×
×
  • BRIZANTIN tabletkalari N20

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BRIZANTIN tabletkalari N20

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ»
Vakil:
- Materia Medica Holding
ATX kodi:
- N07BA, N07BB
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KAVINTON tabletkalari 5mg N50 Gedeon Richter PLC Vengriya
29 450 s`om dan
MEDIATORN inyeksiya uchun eritma 15mg/ml 1ml N10 Галичфарм, ПАО Ukraina
120 000 s`om dan
DOREPAM tabletkalari 10mg N28 Ali Raif Ilac San. A.S. Turkiya
60 700 s`om dan
NOOXOLIN ROMFARM inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml N3 К.О.Ромфарм Компани С.Р.Л. Ruminiya
106 400 s`om dan
Saqlash shartlari В защищенном от света месте, при температуре не выше 25 °C. Хранить в недоступном для детей месте.
Продажа Retseptsiz.
Yaroqlilik muddati (oy) 3 года.Не применять по истечении срока годности, указанного на упаковке.
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BRIZANTIN tabletkalari N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BRIZANTIN

BRIZANTIN

Preparatning savdo nomi: Brizantin

Dori shakli: shimish uchun gomeopatik tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: S-100 bosh miyaga spesifik oqsilga affin tozalangan antitelalar –
0,006 g*, I tip kannabinoid reseptorga affin tozalangan antitelalar – 0,006 g*;

yordamchi moddalar: 0,267 g laktoza monogidrati, 0,03 g mikrokristall sellyuloza, 0,003 g magniy stearati.

*muvofiq ravishda 10012, 10030, 100200 marta suyultirilgan substansiyaning uchta faol suvli-spirtli eritmalarining aralashmasi ko‘rinishida laktoza monogidratiga o‘tkaziladi.

Ta‘rifi: yassi silindrik shaklli, riskali va faskali, oqdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan tabletkalar. Riskali yassi tomonida MATERIA MEDICA, boshqa yassi tomonida BRIZANTIN yozuvi tushirilgan.

Farmakoterapevtik guruhi: nikotinga qaramlikni davolash uchun vosita.

ATX kodi: N07BA

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Majmuaviy preparat:

S-100 bosh miyaga spesifik oqsilga antitelalar antioksidant, antigipoksant, neyroprotektor, anksiolitik, antidepressiv ta‘sir ko‘rsatadi. Bosh miyada ma‘lumot va metabolik jarayonlarni birlashtirishni amalga oshiruvchi S-100 oqsilining funksional faolligini modifikasiya qiladi. Amplitudani pasaytirib va harakat potensiali generasiyasini susaytirib membranotrop ta‘sirga ega; bosh miya, gippokapm, retikulyar formasiyadagi limbik strukturalarda sinaptik o‘tkazuvchanlikni modulyasiya qiladi; GAMK ni markaziy nerv tizimiga tormozlovchi ta‘sirini kuchayishiga olib keladi.

In vitro sharoitda sigma 1 reseptoriga agonist xususiyatlarini namoyon qiladi.

Lipidlarni perekisli oksidlanishi jarayonlarini ingibisiya qiladi.

I tip kannabinoid reseptorga antitelalar I tip kannabinoid reseptorning funksional faolligini modulyasiya qiladi, xujayra ichidagi sAMF konsentrasiyasiga ta‘sir ko‘rsatadi. Markaziy nerv tizimida (asosan mezolimbik tizim neyronlarida) va periferik to‘qimalarda endokannabinoid tizimni boshqaradi, energetik muvozanatni (glyukoza va lipidlar metabolizmi) normallashtiradi.

Eksperimental sharoitda lateral gipotalamusni o‘z-o‘zini rag‘batlantirish modelida Brizantin majmuaviy preparatining tarkibida ikkala komponentni birga qo‘llaganda sinergik antiadditiv samara namoyish etilgan.

Brizantin ijobiy emosional quvvatlantirish tizimini modulyasiya qiladi, shu orqali nikotinizmda psixofaol moddalarga qiziqishning yaqqolligini kamaytiradi; markaziy nerv tizimida neyromediatorlar muvozanatini normallashtiradi.

Brizantin shuningdek neyroprotektor faollik namoyon qiladi, bosh miyani toksik ta‘sirlarga chidamliligini oshiradi, integrativ faoliyatni yaxshilaydi, kognitiv buzilishlarni bartaraf etilishiga yordam beradi, aqliy ish qobiliyatini oshiradi, abstinent holatlarda somatovegetativ ko‘rinishlarni normallashtiradi.

Preparat affektiv (ta‘sirchanlik, kayfiyatni tushishi, ichki diskomfort), ideator (nikotin haqida fikrlar) va astenovegetativ buzilishlarni (yaqqol umumiy xolsizlik, ish qobiliyatini, ishtahani pasayishi, terlash, taxikardiya va boshqalar) bartaraf etadi. Chekilayotgan sigaretlar sonini va iste‘mol qilinayotgan nikotin dozasini kamayishiga olib keladi. Chekishdan voz kechish fonida xavotirlikni pasaytiradi. Miorelaksant ta‘sir ko‘rsatmaydi; ko‘nikish, doriga qaramlikni chaqirmaydi; narkogen potensialga ega emas. Chekishdan voz kechish fonida tana vaznini oshishiga olib kelmaydi.

Farmakokinetikasi

Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarining (gaz-suyuqlikli xromatografiya, yuqori samarali suyuqlikli xromatografiya, xromato-mass-spektrometriya) sezgirligi biologik suyuqliklar, a‘zolar va to‘qimalarda antitelalarning xaddan tashqari past dozalari miqdorini baholash imkonini bermaydi, bu Brizantin preparatining farmakokinetikasini o‘rganishni texnik jihatdan imkoni yo‘qligini bildiradi.

Qo‘llanilishi

Preparat nikotindan voz kechishning birinchi kunlarida (abstinensiya davri) ham, uni iste‘mol qilishga impulsiv namoyon bo‘luvchi hoxishda ham nikotinga bo‘lgan intilishni kamaytirish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi. Bir marta qabul qilishga – 1 tabletka (to‘liq eriguncha og‘iz bo‘shlig‘ida ushlab turish kerak). 1 tabletkadan sutkada 2-3 marta ovqatlanishdan qat‘iy nazar qo‘llanadi. Nikotinga bo‘lgan intilish kuchayganda qabul qilish tez-tezligini sutkada 5-6 martagacha oshirish mumkin.

Preparatni qabul qilish kursining tavsiya etilgan davomiyligi 3 oy.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Brizantinni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi yuzasidan ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi tufayli, bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik holatlari hozirgi vaqtgacha qayd etilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatning tarkibiga laktoza monogidrati kiradi, shuning uchun uni tug‘ma galaktozemiya, glyukoza yoki galaktoza malabsorbsiyasi sindromi yoki tug‘ma laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga buyurish mumkin emas.

Brizantin transport vositalarini va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Homiladorlik va laktasiya davri

Homiladorlik va laktasiya davrida Brizantinni qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan. Preparatni qabul qilish zarurati bo‘lganida xavf/foyda nisbatini e‘tiborga olish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani to‘satdan oshirib yuborilganda preparatning tarkibiga kiruvchi to‘ldiruvchilar bilan bog‘liq dispepsik ko‘rinishlar kuzatilishi mumkin.

 

Chiqarilish shakli

Shimish uchun gomeopatik tabletkalar. 20 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.

1, 2 yoki 5 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BRIZANTIN tabletkalari N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BRIZANTIN tabletkalari N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BRIZANTIN tabletkalari N20 dori vositasi ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ» tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BRIZANTIN tabletkalari N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BRIZANTIN tabletkalari N20 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 52 600 so'mdan Batafsil
FARINGOMED tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ»
  • Vakil: Materia Medica Holding
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
TENOTEN tabletkalari N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ»
  • Vakil: Materia Medica Holding
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
TENOTEN DETSKIY tabletkalari N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ»
  • Vakil: Materia Medica Holding
Narh: 43 000 so'mdan Batafsil
Narh: 33 600 so'mdan Batafsil
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
KOLOFORT tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ»
  • Vakil: Materia Medica Holding
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
AFALA tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ»
  • Vakil: Materia Medica Holding
Narh: 78 000 so'mdan Batafsil
ANAFERON DETSKIY tabletkalari N20
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
ANAFERON tabletkalari N20
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
DIVAZA tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ»
  • Vakil: Materia Medica Holding
Narh: 59 000 so'mdan Batafsil
AFALAZA tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ»
  • Vakil: Materia Medica Holding
MLEKOIN granuli 10g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ»
  • Vakil: Materia Medica Holding
Narh: 27 400 so'mdan Batafsil
USPOKOY tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ»
  • Vakil: Materia Medica Holding
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
IMPAZA tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ»
  • Vakil: Materia Medica Holding
Narh: 96 000 so'mdan Batafsil
DIVAZA tabletkalari N20
KLIMAKSAN GOMEOPATICHESKIY granuli 10g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ»
  • Vakil: Materia Medica Holding
Narh: 18 400 so'mdan Batafsil
KLIMAKSAN GOMEOPATICHESKIY tabletkalari N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ»
  • Vakil: Materia Medica Holding
SUBETTA tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ»
  • Vakil: Materia Medica Holding
SUBETTA tabletkalari N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ»
  • Vakil: Materia Medica Holding
SUBETTA tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ»
  • Vakil: Materia Medica Holding
AFALAZA tabletkalari N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ»
  • Vakil: Materia Medica Holding
AFALAZA tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ»
  • Vakil: Materia Medica Holding
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9