×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BROMESOL sirop 100ml

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Faol modda:
бромгексина гидрохлорид, Гвайфенезин, Ментол, сальбутамол сульфат
Ishlab chiqaruvchi:
- Vegapharm Life Sciences Pvt. Ltd., Индия произведено: Lark Laboratories (India) Ltd
Vakil:
- VEGAPHARM
ATX kodi:
- R05CB10
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 26 ta dorixonasida topildi

ico 42 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 43 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
PULMOKSOL sirop 150ml 30mg/5ml Drogsan Ilaclari San. ve Tic. A.S. Turkiya
31 900 s`om dan
INSTI BEZ SAXARA granuli 5,6g N5 Herbion Pakistan (PVT) Ltd Pokiston
17 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Ichga qabul qilish uchun 100 ml dan sirop shisha butilkalarda. Bir butilka o'lchov stakani va davlat va rus tilidagi tibbiyotda
qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton o'ramlarda.
Har bir 10 ml quyidagilar saqlanadi:
faol moddalar:
bromgeksin gidroxloridi VR 4 mg;
salbutamol sulfati VR 2 mg
salbutamolga ekvivalent;
gvayfenezin VR 100 mg;
mentol VR 1 mg;
yordamchi moddalar: saxaroza, metilgidroksibenzoat, propilgidroksibenzoat, propilenglikol, ammoniy xloridi, limon
kislotasi (suvsiz), metilkarbinol, Sanset FCF sariq bo'yovchisi (Supra), malina essentsiyasi, aspartam, tozalangan suv.
Bromgeksin mukolitik (sekretolitik) va balg'am ko'chiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Jiddiy bronxial sekretining seroz
komponentini ko'paytiradi; lipillovchi epiteliy kiprikchalarini faollashtiradi, balg'amning yopishqoqligini pasaytiradi,
uning xajmini va yaxshi ko'chib chiqishini oshiradi.
Salbutamol bronxolitik, bronxlar, qon-tomirlari va miometriya β -adrenoreseptorlarni rag'batlantiradi. Bronxlarning 2
spazmlarni oldini oladi va bartaraf etadi, nafas yo'llarining qarshiligini pasaytiradi, o'pkalarning hayotiy sig'imni
oshiradi. Koronar arteriyalarning kengayishini chaqiradi, arterial bosimni pasaytirmaydi.
Gvayfenezin mukolitik vosita, neytral polisaxaridlarni ishlab chiqaruvchi bronxlar shilliq qavatining sekretor
hujayralarini rag'batlantiradi, nordon mukopolisaxaridlarni depolimerizasiyalaydi, balg'am xajmini oshiradi va
yopishqoqligin pasaytiradi, bronxlarning tsiliar apparatini faollashtiradi, balg'amning ko'chishini engillashtiradi va
balg'amli yo'talni balg'amsiz yo'talga o'tishiga yordam beradi.
Mentol spazmolitik ta'sir ko'rsatadi, bronxial bezlarning sekresiyasini yumshoq rag'batlantiradi, antiseptik
xususiyatlarga ega, tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi va nafas yo'llari shilliq qavatining ta'sirchanligini kamaytiradi
Bromgeksin miy dan tez so'riladi va jigar orqali "birinchi o'tishda" jadal metabolizmga uchraydi. Biokiraolishligi
taxminan 20% tashkil etadi. Sog'lom pasientlarda plazmada C 1 soatdan keyin aniqlanadi. Organizm to'qimalarida keng max
tarqaladi. Asosan siydik bilan taxminan 85-90% metabolitlari shaklida chiqariladi. Bromgeksinning metaboliti
ambroksol hisoblanadi. Bromgeksinning plazma oqsillari bilan bog'lanishi yuqori. Yarim chiqarilish shakli terminal fazada
taxminan 12 soatni tashkil etadi. Bromgeksin GET orqali o'tadi. Ko'p bo'lmagan miqdorda yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Faqat
ko'p bo'lmagan miqdorda 6,5 soat yarim chiqarilish davri bilan siydik bilan chiqariladi. Jigar va buyraklar funktsiyasining
og'ir buzilishi bo'lgan pasientlarda bromgeksinni klirensi yoki uning metabolitlarini kamaytirish mumkin.
Salbutamol ichga qabul qilingandan keyin so'rilishi yuqori. Ichga qabul qilingan salbutamolning biokiraolishi taxminan
50% ni tashkil etadi. Ovqat qabul qilish so'rilishini pasaytiradi, lekin biokiraolishiga ta'sir etmaydi. Jigar va ichak
devorida, fenolsulfotransferaza tomonidan 4-o-sulfat efirigacha faolsizlanib tizimoldi metabolizmiga uchraydi.
Yarim chiqarilish davri – 3,8-6 soatni tashkil etadi. Siydik orqali (69-90%) asosan faol bo'lmagan fenolsulfat
metabolitlari ko'rinishida (60%) 72 soat davomida va safro orqali (4%) chiqariladi. Oqsillar bilan bog'lanishi – 10% ni
tashkil etadi. Yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi.
Gvayfenezin – miy dan tez so'riladi (ichga qabul qilgandan keyin 25-30 minutda). Nordon mukopolisaxaridlarni saqlovchi
to'qimalarga singib kiradi. Jigarda metabolimga uchraydi. Yarim chiqarilish davri – 1 soat. Nofaol metabolitlar ko'rinishda
o'pka orfali balg'am bilan chiqariladi.
Yutilgandan keyin mentol siydik va safro bilan glyukuronidlar ko'rinishida chiqariladi.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: qo'llarning qaltirash, mushak tirishishlari. Yuqori dozalarda qo'llanganda – bosh og'rig'i,
bosh aylanishi, yuqori nerv qo'zg'aluvchanligi, uyquning buzilishi, uyquchanlik.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, me'da va o'n ikki barmoq ichak yara kasalligining zo'rayishi,
"jigar" transaminazalarini faolligini oshishi.
Yurak-qon tomirlari tizimi tomonidan: taxikardiya, qon bosimini pasayishi, periferik vazodilatasiya, kollaps.
Siydik-chiqarish yo'llari tizimi tomonidan: siydikni pushti rangga bo'yalishi.
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, eshakemi, paradoksal bronxospazm.
Ehtiyotkorlik bilan: mukolitik vositalar me'dani shilliq qavati to'sig'ini buzishi mumkin.Shuning uchun bromgeksin
anamnezida pepetik yaralari ko'rsatib o'tilgan pasientlarga extiyotkorlik bilan qo'llash tavsiya etiladi.
Salbutamolni qo'llanganda gipokalemiya rivojlanishini xavfi bor, shuning uchun og'ir bronxial astmasi bo'lgan
pasientlarda qondagi kaliy darajasini nazorat qilish kerak.Gipokaliemiya xavfi gipoksiya da loshadi.
Bolalik yoshi
2 yoshdan kichik bolalarga buyurilmaydi.
Keksalik yoshi
Keksa yoshli shaxslarda, shuningdek yo'ldosh yurak tomirlar kasalliklari bo'lgan pasientlarda preparat qo'llanganda
salbutamolning nojke ta'sirlarini esda tutish lazim.
Gvayfenezin siydikni pushti ranga blyadi.
Preparatni ishqoriy ichimliklar bilan ichish tavsiya etilmaydi.
Shuningdek, Bromesol saxaroza saqlaydi, uni saxaroza/izomaltoza tanqisligi bo'lgan, fruktozani o'zlashtiraolmaydigan,
glyukoza/galaktoza kam so'rilish sindromlari bo'lgan pasientlarda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Qiyin ko'chuvchi balg'amli o'tkir va surunkali bronx-o'pka kasalliklarini boshqa preparatlar bilan birga davolash uchun
qo'llanadi:
‒ bronxial astma;
‒ traxeobronxit (traxeya va bronxlar to'qimalirini o'tkir yallig'lanishida);
‒ obstruktiv bronxit (nafas yo'llarida cheklangan havo oqimida);
‒ pnevmoniyada (o'pka to'qimalarining yallig'lanishida) qo'zg'atuvchilari aniqlanmagan;
‒ o'pka emfizemasi (o'pka to'qimalarida havo miqdorini oshishi);
‒ ko'kyo'tal (spazmolitik yo'tal bilan o'tkir infektsiyada);
‒ pnevmokonioz (ishlab chiqarish changlarini yutish natijasidagi o'pkaning kasb kasalligi);
‒ o'pka tuberkulezi, gistologik taxlil bilan tasdiqlangan;
‒ o'pka tuberkulezi, gistologik yoki bakteriologik taxlil bilan tasdiqlanmagan.
xar qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
‒ taxikardiya;
‒ miokardit;
‒ yurak poroki;
‒ dekompensasiyalangan diabet;
‒ tireotoksikoz;
‒ glaukoma;
‒ jigar yoki buyrak etishmovchiligi;
‒ o'tkir bosqichdagi me'da va o'n ikki barmoq yarasi;
‒ 2 yoshgacha bo'lgan bolalar;
‒ homiladorlik va laktasiya davrida qo'llash mumkin emas.стной кишки в острой стадии;
‒ дети до 2 лет;
‒ беременность и период лактации.
Beta-adrenergik reseptorlarning blokatori salbutamol kabi beta-agonistlarning o'pka samaralarini nafaqat bloklaydi,
shuningdek bronxial astmasi bo'lgan og'ir pasientlarda bronxospazmni chaqirishi ham mumkin, shuning uchun bunday
pasientlarda beta-blokatorlarni buyurilmaydi.
Beta-agonistlar diuretiklar bilan extiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Bromesolni monoaminooksidaza ingibitorlarini yoki trisiklik antidepressantlarni qabul qilayotgan pasientlarda,
shuningdek bu preparatlar bilan davolash to'xtatilgandan keyin 2 hafta davomida alohida extiyotkorlik bilan qo'llash kerak,
chunki salbutamolni qon-tomirlar tizimiga ta'sir ko'rsatishini kuchaytirishi mumkin
Digoksin va salbutamol bir vaqtda qabul qilinganda plazmada digoksinning darajasini qat'iy nazoratini olib borish
kerak.
Bromesol preparati antibiotiklar (amoksisillin, tsefuroksim, eritromisin, doksisiklin, azitromisin va boshq.) bilan
birga buyurilganda antibiotiklarning samarasi kuchayadi.
Quruq va yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°С yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
30 oy.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin
qaxrabo rangli shisha butilga quyilgan to'q sariq rangli sirop.
Qo'llashdan oldin yaxshilab chayqating.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: 10 ml dan kuniga 3 marta;
6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar: 5-10 ml dan kuniga 3 marta;
2 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar: 2,5 ml dan kuniga 3 marta yoki shifokor ko'rsatmasi bo'yicha.
Qabul qilishning davomiyligi 5-6 kun.
Homiladorlik vaqtida preparatni qo'llash mumkin emas, agarda homilador ayol uchun potentsial kutiladigan foyda, homilada asoratlardan ustun bo'lgan xollarda buyurish mumkin. Laktasiya davrida preparatni qo'llamagan ma'qul.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BROMESOL sirop 100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BROMESOL sirop 100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BROMESOL sirop 100ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
PROKOF sirop 100ml 15mg/5ml
Ishlab chiqaruvchining dorilari
PARDIFEN tabletkalari 500mg / 50mg N100
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9