×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DEKSTROLIF sirop 100ml 10mg/5ml

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Декстрометорфан
Ishlab chiqaruvchi:
- Life Pharma Systems LLP, Великобритания произведено: East African (India) Overseas
ATX kodi:
- R05DA09
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
ASIBROKS tabletkalari 200mg N20 Rotapharm Limited, Великобритания произведено: PharmaEstica Manufacturing OÜ Estoniya
26 000 s`om dan
RAUNATIN tabletkalari 2mg N50 Вифитех, ЗАО Rossiya
10 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DEKSTROLIF sirop 100ml 10mg/5ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DEKSTROLIF

DEXTROLIF

 

Preparatning savdo nomi: Dekstrolif

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): dektrometorfan gidrobromidi

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun sirop 10 mg/5 ml.

Tarkibi:

5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: dekstrometorfan gidrobromidi – 10 mg;

yordamchi moddalar: saxaroza, 70% sorbitol eritmasi, gliserin, propilenglikol, natriy benzoati, bronopol, neomalt, natriy saxarini, limon kislotasi monogidrati, Ponceau4® bo‘yovchisi, Malina aromatizatori, Ananas aromatizatori, tozalangan suv.

Ta‘rifi: tiniq, qizil rangli, aromat, siropsimon suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: bronxlar va o‘pka kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan dori vositalar.

ATX kodi: R05DA09.

 

Farmakologik hususiyatlari

Dekstrometorfan yo‘talga qarshi ta‘sirga ega, uzunchoq miyada joylashgan yo‘tal markazini yo‘tal reseptorlaridan keluvchi impulslarga nisbatan sezuvchanligini kamaytiradi. Natijada yo‘tal reseptorlaridan keluvchi impulslar yo‘tal refleksini (yo‘talni) chaqirmaydi. O‘rtacha darajada tinchlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Nafas markazining faoliyatini susaytirmaydi (pasaytirmaydi). Dekstrometorfan – metorfan (levorfanol) ning izomeri, kodeinni analogi hisoblanadi. Kodeindan farqli ravishda og‘riq qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatmaydi, me‘da-ichak yo‘llariga, kodeinga xos bo‘lgan nojo‘ya samaralari kamroq, o‘rganib qolishni chaqirmaydi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan so‘ng dekstrometorfan MIY dan to‘liq so‘riladi. Dekstrometorfan plazmada maksimal konsentrasiyasiga (Cmax) 2 soatdan ke yin erishadi. Dekstrometorfan jigarda biotransformasiyaga uchraydi. Dekstrometorfanning 45% gacha bo‘lgan qismi buyraklar orqali chiqariladi, bunda ayrim metabolitlarini ekskresiya ko‘rsatkichlarida ahamiyatli individual o‘zgaruvchanlik kuzatiladi.

Qo‘llanilishi

Quyidagi kasalliklarda jadal, quruq, hurujsimon yo‘talni kamaytirish uchun:

  • o‘tkir traxeitda
  • o‘tkir bronxitda;
  • pnevmoniyada, kasallikni o‘tkir davrida, quruq yo‘talda, (balg‘am ajralmaydigan yo‘tal), holdan toydiradigan, hurujsimon yo‘talda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga ovqatdan so‘ng choy qoshiq yordamida, har 4 soatda qabul qilinadi:

  • kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun bir martalik doza 2 choy qoshiqni tashkil etadi yoki o‘lchov stakanidagi “2” belgisigacha olinadi;
  • 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bir martalik doza – 0,5 choy qoshiq yoki o‘lchov stakanidagi “0,5” belgisigacha olinadi;
  • 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 1 choy qoshiq yoki o‘lchov stakanidagi “1” belgisigacha olinadi;

Qabul qilish davomiyligi faqat davolovchi shifokorning ko‘rsatmasiga muvofiq.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, qo‘zg‘aluvchanlik, AB ni pasayishi, taxikardiya, mushaklar tonusini oshishi, ataksiya bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Yuqori sezuvchanlik, preparatga nisbatan allergiya, bronxial astma, balg‘amli yo‘tal (balg‘am ajralib chiqadigan yo‘talda), ayniqsa, yo‘tal balg‘amni katta miqdorda ajralishi bilan kechganida, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayish bosqichida, me‘da-ichak yarasidan ilgari kuzatilgan qon ketishi, homiladorlik, emizish davri, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

MAO ingibitorlari (shu jumladan furazolidon, prokarbazin, selegilin) bir vaqtda qo‘llanganida adrenergik kriz, kollaps, koma, bosh aylanishi, qo‘zg‘aluvchanlik, AB ni oshishi, giperpireksiya, bosh miyaga qon quyilishi, letargiya, ko‘ngil aynishi, spazmlar, tremorni chaqirishi mumkin. Trisiklik antidepressantlar (amitriptilin va boshqalar) bilan birga qo‘llanganida serotonin sindromini chaqirishi va keyinchalik o‘limga olib kelishi mumkin. Amiodaron, fluoksetin, xinidin, sitoxrom R450 fermentlar tizimini ingibisiya qilib, qonda preparatning konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Tamaki tutuni yo‘tal refleksini ingibisiya bo‘lishi fonida bezlarni sekresiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. CYP450 ni, xinidin kabi, ba‘zi ingibitorlari uning ta‘sirini kuchaytiradilar, biroq asosan uzaytiradilar.

Maxsus ko‘rsatmalar

Jigar faoliyatini buzilishlarida dekstrometorfan ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Homiladorlikda (ayniqsa I uch oyligida) va laktasiya (emizish) davrida dekstrometorfan ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, ona uchun davolashdan kutiladigan samara homila yoki bola uchun potensial havfdan ustun bo‘lgan hollarda buyuriladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish simptomlari bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, ko‘rish o‘tkirligini xiralashishi, qorachiqlarni kengayishi, terini qurishi, bosh aylanishi, og‘izni qurishi, yutishda qiyinchilik va MNT (markaziy nerv tizimi) faoliyatini kuchayishi hisoblanadi.

Dozasi oshirib yuborilganida davolash simptomatik va tutib turuvchi bo‘lishi kerak.

Chiqarilish shakli

Sirop 100 ml dan jigarrang rangli shisha flakonda o‘lchov qalpoqchasi bilan majmuada va tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, qorong‘i va salqin joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DEKSTROLIF sirop 100ml 10mg/5ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DEKSTROLIF sirop 100ml 10mg/5ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DEKSTROLIF sirop 100ml 10mg/5ml dori vositasi Life Pharma Systems LLP, Великобритания произведено: East African (India) Overseas tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DEKSTROLIF sirop 100ml 10mg/5ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DEKSTROLIF sirop 100ml 10mg/5ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SEREKOLIN inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Sitikolin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Life Pharma Systems LLP, Великобритания произведено: East African (India) Overseas
ORNILIF tabletkalari 500mg 500 mg + 500 mg N10
SEREKOLIN tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Sitikolin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Life Pharma Systems LLP, Великобритания произведено: East African (India) Overseas
SEREKOLIN inyeksiya uchun eritma 2ml 250mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Sitikolin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Life Pharma Systems LLP, Великобритания произведено: East African (India) Overseas
LIFOLAK eritma dlya priema vnutr 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: laktuloza  ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Life Pharma Systems LLP, Великобритания произведено: East African (India) Overseas
KLOZIM suspenziya 10ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Life Pharma Systems LLP, Великобритания произведено: East African (India) Overseas
GLIMETON tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Life Pharma Systems LLP, Великобритания произведено: East African (India) Overseas
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9