×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Bolnol DF eritmasi 3ml 75mg / 3ml N10

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Диклофенак
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Parenteral Ltd.
Vakil:
- GANGA HEALTHCARE M.CH.J
ATX kodi:
- M01AE51
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 49 ta dorixonasida topildi

ico 15 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 30 100 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Preparat 3 ml dan ampulalarda.

10 ampula qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Har 1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: diklofenak natriy – 25 mg;

yordamchi moddalar: mannitol, suvsiz natriy sulfiti, dinatriy EDTA, benzil spirti, natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv.

Yallig'lanishga qarshi, og'riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi, revmatizmga qarshi, antiagregasion xususiyatlarga ega. Tsiklooksigenazani ingibitsiya qilinishi natijasida araxidon kaskadining reaktsiyasi bloklanadi va PGE2, PGE2alfa, tromboksan A2, prostasiklin, leykotrienlarning sintezini va lizosomal fermentlarni ajralib chiqishi buziladi; trombositlarning agregasiyasini bostiradi; uzoq muddat qo'llanganda desensibilizasiyalovchi ta'sir ko'rsatadi; in vitro sharoitlarida odamda kuzatiladigan muvofiq kontsentrasiyalarda tog'aylarda proteoglikanning biosintezini sekinlashishini chaqiradi.

Tinch holatda va harakatdagi og'riqni, ertalabki tanglikni, bo'g'imlar shishini kamaytiradi, ularning funktsional xususiyatini yaxshilaydi. Operasiyalar va jarohatlardan keyin rivojlanadigan yallig'lanish jarayonlarida, ham spontan, ham harakatdagi og'riqni tez engillashtiradi, jarohat joyidagi yallig'lanish shishini kamaytiradi. Davolash kursini olgan poliartriti bo'lgan pasientlarda sinovial suyuqlik va sinovial to'qimalardagi kontsentrasiyasi qon plazmasidagiga nisbatan yuqori. Yallig'lanishga qarshi faolligi bo'yicha atsetilsalisil kislotasi, butadion, ibuprofendan yuqori; indometasin bilan taqqoslanganda yaqqol klinik samara va yaxshi o'zlashtirilishi haqida ma'lumotlar bor; revmatizmda va Bexterev kasalligida prednizolon va indometasinga ekvivalent.

Mushak ichiga (m/i) yuborilganda plazmadagi maksimal kontsentrasiyasiga (Smax) 10-20 minutdan keyin erishiladi. Biokiraolishligi – 50%; jadal tizim oldi eliminasiyasiga uchraydi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi – 99% dan yuqori. To'qimalar va sinovial suyuqlikka yaxshi o'tadi; u erda uning kontsentrasiyasi sekin o'sadi, 4 soatdan keyin plazmadagiga nisbatan ahamiyatli darajadagi yuqoriroq kontsentrasiyalariga erishiladi. Taxminan 35% axlat bilan metabolitlari ko'rinishida chiqariladi; taxminan 65% jigarda metabolizmga uchraydi va nofaol metabolitlari ko'rinishida buyraklar orqali chiqariladi (o'zgarmagan ko'rinishda 1% kamroq chiqariladi). Plazmadan yarim chiqarilish davri (T1/2) – taxminan 2 soat, sinovial suyuqlikdan – 3-6 soat; qabullar orasidagi tavsiya qilingan intervalga rioya qilinganda to'planmaydi.

 

 

Ayrim populyasiyalarda farmakokinetikasi

O'rtacha darajadagi jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda preparatning metabolizmi ahamiyatli darajada o'zgarmaydi. Og'ir darajada buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi < 10 ml/min) bo'lgan pasientlarda faol bo'lmagan metabolitlarini safro bilan chiqarilishi oshadi. Pasientning yoshiga qarab preparatning farmakokinetikasida ahamiyatli farqlar yo'q.


Odatda preparat yaxshi o'zlashtiriladi, ammo noxush ko'rinishlar rivojlanishini kamaytirish uchun qisqa kursli minimal samarali dozani ishlatish kerak.
Tez-tez – 1-10%; ba'zida – 0,1-1%; kam hollarda – 0,01-0,1%; juda kam hollarda – 0,001% dan kam, shu jumladan ayrim hollari.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – epigastral sohada og'riq, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya, meteorizm, anoreksiya; kam hollarda - gastrit, proktit, me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi, jigar faoliyatini buzilishi; juda kam hollarda - stomatit, glossit, yarali kolitni zo'rayishi yoki Kron kasalligi.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og'rig'i, bosh aylanishi; kam hollarda - uyquchanlik; juda kam hollarda – sezuvchanlikni buzilishi, shu jumladan paresteziyalar, xotirani buzilishi, tremor, tirishishlar, xavotirlik, tserebrovaskulyar buzilishlar.
Sezgi a'zolari tomonidan: tez-tez - vertigo; juda kam hollarda – ko'rishni buzilishi (ko'rishni xiralashishi, diplopiya), eshitishni buzilishi, quloqlarni shang'illashi, ta'm bilishni buzilishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: juda kam hollarda – o'tkir buyrak etishmovchiligi, gematuriya, proteinuriya, interstisial nefrit, nefrotik sindrom, papillyar nekroz.
Qon yaratish a'zolari tomonidan: juda kam hollarda – trombositopeniya, leykopeniya, gemolitik va aplastik anemiya, agranulositoz.
Allergik reaktsiyalar: anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalar.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda kam hollarda – yurak urishini his etish, ko'krakda og'riq, arterial bosimni oshishi, vaskulit.
Nafas tizimi tomonidan: kam hollarda – bronxial astma (shu jumladan hansirash); juda kam hollarda – pnevmonit.
Teri qoplamlari tomonidan: tez-tez – teri toshmasi; kam hollarda - eshakemi; juda kam hollarda – bullez toshmalar, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi, fotosensibilizasiya, purpura.

Diklofenak natriy bilan davolash vaqtida jigar fermentlarining faolligini oshishi kuzatilishi mumkin. Agar jigar fermentlarining oshgan faolligi saqlanib tursa yoki oshib borsa, dori vositasini qabul qilishni zudlik bilan to'xtatish kerak.

Anamnezida jigar va buyrak kasalliklari, me'da-ichak yo'llari (miy) ning kasalliklari, dori vositasini buyurish vaqtida dispeptik simptomlar, arterial gipertoniyasi, yurak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarga, jiddiy jarrohlik aralashuvlaridan so'ng darhol, shuningdek keksa yoshdagi pasientlarga dori vositasi ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Anamnezida NYAQV va sulfitlarga nisbatan allergik reaktsiyalarga ko'rsatmalar bo'lgan bemorlarga, diklofenak natriy faqat shoshilinch holatlarda buyuriladi.

Preparat bilan davolanish vaqtida jigar va buyrak funktsiyasini, periferik qon manzarasini muntazam ravishda kuzatish zarur.

Diklofenak natriy antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganida protrombin vaqtini nazorat qilish kerak; antikoagulyantning dozasi klinik talablarga muvofiq ravishda o'zgartiriladi.

Noxush ko'rinishlarni rivojlanish havfini kamaytirish maqsadida dori vositasini eng kichik samarali dozada juda qisqa vaqt davomida buyurish kerak. Diklofenak natriyni boshqa tizimli NYAQV bilan bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak.

Keksa yoshdagi pasientlarga dori vositasini ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Kuchsizlangan keksa yoshdagi pasientlar yoki tana vazni past bo'lgan pasientlarga preparatni eng kichik samarali dozada qo'llash kerak.

Diklofenak natriy allergik reaktsiyalar, shu jumladan anafilaktik / anafilaktoid reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. Eritmaning tarkibidagi natriy metabisulfiti og'ir darajadagi o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari va bronxospazmni chaqirishi mumkin. Boshqa NYAQV kabi, diklofenak natriy infektsiyaning belgilari va simptomlarini yashirishi mumkin.

Miy: diklofenak natriy anamnezida miy shikastlanishi borligidan qat'iy nazar, me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi (qonli qusish, melena), me'da-ichak yaralari yoki perforasiyani (shu jumladan, fatal) chaqirishi mumkin. Miy dan qon ketishi yoki yarasi rivojlanganida, dori vositasini bekor qilish kerak. Diklofenak natriyning dozasi oshirilganida, shuningdek anamnezida qon ketishi yoki perforasiya bo'lgan pasientlarda, keksa yoshdagi shaxslarda me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi, yaralar yoki perforasiyani rivojlanish havfi yuqori bo'ladi.

Gastrointestinal toksiklikni, ayniqsa atsetilsalisil kislotasining kichik dozalarini yoki miy ni shikastlanish havfini oshiradigan dori vositalarini qabul qilayotgan pasientlarda rivojlanish havfini kamaytirish uchun mizoprostol yoki proton nasos ingibitorlari bilan majmuaviy davolash o'tkazish kerak.

Anamnezida gastrointestinal toksiklikni ko'rinishlari bo'lgan pasientlar, ayniqsa keksa pasientlar har qanday g'ayrioddiy abdominal simptomlar xaqida xabar berishlari kerak.

Me'da-ichakda yarani hosil bo'lish yoki qon ketish havfini oshiradigan yondosh dori vositalar: tizimli kortikosteroidlar, antikoagulyantlar (varfarin), serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari (SQQSI) yoki antitrombositar preparatlar (atsetilsalisil kislotasi) ni qabul qilayotgan pasientlarga diklofenak natriyni ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak.

Nospesifik yarali kolit yoki Kron kasalligi bo'lgan pasientlarga diklofenak buyurilganida, kasallikni zo'rayishi rivojlanishi mumkinligi tufayli, sinchkov tibbiy kuzatuv va ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Buyrak funktsiyasini buzilishi. Jigar kasalliklari bo'lgan pasientlarga dori vositasi buyurilganida jigar funktsiyasini og'irlashishi mumkin.

Buyrak funktsiyasini buzilishi va yurak-qon tomir tizimining kasalliklari. Yurak va buyrak funktsiyasini buzilishlari, arterial gipertenziya, keksa odamlar, siydik haydovchi vositalar yoki buyrak funktsiyasiga ta'sir etuvchi dori vositalar bilan yondosh davolanayotgan pasientlar, shuningdek hujayradan tashqari suyuqlik hajmi ahamiyatli darajada kamayishi bo'lgan pasientlarga buyurilganida, ayniqsa ehtiyotkorlik talab etiladi. Buyrak faoliyatini nazorat qilish tavsiya etiladi. Davolashni to'xtatish odatda buyrak funktsiyasini dastlabki darajagacha tiklanishiga olib keladi.

Diklofenak natriy, ayniqsa yuqori dozalarda (kuniga 150 mg) va uzoq muddat qo'llanganida arterial tromboz (masalan, miokard infarkti yoki insult) ni rivojlanish havfi oshishi mumkin.

Yurak-qon tomir asoratlari (masalan, arterial gipertenziya, giperlipidemiya, qandli diabet, chekish) ni rivojlanish havfi ahamiyatli darajada bo'lgan pasientlarga diklofenak natriyni havfsizlik baholangandan keyingina buyurish kerak.

Teri. Diklofenak natriy ishlatilganida teri tomonidan jiddiy nojo'ya reaktsiyalar (shu jumladan o'limga olib keluvchi reaktsiyalari) juda kam hollarda rivojlangan. Teri toshmalari, shilliq qavatlarni shikastlanishi yoki o'ta yuqori sezuvchanlikning har qanday boshqa belgilari birinchi marta paydo bo'lganida diklofenakni qo'llashni to'xtatish kerak.

Tizimli qizil yugurik (TQYU) va biriktiruvchi to'qima kasalliklari. TQYU va biriktiruvchi to'qimalarning kasalliklari bo'lgan pasientlarda aseptik meningitni rivojlanish havfi yuqori bo'ladi.

Qon tizimi. Diklofenak natriy bilan uzoq muddat davolanish vaqtida qon manzarasi monitoringi tavsiya etiladi. Gemostazni buzilishlari, gemorragik diatez yoki gematologik buzilishlari bo'lgan pasientlarni sinchiklab kuzatish kerak.

Bronxial astma. Bronxial astma, mavsumiy allergik rinit, burunning shilliq qavatini shishi (shu jumladan burun poliplari), o'pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari yoki nafas yo'llarining surunkali infektsiyalari (ayniqsa, allergik rinitsimon simptomlari bo'lgan pasientlar) bo'lgan pasientlarga diklofenak natriyni juda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Ayollarda fertillik. Diklofenak natriyni qo'llash ayollarda fertillikni buzilishiga olib kelishi mumkin va homilador bo'lishga harakat qilayotgan ayollarga qo'llash tavsiya etilmaydi. Homilador bo'lishda qiyinchilik his qilayotgan va bepushtlik bilan xastalangan ayollarga diklofenak natriyni bekor qilish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik davrida diklofenak natriyni qo'llash mumkin emas. Emizikli ayollarga buyurish zarurati bo'lganida emizishni to'xtatish masalasini hal qilish kerak.

Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri

Diklofenak natriyni qo'llash vaqtida bosh aylanishi yoki Markaziy nerv tizimi tomonidan boshqa noxush hissiyotlar, shu jumladan ko'rishni buzilishini boshdan kechiradigan pasientlar avtotransportni haydash yoki mexanizmlarni boshqarish mumkin emas

 

O'rtacha jadallikdagi, turli genezli og'riqlarni qisqa muddatli davolash uchun qo'llanadi:

•     tayanch-harakat apparatining kasalliklari (revmatoid artrit, psoriatik, yuvenil surunkali artrit, ankilozlanuvchi spondiloartrit; podagrik artrit, yumshoq to'qimalarni revmatik shikastlanishi, periferik bo'g'imlar va umurtqa pog'onasini osteoartrozi (shu jumladan, radikulyar sindrom bilan kechuvchi osteoartroz);

•     lyumbago, ishias, nevralgiya;

•     algodismenoreya, kichik chanoq a'zolarini yallig'lanish jarayonlari, shu jumladan adneksit;

•     jarohatdan keyingi, yallig'lanish bilan kechuvchi og'riq sindromi;

•     operasiyadan keyingi og'riqni bartaraf qilish uchun qo'llanadi.

O'ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan, NYAQP larga yoki yordamchi komponentlarga), me'da-ichak yo'llarini eroziv-yarali shikastlanishlari (zo'rayish bosqichi), me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi, ichakni yallig'lanish kasalliklari (nospesifik yarali kolit, Kron kasalligi), yaqqol ifodalangan jigar etishmovchiligi, o'tkir davridagi jigar kasalliklari, yaqqol ifodalangan buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam), yurak etishmovchiligi, giperkaliemiya, atsetilsalisil kislotasini to'liq yoki to'liq bo'lmagan o'zlashtirolmaslik sindromi (rinosinusit, eshakemi, burun shilliq qavati poliplari, atsetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQP qabul qilganda rivojlanadigan bronxial astma), qon yaratilishini buzilishlari, gemostazni buzilishi (shu jumladan, gemofiliya), homiladorlik, bolalar (18 yoshgacha), laktasiya davri, aortakoronar shuntlash o'tkazilgandan keyingi davrda qo'llash mumkin emas.

Digoksin, metotreksat, litiy preparatlari va tsiklosporinning plazmadagi kontsentrasiyasini oshiradi. Diuretiklarning samarasini pasaytiradi, kaliy tejovchi diuretiklar fonida giperkaliemiyani rivojlanish havfini kuchaytiradi; antikoagulyantlar, trombolitik vositalar (alteplaza, streptokinaza, urokinaza) fonida – qon ketishi havfi (ko'proq me'da-ichak yo'llaridan) oshadi. Gipotenziv va uyqu vositalarning samarasini kamaytiradi. Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar va glyukokortikosteroid vositalarning nojo'ya samaralarini rivojlanish ehtimolini (me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi), metotreksatning toksikligini va tsiklosporinning nefrotoksikligini oshiradi. Atsetilsalisil kislotasi qonda diklofenakning kontsentrasiyasini pasaytiradi. Paratsetamol bilan bir vaqtda qo'llash diklofenakning nefrotoksik samaralarini rivojlanish havfini oshiradi. Gipoglikemik vositalarning samarasini kamaytiradi. Tsefamandol, tsefoperazon, tsefotetan, valproat kislotasi va plikamisin gipotrombositopeniyani rivojlanish tezligini oshiradilar. Tsiklosporin va oltin preparatlari buyraklarda prostaglandinlar sinteziga diklofenakning ta'sirini oshiradilar, bu nefqrotoksiklikni oshiradi. Etanol, kolxisin, kortikotropin, serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari va dalachoy preparatlari bilan bir vaqtda qo'llash me'da-ichak yo'llaridan qon ketish havfini oshiradi. Diklofenak fotosensibilizasiyani chaqiradigan preparatlarning ta'sirini kuchaytiradi. Buyrak naychalari sekresiyasini bloklaydigan preparatlar diklofenakning plazmadagi kontsentrasyasini, shu bilan birga uning toksikligini oshiradilar. Xinolonlar guruhiga mansub antibakterial dori vositalar – tirishishlarni rivojlanish havfi oshadi. 

Yorug'likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo'lmagan xaroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati-3 yil.

O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

rangsizdan och sariq ranggacha bo'lgan, tiniq eritma. 
Kattalarga 75 mg (1 ampula) dan kuniga 1-2 marta mushak ichiga (dumba mushagiga chuqur) ko'pi bilan 2 kun davomida yuboriladi. So'ngra diklofenak natriyni tabletkalar yoki suppozitoriy dori shaklini qo'llashga o'tiladi.

Preparat uzoq muddat yoki yuqori dozalarda qo'llanganida yurak-qon tomir asoratlarini rivojlanish havfi oshishi mumkinligi tufayli, diklofenakni simptomlarning yaqqolligini kamaytirish uchun kerak bo'lgan minimal samarali dozada maksimal qisqa vaqt davomida buyurish kerak.

Keksa yoshdagi odamlarda dozalash. nojo'ya reaktsiyalarni rivojlanish havfi yuqori bo'lgan pasientlarda diklofenak natriyni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Kuchsizlangan pasientlarga yoki tana vazni past bo'lgan pasientlarga eng kichik samarali dozani qo'llash tavsiya etiladi; me'da-ichakdan qon ketishlarini rivojlanish havfini nazorat qilish kerak.

Buyrak yoki jigar etishmovchiligida dozalash. Diklofenak natriy og'ir darajadagi buyrak yoki jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarga qo'llash mumkin emas. Engil va o'rtacha og'irlik darajasidagi buyrak yoki jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish tavsiya etiladi.

Simptomlari: qusish, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, hansirash, ongni chalkashishi, bolalarda – mioklonik tirishishlar, ko'ngil aynishi, qusish, abdominal og'riqlar, qon ketishi, jiga rva buyrak faoliyatini buzilishi.
Davolash: simptomatik davolash, jadallashtirilgan diurez. Gemodializni samarasi kam.  

Bolnol DF eritmasi 3ml 75mg / 3ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BOLNOL

BOLNOL

 

Preparatning savdo nomi: Bolnol

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): parasetamol. diklofenak natriy

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: parasetamol – 500 mg, diklofenak natriy – 50 mg;

yordamchi moddalar: laktoza, povidon K-30, ikki asosli kalsiy fosfati, gliserol, magniy stearati, tozalangan talk, natriy kraxmal glikolyati, tozalangan suv.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, kapsula shaklidagi bir tomonida o‘yiqchasi bo‘lgan, boshqa tomoni silliq tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

ATX kodi: M01AB55

 

Farmakologik xususiyatlari

Bolnol – bu og‘riqni qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi majmuaviy preparatdir.

Parasetamol og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Og‘riqni qoldiruvchi ta‘sir mexanizmi, asosan gipotalamusdagi termoregulyasiya markazida prostaglandinlar sintezini ingibisiya qilinishi bilan bog‘liq. Parasetamolning isitmani tushiruvchi ta‘siri, termoregulyasiyaning gipotalamik markazlariga bevosita ta‘siri bilan bog‘liq, buning natijasida qon tomirlarini kengayishi va kuchli terlash tufayli, tanadan issiqlikni ajralib chiqishi kuchayadi.

Diklofenak natriy nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositadir. Ta‘sir mexanizmi siklooksigenazani nospesifik susaytirilishi, prostaglandinlar sintezini ingibisiya qilinishi, shuningdek leykositlarda erkin araxidonlar konsentrasiyasini pasaytirishi bilan bog‘liq. Yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, trombositlarning agregasiyasiga to‘sqinlik qiladi. Uzoq muddat qo‘llanganida desensibilizasiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Parasetamol ichga qabul qilinganida yaxshi va tez so‘riladi. Plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga 30-90 minut o‘tgach erishiladi. Organizmning deyarli barcha to‘qimalariga kiradi, yo‘ldoshga oson o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlari farmakologik faol emas, ammo to‘planganida jigarni nekrozga uchratishi mumkin. Asosan metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,5-3 soat oralig‘ida. Jigar faoliyati buzilganida preparatning organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu metabolitlarini organizmda to‘planishiga yordam beradi.

Diklofenak natriy – bir marta ichga qabul qilinganidan so‘ng, ichakdan tez va to‘liq so‘riladi, faol moddaning taxminan 50% jigardan birinchi o‘tishda metabolizmga uchraydi. 50 mg dozada preparatning qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi 1-2 soatdan so‘ng kuzatiladi va 1,5 mkg/ml (5 mkmol/l) ni tashkil qiladi. Ovqat preparatni so‘rilishini sekinlashtiradi, ammo so‘rilayotgan faol moddaning miqdori o‘zgarmaydi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 99,7% ni tashkil qiladi; bunda preparatning ko‘p qismi (99,4%) albuminlar bilan bog‘lanadi. Sinovial suyuqligiga bo‘g‘im bo‘shlig‘iga yaxshi kiradi, u yerda faol moddaning maksimal konsentrasiyasiga plazmadagiga qaraganda 2-4 soat kech erishiladi. Sinovial suyuqligidan yarimchiqarilish davri 3-6 soatni tashkil qiladi. Preparatning 60% metabolitlari ko‘rinishda buyraklar orqali, qolgan qismi safro orqali chiqariladi. Buyrak faoliyati yaqqol buzilgan (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam) bemorlarda, safro bilan chiqariladigan metabolitlarining solishtirma og‘irligi oshadi, shuning uchun ularning qondagi konsentrasiyasining oshishi kuzatilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Revmatoid artrid, osteoartrit, bel og‘rig‘i va tendinit, tendosinovit, bursit, paylarni cho‘zilishi va suyaklarni chiqishi kabi, boshqa o‘tkir skelet – mushak buzilishlari; ankilozlovchi spondilit; ortopedik, stomatologik va boshqa kichik jarrohlik operasiyalaridagi og‘riq va yallig‘lanishni susaytirish; yuvenil surunkali artrit; operasiyadan keyingi og‘riq; bosh og‘rig‘i; tanadagi og‘riqlar; isitmani pasaytirishda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkalarni chaynamasdan, butunligicha, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish kerak. Preparatni ovqat qabul qilinganidan keyin qabul qilish kerak.

Kattalarga 1 tabletkadan sutkada 2-3 marta buyuriladi.

12 yoshdan oshgan tana vazni 30 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga ½ tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi.

Navbatdagi har bir qabullar oralig‘i kamida – 4 soat.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, diskomfort hissi (epigastriya sohasida og‘riqlar va spazmlar), meteroizm, ishtahaning pasayishi. Kam hollarda: qon ketishi, perforasiya bilan asoratlangan me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, aftozli stomatit, ezofagit. Alohida hollarda nospesifik yarali kolit, Kron kasalligi;

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yuqori charchoqlik. Kam hollarda: his qilish yoki ko‘rishni buzilishi (yoyilgan ko‘rish, diplopiya), quloqlarda shovqin, ta‘sirchanlik, tirishishlar, uyquni buzilishi, depressiya, xavotirlik hissi, ruhiy buzilishlar;

Dermatologik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi. Bullyoz toshmalar, ekzema, eritrodermiya, sochlarni to‘kilishi, fotosensibilizasiya bo‘lishi mumkin;

Jigar faoliyati tomonidan: jigar faoliyatini buzilishi, shu jumladan gepatit (sariqlik yoki sariqliksiz);

Qon yaratish tizimi tomonidan: ayrim hollarda: trombositopeniya, leykopeniya, agranulositoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya;

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, ko‘krak qafasi sohasida og‘riqlar, arterial gipertenziyani paydo bo‘lishining yakka hollari, yurak yetishmovchiligi aniqlangan;

Allergik va immunopatologik reaksiyalar: kam hollarda: bronxial astma xurujlari, tizimli anafilaktik (anafilaktoid) reaksiyalar.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • anamnezdagi aspirin yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalariga angionevrotik shish va bronxospastik reaksiyalar («aspirin astmasi»), bronxial astma xurujlari;
  • zo‘rayish bosqichidagi me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan peptik yara, Kron kasalligi, nospesifik yarali kolit);
  • homiladorlik, laktasiya;
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • qon yaratish faoliyatining buzilishi;
  • ko‘ruv nervining kasalliklari, nafas yo‘llarining surunkali obstruktiv kasalliklari, burun poliplari, pichan isitmasi;
  • buyraklar va jigar faoliyatining yaqqol buzilishlari, rangli ko‘rishni buzilishi, tug‘ma glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kaliy tejovchi diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, qonda kaliy  miqdori oshishi mumkin. Bilvosita antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganida qon ketishi rivojlanishi mumkin. Preparat litiy, digoksin va siklosporinning qondagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin, shuning uchun ular bilan birga qo‘llanganida, bu preparatlarning dozasiga tuzatish kiritish kerak. Metotreksat bilan davolashni boshlashdan 24 soat oldin yoki davolash to‘xtatilganidan keyin preparat buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bunda uning zaharli ta‘sirining rivojlanish xavfi oshadi.

Jigar mikrosomal fermentlarini induksiya qiluvchi dorilar (barbituratlar va ayrim tutqanoqqa qarshi vositalar, shu jumladan, fenobarbital, fenitoin, karbamazepin, benzonal), spirt saqlovchi dori vositalari, rifampisin bilan birga qabul qilinganida preparatning gepatotoksik ta‘siri kuchayadi. Fenotiazinlar bilan birga qo‘llanganida haddan ziyod gipotermiya, azidotimidin bilan – neytropeniya rivojlanishi mumkin. Preparat xloramfenikolning zaharliligini oshiradi, bilvosita antikoagulyantlar, difenin, peroral gipoglikemik preparatlarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin, «halqali» va tiazidli diuretiklarning diuretik va natriyuretik ta‘sirini susaytiradi. Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, shuningdek glyukokortikoidlar bilan birga qo‘llanganida nojo‘ya ta‘sirlari tezlashadi va kuchayadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Anamnezida me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarga, shuningdek jigar, buyraklar, qon hosil qilish a‘zolari faoliyatining yaqqol buzilishlari bo‘lgan pasientlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Yuqori dozalarda preparat trombositlar agregasiyasini susaytirishi mumkin, shuning uchun gemostazining buzilishi bo‘lgan pasientlarni sinchiklab kuzatish kerak. Preparatni keksalarda, surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertoniyasi, porfiriyasi bo‘lgan bemorlarda, shuningdek bevosita jiddiy jarrohlik aralashuvlaridan keyin ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Preparat bilan davolash davrida jigar, buyrak faoliyatini va periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak. Preparatni qo‘llash vaqtida preparat gepatotoksik ta‘sirini kuchayishi mumkinligi tufayli, alkogolni iste‘mol qilish mumkin emas.

Avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.

Bemorlar preparatni qabul qilish vaqtida yuqori diqqat va tezkor ruhiy va harakat reaksiyalarini talab qiluvchi ishlarni bajarishdan (masalan, avtomobilni haydash) saqlanishlari kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari:  Allergik reaksiyalar, bosh og‘rig‘i, psixomotor qo‘zg‘alishlar, bosh aylanishi.

Davolash: me‘dani yuvish, simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

 10 tabletkadan alyumin folga va PVX blisterda. 10 blisterdan qo‘llashbo‘yicha yo‘richnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Bolnol DF eritmasi 3ml 75mg / 3ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Bolnol DF eritmasi 3ml 75mg / 3ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Bolnol DF eritmasi 3ml 75mg / 3ml N10 dori vositasi Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Parenteral Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Bolnol DF eritmasi 3ml 75mg / 3ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Bolnol DF eritmasi 3ml 75mg / 3ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
DIKLOFENAK inyeksiya uchun eritma 3ml 2,5% N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
DIKLOSEYF MAKS gel 30g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
ORTOFLEKS maz 50 g 20 mg/g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Estoniya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО, Латвия произведено: Таллиннский фармацевтический завод, АО
KLODIFEN ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil:
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
KLODIFEN inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S.
  • Vakil:
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
KLODIFEN gel 45g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: S.C. Slavia Pharm SRL
  • Vakil:
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
DIKLOFENAK inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Lab.
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
DIKLOGEN inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
VOLTAREN EMUL gel 100g 2%
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
BLOKIUM gel 50g
Narh: 125 000 so'mdan Batafsil
BLOKIUM V12 tabletkalari N15
Narh: 180 000 so'mdan Batafsil
ORTOFEN tabletkalari 25mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ТатХимФармПрепараты, АО
Narh: 5 500 so'mdan Batafsil
DIKLOFENAK inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N10
Narh: 9 800 so'mdan Batafsil
DIKLOFENAK inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Дальхимфарм, ОАО
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
DIKLOFENAK suppozitorii 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Moldova
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармаприм, ООО
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
DIKLOFENAK suppozitorii 50mg N6
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
DIKLOFENAK gel 50g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
DIKLOFENAK gel 30g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
DIKLOFENAK tabletkalari 50mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
DIKLOFENAK suppozitorii 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Дальхимфарм, ОАО
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
DIKLOFENAK suppozitorii 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Биосинтез, ПАО
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
DIKLOFENAK AKOS maz 30g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
DIKLON suppozitorii 25mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Медикал Горизон ООО
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
DIKLON suppozitorii 12,5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Медикал Горизон ООО
DIKLOFENAK inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Uzgermed Pharm, СП, ООО
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
DIKLOFENAK inyeksiya uchun eritma 25mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
DOLAREN gel 50g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
VOLTAREN EMUL gel 50g 1%
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
VOLTAREN EMUL gel 50g 2%
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
VOLTAREN EMUL gel 100g 1%
Narh: 77 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
VRAGGRIPP P sirop 100ml N1
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
BOLNOL PLYUS suspenziya 60ml N1
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Vraggripp burun tomchilari 10ml
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
BOLNOL PLYUS suspenziya 60ml N1
BOLNOL DIET suspenziya 60 ml N1
BOLNOL RELAKS gel 30g N1
BOLNOL tabletkalari N10
BOLNOL AS tabletkalari N100
BOLNOL tabletkalari N100
BOLNOL EKSTRA tabletkalari 500 mg+65 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare Pvt. Ltd