×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DOLAREN inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
диклофенак натрий
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Наброс Фарма Пвт Лтд
Vakil:
- Healthcare Business MChJ
ATX kodi:
- M01AB05
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

LORNADO tabletkalari 8mg N10 Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
50 400 s`om dan
TEKSIVEL poroshok 20mg N1 Arena Group S.A. Ruminiya
45 000 s`om dan
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom apelsina 150ml 100mg/5ml Рекитт Бенкизер Хелскэр (Великобритания) Лимитед Buyuk Britaniya
54 000 s`om dan
DIKLOBRAUN inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5 Brawn Laboratories Limited Hindiston
27 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DOLAREN inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DOLAREN

DOLAREN

 

Preparatning savdo nomi: Dolaren

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Diklofenak natriy.

Dori shakli: In‘eksiya uchun eritma.

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: diklofenak natriy – 25 mg.

yordamchi moddalar: benzil spirti, propilenglikol, natriy metabisulfiti,

kaliya digidrofosfati, natriy EDTA, in‘eksiya uchun suv.

Farmakoterapevtik guruhi: Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

ATX kodi: G04BE03

Farmakologik xususiyatlari

Yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi, revmatizmga qarshi, antiagregasion xususiyatlarga ega. Siklooksigenazani ingibisiya qilinishi natijasida araxidon kaskadining reaksiyasi bloklanadi va PGE2, PGE2alfa, tromboksan A2, prostasiklin, leykotrienlarning sintezini va lizosomal fermentlarni ajralib chiqishi buziladi; trombositlarning agregasiyasini bostiradi; uzoq muddat qo‘llanganda desensibilizasiyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi; in vitro sharoitlarida odamda kuzatiladigan muvofiq konsentrasiyalarda tog‘aylarda proteoglikanning biosintezini sekinlashishini chaqiradi.

Tinch holatda va harakatdagi og‘riqni, ertalabki tanglikni, bo‘g‘imlar shishini kamaytiradi, ularning funksional xususiyatini yaxshilaydi. Operasiyalar va jarohatlardan keyin rivojlanadigan yallig‘lanish jarayonlarida, ham spontan, ham harakatdagi og‘riqni tez yengillashtiradi, jarohat joyidagi yallig‘lanish shishini kamaytiradi. Davolash kursini olgan poliartriti bo‘lgan pasientlarda sinovial suyuqlik va sinovial to‘qimalardagi konsentrasiyasi qon plazmasidagiga nisbatan yuqori. Yallig‘lanishga qarshi faolligi bo‘yicha asetilsalisil kislotasi, butadion, ibuprofendan yuqori; indometasin bilan taqqoslanganda yaqqol klinik samara va yaxshi o‘zlashtirilishi haqida ma‘lumotlar bor; revmatizmda va Bexterev kasalligida prednizolon va indometasinga ekvivalent.

 

 

Farmakokinetikasi

Mushak ichiga (m/i) yuborilganda plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga (Smax)               10-20 minutdan keyin erishiladi. Biokiraolishligi – 50%; jadal tizim oldi eliminasiyasiga uchraydi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 99% dan yuqori. To‘qimalar va sinovial suyuqlikka yaxshi o‘tadi; u yerda uning konsentrasiyasi sekin o‘sadi, 4 soatdan keyin plazmadagiga nisbatan ahamiyatli darajadagi yuqoriroq konsentrasiyalariga erishiladi. Taxminan 35% axlat bilan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi; taxminan 65% jigarda metabolizmga uchraydi va nofaol metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi (o‘zgarmagan ko‘rinishda 1% kamroq chiqariladi). Plazmadan yarim chiqarilish davri (T1/2) – taxminan 2 soat, sinovial suyuqlikdan – 3-6 soat; qabullar orasidagi tavsiya qilingan intervalga rioya qilinganda to‘planmaydi.

Qo‘llanishi

Bo‘g‘imlarning yallig‘lanish kasalliklari (revmatoit artrit, revmatizm, ankilozlanuvchi spondilit, surunkali podagrik artrit), degenerativ kasalliklar (deformasiyalanuvchi osteoartroz), lyumbago, ishias, nevralgiya, mialgiya, bo‘g‘imdan tashqari to‘qimalarning kasalliklari, tendovagenit, bursit, yumshoq to‘qimalarni revmatik shikastlanishi, yallig‘lanish bilan kechuvchi posttravmatik og‘riq sindromi, operasiyadan keyingi og‘riqlar, podagrani o‘tkir xuruji, birlamchi disalgomenoreya, adneksit, migren xurujlari, buyrak va jigar sanchig‘i, LOR-a‘zolarining infeksiyalari, pnevmoniyaning qoldiq asoratlarida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga (v/i) yoki m/i, tomchilab infuziya ko‘rinishida. Parenteral qo‘llashning davomiyligi 2 sutkadan oshmasligi kerak. Davolashni uzaytirish zarurati bo‘lganida preparat pasientlarga tabletkalar yoki shamchalar ko‘rinishida buyuriladi.

M/i in‘eksiya: o‘tkir og‘riqlarda – 75 mg har kuni 1-5 kun davomida. Zarurati bo‘lganida (jigar yoki buyrak sanchig‘i) kundalik dozani 150 mg gacha (1 ampuladan kuniga 2 marta) oshirish mumkin.

V/i infuziya: preparat infuziya ko‘rinishida tomchilab yuboriladi. Bevosita yuborishdan oldin 1 ampulaning ichidagisi (75 mg) ni 100-500 ml 0,9% NaCl eritmasida yoki 5% dekstroza eritmasida – (infuzion eritmalarga oldindan 0,5 ml 8,4% li yoki 1 ml 4,2% li natriy bikorbonat eritmasi oldindan quyiladi) suyultirish kerak. Infuziya uchun tayyorlangan eritmalar tiniq bo‘lishi kerak.

Yaqqollik darajasi o‘rtacha va kuchli bo‘lgan operasiyadan keyingi og‘riq sindromini davolashda preparat 75 mg dozada 30-120 minut davomida yuboriladi. Zarurati bo‘lganida bir necha soatdan keyin preparatni takroran yuborish mumkin. Biroq dozasi 24 soat davomida 150 mg dan oshmasligi kerak.

Operasiyadan keyingi og‘riqlarni oldini olish maqsadida infuziya «zarb dozada» –         25-50 mg 15-60 minut davomida o‘tkaziladi. Keyinchalik infuziya maksimal sutkalik dozasi 150 mg gacha yetgunicha 5 mg/soat tezlik bilan davom ettiriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ko‘ngil aynishi, anoreksiya, epigastral sohada og‘riq va nohush hislar, meteorizm, qabziyat, diareya. Ko‘pchilik hollarda bu simptomlar davolash jarayoniga ta‘sir qilmaydi. Bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, qo‘zg‘alish, uyqusizlik, ta‘sirchanlik, charchoqlik bo‘lishi mumkin; moyilligi bo‘lgan pasientlarda – shishlar. Kam hollarda – anemiya, leykopeniya, trombositopeniya, agranulositoz, sezuvchanlikni, ko‘rishni buzilishi (ko‘rishni noaniqligi, diplopiya), quloqlarda shovqin, tirishishlar, sochlarni to‘kilishi, buyrak yoki jigar funksiyasini buzilishi. Preparat mushak ichiga yuborilgan joyda – achishish; alohida hollarda – infiltrat, absessni hosil bo‘lishi, yog‘ to‘qimalarni nekrozi kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa NYAQV larga), qon hosil bo‘lishini noaniq etiologiyali buzilishi, me‘da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, ichakni zo‘rayish bosqichidagi dekstruktiv-yallig‘lanish kasalliklari, «aspirinli» bronxial astma, bolalar, homiladorlikning oxirgi uch oyligida qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llashga cheklanishlar. Jigar va buyrak funksiyasini buzilishi, yurak yetishmovchiligi, porfiriya, diqqatni yuqori jamlash talab qiladigan ish, homiladorlik, emizish (emizishni bekor qilish kerak).

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Qonda litiy, digoksin, bilvosita antikoagulyantlar, oral diabetga qarshi preparatlar (ham gipo-, ham giperglikemiya bo‘lishi mumkin), xinolon hosilalarining konsentrasiyalarini oshiradi. Metotreksat, siklosporinni toksikligini, glyukokortikoidlarning nojo‘ya samaralarini (me‘da-ichakdan qon ketishi) rivojlanishi ehtimoli, kaliy saqlovchi diuretiklar fonida giperkaliemiya xavfi oshiradi, diuretiklar samarasini kamaytiradi. Asetilsalisil kislotasi bilan qo‘llanganda plazmadagi konsentrasiyasi pasayadi.

 

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Uzoq muddatli davolashda qon formulasini va jigar funksiyasini, yashirin qon mavjudligini axlat tahlilini davriy ravishda tekshirish kerak. Homiladorlikni birinchi 6 oyligida qat‘iy ko‘rsatmalar bo‘yicha va eng kichik dozada qo‘llash kerak. Reaksiya tezligini pasayishi mumkinligi tufayli, avtotransportni haydash va mexanizmlar bilan ishlash tavsiya qilinmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: bosh aylanishi, bosh og‘rishi, giperventilyasiya, ongni chalkashishi, MIY buzilishlari (ko‘ngil aynishi, qusish, qorin sohasida og‘riq, qon ketishi), jigar va buyrak funksiyasini buzilishlari.

Davolash: AB oshishi, buyrak funksiyasini buzilishi, tirishishlar, MIY ta‘sirlanishi, nafasni susayishini bartaraf qilishga qaratilgan simptomatik davolash. Jadallashtirilgan diurez, gemodializning samarasi kam.

Chiqarilish shakli

3 ml eritma ampulalarda, 5 ampula kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoit

Quruq, salqin, qorong‘i joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DOLAREN inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DOLAREN inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DOLAREN inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5 dori vositasi Наброс Фарма Пвт Лтд tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DOLAREN inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DOLAREN inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
INNOFENAK inyeksiya uchun eritma 1ml 75mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: диклофенак натрий ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
Narh: 38 100 so'mdan Batafsil
ASEFENAK FAST inyeksiya uchun eritma 75mg/ml N5
KYUPEN inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: диклофенак натрий ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ankur Drugs and Pharma Limited, Unit-II
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
Narh: 28 800 so'mdan Batafsil
Dioksaflex B12 inyektsiya uchun eritma 3ml N3
Narh: 177 000 so'mdan Batafsil
DIKLOSEYF suppozitorii 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: диклофенак натрий ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 32 000 so'mdan Batafsil
BIORAN tabletkalari 50mg N100
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
BIORAN eritma 75mg/3ml N5
BIORAN RAPID tabletkalari 46,5mg N20
NAKLOFEN SR tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: диклофенак натрий ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
MR NOKLOFIN inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: диклофенак натрий ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
Другие формы препарата
DOLAREN BEYBI suspenziya 60ml
DOLAREN gel 50g
DOLAREN tabletkalari N100
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9