×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DIBIKOR 0,25 tabletkalari N60

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
- ПИК-ФАРМА ЛЕК, ООО
ATX kodi:
- C01EB
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
BOYARISHNIKA nastoyka 25ml Ziyo Nur Farm ЧП O'zbekiston
750 s`om dan
KORDARON tabletkalari 200mg N30 Sanofi-Aventis Groupe, Франция произведено: Chinoin Pharmaceutical & Chemical Works Private Co. Ltd Vengriya
54 000 s`om dan
VALODIP tabletkalari 10mg/160mg N28 KRKA-Рус, ООО Rossiya
139 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DIBIKOR 0,25 tabletkalari N60 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DIBIKOR

DIBIKOR

Preparatning savdo nomi: Dibikor

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): taurin

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: taurin 250 mg;

yordamchi moddalar: 23 mg mikrokristall sellyuloza, 18 mg kartoshka kraxmali, 6 mg jelatin, 0,3 mg kolloid kremniy dioksidi (aerosil), 2,7 mg kalsiy stearati.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, yassisilindrik, riska va faskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: metabolik vositalar.

ATX kodi: S01YeV.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Taurin oltingugurt saqlovchi aminokislotalar: sistein, sisteamin, metionin almashinuvining tabiiy mahsulotidir. Taurin osmoregulyator va membranoprotektorlik xususiyatlarga ega, hujayralarning membranalarini fosfolipid tarkibiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, hujayralarda kalsiy va kaliy ionlarining almashinuvini me‘yorlashtiradi. Taurinda tormozlovchi neyromediatorning xususiyatlari aniqlangan, u stressga qarshi ta‘sirga ega, GAMK, adrenalin, prolaktin va boshqa gormonlarning ajralib chiqishini yo‘lga solishi, shuningdek ularga bo‘lgan javobni boshqarishi mumkin. Mitoxondriyalarda xujayralar nafasi kimyoviy zanjiridagi oqsil sintezida ishtirok etib, taurin oksidlanish jarayonlarini boshqaradi va antioksidantlik xususiyatlarini namoyon etadi, turli ksenobiotiklarning metabolizmida ishtirok etuvchi sitoxromlar kabi fermentlarga ta‘sir etadi.

Dibikor yurakda, jigarda va boshqa a‘zolar va to‘qimalarda metabolik jarayonlarni yaxshilaydi. Jigarning surunkali diffuz kasalliklarida Dibikor qon oqimini oshiradi va sitolizning yaqqolligini kamaytiradi. Yurak-qon tomir yetishmovchiligida (YUQTE) Dibikor preparati bilan davolash katta va kichik qon aylanish doirasida dimlanish ko‘rinishlarini kamayishiga olib keladi: yurak ichidagi diastolik bosim pasayadi, miokardning qisqaruvchanligi (qisqarish va bo‘shashishning maksimal tezligi, qisqaruvchanlik va relaksasiyaning indekslari) oshadi. Preparat arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda arterial bosim (AB) ni o‘rtacha pasaytiradi va past AB yurak-qon tomir yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda uning darajasiga deyarli ta‘sir qilmaydi. Dibikor yurak glikozidlari va «sekin» kalsiy kanallari blokatorlarining dozasi oshirib yuborilganida paydo bo‘ladigan nojo‘ya ta‘sirlarni kamaytiradi; zamburug‘larga qarshi preparatlarning gepatotoksikligini kasaytiradi. Og‘ir jismoniy yuklamalarda ish qobiliyatini oshiradi.

Qandli diabetda Dibikor qabul qilish boshlanganidan so‘ng taxminan 2 haftadan keyin qonda qandning miqdori kamayadi. Shuningdek trigliseridlarning konsentrasiyasini ahamiyatli, kamroq darajada – xolesterin konsentrasiyasini kamayishi, plazma lipidlarining aterogenligini kamayishi kuzatilgan. Preparat uzoq vaqt qo‘llanganida (taxminan 6 oy) ko‘zning mikrosirkulyar qon oqimini yaxshilanishi qayd etilgan.

Farmakokinetikasi

500 mg preparat bir marta qabul qilinganidan so‘ng ta‘sir qiluvchi modda taurin qonda 15-20 minutdan keyin aniqlanadi, 1,5-2,0 soatdan keyin maksimumiga yetadi. Preparat bir sutkadan so‘ng to‘liq chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • turli etiologiyali yurak-tomir yetishmovchiligi;
  • yurak glikozidlari chaqirgan intoksikasiya;
  • 1 tip qandli diabet;
  • 2 tip qandli diabet, shu jumladan o‘rtacha giperxolesterinemiya;
  • zamburug‘larga qarshi preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda gepatoprotektor sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Yurak yetishmovchiligida preparat ichga 250-500 mg (1-2 tabletka) dan kuniga 2 marta, ovqatdan 20 minut oldin qabul qilinadi, davolash kursi – 30 kun. Doza sutkada 2-3 (8-12 tabletka) gacha oshirilishi yoki bir qabulga 125 mg gacha (1/2 tabletka) gacha kamaytirilishi mumkin.

Yurak glikozidlari intoksikasiyasida – sutkada kamida 750 mg (3 tabletka).

1 tip qandli diabetda – 500 mg (2 tabletka) dan kuniga 2 marta insulinoterapiya bilan birga 3-6 oy davomida.

2 tip qandli diabetda – monoterapiya sifatida yoki tabletka shaklidagi boshqa qandni pasaytiruvchi vositalar bilan birga 500 mg (2 tabletka) dan kuniga 2 marta.

2 tip qandli diabetda, shu jumladan o‘rtacha giperxolesterinemiya bilan – 500 mg               (2 tabletka) dan kuniga 2 marta, kursning davomiyligi – shifokor tavsiyasi bo‘yicha.

Gepatoprotektor sifatida – zamburug‘larga qarshi preparatni qabul qilish kursi davomida 500 mg (2 tabletka) dan sutkada 2 marta.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlik. 18 yoshgacha bo‘lganlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dibikor boshqa dori vositalari bilan qo‘llanishi mumkin; yurak glikozidlarining inotrop samarasini kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Dibikorni qabul qilish fonida, pasientlarning yurak glikozidlariga sezuvchanligiga qarab, yurak glikozidlarining dozasini ba‘zida 2 marta kamaytirish kerak. Bu qoida «sekin» kalsiy kanallarining blokatorlariga ham taalluqlidir.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Ma‘lumotlar yo‘q.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 250 mg dan. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 6 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DIBIKOR 0,25 tabletkalari N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DIBIKOR 0,25 tabletkalari N60 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DIBIKOR 0,25 tabletkalari N60 dori vositasi ПИК-ФАРМА ЛЕК, ООО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DIBIKOR 0,25 tabletkalari N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DIBIKOR 0,25 tabletkalari N60 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
TAUFON JL ko'z tomchilari 10ml 4%
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
TAUMED NEO inyeksiya uchun eritma 1ml 4% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Таурин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО Узбекистан для Aseptica, ООО
  • Vakil: Aseptica
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
TAURIN AKOS ko'z tomchilari 5ml 4%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Таурин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
TAUMED ko'z tomchilari 10ml 4%
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
BESTOKSOL ko'z tomchilari 10ml 4%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Таурин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Narh: 39 200 so'mdan Batafsil
TAUFON ko'z tomchilari 10ml 4%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Таурин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: MEDIOFARM, ООО
Narh: 3 700 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
PANTOGAM AKTIV kapsulalar 0,3g N60
Narh: 135 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9