×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BLOKART V 12 poroshok 3ml N5

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Argentina
Faol modda:
Бетаметазон, Гидроксокобаламин, Диклофенак
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Casasco
Vakil:
- GMP
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 10 ta dorixonasida topildi

ico 390 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 385 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

AKVALOR GORLO MINI ALOE VERA+RIMSKAYA ROMASHKA 50ml Аурена Лабораторис ЭйБи Shvetsiya
ASKORIL tabletkalari N20 Гленмарк Фармасьютикалз Лтд Hindiston
23 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Faol modda: har bir flakon 10 mg gidroksokobalamin saqlaydi, har bir ampula 75 mg diklofenak kaliy va 2.63 mg betametazon natriy fosfatini saqlaydi.
Yordamchi moddalar propilenglikol, suvsiz dinatriy fosfati, metilparaben, propilparaben, benzil spirti, natriy gidroksidi, mannit, xlorid kislotasi va inyeksiya uchun suv.
Preparatni qabul qilishni boshlashdan avval, ushbu ilova-varaqani oxirigacha diqqat bilan oʻqib chiqing, chunki u siz uchun muhim maʼlumot saqlaydi.

Ushbu ilova-varaqani saqlab qoʻying. Sizga u yana kerak boʻlib qolishi mumkin.
Agar Sizda qoʻshimcha savollar paydo boʻlsa, oʻzingizni shifokoringiz yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Ushbu preparat shaxsan Sizga yozilgan. Uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas.
Agar davolanish vaqtida shifokor koʻrigiga yoki shifoxonaga borayotgan boʻlsangiz, iltimos shifokoringizga preparatni qabul qilayotganingiz haqida xabar bering.
Iltimos, yoʻriqnomaga aniqlik bilan amal qiling. Tavsiyalarsiz preparatning yuqori va past dozalarini qabul qilmang.


Ushbu ilova-varaqada quyidagi maʼlumotlar saqlanadi:

BLOKART V-12 oʻzi nima va u qanday holatlarda qoʻllaniladi
BLOKART V-12 ni qabul qilishdan oldin
BLOKART V-12 ni qanday qabul qilish kerak
Boʻlishi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlari
BLOKART V-12 ni qanday saqlash kerak


BLOKART V-12 OʻZI NIMA VA U QANDAY HOLATLARDA QOʻLLANILADI
BLOKART V-12 inyeksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun saqlovchi flakon va erituvchi bilan ampula koʻrinishida, faol modda sifatida diklofenak kaliy, betametazon natriy fosfat va gidroksokobalamin saqlanadi.

BLOKART V-12 ogʻriqlar va yalligʻlanishni bartaraf etish uchun qoʻllaniladigan preparatlar guruhiga kiradi. Har bir karton oʻrami 4 ml dan 5 flakon va 3 ml dan 5 ampulani saqlaydi.

Mushak ichiga yuboriladigan BLOKART V-12 preparati quyidagilarni davolash uchun qoʻllaniladi:

bosh ogʻrigʻi, boʻyin va bel ogʻrigʻi
umurtqaning bel-son qismidagi ogʻriqlari
jarohatlar va operatsiyadan keyingi ogʻir yalligʻlanish va shishlarda.
Agar sizda BLOKART V-12 ning taʼsiriga va preparatni buyurishga tegishli savollar paydo boʻlsa, shifokor bilan maslahatlashing.



BLOKART V-12 QABUL QILISHDAN OLDIN
Shifokoringiz yoki farmatsevtning yoʻriqnomalariga sinchkovlik bilan amal qiling. Bu maʼlumot ushbu ilova-varaqada koʻrsatilgan umumiy maʼlumotlardan farq qilishi mumkin.

BLOKART V-12 ni qanday hollarda qoʻllash mumkin emas

Agar:

agar sizda betametazon, gidroksikobalamin yoki preparatning boshqa har qanday komponentlariga allergiya (yuqori sezuvchanlik) boʻlganida;
yallligʻlanish yoki ogʻriqni bartaraf etish uchun qoʻllaniladigan preparatlarni (masalan, atsetilsalitsil kislotasi/aspirin, diklofenak yoki ibuprofen) qabul qilgandan keyin qandaydir allergik reaksiyalar paydo boʻlsa. Bunday reaksiyalarda astma, burunni oqishi, teri toshmasi, yuzni shishi kuzatilishi mumkin. Nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlarni (NYAQP) qabul qilishda patsiyentlarda paydo boʻladigan oʻtkir reaksiyalarga (kam hollarda oʻlim bilan yakunlanadigan) oʻxshash holatlar haqida xabar berilgan. Agar sizda allergiya deb oʻylasangiz, shifokor bilan maslahatlashing;
sizda yurakda jarrohlik operatsiyasini oʻtkazish kerak boʻlsa, operatsiyadan oldin, keyin va operatsiya vaqtida ushbu preparat ishlatilishi mumkin;
sizda yurak-qon tomir kasalligi, tomirlar kasalligi, miyada qon aylanishini buzilishi va yurak yetishmovchiligi (Nyu-York kardiologik assotsiatsiyasi tasnifi boʻyicha – II-IV) mavjud boʻlsa;
sizda meʼda yoki ichak yarasi boʻlsa;
sizda meʼda-ichak yoʻlida qon ketishi boʻlsa, bunday holatlarda simptomlar orasida qon bilan yoki qora ich kelishi kuzatiladi;
sizda ogʻir buyrak va jigar yetishmovchiligi boʻlsa;
sizda oʻtkir koronar yetishmovchilik boʻlsa;
siz homiladorlikning soʻnggi oylarida boʻlsangiz, ushbu preparatni qoʻllash mumkin emas.
BLOKART V-12 ni qabul qilishdan avval, agar u hayotingizda muhim oʻrin egallagan boʻlsa ham, shifokor bilan maslahatlashing. Shifokoringiz ushbu preparat sizga toʻgʻri kelishini hal etadi.

Quyidagi hollarda BLOKART V-12 ni qabul qilishdagi ayniqsa ehtiyot boʻling:

Agar:

agar siz BLOKART V-12 ni boshqa yalligʻlanishga qarshi preparatlar (shu jumladan atsetilsalitsil kislotasi/aspirin, kortikosteroidlar, “qonni suyultiruvchi preparatlar” va serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlari) bilan qabul qilayotgan boʻlsangiz (“Boshqa preparatlar bilan qabul qilish” boʻlimiga qarang);
sizda astma yoki changga allergiya boʻlsa (mavsumiy allergik rinit);
meʼda-ichak yoʻllari tomonidan muammolar boʻlgan boʻlsa, masalan, meʼda yarasi, meʼdadan qon ketishi yoki qora rangda ich kelishi, yoki meʼda kasalligi yoki ilgari yalligʻlanishga qarshi preparatlarni qabul qilgandan keyin jigʻildon qaynashi;
yoʻgʻon ichakni yalligʻlanishi (yarali kolit) yoki ichakni yalligʻlanishi (Kron kasalligi) mavjud boʻlsa;
yurak bilan bogʻliq boʻlgan muommolar yoki gipertoniya, yoki siz bu kasalliklar bilan ilgari kasallangan boʻlsangiz;
sizda jigar yoki buyrak bilan muommolar boʻlsa;
sizda koʻngil aynishi, holsizlik, bosh aylanishi, qichishish, sariqlik, jigarni shikastlanishining belgilaridan boʻlgan qorinning yuqori oʻng sohasida sezish hissi va shamollash yoki jigar fermentlarini oshishi kabi simptomlar boʻlsa;
suvsizlanish ehtimoli boʻlsa (masalan ogʻir operatsiyadan oldin va keyin kasallik, diareya);
sizda qon ivishi bilan bogʻliq boʻlgan buzilishlar yoki qon bilan bogʻliq boʻlgan boshqa buzilishlar (shu jumladan porfiriya deb nomlanadigan jigarning kam uchraydigan kasalligi);
isitma, holsizlik, boʻgʻimlarda ogʻriq (tizimli qizil yugurik, toksik epidermal nekroliz) kabi simptomlar bilan butun tanani yoki terini kepaklanishi bilan xarakterlanadigan terining jiddiy kasalliklari yoki biriktiruvchi toʻqimaning aralash kasalligi (biriktiruvchi toʻqimaga taʼsir qiladigan immun tizimi tomonidan buzilishlar), yoki agar siz BLOKART V-12 ni qabul qilishda shunga oʻxshash holatlarga duch kelgan boʻlsangiz.
Yuqorida keltirilganlardan birontasi ilgari boʻlgan boʻlsa, shifokor bilan maslahatlashing.

BLOKART V-12 infeksiya simptomlarini bartaraf etishi mumkin (bosh ogʻrigʻi, yuqori harorat) va infeksiyani identifikatsiya qilish va davolash qiyin boʻlishiga olib kelishi mumkin. Agar Siz oʻzingizni yomon his etsangiz va shifokorga murojaat qilish kerak boʻlsa, Siz BLOKART V-12 qabul qilayotganingiz haqida unga xabar berishni unutmang.
Juda kam hollarda boshqa yalligʻlanishga qarshi preparatlar kabi BLOKART V-12 ogʻir allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin (toshma kabi). Shuning uchun ushbu reaksiyalar paydo boʻlsa, darhol shifokorga xabar berish lozim;
Agar Sizda fertillik bilan muommo boʻlsa, BLOKART V-12 fertillikka salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin, shuning uchun agar siz homiladorlikni rejalashtirayotgan boʻlsangiz yoki fertillikka test topshirmoqchi boʻlsangiz ushbu preparatni qabul qilmang;
Agar Sizda yurak yoki tomirlar bilan muammo boʻlsa (yurak-qon tomir) yoki ilgari sizda shunga oʻxshash yurak–qon tomir simptomlari boʻlgan boʻlsa, bunday hollarda Siz va sizning shifokoringiz ehtiyot boʻlishi lozim va Sizning shifokoringiz bunday holatda nima qilish kerakligi xaqida tavsiyalar berishi mumkin.


BLOKART V-12 ni ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish

Maʼlumotlar yoʻq.
Tavsiya etilgan dozadan oshirmang. Ogʻriqni nazorat qilish qobiliyatiga ega minimal dozani qabul qilish muhim, va BLOKART V-12 ni zarur boʻlgan dozasidan oshirmang.

Davolanishga boʻlgan reaksiyaga qarab shifokor dozani oshirishi yoki kamaytirishi mumkin.

Kattalar:

Kattalar uchun maksimal doza kuniga bir flakonni, uch kun davomida qoʻllashni tashkil etadi, biroq ayrim hollarda ikkita flakon buyurilishi mumkin.



Qoʻllash usuli

Ampuladan shprisga erituvchini oling, flakondagi kukun bilan aralashtirib eritma tayyorlang va qovurgʻa bilan qorin orasidagi mushakka chuqur qilib yuboring.



Turli yosh guruhlari:

Pediatriya populyatsiyasi:

BLOKART V-12 ni bolalarga va oʻsmirlarga (18 yoshdan kichik) buyurish mumkin emas.





Keksa yoshli patsiyentlar:

Keksa yoshli patsiyentlar boshqa katta yoshdagi patsiyentlarga nisbatan BLOKART V-12 ning taʼsiriga koʻproq sezgir boʻlishlari mumkin. Madomiki, keksa yoshli patsiyentlar shifokorning yoʻriqnomalariga ehtiyotkorlik bilan rioya qilishlari va ogʻriq simptomlarini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan minimal dozalarni qabul qilishlari lozim. Keksa yoshli patsiyentlar har qanday nojoʻya reaksiyalar xaqida darhol shifokorga xabar berishlari juda muhim.

Agar BLOKART V-12 preparatining taʼsiri haddan tashqari kuchli yoki haddan tashqari kuchsiz boʻlsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.



Agar BLOKART V-12 preparatini sizga tavsiya etilgandan koʻp qabul qilgan boʻlsangiz:

Agar siz BLOKART V-12 preparatining tavsiya etilgan dozasidan behosdan koʻp qabul qilgan boʻlsangiz, darhol shifokoringiz yoki farmatsevtga yoki shoshilinch tez tibbiy yordam punktiga murojaat qiling.

Sizga shoshilinch tez tibbiy yordam kerak boʻlishi mumkin.

Agar siz BLOKART V-12 preparatini koʻp qabul qilgan boʻlsangiz, shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling.



Agar Siz BLOKART V-12 preparatini qabul qilishni unutgan boʻlsangiz:

Oʻtkazib yuborilgan dozaning oʻrniga ikki barobar dozani qabul qilmang.

Agar Siz BLOKART V-12 preparatini qabul qilishni unutgan boʻlsangiz, uni eslashingiz bilan kechiktirmay qabul qiling. Biroq, preparatni navbatdagi qabul qilish vaqti kelib qolgan boʻlsa, keyingi dozani vaqtida qabul qilish yetarli hisoblanadi.
Preparatni qabul qilishdan avval shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Agar siz homilador boʻlsangiz yoki homiladorman deb oʻylasangiz oʻzingizni shifokoringizga xabar bering.

Agar real zarurat boʻlmasa, homiladorlik vaqtida BLOKART V-12 ni qabul qilish mumkin emas.

Boshqa yalligʻlanishga qarshi preparatlar kabi, BLOKART V-12 ni homiladorlikning oxirgi uch oyligida qoʻllash mumkin emas, chunki u tugʻilmagan bolaga zarar keltirishi mumkin yoki tugʻruq vaqtida muammolarga sabab boʻlishi mumkin.

BLOKART V-12 homilador boʻlishga qiyinchilik tugʻdirishi mumkin. Agar Siz homiladorlikni rejalashtirgan boʻlsangiz, yoki Sizda homilador boʻlishda muammolar boʻlsa, agar buning zarurati boʻlmasa BLOKART V-12 preparatini qabul qilish mumkin emas.

Agar davolanish vaqtida homiladorlikni sezsangiz, darhol shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.



Laktatsiya davri

Preparatni qabul qilishdan avval shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Agar siz farzandingizni emizayotgan boʻlsangiz, shifokorga xabar bering.

Agar siz BLOKART V-12 preparatini qabul qilayotgan boʻlsangiz, emizishni toʻxtatish lozim, chunki bu bola uchun xavfli boʻlishi mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BLOKART V 12 poroshok 3ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BLOKART V 12 poroshok 3ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BLOKART V 12 poroshok 3ml N5 dori vositasi Casasco tomonidan Argentina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BLOKART V 12 poroshok 3ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BLOKART V 12 poroshok 3ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KLODIFEN NEYRO kapsulalar N30
Narh: 40 560 so'mdan Batafsil
BUMANOL poroshok 10mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Бетаметазон, Гидроксокобаламин, Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Rotapharm
BUMANOL poroshok 10mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Бетаметазон, Гидроксокобаламин, Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Rotapharm
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9