×
×
  • DIAPIRID tabletkalari 2mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DIAPIRID tabletkalari 2mg N30

Kategoriya:
- Qandli diabetga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Фармак, ПАО
ATX kodi:
- A10ВВ12
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 201 ta dorixonasida topildi

ico 30 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 35 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

SITA MET tabletkalari 50mg/1000mg N28 CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd Pokiston
148 200 s`om dan
INSUFOR tabletkalari 850mg N30 Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
25 000 s`om dan
AKTRAPID suspenziya 10ml 100ME/ml Ново Нордиск А/С Daniya
GLYURENORM tabletkalari 30mg N60 BOEHRINGER INGELHEIM ELLAS, A.E. Gretsiya
122 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DIAPIRID tabletkalari 2mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DIAPIRID

DIAPIRIDE

 

Preparatning savdo nomi: Diapirid

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): glimepirid (glimepiride)

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 100% moddaga qayta hisoblanganda 2 mg yoki 3 mg yoki 4 mg glimepirid;

yordamchi moddalar:

2 mg li tabletka: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza 102, natriy kraxmalglikolyat (A tipi), povidon (25), temir (II) oksidi (Ye 172), indigokarmin (Ye 132), magniy stearati;

3 mg li tabletka: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza 102, natriy kraxmalglikolyat (A tipi), povidon (25), temir (II) oksidi (Ye 172), magniy stearati;

4 mg li tabletka: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza 102, natriy kraxmalglikolyat (A tipi), povidon (25), indigokarmin (Ye 132), magniy stearati.

Ta‘rifi:

2 mg li tabletka: och-yashil rangdan to yashil ranggacha bo‘lgan, dumaloq shaklli, yassi yuzali, qirralari kesilgan va riskali tabletkalar. Tabletkaning yuzasida dog‘lar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

3 mg li tabletka: och-sariq rangdan to sariq ranggacha bo‘lgan, dumaloq shaklli, yassi yuzali, qirralari kesilgan va riskali tabletkalar. Tabletkaning yuzasida dog‘lar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

4 mg li tabletka: och-moviy rangdan to moviy ranggacha bo‘lgan, dumaloq shaklli, yassi yuzali, qirralari kesilgan va riskali tabletkalar. Tabletkaning yuzasida dog‘lar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: Gipoglikemik vositalar, insulinlardan tashqari. Sulfonamidlar, mochevina hosilalari.

ATX kodi: A10V V12.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Glimepirid – bu peroral qabul qilinganda faol, sulfonilmochevina guruhiga mansub gipoglikemik vositadir. Uni qandli diabetning II tipida qabul qilish mumkin.

Glimepirid asosan me‘da osti bezining beta-xujayralaridan insulinni ajralib chiqishini rag‘batlantirish yo‘li orqali ta‘sir ko‘rsatadi.

Sulfonilmochevinaning boshqa preparatlari kabi bunday samara me‘da osti bezi xujayralarini glyukoza tomonidan fiziologik rag‘batlantirishga sezgirligini oshishiga asoslanadi. Bundan tashqari glimepirid yaqqol me‘da osti bezidan tashqari ta‘sir ko‘rsatadi, u shuningdek sulfonilmochevinaning boshqa preparatlari uchun ham xarakterli.

Insulinni ajralib chiqishi. Sulfonilmochevina preparatlari me‘da osti bezining beta-xujayralarining membranasida joylashgan ATF-bog‘liq kaliy kanallarini berkitish yo‘li orqali insulin sekresiyasini boshqaradi. Kaliy kanallarini berkilishi beta-xujayralar depolyarizasiyasini chaqiradi va kalsiy kanallarini ochish yo‘li orqali xujayraga kalsiy oqimini oshishiga olib keladi, bu o‘z navbatida ekzositoz yo‘li orqali insulinni ajralib chiqishiga olib keladi.

Glimepirid ATF-bog‘liq kaliy kanali bilan bog‘langan beta-xujayra membranasining oqsili bilan yuqori almashinish tezligida bog‘lanadi, lekin uni bog‘lanish joyi sulfonilmochevina preparatlarining bog‘lanish joyidan farq qiladi.

Me‘da osti bezidan tashqari faollik. Me‘da osti bezidan tashqari samaralariga masalan periferik to‘qimalarni insulinga sezgirligini yaxshilovchi va jigar tomonidan insulin utilizasiyasini kamayishi kiradi.

Periferik to‘qimalar (mushak va yog‘) tomonidan glyukozani utilizasiyasi xujayra membranasida joylashgan maxsus transport oqsillari yordamida amalga oshiriladi. Glyukozani bu to‘qimalarga tashilishi glyukozani utilizasiyasi bosqichi tezligi bilan cheklangan. Glimepirid mushak va yog‘ to‘qimalarining plazmatik membranalarida glyukozani tashuvchi faol molekulalar sonini juda tez oshiradi, bu glyukozani tutilishini rag‘batlantirishga olib keladi.

Glimepirid glikozilfosfatidilinozitolspesifik fosfolipaza S faolligini oshiradi, alohidalangan mushak va yog‘ xujayralarida u preparat tomonidan lipogenez va glikogenez bilan korrelyasiya qilishi mumkin.

Glimepirid fruktozo-2,6-bifosfatning xujayra ichidagi konsentrasiyasini oshirish yo‘li orqali jigarda glyukoza ishlab chiqarilishini susaytiradi, u o‘z navbatida glyukoneogenezni susaytiradi.

Umumiy xarakteristikalari. Sog‘lom shaxslarda minimal samarali peroral doza taxminan 0,6 mg ni tashkil qiladi. Glimepiridning ta‘siri dozaga bog‘liq va takrorlanuvchan. O‘tkir jismoniy yuklamalarga fiziologik reaksiya, ya‘ni insulin sekresiyasini kamayshi, glimepirid ta‘siri sharoitida saqlanib qoladi.

Preparatni ovqatlanishdan 30 minut oldin yoki bevosita ovqatdan oldin qabul qilinganda glimepiridning ta‘sirida ishonchli farqlar aniqlanmagan. Qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda tegishli metabolik nazorat 24 soat davomida preparatni sutkada 1 marta qabul qilganda ta‘minlangan.

Garchi gidroksilizasiyaga uchragan metaboliti sog‘lom shaxslarda qonda glyukozaning darajasini ahamiyatsiz, ammo ishonchli pasayishini chaqirsada, bu preparatning umumiy ta‘sirining faqatgina ahamiyatsiz qismidir.

Metformin bilan majmuada qo‘llanishi. Metforminning maksimal dozalari qo‘llanilganda diabet tegishli ravishda nazorat qilinmagan pasientlarda metformin bilan monoterapiyaga nisbatan glimepirid bilan yondosh davolaganda metabolik nazoratni yaxshilanishi namoyish etilgan.

Insulin bilan majmuada qo‘llanishi. Preparatni insulin bilan majmuada qo‘llanishi haqida ma‘lumotlar cheklangan. Glimepiridning maksimal dozalari qo‘llanilganda diabet tegishli ravishda nazorat qilinmagan pasientlarda insulin bilan yondosh davolash boshlanishi mumkin. Bu majmua tufayli insulin bilan monoterapiyadagidek metabolik nazoratni yaxshilanishiga erishilgan; lekin majmuaviy davolaganda insulinning pastroq o‘rtacha dozasi talab etiladi.

Pasientlarning alohida guruhlari.

Bolalar, shu jumladan o‘smirlar. Faol nazoratli 24-xaftalik klinik tadqiqotda (glimepirid sutkada 8 mg gacha yoki metformin sutkada 2000 mg gacha dozada) glimepirid ham, metformin ham dastlabki ko‘rsatkichga nisbatan HbA1c ni ishonchli pasayishiga olib kelgan (glimepirid – 0,95 (SP 0,41); metformin – 1,39 (SP 0,40)). Lekin glimepirid uchun dastlabki ko‘rsatkichga nisbatan HbA1c ning o‘rtacha o‘zgarishi nuqtai nazardan metforminga nisbatan yuqori samaradorligi namoyish etilgan. Davolashning ikkala turi orasidagi farq metformin foydasiga 0,44% ni tashkil qilgan. Ushbu farq uchun (1,05) 95% ishonch intervalining yuqori chegarasi kamroq samaradorlikning kamida 0,3% ni tashkil qilgan.

Glimepirid bilan davolash natijalariga ko‘ra qandli diabetning II tipi bo‘lgan kattalarga nisbatan bolalarda hech qanday yangi muammolar aniqlanmagan. Bolalardagi uzoq muddatli samaradorligi va xavfsizligi haqidagi ma‘lumotlar yo‘q.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi. Peroral qabul qilingandan keyin glimepirid 100% biokiraolishlikka ega. Ovqat qabul qilish so‘rilishga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi, faqatgina so‘rilish tezligi biroz pasayadi. Qon zardobidagi preparatning maksimal konsentrasiyasi (Cmax) ga preparatni peroral qabul qilingandan keyin taxminan 2,5 soat o‘tgach erishiladi (4 mg ko‘p martalik sutkalik dozada o‘rtacha ko‘rsatkich 0,3 mkg/ml ni tashkil qiladi). Doza va Cmax, shuningdek doza va AUC (“konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon) orasida proporsional bog‘liqlik mavjud.

Taqsimlanishi. Glimepirid past taqsimlanish xajmiga (taxminan 8,8 l) ega, bu albuminni taqsimlanish xajmiga tenglashadi, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi yuqori (99% dan yuqori) va past klirensga (minutiga taxminan 48 ml) ega.

Hayvonlarda glimepirid ko‘krak sutiga kiradi. Glimepirid yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Gematoensefalik to‘siq orqali o‘tishi past.

Biotransformasiyasi va chiqarilishi. Preparatning qon plazmasidagi ko‘p marta dozalash tartibidagi konsentrasiyasida o‘rtacha asosiy yarim chiqarilish davri 5 dan 8 soatgachani tashkil qiladi. Yuqori dozalar qabul qilingandan keyin yarim chiqarilish davrini ahamiyatsiz oshishi kuzatilgan.

Radiofaol izotop bilan nishonlangan glimepiridning bir martalik dozasi qabul qilingandan keyin radiofaol moddaning 58% siydikda va 35% – axlatda aniqlangan. Siydikda o‘zgarmagan modda aniqlanmagan. Siydikda va axlatda ikkita metabolit aniqlanadi, ular jigarda (asosiy ferment CYP2C9) metabolizmi natijasida hosil bo‘ladi, ularning biri gidroksi-hosila, boshqasi – karboksi-hosila bo‘lib hisoblanadi. Glimepiridni peroral qabul qilgandan keyin bu metabolitlarning terminal yarim chiqarilish davri muvofiq ravishda 3 soatdan 6 soatgacha va 5 soatdan 6 soatgachani tashkil qiladi.

Preparatni ko‘p marta va sutkada 1 marta ko‘p marta qabul qilingandan keyin farmakokinetikasini taqqoslash ishonchli farqlarni aniqlamadi. Individlar orasidagi o‘zgaruvchanlik juda past bo‘lgan. Muhim ahamiyatga ega to‘planishi kuzatilmagan.

Pasientlarning alohida guruhlari.

Erkak va ayollarda, shuningdek yosh va keksa (65 yoshdan oshgan) shaxslarda farmakokinetik ko‘rsatkichlar bir xil bo‘lgan. Kreatinin klirensi pasaygan pasientlarda glimepiridning klirensini oshishiga va uning qon plazmasidagi o‘rtacha konsentrasiyasini pasayishiga moyillik kuzatiladi, bu ehtimol oqsillar bilan past darajada bog‘lanishi oqibatida tez chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ikkala metabolitlarni buyrak oqrali chiqarilishi izdan chiqqan. Umuman olgan bu pasientlarda preparatni to‘planishining qo‘shimcha xavfi kutilmaydi.

O‘t chiqarish yo‘llarida jarroxlik aralashuvlari o‘tkazilgan pasientlarda farmakokinetik ko‘rsatkichlar sog‘lom ko‘ngillilardagiga o‘xshash bo‘lgan.

Bolalar, shu jumladan o‘smirlar. Qandli diabetning II tipi bo‘lgan bolalarda to‘q qoringa 1 mg glimepiridni bir marta qabul qilgandan keyin farmakokinetika, xavfsizlik va o‘zlashtiraolishi tadqiqotlari AUC(0-last), Cmax va t1/2 ning o‘rtacha ko‘rsatkichlari avval sog‘lom shaxslarda kuzatilganiga o‘xshash bo‘lishini namoyish qilgan.

Xavfsizligi bo‘yicha klinik oldi ma‘lumotlari. Klinik oldi tadqiqotlari vaqtida kuzatilgan samaralar odamda maksimal ekspozisiya darajasidan ancha yuqori darajadagi ekspozisiyada yuzaga kelgan, bu ularni klinik amaliyot uchun muhim emasligini namoyon qiladi yoki preparatning farmakodinamik ta‘siri (gipoglikemiya) bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu natijalar xavfsizlik bo‘yicha an‘anaviy farmakologik tadqiqotlar, takroriy yuborilganda toksiklik bo‘yicha tadqiqotlar, genotoksiklik bo‘yicha test, onkogen potensial va reproduktiv toksiklik bo‘yicha olingan. Reproduktiv toksiklik jarayonida (embriotoksik, teratogenlik va organizmning rivojlanishiga toksik ta‘sirini o‘z ichiga oluvchi) aniqlangan nojo‘ya samaralar urg‘ochilar va bolalarida preparat chaqirgan gipoglikemik samaralarning oqibati deb hisoblangan.

Qo‘llanilishi

Agar qonda qand darajasini faqat parhez, jismoniy mashqlar va tana vaznini kamaytirish mumkin bo‘lmaganda kattalarda qandli diabetning II tipida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Diabetni muvaffaqiyatli davolash bemor tomonidan ovqatlanish rasioni, muntazam jismoniy faollik, shuningdek qonda va siydikda glyukozaning darajasini doimiy nazorat qilishga rioya qilishiga bog‘liq. Bemor tomonidan parhezga rioya qilmaslik tabletka yoki insulinni qabul qilish bilan kompensasiya qilinishi mumkin emas.

Dozalash qonda va siydikda glyukozaning darajasini tahlil natijalariga bog‘liq.

Boshlang‘ich doza sutkada 1 mg (2 mg li ½ tabletkani) glimepiridni tashkil qiladi. Agar shunday doza kasallikni nazorat qilishga erishish imkonini bersa, uni samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun qo‘llash kerak.

Agar glikemik nazorat optimal bo‘lmasa, dozani sutkada 2, 3 yoki 4 mg glimepiridgacha asta-sekin (1-2 hafta intervallar bilan) oshirish kerak.

Sutkada 4 mg dan ortiq doza faqat ayrim hollarda yaxshi natija beradi. Maksimal tavsiya etilgan doza – sutkada 6 mg Diapirid preparatini tashkil qiladi.

Agar metforminning maksimal sutkalik dozasi yetarli darajada glikemik nazoratni ta‘minlamasa, pasientni glimepirid bilan yondosh davolashni boshlash mumkin.

Metforminning dastlabki dozasiga rioya qiling, glimepiridni qabul qilishni kutilgan metabolik nazorat darajasiga mo‘ljallab, past dozadan boshlash kerak.

Majmuaviy davolashni shifokorning sinchkov kuzatuvi ostida olib borish kerak.

Agar Diapirid preparatining maksimal sutkalik dozasi yetarli darajada glikemik nazoratni ta‘minlamasa, zarurati bo‘lganida insulin bilan yondosh davolashni boshlash mumkin. Glimepiridning dastlabki dozasiga rioya qiling, insulin bilan davolashni kutilgan metabolik nazorat darajasiga mo‘ljallab, past dozadan boshlash kerak.

Majmuaviy davolashni shifokorning sinchkov kuzatuvi ostida olib borish kerak.

Odatda sutkada glimepiridning bitta dozasi yetarli bo‘ladi. Uni ovqatdan oldin yoki nonushta vaqtida yoki agar nonushta bo‘lmasa birinchi asosiy ovqat qabul qilishdan oldin yoki qabul qilish vaqtida qo‘llash tavsiya etiladi. Preparatni qo‘llashdagi hatolar, masalan navbatdagi dozani qabul qilishni unutishni hech qachon dozani oshirib qabul qilish bilan to‘g‘rilash mumkin emas. Tabletkani chaynamasdan suyuqlik bilan qabul qilish kerak.

Agar bemorda sutkada 1 mg dozada glimepiridni qabul qilishga gipoglikemik reaksiya kuzatilsa, bu qandli diabet faqat parhezga rioya qilish bilan nazorat qilinishi mumkinligidan dalolat beradi.

Diabetni nazorat qilishni yaxshilanishi insulinga sezgirlikni oshishi bilan kechadi, shuning uchun davolash kursi vaqtida glimepiridga bo‘lgan ehtiyoj kamayishi mumkin. Gipoglikemiyadan saqlanish maqsadida dozani asta-sekin kamaytirish yoki davolashni umuman to‘xtatish kerak. Shuningdek agar bemorda tana vazni yoki hayot tarzi o‘zgarsa yoki gipo- yoki giperglikemiya xavfini oshiruvchi boshqa omillar ta‘sir ko‘rsatsa dozalashni qayta ko‘rib chiqish zarur bo‘lishi mumkin.

Peroral gipoglikemik vositalardan Diapirid preparatiga o‘tish.

Odatda boshqa peroral gipoglikemik vositalardan Diapiridga o‘tishni amalga oshirish mumkin. Bunday o‘tish vaqtida dastlabki vositaning kuchi va yarim chiqarilish davrini e‘tiborga olish kerak. Ayrim hollarda, ayniqsa agar diabetga qarshi preparat davomli yarim chiqarilish davriga ega bo‘lsa (masalan xlorpropamid), Diapiridni qabul qilishni boshlashdan oldin bir necha kun kutish tavsiya etiladi. Bu ikkala vositalarning additiv ta‘siri oqibatida gipoglikemik reaksiyalarning xavfini kamaytirish imkonini beradi.

Tavsiya etilgan boshlang‘ich doza – sutkada 1 mg glimepiridni tashkil etadi. Yuqorida ta‘riflanganidek doza preparatga reaksiyaga qarab asta-sekin oshirilishi mumkin.

Insulindan Diapirid preparatiga o‘tish.

Ayrim hollarda insulin qabul qilayotgan qandli diabetning II tipi bo‘lgan bemorlarda uni Diapiridga almashtirish talab etilishi mumkin. Bunday o‘tishni shifokorning sinchkov kuzatuvi ostida amalga oshirish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Qon va limfatik tizim tomonidan: trombositopeniya, trombositopenik purpura, leykopeniya, granulositopeniya, agranulositoz, eritropeniya, gemolitik anemiya va pansitopeniya, odatda preparat bekor qilingandan keyin qaytuvchan.

Immun tizimi tomonidan: leykositoklastik vaskulit, o‘ta yuqori sezuvchanlikning o‘rtacha reaksiyalari, ular hansirash, arterial bosimni pasayishi va ayrim hollarda shok bilan kechuvchi og‘ir shakllargacha avj olishi mumkin, sulfonilmochevina, sulfonamidlar yoki yaqin moddalar bilan kesishgan allergiya.

Metabolik va alimentar buzilishlar: gipoglikemiya. Bunday gipoglikemik reaksiyalar asosan darhol yuzaga keladi, og‘ir bo‘lishi va har doim ham oson muvofiqlashtirilmasligi mumkin. Boshqa gipoglikemik vositalar bilan davolagandagi kabi bunday reaksiyalarni yuzaga kelishi ovqatlanishdagi odatlar va dozalar kabi individiual omillarga bog‘liq (to‘liqroq “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Gipoglikemiya xurujining klinik manzarasi insultning  klinik manzarasiga o‘xshash bo‘ladi.

Ko‘rish a‘zosi tomonida: qonda glyukozaning darajasini o‘zgarishi bilan bog‘liq ko‘rishni tranzitor buzilishlari, ayniqsa davolashni boshida.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘irlik va diskomfort hissi, qorinda og‘riq, ular kam hollarda davolashni to‘xtatishni talab etadi.

Gepatobiliar buzilishlar: jigar fermentlari darajasini oshishi, jigar funksiyasini buzilishi (masalan xolestaz yoki sariqlik), gepatit va jigar yetishmovchiligi.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: allergik va soxta allergik reaksiyalar, shu jumladan chiqishish, toshma, eshakemi va yorug‘likka sezuvchanlik yuzaga kelishi mumkin.

Laborator ko‘rsatkichlar: qon zardobida natriyning darajasini pasayishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Diapirid insulinga qaram qandli diabetning I tipini, diabetik ketoasidoz, diabetik komani davolash uchun mo‘ljallanmagan. Buyrak yoki jigar funksiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda preparatni qo‘llash mumkin emas. Buyrak yoki jigar funksiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lganida pasientni insulinga o‘tkazish kerak.

Glimepiridga yoki preparatning tarkibiga kiruvchi har qanday yordamchi ingredientlarga, sulfonilmochevina hosilalariga yoki boshqa sulfanilamid preparatlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda Diapiridni qo‘llash mumkin emas (yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanishi xavfi).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Diapirid preparatini ma‘lum dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash glimepiridning gipoglikemik ta‘sirini susaytirishi ham, kuchaytirishi ham mumkin. Shuning uchun boshqa preparatlarni shifokor roziligi (yoki ko‘rsatmasi) bo‘yicha qabul qilish kerak. Glimepirid sitoxrom P450 2C9 (CYP2C9) yordamida metabolizmga uchraydi. CYP2C9 induktorlari (masalan rifampisin) yoki ingibitorlari (masalan flukonazol) bilan bir vaqtda qabul qilish oqibatida bu metabolizm o‘zgarishi mumkinligi ma‘lum. In vivo sharoitida o‘tkazilgan tadqiqotlar CYP2C9 ning eng kuchli ingibitorlaridan biri bo‘lgan flukonazol glimepiridning AUC ni taxminan ikki marta oshiradi. O‘zaro ta‘sirning bu tipini mavjudligi haqida Diapirid va sulfonilmochevinaning boshqa hosilalarini qo‘llash tajribasi dalolat beradi.

Qonda glyukoza darajasini pasaytirish samarasini potensiyasi, shu orqali ayrim hollarda gipoglikemiya glimepiridni quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilganda kuzatilishi mumkin: fenilbutazon, azapropazon va oksifenbutazon, sulfinpirazon, insulin va peroral diabetga qarshi preparatlar, ayrim uzoq ta‘sirga ega sulfonamidlar, metformin, tetrasiklinlar, salisilatlar va papa-aminosalisil kislotasi, MAO ingibitorlari, anabolik steroidlar va erkaklar jinsiy gormonlari,  xinolon antibiotiklari va klaritromisin, xloramfenikol, probenesid, kumarin antikoagulyantlari, mikonazol, fenfluramin, dizopiramid, pentoksifillin (yuqori dozalari parenteral), fibratlar, tritokvalin, AAF ingibitorlari, flukonazol, fluoksetin, allopurinol, simpatolitiklar, siklo-, tro- va  ifosfamidlar.

Qonda glyukoza darajasini pasaytirish samarasini susayishi va muvofiq ravishda bu darajasini oshishi quyidagi dori preparatlarini bir vaqtda qabul qilganda kuzatilishi mumkin: estrogenlar va progestagenlar;  saluretiklar, tiazid diuretiklar; qalqonsimon bezi funksiyasini rag‘batlantiruvchi preparatlar, glyukokortikoidlar; fenotiazin hosilalari, xlorpromazin; adrenalin va simpatomimetiklar;  nikotin kislotasi (yuqori dozlari) va uning hosilalari; surgi vositalari (uzoq vaqt qo‘llash); fenitoin, diazoksid; glyukagon, barbituratlar va rifampisin; asetozolamid.

H2-reseptorlari antagonistlari, beta-blokatorlar, klonidin va rezerpin qonda glyukoza darajasini pasaytirish samarasini kuchayishiga ham, susayishiga ham olib kelishi mumkin.

Beta-blokatorlar, klonidin, guanetidin va rezerpin kabi simpatolitiklar ta‘siri ostida gipoglikemiyani adrenergik qaytuvchan boshqarilishi ko‘rinishlari kamayishi yoki bartaraf etilishi mumkin.

Alkogolni iste‘mol qilish glimepiridning gipoglikemik ta‘sirini oldindan bilib bo‘lmaydigan darajada kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin.

Glimepirid kumarin hosilalarining ta‘sirini oshirishi ham, kamaytirishi ham mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Diapiridni ovqatdan oldin yoki ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak.

Davolashning birinchi xaftasida gipoglikemiyaning yuqori xavfi mavjud bo‘lishi mumkin, shuning uchun sinchkovlik bilan kuzatuvni olib borish kerak.

Muntazam ovqatlanmaganda yoki ovqatlanishni o‘tkazib yuborgan hollarda Diapirid bilan davolash gipoglikemiya chaqirishi mumkin. Gipoglikemiyaning kuzatilishi mumkin bo‘lgan simptomlari bosh og‘rig‘i, kuchli ochlik hissi, ko‘ngil aynishi, qusish, yuqori toliqish, apatiya, uyquchanlik, uyquni buzilishi, harakat faolligini oshishi, tajavuzkorlik, diqqatni jamlashni buzilishi, xavotirlik va reaksiya vaqtini kechikishi, depressiv holat, ongni chalkashishi, nutqni buzilishi va ko‘rishni buzilishi, afaziya, tremor, parez, sensor buzilishlar, bosh aylanishi, nochorlik, o‘zni nazorat qilishni yo‘qolishi, deliriy, markaziy genezli tirishishlar, uyquchanlik va hatto komagacha hushdan ketish, yuzaki nafas va bradikardiyani o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari terlash, sovuq va nam teri, xavotirlik, taxikardiya, arterial gipertenziya, yurak urishini kuchayishi, stenokardiya va yurak aritmiyalari kabi adrenergik kontrregulyasiyani belgilari kuzatilishi mumkin.

Gipoglikemiyaning og‘ir xurujining klinik manzarasi insultning klinik manzarasiga o‘xshash bo‘ladi.

Gipoglikemiya simptomlarini deyarli har doim uglevodlarni (qand) darhol qabul qilish bilan bartaraf etish mumkin. Sun‘iy shirinlashtiruvchi vositalar samarasiz.

Sulfonilmochevinaning boshqa hosilalarini qo‘llash tajribasidan ma‘lumki, gipoglikemiyani bartaraf etish bo‘yicha boshlang‘ich choralarga qaramasdan u yana takroran yuzaga kelishi mumkin. Qandning odatdagi miqdori bilan vaqtincha bartaraf etiluvchi og‘ir yoki davomli gipoglikemiya darhol davolashni, ayrim hollarda – gospitalizasiyani talab etadi.

Gipoglikemiya rivojlanishiga olib keluvchi omillarga quyidagilar kiradi:

  • pasientni shifokor bilan hamkorlik qilmasligi yoki (ayniqsa keksa yoshda) qilaolmasligi;
  • to‘liq ovqatlanmaslik, muntazam ovqatlanmaslik yoki ovqat qabul qilishni o‘tkazib yuborish, och qolish davri;
  • parhezni buzish;
  • jismoniy yuklama va uglevodlarni qabul qilishni mos kelmasligi;
  • alkogolni iste‘mol qilish, ayniqsa ovqat qabul qilishni o‘tkazib yuborish bilan birga;
  • buyrak funksiyasini buzilishi;
  • jigar funksiyasini og‘ir buzilishi;
  • Diapirid preparati dozasini oshirib yuborilishi
  • uglevod almashinuvi yoki gipoglikemiya kontrregulyasiyasiga ta‘sir ko‘rsatuvchi ayrim dekompensasiyalangan endokrin kasalliklar (masalan qalqonsimon bezi funksiyasini ayrim buzilishlari va gipofizning old qismi yoki buyrak usti bezi po‘stloq qismini yetishmovchiligi);
  • ayrim boshqa dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Diapirid preparati bilan davolash qonda va siydikda glyukoza darajasini muntazam nazorat qilishni talab etadi. Bundan tashqari glyukoza molekulasi bilan birikkan gemoglobin darajasini aniqlash tavsiya etiladi.

Diapirid preparati bilan davolash vaqtida jigar funksiyasi ko‘rsatkichlari va gematologik ko‘rsatkichlarni (ayniqsa leykositlar va trombositlar darajasini) muntazam nazorat qilish kerak.

Stress holatlarida (masalan jarohat, rejalashtirilmagan jarroxlik aralashuvlari, tana haroratini oshishi bilan kechuvchi infeksiyalar) pasientni vaqtincha insulinga o‘tkazish talab etilishi mumkin.

Jigar funksiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda yoki dializda bo‘lgan pasientlarda Diapirid preparatini qo‘llash tajribasi yo‘q. Buyrak yoki jigarn funksiyasini og‘ir buzilishi bo‘lgan pasientlarni insulinga o‘tkazish kerak. Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan pasientlarni sulfonilmochevina preparatlari bilan davolash gemolitik anemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Glimepirid sulfonilmochevina preparatlari sinfiga mansubligi tufayli, uni glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Ularga sulfonilmochevina saqlamaydigan muqobil preparatlarni buyurish kerak.

Diapirid laktoza monogidrati saqlaydi. Galaktozani kam uchraydigan nasliy o‘zlashtiraolmasligi, Lapp laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani so‘rilishini buzilishi bo‘lgan pasientlar bu preparatni qabul qilmasliklari kerak.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik.

Diabet bilan bog‘liq xavf. Homiladorlik davrida qonda glyukoza darajasini normal darajalardan og‘ishi tug‘ma rivojlanish nuqsonlari va perinatal o‘lim ehtimolini oshishining sababi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun teratogen xavfdan saqlanish uchun homilador ayol qonida glyukozaning darajasini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.

Qandli diabeti bo‘lgan homilador ayol insulinga o‘tkazilishi kerak. Qandli diabeti bo‘lgan ayollar davolashni muvofiqlashtirish va insulinga o‘tish uchun rejalashtirilgan homiladorlik haqida shifokorini ogohlantirishi kerak.

Glimepirid bilan bog‘liq xavf. Homilador ayollarda glimepiridni qo‘llash haqida ma‘lumotlar yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, preparat ehtimol glimepiridning farmakologik ta‘siri (gipoglikemiya) bilan bog‘liq reproduktiv toksiklikka ega. Shuning uchun homiladorlik vaqtida ayolda glimepiridni qo‘llash mumkin emas. Agar glimepirid qabul qilayotgan pasient homiladorlikni rejalashtirsa yoki homilador bo‘lsa, uni iloji boricha tezroq insulin bilan davolashga o‘tkazish kerak.

Emizish davri.

Diapirid preparatini ko‘krak suti bilan bola organizmiga tushishi va unga salbiy ta‘siridan saqlanish uchun bu preparatni ayollar laktasiya davrida qabul qilmasliklari kerak. Agar zarurati bo‘lsa, pasient insulinni qo‘llashga o‘tishi yoki emizishdan to‘liq voz kechishi kerak.

Bolalar

Bolalarda preparatning xavfsizligi va samaradorligi yuzasidan ma‘lumotlar yetarli emas, shuning uchun uni bu toifadagi pasientlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarganda reaksiya tezligiga ta‘sir ko‘rsatish qobiliyati

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga preparatning ta‘sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Gipoglikemiya yoki giperglikemiya oqibatida yoki masalan ko‘zrishni yomonlashishi oqibatida diqqatni jamlash qobiliyati va reaksiya tezg‘ligi pasayishi mumkin. Bu ushbu qobiliyat muhim bo‘lgan holatlarda (masalan avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash) xavf tug‘dirishi mumkin.

Pasientlarni transport vositalarini boshqarish vaqtida o‘zlarida gipoglikemiya rivojlanishiga yo‘l qo‘ymasliklari kerakligi haqida ogohlantirish kerak. Bu ayniqsa o‘zlarida gipoglikemiyaning darakchi-simptomlarini yomon yoki umuman aniqlay olmaydiganva gipoglikemiya xurujlari tez-tez kuzatiladigan shaxslarga taalluqli. Bunday holatlarda avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlan bilash ishlash zarurligini jiddiy baholash kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin, u 12 soatdan 72 soatgacha davom etishi mumkin va birinchi yaxshilanishdan keyin takroran paydo bo‘lishi mumkin. Simptomlar preparat so‘rilgandan keyin 24 soat o‘tgach paydo bo‘lishi mumkin. Odatda bunday bemorlarni uchun klinikada kuzatish tavsiya etiladi. Ko‘ngil aynishi, qusish va epigastral sohada og‘riq yuzaga kelishi mumkin. Gipoglikemiya ko‘pincha bezovtalik, tremor, ko‘rishni buzilishi, koordinasiyani buzilishi, uyquchanlik, koma va tirishishlar kai nevrologik simptomlar bilan kechishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishini davolash. Davolash birinchi navbatda preparatni so‘rilishiga to‘sqinlik qilishdan iborati. Buning uchun qusishni chaqirish, so‘ngra faollashtirilgan ko‘mir (adsorbent) va natriy sulfati (surgi vosita) bilan suv yoki limonad ichish kerak. Agar glimepirid ko‘p miqdorda qabul qilingan bo‘lsa, me‘dani yuvish, undan keyin – faollashtirilgan ko‘mir va natriy sulfatini qo‘llash ko‘rsatilgan. Og‘ir dozani oshirib yuborilishida reanimasiya bo‘limiga gospitalizasiya qilish kerak. Iloji boricha tezroq glyukozani yuborishni boshlash kerak: zarurati bo‘lganida – 50 ml 50% li eritma bir martalik vena ichiga in‘eksiyasi, keyinchalik qonda glyukozaning darajasini nazorat qilib 10% li eritmani yuborish. Keyingi davolash – simptomatik.

Diapirid preparatini to‘satdan qabul qilish chaqirgan gipoglikemiyani davolaganda, chaqaloqlar va kichik yoshdagi bolalarda glyukozaning dozasiga xavfli giperglikemiya yuzaga kelishi mumkinligini hisobga olib sinchkovlik bilan tuzatish kiritish kerak, uning nazoratini esa qonda glyukozaning darajasini diqqat bilan kuzatish yo‘li orqali amalga oshirish kerak.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda. 3 yoki 6 blister qutida.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DIAPIRID tabletkalari 2mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DIAPIRID tabletkalari 2mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DIAPIRID tabletkalari 2mg N30 dori vositasi Фармак, ПАО tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DIAPIRID tabletkalari 2mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DIAPIRID tabletkalari 2mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
DIAFORMIN tabletkalari 500mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
DIALIPON TURBO infuziya uchun eritma 50ml 1,2% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 43 800 so'mdan Batafsil
GIDROKORTIZONA ASETAT suspenziya 2ml 2,5% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
TAUFON ko'z tomchilari 10ml 40mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 2 400 so'mdan Batafsil
REVMOKSIKAM tabletkalari 15mg N10
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
PIKOLAKS tomchilar oralnie 30ml 0,75%
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
PIKOLAKS tomchilar oralnie 15ml 0,75%
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
LIRA inyeksiya uchun eritma 1000mg/4ml N5
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
LIRA inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5
Narh: 78 400 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
ANTRAL tabletkalari 0,2g N30
Narh: 57 000 so'mdan Batafsil
ANTRAL tabletkalari 0,1g N30
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
SULFASIL tomchilar 10ml 200mg/ml N1
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
SULFASIL tomchilar 10ml 300mg/ml N1
Narh: 5 200 so'mdan Batafsil
FARMAZOLIN tomchilar 10ml 0,1%
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
FARMAZOLIN tomchilar 10ml 0,05%
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 300 so'mdan Batafsil
Narh: 15 300 so'mdan Batafsil
VESTINORM tabletkalari 24mg N30
Narh: 81 000 so'mdan Batafsil
VESTINORM tabletkalari 16mg N30
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
LIRA eritma 30ml 100mg/ml
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 700 so'mdan Batafsil
FARMADIPIN tomchilar 5ml 2%
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
FARMADIPIN tomchilar 25ml 2%
Narh: 31 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9