540 000 s`om dan
Dorixonalardan izlashQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BISIKLOL
BICYCLOL
Preparatning savdo nomi: Bisiklol
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): bisiklol
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 25 mg bisiklol;
yordamchi moddalar: kraxmal, saxaroza, karboksimetilkraxmal, magniy stearati, 10% li kraxmal kleysteri.
Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomonlama qabariq, oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: gepatoprotektor.
ATX kodi: A05VA50.
Farmakologik xususiyatlari
Jigar kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadi. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha bifendatga o‘xshash. Bisiklolni qo‘llash turli etiologiyali gepatitlarda, jigarning xloroform, D-galaktozamin va parasetamol bilan shikastlanishida, jigarni immun shikastlanishida transaminazalarning oshgan faolligini pasayishiga yordam beradi. Bisiklolning ta‘siri ostida jigar to‘qimasining tuzilishini patomorfologik buzilishlari turli darajada tiklanadi. Bisiklol faol neytrofillar, kupfer xujayralari va makrofaglar tomonidan o‘smaning nekrozi omili (TIR-a) ni ishlab chiqarilishini susaytiradi, shuningdek erkin radikallarning xujayralardan chiqarilishiga yordam beradi. Shunday qilib, Bisiklol mitoxondriylarning faoliyatini buzilishi chaqirgan oksidlanish zo‘riqishni susaytiradi, bu gepatositlarning nekrozi va apoptozini oldini oladi. Bisiklol shuningdek gepatositlarning yadrosi va DNK sining TNF-α va sitoksik T-xujayralar tomonidan rag‘batlantirilgan shikastlanishlarini tiklanishiga olib kelib, gepatotsitlarning apoptozini tormozlaydi.
In vitro tekshirishlarda Bisiklolni 2.2.1.5 xujayra yo‘nalishida HBeAg, HBsAg va HBV DNA ekskresiyasini bostirish qobiliyati aniqlangan.
Toksikologik tekshirishlar. Genotoksiklik testlari o‘tkazilganida: Ames testi, CHL xromosom-aberrant testi va mikronukleus testi, barcha natijalar salbiy bo‘lgan.
Reproduktiv toksiklik. Bisiklol og‘iz orqali 250, 500 va 1000 mg/kg dozalarda erkak kalamushlarga juftlashgunicha 60 kun davomida, urg‘ochilariga – juftlashgunicha 14 kun davomida va gestasiyaning birinchi 15 kunlari buyurilgan. Tajribadagi erkak va urg‘ochi kalamushlar gestasiyaning muvofiq 7-nchi va 20-nchi kunlari jonsizlantirilgan. Olingan natijalar homilador urg‘ochi kalamushlarning holatida, embrionlarning yashab qolish darajasida, jinsiy tuzilishida, vaznida, skeletining tuzilishida, shuningdek homilalarning ichki a‘zolarini tuzilishida hech qanday ahamiyatli o‘zgarishlarni aniqlamagan.
Farmakokinetikasi
Farmakokinetik parametrlari 25 mg bir martalik dozada Bisiklol olgan sog‘lom ko‘ngillilarda, biraparatmentli modelga muvofiq tekshirilgan. Alfa-fazada yarim chiqarilish davri 0,84 soatni, yakuniy fazada – 6,26 soatni tashkil qiladi, qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti (tpeak) 1,8 soatni, maksimal konsentrasiyasi (Smax) – 50 ng/ml ni tashkil qiladi. Smax va AUC preparatning dozasiga bevosita bog‘liq, biroq t(1|2) ka, t(1|2)ke, Vd/F va tpeak kabi farmakokinetik paramaterlari dozaga qarab ahamiyatsiz o‘zgaradi va proporsional farmakokinetikasiga muvofiq keladi.
Bir xil sutkalik dozada sutka davomida preparatni bir marta qabul qilishdagi farmakokinetikasi ko‘p martalik bilan solishtirilganida, farmakokinetik parametrlarida ahamiyatli farqlar aniqlamagan, bu preparat terapevtik dozada ko‘p marta qabul qilinganida odam organizmida kumulyasiya qilmasligini ko‘rsatadi. Preparat ovqatdan keyin qabul qilinganida qon zardobida maksimal konsentrasiyasini oshishi mumkin. Odam organizmida Bisiklolning asosiy metaboliti – 4, 4’-ON-bisiklol. Og‘iz orqali qabul qilinganidan keyin 15 minut o‘tgach preparat qonda o‘zgarmagan holda aniqlanadi. Bisiklolning jigardagi maksimal konsentrasiyasiga, preparat ichga qabul qilinganidan keyin 4 soat o‘tgach erishiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi darajasi 78% ga yetadi. Bisiklolning 30% dan kamrog‘i 24 soat davomida organizmdan ahlat bilan chiqariladi. Preparatning taxminan 1,3% siydik bilan, 0,03% – safro bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Transaminazalarning faolligini oshishi bilan birga kechuvchi turli etiologiyali surunkali gepatitlar (virusli, toksik, alkogolli, alkogol bo‘lmagan steatogepatit).
Qo‘llash usuli va dozalari
Bisiklol ichga qabul qilinadi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 25-50 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi.
Surunkali virusli bo‘lmagan gepatitlarni davolashda sutkalik doza 75 mg (25 mg dan 3 marta) ni tashkil qiladi; Bisiklol 25 mg dozada sutkada 3 marta 1-2 oy davomida qabul qilinganida, AlAT va AsAT darajasini ahamiyatli ijobiy dinamikasi bo‘lmaganida, doza 50 mg gacha sutkada 3 martaga oshirilishi mumkin.
Surunkali V va S virusli gepatitlarni davolashda Bisiklolning sutkalik dozasi 3 qabulda 150 mg (50 mg dan 3 marta) ni tashkil qiladi. Preparatni bekor qilish asta-sekin amalga oshiriladi. Bisiklolni ovqatdan keyin 1 soat o‘tgach qabul qilgan yaxshiroq.
Davolash davomiyligi kamida 6 oy. Zarurati bo‘lganida davolash kursi 1 oy o‘tgach takrorlanishi mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Bisiklol odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, nojo‘ya reaksiyalari o‘tkinchi xarakterga ega, kuchsiz yoki o‘rtacha darajada namoyon bo‘ladi va preparat bekor qilinganidan keyin mustaqil yoki simptomatik davolash yordamida bartaraf qilinadi. 1416 pasientlarni o‘z ichiga olgan klinik sinovlarda bironta ham jiddiy nojo‘ya samarasi qayd etilmagan.
0,5% kamroq tez-tezlikda aniqlangan: bosh aylanishi, teri toshmalari, qorinni dam bo‘lishi, uyquni buzilishi, ferrogemoglobin va leykositlar miqdorini o‘zgarishi, umumiy bilirubin darajasini va transaminazalar faolligini oshishi, trombositlar miqdorini kamayishi.
0,1% dan kamroq tez-tezlikda aniqlangan: bosh og‘rig‘i, qusish, me‘dada diskomfort, qonda glyukoza va kreatinin darajasini tranzitor oshishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlarini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Bisiklolni boshqa dori preparatlari bilan dorilarning noxush o‘zaro ta‘sirini hollari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolash davrida kasallikning klinik manzarasini va jigarning funksional holatini sinchiklab nazorat qilish kerak. Bisiklolni qabul qilish tugaganidan keyin pasientlarni 6 oy davomida kuzatish kerak.
Bisiklolni jigar faoliyatining dekompensasiyasi (yaqqol giperbilirubinemiya, gipoalbuminemiya, assit bilan jigar sirrozi, qizilo‘ngach venalarining varikoz kengayishi, qizilo‘ngachning varikoz kengaygan venalaridan qon ketishi, jigar ensefalopatiyasi, gepatitning og‘ir shakllari, gepatorenal sindrom) bo‘lgan pasientlarga; autoimmun gepatitda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
12 yoshdan kichik bolalar. 12 yoshdan kichik bolalarda Bisiklolni qo‘llashga alohida ko‘rsatmalar bor.
Bisiklolni 12 yoshdan kichik bolalarga buyurishning zarurati bo‘lganida sutkalik doza muvofiq kamaytirilishi kerak.
Bunday hollarda davolash sinchkov tibbiy kuzatuv ostida o‘tkazilishi kerak.
Keksa pasientlar. Geriatrik pasientlarda Bisiklolni ishlatish bo‘yicha ma‘lumotlarning cheklanganligi sababli optimal sutkalik doza aniqlanmagan.
Homiladorlik va laktasiya.
Homiladorlik va emizish davrida Bisiklolni qo‘llash bo‘yicha sistematik ma‘lumotlar yo‘q. Shuning uchun preparat homiladorlik va emizish davrida, faqat agarda kutilayotgan davolash samarasi, homila yoki bola uchun potensial xavfidan ustun bo‘lgan holda ishlatilishi mumkin.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hayvonlardagi tekshirishlarda Bisiklolni odam uchun terapevtik dozalaridan muvofiq 150 va 400 marta yuqori dozalarda qabul qilinganida, hech qanday nojo‘ya samaralar va toksik reaksiyalar qayd qilinmagan.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 25 mg
9 tabletkadan PVX-alyumin folga blisterda, 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 8-25°S haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.