×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DEKLOSID krem 30g

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Portugaliya
Faol modda:
беклометазона дипропионат безводный, гентамицина сульфат, клиохинол, Клотримазол
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine, Великобритания произведено: Laboratorios Basi Industria Farmaceutica S.A.
ATX kodi:
- D07XC01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 98 ta dorixonasida topildi

ico 55 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

LOKATOP krem 30g 0,1% Pierre Fabre Medicament Production Frantsiya
145 000 s`om dan
FUNGOTERBIN krem 15g 1% Нижфарм-Stada CIS Rossiya
PANTESEPT vaginal suppozitorlar 16mg/100mg N10 Рубикон, ООО Belarusiya
99 000 s`om dan
DERILAYF krem 50g 0,05% N1 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
68 990 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DEKLOSID krem 30g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DEKLOSID

DECLOSID

Preparatning savdo nomi: Deklosid

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): beklametazon dipropionati, klotrimazol, gentamisin sulfati, klioxinol.

Dori shakli: krem

Tarkibi:

1 g preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

suvsiz beklametazon dipropionati         0,25 mg;

klotrimazol                                                 10 mg;

gentamisin sulfati                                 1 mg;

klioxinol                                                    20 mg.

yordamchi moddalar: oq yumshoq parafin, sariq suyuq parafin, setostearil spirti, setomakrogol 1000, propilenglikol, benzil spirti, xlorokrezol, natriy digidrofosfat digidrati, dinatriy gidrofosfat digidrati, tozalangan suv.

Ta‘rifi: yot zarrachalar bo‘lmagan och-jigarrang rangli bir xil krem.

Farmakoterapevtik guruhi: dermatologiyada qo‘llanadigan vosita (mahalliy ta‘sir etuvchi yallig‘lanishga qarshi vosita).

ATX kodi: D07CC04

Farmakologik xususiyatlari

Deklosid – teri kasalliklarini davolashda sirtga qo‘llanadigan majmuaviy preparat. Preparatning ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlar – beklametazon dipropionati, klotrimazol, gentamisin sulfati va klioxinol bilan bog‘liq.

Beklometazon dipropionati – sintetik glyukokortikoid bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiekssudativ, qichishishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

Klotrimazol – imidazol hosilasi hisoblanadi. Zamburug‘larning xujayra membranalari tarkibiga kiruvchi ergosterinning sintezini buzishi xisobiga antifungal ta‘sir ko‘rsatadi, bu uning xususiyatlarini o‘zgarishini chaqiradi va xujayrani parchalanishiga olib keladi. Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis, Candida albicans, Malassezia furfur (Pityrosporum obiculare) larga nisbatan faoldir. Klotrimazol, shuningdek Corynebacterium minutissimum, Strep. Spp. Staph. Spp. Trichomonas vaginalis larga nisbatan ham faoldir.

Gentamisin sulfati – suvda eruvchan, aminoglikozidlar guruhiga mansub keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan antibiotikdir, bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Bakteriyalarning xujayra membranasi orqali faol o‘tib, bakteriyalarning ribosomalari bilan qaytmas bog‘lanadi va shu bilan qo‘zg‘atuvchida oqsil sintezini susaytiradi. Grammanfiy bakteriyalar: Pseudomonas aeruginosa, E. Coli, Aerobacter aerogenes, Klebsiella spp., Proteus vulgaris; grammusbat bakteriyalar: Streptoccocus spp., Staphylococcus spp larga nisbatan faoldir.

Klioxinol antibakterial, antiseptik va zambrug‘larga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Mahalliy ta‘siri elementar yod tomonidan to‘qima oqsillarini cho‘ktirish xususiyati bilan bog‘liq.

Qo‘llanilishi

  • dermatitlar;
  • ekzema;
  • neyrodermit;
  • otomikozlar;
  • oyoq panjasi va chov soxasini epidermofitiyasi;
  • terining yiringli kasalliklari;
  • silliq terining barmoqlararo va boshqa zamburug‘li shikastlanishlarida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Deklosid kremining katta bo‘lmagan midori terining shikastlangan yuzasiga yupqa qavat qilib sutkada 2 marta qo‘yiladi. Davolash davomiyligi 2-4 haftani tashkil qiladi. Uzoq muddat davolashdan so‘ng, atrofik o‘zgarishlar yuz terisida tananing boshqa yuzalariga nisbatan ko‘proq paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak, bunday holda davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Mahalliy reaksiyalar: preparat qo‘yilgan joyda terini qizarishi, achishish va sanchilish hissi bo‘lishi mumkin (terini ta‘sirlanishi rivojlanganida preparatni bekor qilish kerak).

Bo‘lishi mumkin: allergik reaksiyalar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning tarkibiga kiruvchi komponentlarni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik;
  • teri tuberkulezi;
  • sifilisni teri ko‘rinishlari;
  • suvchechak;
  • oddiy gerpes;
  • emlashdan keyingi teri reaksiyalari;
  • ochiq jarohat yuzasiga qo‘yish;
  • 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni boshqa dori vositalari bilan klinik axamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat oftalmologiyada qo‘llanmaydi. Ko‘z sohasi terisiga qo‘yish mumkin emas.

Preparatni shikastlangan teriga va ochiq jarohatlarga qo‘yishdan saqlanish kerak.

Chidamli bakterial yoki zamburug‘li mikroflora rivojlanganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish va muvofiq davolashni buyurish kerak.

Aminoglikozid antibiotiklari bilan kesishgan rezistentlik rivojlanishi mumkin.

Uzoq muddat davomida davolanganda, preparatni asta-sekin bekor qilish kerak.

Homiladorlik va emizishda qo‘llanishi. Homiladorlikda Deklosid preparatini, ona uchun kutilgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina, qo‘llash mumkin.

Preparatning komponentlarini ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi aniqlanmagan, shuning uchun Deklosid preparati laktasiya davrida buyurilganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.

Pediatriyada qo‘llanishi. Bolalarga preparat 7 yoshdan boshlab faqat qat‘iy ko‘rsatmalar bo‘yicha va shifokorning nazorati ostida buyuriladi, chunki beklometazon bilan bog‘liq bo‘lgan tizimli nojo‘ya samaralar rivojlanishi mumkin. Deklosid katta yuzalarga qo‘llanganida, sirtga qo‘llanadigan boshqa GKS kabi, gipotalomo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimining faoliyati bostirilishi mumkin, o‘sish gormonini ekskresiyasi pasayishi, shuningdek bosh miya qon bosimini oshishi kuzatilishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: glyukokortikoidlar katta dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida giperkortisizm simptomlari (giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining faoliyatini qaytuvchi susayishi, Kushing sindromining belgilari) rivojlanishi mumkin.

Davolash: siptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun Diklosid kremi 30 g dan alyumin tubada. 1 tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DEKLOSID krem 30g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DEKLOSID krem 30g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DEKLOSID krem 30g dori vositasi World Medicine, Великобритания произведено: Laboratorios Basi Industria Farmaceutica S.A. tomonidan Portugaliya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DEKLOSID krem 30g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DEKLOSID krem 30g dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
Narh: 41 300 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9