatlashish tavsiya qilinadi.

Allergiya yoki superinfeksiya rivojlangan bemorlarda preparatni bekor qilish kerak.

Homiladorlik va laktasiya

Baneosinni so‘rilish xavfi mavjudligi tufayli, preparatni homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Boshqa aminoglikozid-antibiotiklari kabi neomisin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Aminoglikozidlarni yuqori dozalarda tizimli qo‘llanishi natijasida homilada eshitishni buzilishi to‘g‘risida xabar berilgan.

Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Noma‘lum.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Tavsiya qilingandan dozadan sezilarli darajada yuqoriroq dozalarda qo‘llanganda preparatning faol moddalarini so‘rilishi tufayli nefro- va/yoki ototoksik reaksiyalarni ko‘rsatuvchi simptomlarni bo‘lishi mumkinligi hisobga olish lozim.

 

Chiqarilish shakli

10 g dan sirtga qo‘llash uchun kukun 250 XB/5000 XB/1 g polietilen bankalarda; 1 bankadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan va namlikdan himoyalangan joyda, 25ºS dan past haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BANEOSIN 20,0 maz dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BANEOSIN 20,0 maz dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BANEOSIN 20,0 maz dori vositasi Мерк КГаА унд Ко. / Сандоз ГмбХ tomonidan Avstriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BANEOSIN 20,0 maz dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BANEOSIN 20,0 maz dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
BANEOSIN 10,0 poroshok
Другие формы препарата
BANEOSIN 10,0 poroshok
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9