×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DAYVOBET maz

Kategoriya:
- Dermatologik
Faol modda:
Бетаметазон, Кальципотриол
ATX kodi:
- D05AX52
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

DERMAZOL PLYUS shampun 100ml Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
65 700 s`om dan
FAKTOR DERMIKO krem 20g Laboratorios Casasco S.A.I.C. Argentina
30 000 s`om dan
DERMAZOL krem 15 g 20 mg/g Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
26 500 s`om dan
KLOTRIMAZOL krem 20g 1% Shreya Life Sciences PVT. LTD. Hindiston
10 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DAYVOBET maz qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DAYVOBET®

DAIVOBET®

 

Preparatning savdo nomi: Dayvobet® (Daivobet®)

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): betametazon+kalsipotriol

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma.

Tarkibi:

1 g surtmada quyidagilar saqlanadi:

faol moddalar: 0,5 mg betametazonga ekvivalent bo‘lgan 0,643 mg betametazon dipropionati va 0,05 mg kalsipotriolga ekvivalent bo‘lgan 0,052 mg kalsipotriol monogidrati;

yordamchi moddalar: 30,0 mg suyuq parafin, 50,0 mg polioksipropilenglikolya stearati, 0,02 mg alfa-tokoferol, 1,0 g gacha oq yumshoq parafin.

Ta‘rifi: deyarli oqdan to och-sariq rangligacha bo‘lgan bir xil surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: psoriazni davolash uchun vosita.

ATX kodi: D05AX02

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Kalsipotriol – D vitaminining faol metabolitini sintetik analogidir. Keratinositlarning proliferasiyasini tormozlanishini chaqiradi va ularning morfologik differensiyalanishini tezlashtiradi.

Betametazon – sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroid (GKS); mahalliy yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi, qon tomirlarini toraytiruvchi va immunosupressiv ta‘sir ko‘rsatadi, biroq topik steroidlarning yallig‘lanishga qarshi ta‘sirining aniq mexanizmlari oxirgacha ma‘lum emas.

Farmakokinetikasi

Dayvobet® preparati sirtga qo‘llanganida kalsipotoriol va betametazonning shikastlanmagan teri orqali so‘rilishi 1% dan kamroqni tashkil qiladi. Preparat psoriatik blyashkalarga va okklyuzion bog‘lovlari ostiga qo‘yilganida topik GKS ning so‘rilishi oshadi. Madomiki, terida preparatning deposi yaratilar ekan, unda uning teridan eliminasiyasi bir necha kun davomida yuz beradi. Betametazon jigarda va buyraklarda glyukuronidlar va sulfoefirlarni hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi, chiqarilishi ichak va buyraklar orqali amalga oshiriladi.

Qo‘llanilishi

Surunkali oddiy blyashkali psoriaz.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga. Kattalarga surtma terining shikastlangan sohalariga yupqa qilib 1 marta qo‘yiladi. Maksimal sutkalik doza ko‘pi bilan 15 g; maksimal haftalik doza 100 g dan oshmasligi kerak. Tavsiya etilgan davolash kursining davomiyligi 4 hafta. So‘ngra Dayvobet®ni shifokorning kuzatuvi ostida takroran qo‘llash mumkin. Preparatni qo‘yish maydoni tana yuzasining 30% dan oshmasligi lozim.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya ta‘sirlari uchrash tez-tezligiga qarab, quyidagicha tasniflanadi.

Juda tez-tez >1/10

Tez-tez >1/100 va <1/10

Tez-tez emas >1/1000 va <1/100

Kam hollarda >1/10000 va <1/1000

Juda kam hollarda <1/10000

 

Teri qoplamlari va teri qo‘shimchalari tomonidan

Tez-tez: qichishish, toshma, achishish hissi

Tez-tez emas: og‘riq, ta‘sirlanish, dermatit, eritema, psoriazni zo‘rayishi, surtmani applikasiya qilingan joylarda pigmentasiyani buzilishi, follikulit.

Kam hollarda: pustulyoz psoriaz.

Kalsipotriol terining mahalliy ta‘sirlanishini, qichishish, achishish, o‘tkir og‘riq, terini qurishi, eritema, toshma, dermatit, ekzema va psoriazni zo‘rayishini chaqirishi mumkin.

Betametazonni (dipropionati) uzoq muddatli topik (mahalliy) qo‘llanishini terining atrofiyasi, teleangioektaziyalar, striyalar, follikulit, gipertrixoz, perioral dermatit, allergik kontaktli dermatit, depigmentasiyalar, terining kolloid degenerasiyasini, shuningdek tarqoq yoyilgan pustulyoz psoriazning rivojlanishini, o‘ta yuqori va fotosezuvchanlik reaksiyasini, shu jumladan angioedema va yuz shishini juda kam hollarini rivojlanish xavfini oshishi bilan bog‘laydilar.

Tizimli reaksiyalar

Kalsipotriolni qo‘llanishi bilan bog‘liq (juda kam): giperkalsiemiya, giperkalsiuriya.

Mahalliy GKS yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida buyrak usti bezlarining faoliyatini, buyrak usti bezi yetishmovchiligi va giperkortisizm simptomlarini, shu jumladan Isnko-Kushing sindromini rivojlanishi bilan kechuvchi susayishi yuz berishi mumkin. .

Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralardan birontasi og‘irlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Kalsiyning metabolizmini buzilishi bilan kechadigan kasalliklar
  • Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik
  • Yaqqol buyrak yetishmovchiligi
  • Terining virusli (shu jumladan gerpes yoki suvchechak), zamburug‘li, bakterial va parazitlar infeksiyalari, rozasea, pushti xusnbuzarlar, oddiy xusnbuzarlar, perioral dermatit, tuberkulez va sifilisning teri ko‘rinishlari, teri atrofiyasi, teridagi yaralar, terining qon tomirlarini yuqori sinuvchanligini, ixtioz, perianial va genital qichima.
  • Psoriatik eritrodermiya, tomchisimon, eksfoliativ, pustulez psoriaz.
  • Dayvobet® preparatini 18 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ma‘lum emas.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni yuz terisiga, shilliq qavatlarga va boshning sochli qismiga qo‘yish tavsiya etilmaydi. Kataraktani rivojlanishi va ko‘z ichki bosimini oshishi mumkinligi tufayli, preparatni periorbital sohaga surtilmasin.Surtma qo‘yilganidan so‘ng qo‘llarni yaxshilab yuvish lozim.

Tavsiya etilgan dozalash tartibiga rioya qilinganida giperkalsiemiyaning rivojlanish xavfi minimaldir. Biroq, Dayvobet® tavsiya etilgan maksimal haftalik doza (100 g) dan ortiq dozalarda qo‘llanganida, uning dozasi pasaytirilganida yoki bekor qilinganda tez o‘tib ketadigan giperkalsiemiya rivojlanishi mumkin.

Dayvobet® kuchli ta‘sir etuvchi GKS ni saqlaydi, shuning uchun boshqa GKS bilan yo‘ldosh davolashni o‘tkazish tavsiya etilmaydi.

Preparat tana yuzasining 30% dan ortig‘ini tashkil etuvchi terining katta sohalariga, shuningdek okklyuzion bog‘lov ostiga, qo‘llanganida, teri burmalariga qo‘yishga yo‘l qo‘ymaslik tavsiya etiladi, chunki bu GKS ni tizimli so‘rilishini va tizimli nojo‘ya ta‘sirlarning rivojlanishi ehtimolini oshiradi.

Qaytar ikkilamchi buyrak usti bezlarining yetishmovchiligini rivojlanishi bilan bog‘liq gipotalamo – gipofizar-buyrak usti bezlari tizimining suppressiyasi yoki GKS ni tizimli buyurilishi bilan bog‘liq qandli diabetni zo‘rayishi kabi nojo‘ya ta‘sirlar, mahalliy GKS ni uzoq vaqt qo‘llanganda, tizimli absorbasiya oqibatida kuzatilishi mumkin. Psoriazni ikkilamchi infeksiya bilan asoratlanganida, antibakterial davolash o‘tkaziladi, infeksiya og‘irlashganida esa, Dayvobet® bekor qilinadi.

Dayvobet® bilan davolash vaqtida shifokorlar tabiiy yoki sun‘iy quyosh yorug‘ining haddan tashqari ta‘sirini cheklash yoki yo‘l qo‘ymaslikni pasientlarga tavsiya etadilar. Mahalliy qo‘llash uchun kalsipotriol UB-nurlari bilan faqat shifokor va pasient, potensial foyda potensial xavfdan ustun deb hisoblangandagina ishlatilishi lozim.

Homiladorlik va emizi davrida qo‘llanilishi

Dayvobet®ning homiladorlik va laktasiyada qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun preparat faqat shifokorning fikriga ko‘ra, uni ishlatilishi bilan bog‘liq davolash zarur bo‘lgandagina qo‘llanishi mumkin.

Avtotransport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: qonda kalsiyni miqdorini oshishi; gipofizar – buyrak usti bezlari tizimining faoliyatini, buyrak usti bezini qaytar ikkilamchi yetishmovchiligini rivojlanishi bilan, susayishi.

Davolash: preparatni bekor qilish va simptomatik davolashni o‘tkazish. Surunkali zaharlilik hollarida GKS ni asta-sekin bekor qilish lozim.

 

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun surtma.

15, 30 va 60 g dan preparat buraladigan polietilen qopqoqli ichidan laklangan alyumin tubalarda. 1 tubadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil, ochilgandan so‘ng – 6 oy.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz beriladi.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DAYVOBET maz dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DAYVOBET maz dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DAYVOBET maz dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9