44 464 s`om dan
Dorixonalardan izlash54 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish48 000 s`om dan
Bron qilish
faol modda: simetikon (kremniy ikki oksidi bilan faollashtirilgan dimetikon)
66,66 mg/ml;
yordamchi moddalar: natriy saxarinati, metilparagidroksibenzoati, propilparagidroksibenzoati, natriy karmelloza, limon kislotasi monogidrati, malina xushbo‘yi, tozalangan suv.
Sono- va rentgenografiyada tasvir nuqsonlarining paydo bo‘lishini oldini oladi; kontrast plyonkani parchalanishiga to‘sqinlik qilib, yo‘g‘on ichakning shilliq qavatini kontrast preparatlar bilan yaxshi yopilishiga yordam beradi.
Barcha paydo bo‘lgan nojo‘ya samaralari, shu jumladan yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan samaralari to‘g‘risida davolovchi shifokorga xabar berish kerak.
Bobotikni qo‘llash davrida gazlangan ichimliklarni ichish tavsiya qilinmaydi.
Preparat metilparagidroksibenzoat va propilparagidroksibenzoat saklaydi buning bilan boglik allergik reaksiyalarga olib kelishi mumkin (kechikishli reaksiyalar bo‘lishi mumkin).
· Qorin bo‘shlig‘i va kichik chanoq aʼzolarining diagnostik tekshiruvlarga tayyorlash (rentgenografiya, sonografiya, gastroskopiya va duodenoskopiya - ko‘pik hosil bo‘lishini oldini olish).
· Ikkiyoqlama kontrast tasvirni olish uchun kontrast vositalarning suspenziyasiga qo‘shimcha sifatida.
· Yuvuvchi vositalar bilan o‘tkir zaharlanishlarda ko‘pikni so‘ndiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.
· ichakning o‘tkazmasligi
MIYning obstruktiv kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.Preparatni qabul qilish ayrim diagnostik testlar, masalan gvayak qatronini ishlatilishi bilan o‘tkaziluvchi testning natijalarini o‘zgartirishi mumkin, ammo, tezkor ureaz mesh natijalariga taʼsir kilmaydi (Helicobacter pylori diagnostikasi).
Simetikon levotiroksinni bog‘lashi mo‘mkin. Bemorlarda bir vaqtning o‘zida tiroid kasalliklarini davolash uchun Bobotik va levotiroksinni qabul qilishda levotiroksinning yemishi buziladi.
Isteʼmol qilishdan oldin bir xil emulsiya olingunicha chayqatish kerak.
Preparatning dozasini aniq o‘lchash uchun, tomchilash vaqtida flakonni vertikal ushlash kerak.
MIY sohasida kuchli gaz hosil bo‘lishi va gazlarni to‘planishi:
Bobotik odatda kuniga uch marta ovqatdan keyin va uyqudan oldin qo‘llanadi:
· emizikli bolalar va 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar 8 tomchidan (20 mg simetikon) sutkada 4 marta
· 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar 14 tomchidan (35 mg simetikon) sutkada 4 marta
· 6 yoshdan oshgan bolalar va kattalar 16 tomchidan (40 mg simetikon) sutkada 4 marta.
Preparatni qulayroq qo‘llash uchun, xususan kichik bolalarda, uni qaynatib sovutilgan suv, bolalar ozuqasi, yoki gazlanmagan suyuqlikning oz miqdori bilan oldindan aralashtirish mumkin.
Davolash lohaslik yo‘qolgunicha davom ettiriladi.
Agar kerak bo‘lsa, Bobotikni uzoqroq vaqt davomida ishlatish mumkin.
Diagnostik muolajalarga tayyorlash:
MIY ning rentgenografik tadqiqoti:
Tadqiqotdan bir kun oldin ertalab va kechqurun quyidagi dozani qabul qilish kerak.:
· emizikli bolalar va 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar 10 tomchidan (25 mg simetikon) sutkada 2 marta
· 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar 16 tomchidan (40 mg simetikon) sutkada 2 marta
· 6 yoshdan oshgan bolalar va kattalar 20 tomchidan (50 mg simetikon) sutkada 2 marta.
MIY ni sonografik tadqiqoti:
Tadqiqotdan bir kun oldin ertalab va kechqurun (yoshga qarab) rentgenografik tadqiqotga tayyorlashdagi kabi preparatning xuddi shunday miqdorini qabul qilish kerak.
Tadqiqot boshlanishidan uch soat oldin dozani takrorlash kerak.
При необходимости Боботик можно применять более длительное время.
Подготовка к диагностическим процедурам:
Рентгенографическое исследование ЖКТ;
За один день до исследования следует принять утром и вечером дозу:
· грудные дети и дети до 3 лет по 10 капель (25 мг симетикона) 2 раза в сутки
· дети от 3 до 6 лет по 16 капель (40 мг симетикона) 2 раза в сутки
· дети старше 6 лет и взрослые по 20 капель (50 мг симетикона) 2 раза в сутки
Сонографическое исследование ЖКТ:
За один день до исследования следует принять утром и вечером (в зависимости от возраста) такое же количество препарата, как при подготовке к рентгенографическому исследованию.
За три часа до начала исследования дозу повторить.