×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BETAMAKS tabletkalari 50mg N30

Kategoriya:
- Uyqu dorisi va sedativlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Latviya
Faol modda:
Сульпирид
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Гриндекс, АО
Vakil:
- Grindeks
ATX kodi:
- N05AL01
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

FENIBUT tabletkalari 250mg N20 Усолье-Сибирский Химико-Фармацевтический Завод ОАО Belarusiya
15 600 s`om dan
USPOKOY tabletkalari N20 ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ» Rossiya
12 000 s`om dan
GALOPERIDOL tabletkalari 5mg N50 Rusan Pharma LTD Индия
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N50 Татхимфармпрепараты, АО Rossiya
4 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BETAMAKS tabletkalari 50mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BETAMAKS

BETAMAKS

Preparatning savdo nomi: Betamaks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sulpirid (sulpiridum)

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 50 mg, 100 mg yoki 200 mg sulpirid;

yordamchi moddalar:

yadrosi: povidon, magniy stearati, krospovidon, makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza;

qobig‘i: 33G28707 oq Opadray bo‘yog‘i (gipromelloza (Ye 464), laktoza monogidrati, makrogol 3000, titan dioksidi (Ye 171), triasetin), karnaub mumi.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, plyonka qobiq bilan qoplangan dumaloq ikki tomonlama qavariq tabletkalar. Sindirilgan joy oq rangda.

Farmakoterapevtik guruhi: antipsixotik vositalar. benzamid hosilalari. 

ATX kodi: N05AL01.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Sulpirid, benzamid guruhiga mansub bo‘lgan atipik antipsixotik vositadir. Unga ta‘sir doirasi – mo‘‘tadil antipsixotik, vegetativ nerv tizimini tartibga soluvchi, yengil antidepressiv va qusishga qarshi ta‘sir xarakterlidir.

D1 va Ddofamin reseptorlariga ham bir xil ta‘sir ko‘rsatadigan boshqa antipsixotik preparatlardan farqli ravishda, sulpirid markaziy nerv tizimining D2 dofamin reseptorlariga nisbatan selektiv ta‘sirga va bundan tashqari Davtoreseptorlariga yuqori yaqinlikka ega. Sulpiridni katta bo‘lmagan dozalarda qo‘llanilganida u dofaminni presinaptik sohalardan qayta qamrab olinishini tormozlanishini keltirib chiqaradi va shu yo‘l bilan limbik tizimda impulslarni dofaminergik o‘tkazilishini yaxshilaydi. Sulpirid katta dozalarda markaziy nerv tizimida dofaminergik o‘tkazilishini bloklaydi.

Shunday qilib, preparatning farmakologik ta‘siri dozaga bog‘liqdir. Sulpirid katta bo‘lmagan dozalarda antidepressant sifatida ta‘sir etib negativ psixik simptomatikani kamaytiradi va tormozlanishni bartaraf etadi. Katta dozalarda sulpiridning antipsixotik ta‘siri namoyon bo‘ladi, shuningdek psixozlarning  produktiv simptomatikasi (gallyusinasiyalar, alahsirash) bartaraf qilinadi va psixomotor reaksiyalar susaymagan holda tajavvuzkorlik kamayadi. Sulpirid uchun terapevtik dozalarda kataleptogen samara deyarli xarakterli emas. Sulpirid asetilxolin, γ-aminomoy kislotasi (GAMK) yoki adrenalin reseptorlari bilan bog‘lanmaydi. Tanlab olingan ta‘sir tufayli sulpiridni qo‘llash vaqtida antipsixotik preparatlar uchun xarakterli bo‘lgan ekstrapiramid reaksiyalar va boshqa nojo‘ya ta‘sirlar kamroq kuzatiladi.

Sulpirid shuningdek gipotalamusga ta‘sir ko‘rsatib, u yerda joylashgan oliy vegetativ markazlarning faolligini normallashtiradi. Preparat me‘da-ichak yo‘llari va o‘t yo‘llari spazmlarini kamaytirib, prokinetik ta‘sir ko‘rsatib, ovqat hazm qilish yo‘llarining peristaltikasini normallashtirib, ovqat hazm qilish yo‘llari faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, dofaminergik vositalar (apomorfin) keltirib chiqargan qusishni bartaraf etadi. Preparat ovqat hazm qilish yo‘li shilliq qavatlarining himoya faoliyatini yaxshilaydi, «stress yarasi» deb nomlanadigan yaralarning hosil bo‘lishini oldini olishga yordam beradi va yaralarning bitishini tezlashtiradi.

Farmakokinetikasi

Sulpirid ovqat hazm qilish yo‘lidan nisbatan sekin so‘riladi va 3 soatdan keyin qonda maksimal konsentrasiyasiga erishiladi. Sulpirid preparatlari uchun past biokiraolishlik xos bo‘lib, u yuborilgan dozaning taxminan 30% ni tashkil etadi.

Preparatning faqat 40% ga yaqini plazma oqsillari bilan bog‘lanadi, shu sababli boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘sirining xavfi past darajada bo‘ladi. Sulpirid to‘qimalarda yaxshi taqsimlanadi, plasenta to‘sig‘i orqali o‘tadi, ona sutiga o‘tadi, shuningdek serebrospinal suyuqlikda cheklangan miqdorda uchraydi.

Sulpiridning organizmdan yarim chiqarilish davri 7-9 soatni tashkil etadi. U jigarda kuchsiz metabolizmga uchraydi, faol metabolitlari yo‘q. Preparat asosan buyrak orqali glomerulyar filtrasiya natijasida organizmdan chiqariladi. Preparatning so‘rilmagan qismi o‘zgarmagan holda axlat bilan chiqariladi. Buyrak faoliyati susaygan pasientlarda sulpiridni organizmdan chiqarilishi sekinlashadi.

Qo‘llanilishi

Shizofreniyada qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkani butunligicha yutib ichga qabul qilinadi.

Dozalarni, kasallikning xarakteri va simptomlarga qarab, pasientning yoshi, tana vazni va umumiy holatini e‘tiborga olgan holda shaxsiy ravishda tanlanadi.

Kattalar va 14 yoshdan katta bolalar

Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza kuniga ikki marta 200-400 mg ni tashkil etadi. Zarurat bo‘lganida dozani oshirish mumkin. Dori vositasining maksimal dozasi quyidagi ustuvor simptomlarga bog‘liq:

  • pozitiv simptomlar (gallyusinasiyalar, maniya, fikrlash qobiliyati va xulqning buzilishi) mavjud bo‘lgan taqdirda dozani kuniga 2,4 g gacha oshirish mumkin,
  • negativ simptomlar (emosiyalarni namoyon bo‘lishini yetishmovchiligi, alogiya, motivasiya va tashabbus yetishmovchiligi, apatiya, depressiya va ijtimoiy yakkalanish (izolyasiya) mavjud bo‘lgan taqdirda doza kuniga 800 mg gacha oshiriladi.

Oxirgi marta dozani soat 16.00 dan kechikmay qabul qilish tavsiya etiladi, chunki dorining rag‘batlantiruvchi ta‘siri uyquni buzilishini keltirib chiqarishi mumkin.

Pediatrik populyasiya

Preparatni 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tajribasi cheklangan, shuning uchun ushbu yoshdagi guruhda sulpirid qo‘llanilmaydi.

Keksa yoshdagi insonlar

Davolashni kichik dozalar bilan boshlash lozim va ularni bosqichma-bosqich oshirish lozim.

Jigar yetishmovchiligi  bo‘lgan pasientlar

Dorining dozasini pasientning individual javob reaksiyasiga qarab tanlash kerak.

Buyrak yetishmovchilgi  bo‘lgan pasientlar

Uzoq muddatli davolash o‘tkazilganida sulpiridning sutkalik dozasini kreatinin klirensi kattaligiga muvofiq kamaytiriladi.

Kreatining klirensi Odatdagi sutkalik dozasidan foizlar
30-60 ml/min 70%
10-30 ml/min 50%
<10 ml/min 34%

Agar Siz preparatni navbatdagi dozasini qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni darhol qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rniga ikki baravar dozani qabul qilmang. Preparatni qabul qilishni shifokor tavsiyalariga muvofiq davom ettiring.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta‘sirlar a‘zolar tizimi tasnifi ma‘lumotlar bazasi va MedDRA chastotasi bo‘yicha tasniflangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000), noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida aniqlash mumkin emas).

Qon va limfa tizimi buzilishlari

Noma‘lum: agranulositoz, leykopeniya.

Endokrin tizimi buzilishlari

Ko‘p: giperprolaktinemiya.

Modda almashinuvi va ovqatlanishni buzilishlari

Noma‘lum: tana vaznini oshishi.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Sulpiridning selektiv ta‘siri tufayli, uni qo‘llash vaqtida neyroleptik preparatlar uchun xos bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar kamroq kuzatiladi.

Tez-tez: sedasiya yoki uyquchanlik (ayniqsa katta dozalar qo‘llanilganida).

Kamroq hollarda: ekstrapiramid buzilishlar:

  • parkinsonizm simptomlari (tremor, mushak rigidligi, muvozanat va qadam tashlashni buzilishlari, nutqda qiyinchiliklar, gipersalivasiya);
  • diskineziya va distoniya (spazm yoki mushak tortishishi);
  • akatiziya (mushaklarda kuchayib boruvchi bezovtalik, uzoq vaqt tinch holatda qola olmaslik, holatni o‘zgartirishga moyillik tendensiyasi). Ushbu buzilishlar sulpiridning katta dozalari qo‘llanilganida va keksa yoshdagi insonlarda ko‘proq uchraydi. Buzilishlar odatda preparatning dozasini kamaytirib yoki Parkinsonizmga qarshi preparatlarni qo‘llagan holda bartaraf qilinadi;
  • kechki diskineziya (yuzning va/yoki tilning beixtiyoriy ritmik harakatlari).

Odatda uzoq muddatli davolash davomida kuzatiladi. Parkinsonizmga qarshi vositalarni qo‘llanilishi ushbu holatda samarasiz bo‘lishi yoki pasientning holatini yomonlashishini keltirib chiqarishi mumkin.

Juda kam hollarda: tirishishlar, xavfli neyroleptik sindrom, unga gipertermiya, mushak rigidligi, avtonom labillik, ongni buzilishlari, yurak ritmi va arterial qon bosimini o‘zgarishlari, xaddan tashqari ko‘p terlash, buyrak faoliyatini buzilishlari va plazmada kreatininfosfokinaza darajasini oshishi kabi simptomlar xarakterlidir. Neyroleptik sindrom rivojlanishi haqida shubha tug‘ilganda dorini qo‘llashni  darhol to‘xtatish va jadal simptomatik terapiyani boshlash lozim.

Noma‘lum: diqqat-e‘tiborni jamlash qobiliyatini pasayishi, qo‘zg‘aluvchanlik, vahima (asosan rag‘batlantiruvchi faoliyati tufayli). Sulpiridning vegetativ nerv tizimiga ta‘siri tufayli o‘ta sezuvchan pasientlarda taxikardiya, bosh aylanishi, paresteziya, qizib ketish hissi, kuchli terlash, siyishni buzilishi, qon bosimini o‘zgarishlari, umumiy holsizlik yuzaga kelishi mumkin.

Ko‘z tomondan buzilishlar

Kam hollarda: ko‘rishni noaniqligi.

Noma‘lum: ko‘z shoxpardasini qizarishi, kon‘yunktiva va to‘rpardaning pigmentasiyasi, ko‘z shoxpardasi va qorachig‘ni xiralashishi.

Yurak faoliyatini buzilishlari

Kam hollada – QT intervalini uzayishi, aritmiyalar (torsades de pointes), yurak qorinchalari fibrillyasiyasi, yurakni to‘xtab qolishi, behosdan o‘lim holati.

Qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: postural gipotenziya.

Noma‘lum: antipsixotik vositalarni qo‘llagan pasientlarda venoz tromboemboliya holatlari, shu jumladan o‘pka emboliyasi va chuqur venalarining trombozi holatlari to‘g‘risida xabar berilgan.

 

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlari

Kam hollarda: og‘iz qurishi hissi, qabziyat.

Noma‘lum: anoreksiya, ko‘ngil aynishi.

Jigar va/yoki o‘t chiqarish tizimi faoliyatini buzilishlari

Noma‘lum: qonda jigar transaminazlarining faolligini oshishi, sariqlik.

Teri va teri osti to‘qimalarini shikastlanishlari

Juda kam hollarda: qichishish, toshmalar.

Noma‘lum: terining qizil pigmentasiyasi, fotosezuvchanlik.

Homiladorlik davridagi, tug‘ruqdan keyingi va perinatal davridagi buzilishlar

Noma‘lum: yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda dorini bekor qilish sindromi.

Reproduktiv tizim buzilishlari va ko‘krak bezi kasalliklari

Juda kam hollarda: galaktoreya, ginekomastiya, amenoreya, buni gipofizda dofamin reseptorlariga sulpiridning ta‘siri bilan izohlash mumkin. Ushbu buzilishlar qaytuvchan bo‘lib, dori qabul qilinishi to‘xtatilganida o‘tib ketadi.

Noma‘lum: orgazm va erektil funksiyani buzilishlari.

Sanab o‘tilgan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganida, shuningdek yo‘riqnomada qayd etib o‘tilmagan nojo‘ya reaksiya paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish zarur.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatning faol moddasi yoki preparatning istalgan yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;
  • feoxromositoma;
  • o‘tkir porfiriya;
  • markaziy nerv tizimi (MNT) ni susayishi;
  • komatoz holatlar;
  • suyak ko‘migini susayishi;
  • prolaktinga bog‘liq shishlar, masalan gipofiz prolaktinomasi va ko‘krak bezi raki;
  • homiladorlik va laktasiya davri.
  • 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda;
  • dofaminergik parkinsonizmga qarshi vositalarni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘sirlari

  • Levodopa: dofaminergik parkinsonizmga qarshi vositalar sulpirid o‘rtasida o‘zaro antagonizm mavjud.
  • Alkogol: sedativ ta‘sir kuchayadi. Alkogol va tarkibida spirt saqlovchi dorilarni qabul qilishdan saqlanish lozim.
  • Markaziy nerv tizimini susaytiruvchi vositalar: ularning ta‘sirini kuchayishi kuzatiladi.
  • torsades de pointes tipidagi aritmiyani keltirib chiqarishi yoki QT intervalini uzaytirishi mumkin bo‘lgan dorilar:
  • Ia sinfi aritmiyaga qarshi vositalari (xinidin, dizopiramid);
  • III sinfi aritmiyaga qarshi vositalari (amiodaron, sotalol);
  • bradikardiyani keltirib chiqaradigan dorilar: beta adrenoblokatorlar, kalsiy kanallari blokatorlari (verapamil, diltiazem), klonidin;
  • gipokaliemiyani keltirib chiqaradigan dorilar: diuretik vositalar, ich ketishini rag‘batlantiruvchi vositalar, glyukokortikoidlar, tetrakozaktid, vena ichiga yuboriladigan V amfoterisin;
  • boshqa neyroleptik vositalar (pimozid, amisulprid, sultoprid, sertindol, xlorpromazin, levomepromazin, droperidol, galoperidol);
  • metadon;
  • bepridil, sizaprid, mizolastin;
  • galofantrin, pentamidin.
    • Angishvonagul preparatlari (yurak glikozidlari): sulpirid bilan bir vaqtda qo‘llanishi yurak glikozidlari bilan zaharlanishi simptomlarni niqoblashi mumkin.
    • Gipotenziv vositalar: sulpirid bilan bir vaqtda qo‘llanganda gipotenziya (ayniqsa ortostatik gipotenziya) xavfi kuchayadi.
    • Antasid preparatlar, sukralfat: sulpiridni ichak yo‘lida so‘rilishini kechiktirib, kiraolishligini pasaytiradi. Sulpiridni va ushbu vositalarni qo‘llash orasida 2 soatlik intervalga rioya qilish lozim.
    • Mielosupressiv dorilar: toksiklik xavfi oshadi.
    • Tutqanoqqa qarshi vositalar (karbamazepin, etosuksimid, oksarbazepin, fenitoin, primidon, valproat kislotasi), barbituratlar: sulpirid ushbu dorilarning tirishishga qarshi ta‘siriga antagonistik ta‘sir ko‘rsatadi.
    • Terfenadin: sulpirid bilan birgalikda qo‘llanilganida yurak qorinchalari aritmiyasi xavfi ortadi.
    • Ritonavir: sulpiridning plazmadagi konsentrasiyasi oshishi mumkin.
    • Sibutramin: sulpirid bilan birgalikda qo‘llanilganida markaziy nerv tizimida toksiklik xavfi oshadi.
    • Litiy preparatlari: ekstrapiramid nojo‘ya ta‘sirlar xavfi oshadi.

Sulpirid M-xolinoblokatorlarga (masalan, atropin yoki metilskopolaminga) nisbatan ularning ta‘sirini neytralashtirib, antagonistik ta‘sir ko‘rsatadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Sulpiridning rag‘batlantiruvchi va faollashtiruvchi ta‘siri tufayli, uni gipomaniya va maniya belgilari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Preparat shizofreniya bilan xastalangan pasientlarda ba‘zida psixotik buzilishlarni zo‘rayishini chaqirishi mumkin.

Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishlari kerak, chunki preparatning 95 % gacha miqdori buyrak orqali chiqariladi. Ushbu pasientlarga sulpiridning dozasini pasaytirish tavsiya etiladi («Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limiga qaralsin).

Ekstrapiramid sindromi yuzaga kelishi to‘g‘risida ma‘lumotlar mavjud («Nojo‘ya ta‘sirlari» bo‘limiga qaralsin). Ushbu holatda dozaga tuzatish kiritishni amalga oshirish uchun shifokorni xabardor qilish lozim.

Sulpiridni qo‘llash xavfli neyroleptik sindromi rivojlanishiga olib kelishi mumkin («Nojo‘ya ta‘sirlari» bo‘limiga qarang). Ushbu holatda barcha antipsixotik vositalar qabul qilishni bekor qilish va darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Sulpiridning ta‘sirlari dozaga bog‘liqdir, shuning uchun tavsiya etilayotgan dozalarni, ayniqsa nevrozlar va psixomotor buzilishlarda dozalarni oshirmaslik muhim.

Bolalar va keksa yoshdagi insonlarda nojo‘ya reaksiyalar yuzaga kelishi xavfi yuqoriroq bo‘ladi.

Sulpirid ko‘ngil aynishini kamaytirishi va qusish refleksini susaytirishi tufayli, u intoksikasiya (shu jumladan yurak glikozidlari, masalan, angishvonagul preparatlari bilan zaharlanish), ichak tutilishi va bosh miya o‘smalari simptomlarini yashirishi mumkin.

Sulpiridni boshqa antipsixotik vositalar bilan bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish lozim.

Yurak qorinchalari aritmiyalari rivojlanishi xavfini oshiradigan dori  vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanilganida muntazam EKG nazorati tavsiya etiladi.

QT intervalini uzayishi

Sulpirid QT intervali uzayishini keltirib chiqaradi. Ushbu yurak qorinchalari og‘ir aritmiyalari (masalan, torsades de pointes) xavfini potensiyalovchi samara bradikardiya, gipokaliemiya, QT intervalini tug‘ma yoki ortirilgan uzayishi holatlarida kuchayadi. Davolanish boshlanishidan oldin quyidagi xavf omillarining birortasi, masalan quyidagilar:

  • bradikardiya (yurakni minutiga 55 tadan kam urishi),
  • gipokaliemiya;
  • QT intervalni tug‘ma uzayishi,
  • bradikardiya (minutiga 55 tadan kam yurak urishi), gipokaliemiya, yurak ichki o‘tkazuvchanligini buzilishi yoki QT intervalni uzayishini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan dori vositalari bilan bir vaqtda davolash yo‘qligiga ishonch hosil qilish lozim.

Davolash boshlanishidan oldin, shuningdek dorining dozasini oshirishda elektrokardiografiyani (EKG) o‘tkazgan afzal. Davolashni boshlashdan oldin va davolash vaqtida qonda kaliy miqdorini nazorat qilish lozim.

Demensiyasi bo‘lgan  keksa yoshdagi insonlarda yuqori o‘lim holati

O‘tkazilgan ikkita katta tadqiqot ma‘lumotlari demensiyasi bo‘lgan, antipsixotik preparatlarni qo‘llagan keksa yoshdagi insonlarda ularni qo‘llamaganlariga nisbatan yuqori o‘lim holati xavfi yuqori ekanligidan dalolat bergan. Xavf kattaligini aniq belgilash uchun yetarlicha ma‘lumotlar mavjud emas. Yuqori xavf sababi ham noma‘lum.

Venoz tromboemboliya xavfi

Antipsixotik vositalarni qo‘llash oqibatida venoz tromboemboliya (VTE) holatlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar olingan. Antipsixotik vositalar bilan davolanadigan pasientlarda ko‘pincha VTE xavfining ortirilgan omillari bo‘lishi mumkin. Shu sababli sulpirid bilan davolashni boshlashdan oldin va davolash vaqtida VTE xavfining barcha mumkin bo‘lgan omillari aniqlanishi hamda profilaktik chora – tadbirlari o‘tkazilishi lozim.

Qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari

Sulpiridni Parkinson kasalligida o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim (kasallik simptomlari zo‘rayishi mumkin).

Bolalarda va keksa yoshdagi pasientlarda nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanishi xavfi ko‘proq namoyon bo‘ladi.

Keksa yoshdagi pasientlar postural gipotenziya, sedasiya va ekstrapiramid reaksiyalar xavfiga ko‘proq moyildirlar.

Ilgari tirishishlar kuzatilmagan pasientlarda tirishishlar to‘g‘risida xabar berilgan.

Dorini yurak va qon-tomir tizimi kasalliklari, gipotenziya, tutqanog‘i (sulpirid bilan davolash vaqtida kuchaytirilgan nazorat zarur), buyrak faoliyatini buzilishlari, jigar faoliyatini buzilishlari (koma holatini keltirib chiqarishi mumkin), miasteniya, prostata bezi gipertrofiyasi, nafas faoliyatini og‘ir buzilishlari, qon tarkibi o‘zgarishlari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda feoxromositoma ehtimolini istisno etish lozim.

Sulpiridning samarasi uning dozasiga bog‘liq, shu sababli tavsiya etilgan dozalarni, ayniqsa neyrotik va psixosomatik buzilishlar bo‘lgan holatlarda oshirmaslik muhim.

Sulpiridning ko‘ngil aynishini kamaytirish va qusish refleksini susaytirish xususiyati tufayli, u zaharlanish (shu jumladan yurak glikozidlari bilan zaharlanish), ichak tutilishi, bosh miya o‘smalaridan dalolat beruvchi simptomlarni niqoblashi mumkin.

Demensiyasi bo‘lgan, tavsiya etilgan antipsixotik vositalarni qabul qilgan pasientlarda serebrovaskulyar asoratlar xavfining uch marta oshishi aniqlangan. Ushbu xavfni oshish mexanizmi noma‘lum. Mazkur qayd etib o‘tilgan xavfni oshishini boshqa antipsixotik vositalar qo‘llanilganida, shuningdek boshqa pasientlar guruhida qo‘llanilganida inkor etish mumkin emas. Insult xavfi omillari bo‘lgan pasientlarni davolashda sulpiridni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Laktozaga nisbatan yuqori sezuvchanlik

Preparat o‘z tarkibida laktoza saqlaydi. Mazkur dori vositasini galaktozani kam uchraydigan nasliy o‘zlashtira olmasligi, Lapplaktaza tanqisligi bo‘lgan yoki  glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bo‘lgan pasientlarga qo‘llash mumkin emas.

 

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Homiladorlik

Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash xavfsizligi isbotlanmagan. Homiladorlarga, shifokor preparatni homilador ayol va homila uchun foyda va xavf nisbatini baholab, uni qo‘llash zarurati haqida qaror qabul qilgan holatlardan tashqari hollarda buyurish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlikning 3 uch oyligi davrida antipsixotik vositalar (ular orasida sulpirid ham) ta‘siriga uchragan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ruqdan keyin nojo‘ya ta‘sirlar, shu jumladan ekstrapiramid reaksiyalar yuzaga kelishi xavfi va/yoki dorini bekor qilish simptomi xavfi mavjud bo‘lib, ular turli og‘irlik darajasida va davomiylikda bo‘lishi mumkin. Qo‘zg‘aluvchanlik, mushak tonusining yuqori yoki past bo‘lishi, titroq, uyquchanlik, respiratorli distress yoki emizishni buzilishi to‘g‘risida xabarlar olingan. Shuning uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni sinchkovlik bilan tekshirish lozim.

Emizish

Sulpirid onaning ko‘krak sutiga ajralib chiqadi. Agar emizish davrida sulpirid bilan davolash zarur bo‘lsa, u holda emizishni to‘xtatish kerak.

Preparatni transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Mazkur dori vositasi uyquchanlik chaqiradi va psixomotor reaksiyalarni sekinlashtirishi mumkin, shuning uchun preparatni qo‘llash davrida xavf bilan bog‘liq bo‘lgan hamda chaqqon va tezkor reaksiyalarni talab qiladigan ishlarni bajarishdan (texnik qurilmalar bilan ishlash, transport vositalarini boshqarish va boshqalar) saqlanish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Bir martalik toksik dozasi 1 dan 16 g gacha oraliqda bo‘ladi, biroq 16 g li doza qo‘llanilganida o‘lim holatlari to‘g‘risida xabarlar yo‘q..

Dozani oshirib yuborilishi simptomlari dozaga bog‘liq. 1-3 g li bir martalik doza qo‘llanilganidan keyin bezovtalanish, ongni buzilishi, kamroq hollarda ekstrapiramid simptomlar kuzatilgan.

3-7 g li dozalar qo‘llanilganida qo‘zg‘aluvchanlik, adashtirish va ekstrapiramid simptomlar paydo bo‘lishi mumkin.

7 g dan yuqori dozalar qo‘llanilganida yuqorida qayd etib o‘tilgan simptomlar, gipotenziya va koma holati ro‘y berishi mumkin.

Davolash

Spesifik antidoti yo‘q.. Simptomatik davolash amalga oshiriladi. Dozani oshirib yuborilganida zudlik bilan me‘dani yuvish loozim. So‘rilgan dorini organizmdan chiqarish uchun siydikning ishqoriy reaksiyasini ta‘minlash va diurezni rag‘batlantirish zarur. Parkinsonizmga qarshi vositalar yuboriladi. Nafas olishni va yurak faoliyatini (QT intervali uzayishi xavfi) nazorat qilish lozim. Sulpiridni gemodializ yordamida qisman organizmdan chiqarish mumkin.

Chiqarilish shakli

30 tabletkadan bosib yopiladigan qopqoqchali va birinchi ochilishi nazoratli, plastmassadan tayyorlangan flakonda.

1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda quruq joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BETAMAKS tabletkalari 50mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BETAMAKS tabletkalari 50mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BETAMAKS tabletkalari 50mg N30 dori vositasi Гриндекс, АО tomonidan Latviya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BETAMAKS tabletkalari 50mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BETAMAKS tabletkalari 50mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
BETAMAKS tabletkalari 200mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Сульпирид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
BETAMAKS tabletkalari 100mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Сульпирид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
PROSULPIN tabletkalari 200mg N30
Narh: 87 600 so'mdan Batafsil
PROSULPIN tabletkalari 50mg N30
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
ZEPRIN kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Сульпирид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KARVIDIL tabletkalari 6,25mg N28
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
APILAK GRINDEKS tabletkalari 10mg N25
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
Narh: 59 000 so'mdan Batafsil
IPIGRIKS tabletkalari 20mg N50
Narh: 197 700 so'mdan Batafsil
MILDRONAT kapsulalar 500mg N60
Narh: 228 000 so'mdan Batafsil
BETAMAKS tabletkalari 200mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Сульпирид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
BETAMAKS tabletkalari 100mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Сульпирид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
REKREOL maz 50mg
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
REKREOL krem 50mg
IVAKARD tabletkalari 7,5mg N56
Narh: 146 800 so'mdan Batafsil
IVAKARD tabletkalari 5mg N56
DEZAMINOOKSITOSIN tabletkalari 50me N10
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
BROMGEKSIN GRINDEKS sirop 100ml 4mg/5ml
GRINTEROL kapsulalar 250mg N100
GRINTEROL kapsulalar 250mg N50
VARFAREKS tabletkalari 5mg N30
VARFAREKS tabletkalari 3mg N30
VARFAREKS tabletkalari 5mg N100
Narh: 33 600 so'mdan Batafsil
KARVIDIL tabletkalari 25mg N28
Narh: 78 400 so'mdan Batafsil
KARVIDIL tabletkalari 12,5mg N28
Narh: 74 000 so'mdan Batafsil
RISPAKSOL tabletkalari 2mg N60
Narh: 196 000 so'mdan Batafsil
RISPAKSOL tabletkalari 4mg N60
Narh: 322 500 so'mdan Batafsil
VENLAKSOR tabletkalari 37,5mg N30
Narh: 78 400 so'mdan Batafsil
Narh: 57 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9