×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BERLIPRIL 5 0,005 tabletkalari N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
Эналаприл
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Берлин-Хеми АГ
ATX kodi:
- C09AA02
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
50 000 s`om dan
LOZAP tabletkalari 50mg N30 Zentiva a.s., Словацкая Республика произведено: Saneca Pharmaceuticals a.s. Slovakiya Respublikasi
36 399 s`om dan
75 000 s`om dan
RIBOKSIN tabletkalari 200mg N10 Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО Belarusiya
1 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BERLIPRIL 5 0,005 tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

Ilova-varaqa: iste‘molchilar uchun ma‘lumot

Berlipril® tabletkalar 10 mg

Enalapril maleati

 

Ushbu dori preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin iltimos, ilova-varaqaning hammasini diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim ma‘lumotlar saqlanadi.

  • Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana bir marta o‘qib chiqishga to‘g‘ri kelar.
  • Agar keyinchalik Sizda savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling
  • Ushbu dori preparati faqat Sizga tayinlangan. Uni boshqa shaxslarga berib yubormang. Bu ularga, hatto ularning kasallik simptomlari Sizniki bilan o‘xshash bo‘lsa ham ziyon yetkazishi mumkin.
  • Qandaydir nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu yuz berishi mumkin bo‘lgan har qanday nojo‘ya ta‘sirlarga – shu jumladan ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmagan nojo‘ya ta‘sirlarga ham taalluqlidir. 4-bo‘limga qarang.

 

Ushbu ilova-varaqadagi ma‘lumotlar

  1. Berlipril® 10 o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
  2. Berlipril® 10 preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak
  3. Berlipril® 10 preparatini qanday qabul qilish kerak
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
  5. Berlipril® 10 preparatini qanday saqlash kerak
  6. O‘ramning ichidagi modda va boshqa ma‘lumotlar

 

  1. Berlipril® 10 o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi

Berlipril® 10 preparatida ta‘sir etuvchi modda sifatida enalapril maleati saqlanadi. U angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari (AAF ingibitorlari) deb nomlanadigan dori vostalari guruhiga mansub vositadir.

Berlipril® 10:

  • yuqori arterial bosimni (gipertoniya) davolash uchun
  • yurak yetishmovchiligini (yurak funksiyasini kuchsizlashishi) davolash uchun qo‘llanadi. Preparatni qabul qilish kasalxonaga murojaat qilishlar sonini kamaytirish, ba‘zi hollarda esa, pasientlarning hayoti davomiyligini uzaytirish imkonini beradi.
  • yurak yetishmovchiligining ko‘rinishlarini oldini olish. Simptomlari: hansirash, yengil jismoniy zo‘riqishdan keyin, masalan, yurishdan keyin charchoq yoki to‘piq va tovonlarni shishi kabi simptomlarni oldini olish uchun qo‘llanadi.

Ushbu dori preparatining ta‘siri qon tomirlarini kengaytirishdan iborat. Bu arterial bosimni pasayishiga olib keladi. Ushbu dori preparatining ta‘siri, odatda bir soatdan keyin boshlanadi va kamida 24 soat davom etadi. Arterial bosimga nisbatan optimal samaraga erishish uchun ayrim pasientlarga bir necha xafta davolash talab etiladi.

 

  1. Berlipril® 10 preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak?

Berlipril® 10 ni quyidagilarda qabul qilish mumkin emas:

  • enalapril maleatiga yoki ushbu preparatning har qanday boshqa komponentiga allergiya bo‘lganida (6-bo‘limda ko‘rsatilgan),
  • anamnezda AAF ingibitorlari deb nomlanadigan dori preparatlariga o‘xshash preparatlarga allergik reaksiyalar
  • anamnezda yutish yoki nafas olishda qiyinchilik tug‘diruvchi, sababi noma‘lum yoki nasliy xarakterga ega bo‘lgan yuz, lablar, og‘iz, til yoki tomoqni shishi (angionevrotik shish) bo‘lganida,
  • anamnezda diabet yoki buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lganida, shuningdek arterial bosimni pasaytirish uchun aliskiren saqlovchi dori preparati qabul qilinganda.
  • 3 oylikdan katta muddatli homiladorlikda (shuningdek homiladorlikning ilk muddatlarida ham Berlipril® 10 ni qo‘llashdan saqlangan afzal – “Homiladorlik” bo‘limiga qarang).
  • Agar Sizda yuqorida sanab o‘tilgan holatlardan birontasi o‘rin tutsa, mazkur preparatni qabul qilish tavsiya etilmaydi. Agar Siz nimagadir ishonch hosil qilmasangiz, mazkur dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashish kerak.

Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari

Berlipril® 10 preparatini qabul qilishdan oldin shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling:

Yuqori arterial bosimni davolash uchun quyidagi dori preparatlardan birontasi qabul qilinganda shifokorni ogohlantirish tavsiya etiladi:

  • angiotenzin II reseptorlarining blokatorlari (ARB) (shuningdek sartanlar sifatida ma‘lum bo‘lgan – masalan valsartan, telmisartan, irbesartan), ayniqsa agar Sizda diabet bilan bog‘liq bo‘lgan buyrak kasalliklari o‘rin tutsa.
  • aliskiren.

Sizning davolovchi shifokoringiz muntazam vaqt oraliqlarida buyrak funksiyasini, arterial bosimni va qonda elektrolitlar (masalan, kaliy) ning miqdorini nazoratini o‘tkazish zarur deb hisoblashi mumkin.

Shuningdek “Berlipril® 10 preparatini quyidagilarda qo‘llash mumkin emas” sarlavha ostidagi ma‘lumotga qarang.

Quyidagilarda shifokorni ogohlantirish tavsiya etiladi:

  • agar Sizda yurak kasalligi o‘rin tutsa,
  • agar Sizda bosh miya qon tomirlarini shikastlanish holatlari o‘rin tutsa,
  • agar Sizda qon kasalligi, masalan, leykositlar sonini kamayishi yoki ularni yo‘qligi (neytropeniya/agranulositoz), trombositlar sonini kamayishi (trombositopniya), yoki eritrositlar sonini kamayishi (anemiya) o‘rin tutsa,
  • agar Sizda jigar kasalligi o‘rin tutsa,
  • agar Sizda buyrak kasalligi (shu jumladan buyrak transplantasiyasi) o‘rin tutsa. Bu qonda kaliyning konsentrasiyasini oshishiga sabab bo‘lishi va jiddiy buzilishlarga olib kelishi mumkin. Davolovchi shifokor tomonidan Berlipril® 10 ning dozasiga tuzatish kiritishni yoki qonda kaliy darajasining nazoratini o‘tkazish zarurati tug‘ilishi mumkin.
  • agar Sizda gemodializ o‘tkazilayotgan bo‘lsa,
  • agar Sizda yaqinda ko‘chli holsizlik (kuchli qusishdan keyin) yoki og‘ir diareya o‘rin tutgan bo‘lsa,
  • agar Siz tuzlar cheklangan parhezda bo‘lsangiz, kaliyli qo‘shimchalar, kaliyni tejovchi vositalar yoki osh tuzining kaliy saqlovchi o‘rinbosarlarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz,
  • agar Siz 70 yoshdan katta bo‘lsangiz,
  • agar Siz diabet bilan xastalangan bo‘lsangiz. Qonda glyukoza darajasini, ayniqsa davolashning birinchi oylarida, glyukoza miqdorini pasayishi yuzasidan nazorat qilish lozim. Qonda kaliy darajasi oshishi mumkin.
  • qattiq quruq yo‘tal paydo bo‘lganida.
  • anamnezda yutish yoki nafas olishda qiyinchilik tug‘diruvchi yuz, oyoqlar, lablar, og‘iz yoki hiqildoqning shishi bilan kechuvchi allergik reakksiyalar mavjud bo‘lsa. Shuni nazarda tutish lozimki, qora tanli pasientlarda AAF ingibitorlarini qabul qilinishiga bunday reaksiyalarni rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi.
  • arterial bosim past bo‘lganida (bu, ayniqsa tana vertikal holatda bo‘lganida holsizlik yoki bosh aylanishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin),
  • kollagenozlar (masalan, tizimli qizil yugurik, revmatoid artrit yoki sklerodermiya) fonida qon tomirlarini shikastlanishi bo‘lsa, immunodepressantlar, allopurinol (podagrada davolash uchun qo‘llanadigan preparat) bilan yoki prokainamid (yurak ritmining buzilishlarini davolash uchun qo‘llanadigan preparat) yoki litiy preparatlari (depressiyaning ba‘zi turlarini davolash uchun qo‘llanadigan preparat) bilan davolanishda, shuningdek sanab o‘tilgan omillarni har qanday birga qo‘shilib kelishida ogohlantirish kerak.

Homiladorlik taxmin qilinganda (yoki homiladorlik aniqlanganda) bu haqida davolovchi shifokorga xabar berish lozim. Ushbu dori preparatini homiladorlikning ilk muddatlarida qabul qilish tavsiya etilmaydi, ikkinchi va uchinchi uch oyliklarida esa, homila uchun yuqori xavf borligi tufayli,  uni qabul qilish man etilgan (“Homiladorlik” bo‘lmiga qarang).

Ushbu dori preparati qora tanli bo‘lmagan pasientlarga nisbatan, qora tanli pasientlarda arterial bosimni pasaytirish samarasi pastroq ekanligini nazarda tutish lozim.

Agar Siz, sanab o‘tilganlardan birontasi Sizga taalluqli ekanligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, ushbu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashish kerak.

Agar Sizga tibbiy muolaja o‘tkazilishi lozim bo‘lsa

Agar Sizda sanab o‘tilganlardan birontasini o‘tkazish lozim bo‘lsa, davolovchi shifokorga Siz Berlipril® 10 ni qabul qilayotganingiz xususida xabar berish kerak:

  • har qanday jarrohlik aralashuvlari yoki anestetiklarni yuborilishi (hatto stomatologik muolajalarda).
  • Qondan xolesterinni yo‘qotish bo‘yicha “Past zichlikdagi lipoproteidlar – PZLP aferezi” deb nomlanuvchi muolajasi.
  • asalari yoki arilar chaqqanda allergik ko‘rinishlarni kamaytirish uchun qo‘llanadigan desensibilizasiyalovchi terapiya.

Agar Sizda sanab o‘tilgan holatlardan birontasi o‘rin tutsa, muolaja boshlanishidan oldin davolovchi shifokor yoki stomatolog bilan maslahatlashish kerak.

Bolalar va o‘smirlar

Enalapril maleatini arterial bosimi oshgan bolalarda qo‘llanishiga doir ma‘lumotlar cheklangan. Boshqa ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash yuzasidan tegishli ma‘lumotlar yo‘q. Enalapril maleatini qo‘llash samaradorligi va o‘zlashtira olinishi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar, oshgan arterial bosimini davolashda faqat 6 yoshdan katta bolalarda qo‘llanganda aniqlangan; shu boisdan Berlipril® 10 bolalarda faqat oshgan arterial bosimni davolash uchun qo‘llash tavsiya qilinadi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va buyrak kasalliklari bo‘lgan bolalar Berlipril® 10  ni qabul qilmasliklari kerak.

Berlipril® 10 va boshqa dori preparatlari

Agar Siz har qanday boshqa dori vositalarini hozirgi vaqtda qabul qilayotgan, yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, bu haqida shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar bering. Mazkur talab, Berlipril® 10 boshqa dori vositalarining ta‘siriga ta‘sir ko‘rsatishi mumkinligi bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari, ayrim boshqa dori vositalari Berlipril® 10 preparatining ta‘siriga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Davolovchi shifokor tomonidan dozaga tuzatish kiritish va/yoki boshqa ehtiyotkorlik choralarini qo‘llash zarurati tug‘ilishi mumkin:

  • Angiotenzin II reseptorlarining blokatorlari (ARB) yoki aliskiren (shuningdek “Berlipril® 10 ni qo‘llash mumkin emas” va “Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari” sarlavhalari ostidagi ma‘lumotlarga qarang).

Agar Siz quyidagi dori vositalardan birontasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokor yoki dorixona xodimini ogohlantirish qat‘iy tavsiya etiladi:

  • beta-blokatorlar, nitrogliserin va boshqa nitratlar, siydik haydovchi vositalar (diuretiklar) kabi arterial bosimni pasaytirish uchun qo‘llanadigan boshqa dori preparatlari.
  • kaliy saqlovchi dori preparatlari (shu jumladan osh tuzining o‘rinbosarlari).
  • diabetni davolash uchun qo‘llanadigan dori preparatlari (shu jumladan peroral diabetga qarshi preparatlar va insulin).
  • litiy (depressiyaning ayrim turlarini davolash uchun qo‘llanadigan preparat).
  • depressiyani davolash uchun qo‘llanadigan “trisiklik antidepressantlar” deb nomlanuvchi dori preparatlari.
  • ruhiy kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadigan “neyroleptiklar” deb nomlanuvchi dori preparatlari.
  • shamollash va yo‘talda davolash uchun qo‘llanadigan ayrim dori preparatlari, shuningdek tana vaznini kamaytirish uchun qo‘llanadigan “simpatomimetiklar” deb nomlanuvchi vositalarni saqlovchi preparatlar.
  • og‘riq yoki artritlarda davolash uchun qo‘llanadigan ayrim dori preparatlari, shu jumladan oltin preparatlari.
  • nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, shu jumladan SOG-2 ingibitorlari (yallig‘lanishni kamaytirish uchun qo‘llanadigan dori preparatlari, ular og‘riqni bartaraf etish uchun ham ishlatilishi mumkin).
  • aspirin (asetilsalisil kislotasi).
  • qon lahtalarini eritish uchun qo‘llanadigan dori preparatlari (trombolitiklar).
  • alkogol.

Agar Siz, sanab o‘tilganlardan birontasi Sizga taalluqli ekanligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, Berlipril® 10 preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashish kerak.

Berlipril® 10 preparatini ovqat, ichimliklar va alkogol bilan birga qabul qilish

Berlipril® 10 preparatini ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.

Ko‘pchilik pasientlar Berlipril® 10 ni suv bilan qabul qiladilar.

Alkogol AAF ingibitorlarining gipotenziv samarasini kuchaytiradi.

Homiladorlik va emizish davri

Homiladorlikda yoki emizishda, shuningdek taxmin qilingan yoki rejalashtirilgan homiladorlikda ushbu preparatni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokordan maslahat olish uchun murojaat qiling.

Homiladorlik

Taxmin qilingan homiladorlikda (yoki ehtimol qilinayotgan homiladorlikda) bu haqida davolovchi shifokorga xabar berish lozim. Shifokor homiladorlik yuz bergunicha yoki yuz bergani ma‘lum bo‘lishi bilanoq, darhol Berlipril® 10 ni bekor qilishi va buning o‘rniga boshqa preparatni buyurishi ehtimoldan holi emas. Homiladorlikning ilk muddatlarida Berlipril® 10 ni qabul qilish tavsiya qilinmaydi; uni homiladorlikning muddati uch oydan oshgan bo‘lsa, qo‘llash mumkin emas, chunki u bu bosqichda bolaga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin.

Emizish davri

Agar Siz bolani emizayotgan bo‘lsangiz yoki emizmoqchi bo‘lsangiz, bu haqida davolovchi shifokoringizga xabar bering. Ushbu dori preparatini qabul qilish vaqtida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni (tug‘ilganidan keyin birinchi bir nechta hafta davomida), ayniqsa chala tug‘ilgan chaqaloqlarni emizish tavsiya etilmaydi. Agar bola kattaroq bo‘lsa, davolovchi shifokor Sizni boshqa dori vositalariga nisbatan, ushbu dori preparatining foyda va xavfi to‘g‘risida xabardor qilishi lozim.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri

Ushbu dori preparatini qabul qilganda Siz bosh aylanishi yoki uyquchanlikni his etishingiz mumkin. Bunday hollarda avtomobilni boshqarish yoki har qanday pribor va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishdan voz kechish tavsiya qilinadi.

Berlipril® 10 preparatida laktoza saqlanadi

Berlipril® 10 preparatida qandning bir turi bo‘lgan laktoza saqlanadi. Agar davolovchi shifokor Sizda ayrim qand turlarini o‘zlashtira olmaslik borligi to‘g‘risida xabar bergan bo‘lsa, ushbu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

 

  1. Berlipril® 10 preparatini qanday qabul qilish kerak?

Ushbu preparatni doimo shifokor yoki dorixona xodimining aniq ko‘rsatmasiga binoan qabul qiling. Agar Sizda qandaydir shubhalar bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.

  • Ushbu dori preparatini qabul qilishni, davolovchi shifokor buyurgan butun davr davomida davom ettirish juda muhimdir.
  • Tabletkalarni buyurilganidan ortiq qabul qilmang.

Tabletkalarni butunligicha (tabletkalarni maydalash va chaynash mumkin emas) yutish kerak. Tabletkalarni ko‘p miqdordagi suyuqlik (masalan bir stakan suv) bilan birga qabul qilish kerak. Berlipril® 10 preparatini ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin. Sutkalik dozani odatda ertalab qabul qilinadi, zarurat bo‘lganida 2 ta dozaga bo‘linadi va ertalab va kechqurun qabul qilinadi.

Tabletkani bo‘lish:

Tabletkani ikkita teng bo‘laklarga bo‘lish mumkin. Tabletkani silliq qattiq yuzaga bo‘lish uchun o‘yig‘ini yuqoriga qilib qo‘ying. So‘ngra rasmlarda (1 va 2) ko‘rsatilganidek, tabletka yuzasiga ikkala ko‘rsatkich barmoqlaringiz bilan bosib, tabletkani o‘yiq bo‘ylab sindiring.

1 va 2 rasm: Berlipril tabletkasini ikkiga bo‘lish

Yuqori arterial bosim

  • Enalapril maleatining odatdagi boshlang‘ich dozasi sutkada bir marta 5 mg dan to 20 mg gacha o‘zgarib turadi (Berlipril® 10 ning 2 ta tabletkasiga mos keladi).
  • Ba‘zi pasientlar uchun ancha pastroq boshlang‘ich doza kerak bo‘ladi.
  • Uzoq vaqt qabul qilish uchun enalapril maleatining odatdagi dozasi sutkada bir marta 20 mg ni tashkil etadi (Berlipril® 10 ning 2 ta tabletkasiga mos keladi).
  • Uzoq vaqt qabul qilish uchun enalapril maleatining maksimal dozasi sutkada bir marta 40 mg ni tashkil etadi.

Yurak yetishmovchiligi

  • Enalapril maleatining odatdagi boshlang‘ich dozasi sutkada bir marta 2,5 mg mg ni tashkil etadi.
  • Davolovchi shifokor Siz uchun kerakli dozaga erishilmaguncha dozani asta-sekin oshirib borishi lozim.
  • Uzoq vaqt qabul qilish uchun enalapril maleatining odatdagi dozasi sutkada bir marta 20 mg ni tashkil etadi (Berlipril® 10 ning 2 ta tabletkasiga mos keladi); doza bir martada qabul qilinishi yoki ikki marta qabul qilishga bo‘linishi mumkin.
  • Uzoq vaqt qabul qilish uchun enalapril maleatining maksimal dozasi sutkada 40 mg ni tashkil etadi, ikki marta qabul qilishga bo‘linadi.

 

 

Buyrak kasalliklari bo‘lgan pasientlar

Dori preparatining dozasi buyrak funksiyasining buzilish darajasiga qarab o‘zgarishi lozim:

  • buyrak funksiyasini o‘rtacha og‘irlik darajasidagi buzilishi – sutkada enalapril maleatining 5 mg dan 10 mg gacha bo‘lgan dozasini tashkil etadi (Berlipril® 10 ning 1 ta tabletkasiga mos keladi).
  • buyrak funksiyasini og‘ir buzilishi – sutkada 2,5 mg enalapril maleati buyuriladi.
  • agar Sizga gemodializ o‘tkazilayotgan bo‘lsa – sutkada 2,5 mg enalapril maleati buyuriladi. Dializ o‘tkazilmayotgan kunlari esa, doza arterial bosimning kattaligiga qarab o‘zgartirilishi mumkin.

Keksa pasientlar

Dozani davolovchi shifokor belgilaydi; uning kattaligi buyrak funksiyasining buzilish darajasiga bog‘liq.

Bolalarda qo‘llanishi

Arterial bosimi yuqori bo‘lgan bolalarda Berlipril® 10 ni qo‘llashga doir ma‘lumotlar cheklangan. Agar bola tabletkani yuta olsa, unda dozani, bolaning tana vazni va arterial bosim ko‘rsatkichlariga qarab, hisoblab chiqiladi. Odatdagi boshlang‘ich doza:

  • 20-50 kg: sutkada 2,5 mg enalapril maleatini,
  • 50 kg dan ortiq: sutkada 5 mg enalapril maleatini tashkil etadi.

Doza bolaning ehtiyojlariga qarab, o‘zgartirilishi mumkin:

  • vazni 20-50 kg bo‘lgan bolalarga sutkada maksimal 20 mg enalapril maleatini buyurish mumkin.
  • vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga sutkada maksimal 40 mg enalapril maleatini buyurish mumkin.

Ushbu dori preparatini yangi tug‘ilgan bolalar (tug‘ilganidan keyin birinchi bir necha hafta) va buyrak kasalliklari bo‘lgan bolalarni qabul qilishi tavsiya etilmaydi.

Agar Siz Berlipril® 10 ni keragidan ortiq miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz

Agar Siz Berlipril® 10 preparatining keragidan ortiq miqdorini qabul qilgan bo‘lsangiz, zudlik bilan davolovchi shifokorga yoki shifoxonaga murojaat qiling. O‘zingiz bilan dori preparatining o‘ramini ham olib oling.

Quyidagi simptomlar: karaxtlik hissi va bosh aylanishi paydo bo‘lishi mumkin. Bu arterial bosimni keskin yoki yaqqol pasayishi oqibatida yuz berishi mumkin.

Agar Siz Berlipril® 10 ni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

  • Agar Siz tabletkani qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, unutilgan qabulni o‘tkazib yuboring.
  • Preparatning keyingi dozasini tayinlangan vaqtda qabul qiling.
  • O‘tkazib yuborilgan dozani kompensasiya qilish uchun ikki barorbar katta dozani qabul qilmang.

Agar Siz Berlipril® 10 preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Preparatni qabul qilishni, Sizga bu haqida shifokor aytmagunicha to‘xtatmang.

Agar Sizda ushbu dori preparatini qo‘llash yuzasidan qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokorga yoki dorixona xodimga murojaat qiling.

 

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari

Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham, garchi ular barcha pasientlarda yuz bermasa-da, nojo‘ya ta‘sirlarni chaqirishi mumkin. Ushbu dori preparatini qabul qilinganida quyidagi nojo‘ya ta‘sirlar o‘rin tutishi mumkin:

Agar Siz quyidagi simptomlardan birontasini sezsangiz, Berlipril® 10 preparatini qabul qilishni to‘xtatish va zudlik bilan davolovchi shifokorga murojaat qilish kerak.

  • yuz, lablar, til yoki xiqildoqning yutish yoki nafas olishda qiyinchilik tug‘diruvchi shishi.
  • qo‘l panjalari, shuningdek oyoqlar yoki to‘piqlar shishi.
  • teri sathidan ko‘tarilib turuvchi toshmani paydo bo‘lishi (eshakemi).

Shuni nazarda tutish lozimki, qora tanli pasientlarda bunday reaksiyalarni rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi. Agar Sizda yuqorida keltirilganlardan birontasi o‘rin tutsa, Berlipril® 10 preparatini qabul qilishni to‘xtatish va zudlik bilan davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Ushbu dori preparatini qabul qilishni boshida Siz holsizlik yoki bosh aylanishini his etishingiz mumkin. Agar bu holat yuz bersa, gorizontal holatni egallang. Bu arterial bosimni pasayishi oqibatida yuz bergan. Dori preparatini qabul qilishni davom ettirganingizda, ahvol yaxshilanishi lozim. Agar Siz bezovtalik his etsangiz, davolovchi shifokorga murojaat qiling.

Boshqa nojo‘ya ta‘sirlari

Juda tez-tez (10 pasientdan 1 nafaridan ortig‘ida kuzatilishi mumkin)

  • bosh aylanishi yoki holsizlik hissi.
  • Ko‘rishni xiralishishi.
  • yo‘tal
  • ko‘ngil aynishi

Tez-tez (10 pasientdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin)

  • past arterial bosim, yurak ritmini buzilishi, yurakni tez urib ketishi, stenokardiya yoki ko‘krak qafasida og‘riq.
  • Bosh og‘rig‘i, xushdan ketishlar.
  • Ta‘m sezishni o‘zgarishi, hansirash.
  • Diareya yoki qorin sohasida og‘riq, toshma.
  • Charchoq (kuchli toliqish), depressiya.
  • yutish yoki nafas olishda qiyinchilik bilan birga yuz, lablar, til yoki xiqildoqning shishi bilan kechuvchi allergik reaksiyalar
  • qonda kaliyning konsentrasiyasini oshishi, qonda kreatininning konsentrasiyasini oshishi (ikkala holat ham odatda tahlil o‘tkazilganda aniqlanadi).

Ba‘zida (100 pasientdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin)

  • gorizontal holatdan vertikal holatga o‘tganda arterial bosimni keskin pasayishi (ortostatik gipotoniya).
  • yurakni tez urib ketishi yoki yurak qisqarishlari ritmini buzilishi.
  • miokard infarkti (yuqori xavf guruhidagi pasientlarda, shu jumladan yurak yoki bosh miyada qon oqimining buzilishlari bo‘lgan pasientlarda ehtimol, juda past arterial bosim bilan bog‘liq rivojlanuvchi).
  • anemiya (shu jumladan aplastik va gemolitik).
  • insult (yuqori xavf guruhi pasientlarida ehtimol, juda past arterial bosim bilan bog‘liq rivojlanuvchi).
  • ongni chalkashishi, uyqusizlik yoki uyquchanlik, asabiylik.
  • terida sanchiq yoki uvishish hissi.
  • bosh aylanishi.
  • quloqlarni jaranglashi (tinnitus).
  • burundan ajralmalar, tomoqda og‘riq yoki ovozni bo‘g‘ilishi.
  • bronxlarni spastik torayishi (bronxospazm)/astma.
  • ichak bo‘ylab ovqat massalarini harakatini sekinlashishi (shu jumladan ichak tutilishi), me‘da osti bezini yallig‘lanishi.
  • qusish, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, qabziyat, ishtahani pasayishi, me‘dani ta‘sirlanishi, og‘izni qurishi, me‘da yarasi (peptik yara).
  • kuchli terlash.
  • buyrak funksiyasini buzilishi, buyrak yetishmovchiligi.
  • qichishish yoki eshakemi.
  • sochlarni to‘kilishi.
  • mushak tirishishlari, qizib ketish hissi, umumiy holatni buzilishi (lohaslik), tana haroratini oshishi (istma), impotensiya.
  • siydikda oqsil darajasini oshishi (tahlil natijalari bo‘yicha).
  • qonda qand yoki natriyning darajasini pasayishi, qonda mochevinaning darajasini oshishi (tahlil natijalari bo‘yicha).

Kam hollarda (1000 pasientdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin)

  • “Reyno sindromi”, unda qo‘l va oyoq panjalarida qon oqimi past bo‘lganligi tufayli, ular juda sovuq va oq bo‘lib qolishi mumkin.
  • leykositlar va eritrositlar sonini kamayishi, gemoglobin va gemotokritni, shuningdek trombositlar sonini pasayishi kabi qon tahlili natijalarini o‘zgarishi.
  • suyak ko‘migi funksiyasini susayishi, limfatik tugunlarni kattalashishi.
  • autoimmun kasalliklar.
  • g‘ayri-tabiiy tush ko‘rishlar yoki uyquni buzilishi.
  • o‘pka to‘qimasini shikastlanishi (o‘pkada infiltratlar).
  • burunni yallig‘lanishi, o‘pkada allergik tabiatga ega yallig‘lanish jarayonlari (allergik alveolit/eozinofiliyali pnevmoniya).
  • lunj, milklar, til, lablar va xiqildoq shilliq qavatini yallig‘lanishi.
  • hosil bo‘lgan siydik miqdorini kamayishi.
  • ko‘p shaklli eritema.
  • terini qizarishi va qipiqlanishi, pufakchalar yoki shilinishlarni hosil bo‘lishi yoki epidermisni terining chuqurroq qavatlaridan ko‘chishi bilan xarakterlanuvchi og‘ir teri reaksiyalari (masalan, Stivens-Djonson sindromi/toksik epidermal nekroliz).
  • jigar funksiyasini pasayishi, jigar yetishmovchiligi, jigarni yallig‘lanishi, sariqlik (teri yoki ko‘z oqini sarg‘ayishi) kabi jigar kasalliklari, jigar fermentlari yoki bilirubin darajasini oshishi (qon tahlil natijalari bo‘yicha)
  • erkaklarda ko‘krak bezini kattalashishi.

Juda kam hollarda (10000 pasientdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin)

  • ichak shishi (ichakning angionevrotik shishi).

Uchrash tez-tezligi aniqlanmagan (mavjud ma‘lumotlar asosida uchrash tez-tezligi aniqlanlashning iloji yo‘q):

  • antidiuretik gormon sekresiyasini buzilish sindromi (SIADH) va buning oqibatida qonda natriyning darajasini pasayishi (simptomlari charchoq, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish bo‘lishi mumkin).

Quyidagi nojo‘ya ta‘sirlar: tana harorati oshishi, seroz qavatlarini yallig‘lanishi (serozit), qon tomirlarini yallig‘lanishi (vaskulit), mushaklarda og‘riq yoki mushaklarni yallig‘lanishi, bo‘g‘imlarda og‘riq yoki bo‘g‘imlarni yallig‘lanishi (mialgiya/miozit, artralgiya/artrit) va ayrim laborator ko‘rsatkichlarni og‘ishlari (antiyadroli antitelolar titrini oshishi, eritrositlarni cho‘kish tezligini oshishi, eozinofiliya va leykositoz) ni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan simptomlar kompleksi ta‘riflangan. Shuningdek teri toshmasini paydo bo‘lishi, quyosh nuriga yuqori sezuvchanlik yoki teri tomonidan boshqa reaksiyalari bo‘lishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlar to‘g‘risida xabarlar

Har qanday nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu barcha yuz berishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmagan ta‘sirlarga ham taalluqlidir. Siz shuningdek nojo‘ya ta‘sirlar to‘g‘risida bevosita “Berlin – Xemi AG” Kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga, quyidagi manzilga: Toshkent sh., 100015, Afrosiyob ko‘chasi 12 (biznes-markaz) ga xabar berishingiz mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlar to‘g‘risida xabar berib, Siz ushbu dori preparatining xavfsizligi to‘g‘risida ko‘proq ma‘lumot to‘plashga yordam berishingiz mumkin.

 

  1. Berlipril® 10 preparatini qanday saqlash kerak?

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Blisterda va karton qutida ko‘rsatilgan «goden do» so‘zlaridan keyin saqlash muddati o‘tganidan so‘ng ushbu dori vositasini ishlatmang. Yaroqlilik muddatini tugashi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.

250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatni namlik ta‘siridan saqlash uchun original o‘ramida saqlansin.

Xech qanday dori preparatlarini kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan birga tashlab yubormang. Kerak bo‘lmagan dori preparatini qanday utilizasiya qilish yuzasidan dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Bu chora-tadbirlar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

 

Yaroqlilik muddati

36 oy

 

  1. O‘ram ichidagi modda va boshqa ma‘lumotlar

Berlipril® 10 preparatining tarkibi

Ta‘sir etuvchi modda: bir tabletkada 10 mg enalapril maleati saqlanadi.

Boshqa komponentlari:

Laktoza monogidrati, magniy karbonati asosi yengil, kraxmal glikolyatining natriyli tuzi (A tip), jelatin, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, temir (II, III) oksidi (Ye 172).

 

Berlipril® 10 preparatining ko‘rinishi va o‘ramning tarkibi

Och jigarrang rangli, chetlari qiya kesilgan va bir tomonida bo‘lish uchun o‘yig‘i bo‘lgan ikki tomonlama biroz qavariq tabletkalar.

Berlipril® 10 30, 50 va 100 tabletkadan o‘ramlarda chiqariladi.

O‘ramlarning hamma o‘lchamlari sotuvda bo‘lmasligi mumkin.

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

 

 

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BERLIPRIL 5 0,005 tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BERLIPRIL 5 0,005 tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BERLIPRIL 5 0,005 tabletkalari N30 dori vositasi Берлин-Хеми АГ tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BERLIPRIL 5 0,005 tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BERLIPRIL 5 0,005 tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
ENALAPRIL tabletkalari 5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Эналаприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
ENALAPRIL tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Эналаприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
ENALAPRIL tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Эналаприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
KARLON tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Эналаприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
KARLON tabletkalari 5mg N20
KARLON tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Эналаприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
ENAP tabletkalari 2,5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Эналаприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d. Novo Mesto
Narh: 11 200 so'mdan Batafsil
ENAM tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Эналаприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr. Reddi's Laboratories LTD
Narh: 14 000 so'mdan Batafsil
ENAM tabletkalari 5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Эналаприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr. Reddi's Laboratories LTD
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
ENAM tabletkalari 2,5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Эналаприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr. Reddi's Laboratories LTD
Narh: 16 800 so'mdan Batafsil
BERLIPRIL 20 tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Эналаприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
BERLIPRIL 10 tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Эналаприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
BERLIPRIL 5 tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Эналаприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
ENALAPRIL tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Эналаприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
ENAP 0,01 tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Эналаприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «КРКА-РУС»
ENAP 0,02 tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Эналаприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
ENAP 0,005 tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Эналаприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «КРКА-РУС»
Ishlab chiqaruvchining dorilari
NEBILET tabletkalari 5mg N28
Narh: 86 000 so'mdan Batafsil
ESPUMIZAN BEBI tomchilar 30ml 0,1/ml
ESPUMIZAN BEBI tomchilar 50ml 0,1/ml
NEBILET tabletkalari 5mg N14
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9