×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BIFOLAK AKTIV kapsulalar 0,5g N10

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Бифидобактерии, Лактобактерии ацидофильные, Лактобактерии плантарум, Лактобактерии булгарикус, Пропионовокислые бактерии
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- BIOTACT DEUTSCHLAND
Vakil:
- ООО BIOTACT, TM BIOTACT DEUTSCHLAND (Германия)
Noaniqliq haqida habar berish
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas.
Toshkentning 163 ta dorixonasida topildi

ico 43 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 58 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 55 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi 2 kapsula 1 g:

Sinbiotik-kompleks:

Probiotik bakteriyalarning 8 turi: 1 trillion KHQB

(Bifidobacterium bifidum 175, Bifidobacterium adolescentis 109, Bifidobacterium bifidum 108, Lactobacillus plantarum 174a, Lactobacillus acidophilus 212, Lactobacillus bulgaricus 210, Propionibacterium avidum 261, Streptococcus thermophilus 237)

Prebiotiklar: inulin, maltodekstrin

Yordamchi moddalar: mikrokristalli sellyuloza, fruktoza, glyukoza va boshqalar.

Mahsulot tarkibida Yevropa standartlariga muvofiq, oziq-ovqatdagi allergiya chaqiruvchi moddalar – glyuten, soya, laktoza mavjud emas (Regulation (EU) No 1169/2011, Annex II). Shuningdek, mahsulot tarkibida hayvon oqsillari mavjud emas. Mahsulot bolalarga, homilador, emizikli ayollarga, vegeterianlar (veganlar), qandli diabetli shaxslarga ham tavsiya etiladi.

BIFOLAK®ACTIVE tarkibida maksimal miqdorda – 8 turdagi 1 trillion KHQB probiotik bakteriyalar mavjud bo'lib, ular keng ko’lamdagi patogen mikroorganizmlarga qarshi antagonist hisoblanadi, shuningdek, ichak bioqobig’ini mustahkamlash orqali zararli mikroblarning kirib kelishiga to'sqinlik qiladi.

BIFOLAK®ACTIVE ichak mikroflorasini tez tiklanishiga va ichak faoliyatini normallashtirishga yordam beradi, uning hujayralarini sog’lomlashtiradi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, qorindagi bezovtalik, sanchiq va qorin dam bo’lishini bartaraf qiladi. BIFOLAK®ACTIVE antibiotiklar, istima tushiruvchi, yallig'lanishga qarshi nosteroid preparatlar, shuningdek, ich suruvchi va safro haydovchi preparatlarni suiiste'mol qilish natijasida kelib chiqqan diareya, ich qotishi va disbakteriozda ich kelishini normallashtirishga yordam beradi; organizm va ichaklarni allergiya, gelmintoz (gijja), ovqatdan va alkogoldan zaharlanishda toksinlar, zararli mikroorganizmlar va allergenlardan tozalaydi.

BIFOLAK®ACTIVE keksa yoshdagilar, tez-tez kasallanuvchi shaxslar, shuningdek, surunkali kasalliklardan aziyat chekuvchi shaxslar immunitetini mustahkamlaydi. BIFOLAK®ACTIVE oshqozon-ichak yo’llari kasalliklari, qorin bo'shlig'idagi jarrohlik operatsiyalaridan so'ng ichak faoliyati tiklanishini faollashtiradi, moddalar almashinuvini va parietal hazm qilishni yaxshilaydi, bu organizmning tiklanishi uchun zarur bo'lgan aminokislotalar, mikroelementlar (kalsiy, magniy, sink, temir va boshqalar), vitaminlarning (B1, B6, B12, C, E, D, nikotin va foliy kislotalari, biotin va boshqalar) yaxshi o’zlashtirilishiga yordam beradi.

BIFOLAK ® ACTIVE sinbiotik hisoblanadi, chunki u probiotiklar bilan bir qatorda prebiotiklarni ham o'z ichiga oladi.

Prebiotiklar – inulin va maltodekstrin – probiotiklar uchun yaxshi ozuqa muhiti va o'sish stimulyatori bo'lib, ularning ichakda yuqori darajadagi yashovchanligini ta'minlaydi va ichak mikroflorasining tiklanishini tezlashtirishi bilan BIFOLAK®ACTIVEning foydali xususiyatlarini oshiradi.

Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi bo'lib hisoblanmaydi.

•        Antibiotiklar qabul qilishda

•        Isitma tushiruvchi dorilarni qabul qilishda (yallig’lanishga qarchi nosteroid preparatlar)

•        Oshqozon-ichak yo’li kasalliklarida:

- funksional dispepsiya (qorin dam bo’lishi, sanchishi, bezovtalik, ich qotishi, ich ketishi)

- oshqozon kasalliklari (gastrit, oshqozon yarasi)

- ichak kasalliklari (enterit, kolit)

- jigar va oshqozon osti bezi kasalliklari (gepatit, xoletsistit, pankreatit)

•        Ovqatdan zaharlanish va ichak infeksiyalarida

•        Allergiyada organizmni tozalash uchun

•        Gelmintozda ichaklarni tozalash uchun


Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Saqlash sharoiti:

Havoning nisbiy namligi 75% dan yuqori bo'lmagan va +5°С dan +25°С gacha bo'lgan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.


BIFOLAK® ACTIVE o'z tarkibida yuqori miqdordagi 8 xil probiotik bakteriyalarni saqlab, ichak mikroflorasining tez tiklanishiga yordam beradi, shu orqali oshqozon-ichak yo'li faoliyati, moddalar almashinuvi va parietal hazm qilish yaxshilanadi, organizmning himoya kuchlari, immunitet faollashadi.

Natijada, organizm uchun zarur bo'lgan aminokislotalar, mikroelementlar (Сa, Mg, Zn, Fe va b.), vitaminlar (В1, В6, В12, С, E, D vitamini, nikotin va foliy kislotasi, biotin va b.) so'rilishi yaxshilanadi. BIFOLAK® ACTIVE tarkibidagi prebiotiklar (FOS) probiotik bakteriyalarni ko'payishini tezlashtirgani kabi ichak tabiiy mikroflorasining ham yaxshilanishini tezlashtiradi va BIFOLAK® ACTIVE foydali xususiyatlarini kuchaytiradi. Tarkibidagi mikrokristallik sellyuloza sababli organizm, ichaklardagi zararli moddalar va mikroorganizmlar, shlaklardan tozalanadi, organizm sog'ayishi, surunkali kasalliklar kechishi yengillashishi va qisqarishi kuzatiladi.

•     ich kelishini va ichak faoliyatini normallashtiradi, hazm qilishni yaxshilaydi;

•     qorin sanchig'i, dam bo'lishi va bezovtalikni bartaraf etadi;

•     allergiya, gelmintoz va zaharlanishda organizmni zaharli va zararli mikroorganizmlar, allergenlardan tozalaydi;

•     tez-tez kasallanuvchi, quvvatsiz bolalar va kattalar, keksa yoshdagilar hamda surunkali kasalliklarga chalingan shaxslarning immunitetini mustahkamlaydi.


•       bolalar va kattalarga – kuniga 1 stik.

Ovqatdan keyin iste’mol qilinsin. Qabul qilish davomiyligi: 20-30 kun.

Samarasini mustahkamlash uchun 2 kurs qabul qilish tavsiya etiladi.

Qabul qilish miqdori va davomiyligi mutaxassis tomonidan individual tavsiya etilishi mumkin.

Qabul qilishdan oldin qaynatilgan suv, sut, bolalar ovqati kabi 20-50 ml sovutilgan suyuqlik bilan aralashtiring (bakteriyalar > 40 °C haroratda nobud bo'lishi mumkin). Olingan aralashmani yaxshilab aralashtirish va bir qabulda (bolaga bering) iste'mol qiling. Tayyor aralashmani keyinchalik ishlatish uchun qoldirmang. Kukun suyuqlikda to'liq erimasligi mumkin, bu uning tarkibidagi tabiiy komponentlarning xususiyatlari bilan bog'liq tabiiy va normal jarayon.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BIFOLAK AKTIV kapsulalar 0,5g N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BIFOLAK AKTIV kapsulalar 0,5g N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BIFOLAK AKTIV kapsulalar 0,5g N10 dori vositasi BIOTACT DEUTSCHLAND tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BIFOLAK AKTIV kapsulalar 0,5g N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BIFOLAK AKTIV kapsulalar 0,5g N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
Narh: 73 990 so'mdan Batafsil
Narh: 71 000 so'mdan Batafsil
Narh: 47 600 so'mdan Batafsil
Narh: 39 900 so'mdan Batafsil
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
Narh: 41 900 so'mdan Batafsil
Narh: 45 400 so'mdan Batafsil
Narh: 44 000 so'mdan Batafsil
Narh: 40 500 so'mdan Batafsil
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9