×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BETIOL suppozitorii

Kategoriya:
- Gemorroyni davolash
Faol modda:
ихтаммол (ихтиол), красавка
ATX kodi:
- C05AX
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RELIF suppozitorii N12 Bayer Consumer Care AG Germaniya
73 000 s`om dan
IPROID maz 15g Caspian Tamin Pharmaceutical Co Eron
25 000 s`om dan
ANUZOL suppozitorii N10 Биосинтез, ПАО Rossiya
11 000 s`om dan
IXTIOL suppozitorii 200mg N10 Нижфарм-Stada CIS Rossiya Federatsiyasi
6 700 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BETIOL suppozitorii qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

BETIOL®

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Preparatning savdo nomi: Betiol®

Halqaro patentlanmagan nomi yoki guruhlangan nomi: Belladonna barglarining ekstrakti+Ixtammol

Dori shakli: rektal suppozitoriylar

Tarkibi:

1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:

Ta‘sir etuvchi moddalar – belladonna barglarining ekstrakti (belladonaning quyuq ekstrakti) (giossiaminga qayta hisoblanganda 1,5% alkaloidlarning yig‘indi miqdori 1,5%) – 15 mg, ixtammol (ixtiol) – 200 mg;

yordamchi moddalar: suv, emulgator T-2, qattiq yog‘ (N 15, W 35 markali vitepsol, NA 15, NAS 50 markali supposir).

Ta‘rifi:

Torpedosimon shaklli to‘q-jigarrang rangli, o‘ziga xos hidli suppozitoriylar. Suppozitoriylarning yuzasida karashlarni paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi:

Kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan gemorroyni davolash uchun vosita

ATX kodi: S05AX.

 

Farmakologik ta‘siri

Majmuaviy preparat; spazmolitik (belladonna ekstrakti) va yallig‘lanishga qarshi (ixtiol) ta‘sir ko‘rsatadi.

 

Qo‘llanilishi

Gemorroy, anal yoriqlarda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, yopiq burchakli glaukoma, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi, me‘da-ichak yo‘llarining obstruktiv kasalliklari, ichak atoniyasi, faol bosqichidagi yarali kolit, dekompensasiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi, taxikardiya, miasteniya, homiladorlik, emizish davri, 18 yoshgacha bo‘lganlarga qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Vegetativ neyropatiya, gipertireoz, yurak ishemik kasalligi, surunkali yurak yetishmovchiligi, mitral stenozi, buyrak kasalliklari, diafragmaning qizilo‘ngach teshigini churrasi, reflyuks-ezofagit, tana haroratini oshishi (ter bezlarining faolligini bostirilishi natijasida isitma va isitmani ko‘tarilish ehtimoli bor).

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Preparatni laktasiya davrida qo‘llash zarur bo‘lganida emizishni to‘xtatish lozim.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Rektal, tozalovchi huqna yoki ichakning mustaqil bo‘shalgandan keyin qo‘llanadi.
1 suppozitoriydan kuniga 1-3 marta qo‘llanadi, lekin kuniga 10 suppozitoriydan oshmasligi kerak. Odatda davolanish kursini davomiyligi 7-10 kunni tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘siri

Og‘izni qurishi, chanqoqlik, qabziyat, taxikardiya, midriaz, akkomodasiya nim falaji, bosh aylanishi, yorug‘likdan qo‘rqish, siyishni tutilishi, allergik reaksiyalar kuzatiladi.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: og‘iz bo‘shlig‘i va burun shilliq qavatlarini qurishi, chanqoqlik, qabziyat, taxikardiya, midriaz, akkomodasiya nim falaji, bosh aylanishi, yorug‘likdan qo‘rqish, terlashni kamayishi, siyishni tutilishi; og‘ir holatlarda – psixomotor qo‘zg‘alish, tirishishlar, siyishni o‘tkir tutilishi.

Dozani oshirib yuborilish holatlarida preparatni qo‘lashni to‘xtatish kerak va shifokorga murojaat qilish lozim.

Davolash: simptomatik davolash.

 

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Trisiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda preparatning
m-xolinbloklovchi samaralarini kuchayishi mumkin (og‘izni qurishi, akkomadasiyani buzilishi, taxikardiya, qabziyat va boshq.).

Yurak qisqarish sonini oshiruvchi preparatlar (shu jumladan prokainamid) bilan qo‘llanganda yaqqol taxikardiya kuzatilishi mumkin.

Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfini oshiradi va ijobiy xrono- va batmotrop samaralarni kuchaytiradi; yurak glikozidlar bilan birga qo‘llanganda ijobiy batmotrop samara kuchayadi.

Krasavka (belladonna) preparatlari, etanol (alkogol) bilan bir vaqtda qabul qilinganda markaziy nerv tizimiga tormozlovchi ta‘siri kuchayishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Krasavka alkaloidlarini gematoensefalik to‘siq orqali o‘tish va MNT ga o‘zaro ta‘sir qiluvchi dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri ehtimolini hisobga olish lozim. Krasavka alkaloidlari terapevtik dozalarda MNT ga o‘rtacha rag‘batlantiruvchi ta‘sir, yuqori dozalarda – qo‘zg‘atuvchi ta‘sir ko‘rsatadi va toksik dozalarda – ajitasiya, gallyusinasiya tormozlanish va komatoz holatlar bilan almashinadigan holatlari kuzatilishi mumkin. Preparatni va antixolinergik faollikka ega bo‘lgan boshqa dori vositalarini bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish lozim, chunki nojo‘ya samaralarni rivojlanish ehtimoli oshadi. Me‘da-ichak yo‘llarining motor funksiyasini susayishi tufayli krasavka (belladonna) ekstrakti birga qo‘llanadigan dori vositalarining so‘rilish tezligini pasayishga yordam beradi.

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Davolash davrida transport vositalarini boshqarish va yuqori diqqatni konsentrasiyasini, tezkor psixomotor reaksiyalar tezligini va yaxshi qo‘rishni talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Chiqarilish shakli

Rektal suppozitoriylar 15 mg + 200 mg.

5 suppozitoriydan ikki qavatli alyumin-polietilen plyonkali kontur uyali o‘ramda.

Ikki kontur uyali o‘ram dori preparatini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BETIOL suppozitorii dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BETIOL suppozitorii dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BETIOL suppozitorii dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9