×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DOMIRIN poroshok 50mg N1

Kategoriya:
- O'smaga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Доксорубицин
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- LN PHARMA, Индия произведено: Admac Lifesciences
ATX kodi:
- L01DB01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FTORAFUR kapsulalar 400mg N100 Гриндекс, АО Latviya
KAPFURO tabletkalari 500mg N30 Dr.Reddy's Laboratories Ltd Hindiston
303 600 s`om dan
METORTRIT ROMFARM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N1 S.C.Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
126 700 s`om dan
TAMOKSIFEN tabletkalari 20mg N30 Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Salutas Pharma GmbH Germaniya
60 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DOMIRIN poroshok 50mg N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DOMIRIN

DOMIRIN

 

Preparatning savdo nomi: Domirin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): doksorubisin

Dori shakli: infuziya uchun eritma

Tarkibi:

Har bir steril flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 10 mg yoki 50 mg doksorubisin gidroxloridi

yordamchi moddalar: laktoza, metilparaben, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq I tur shaklli 5/30 ml li shisha flakonga to‘ldirilgan to‘q-sariq-qizil liofilizasiya qilingan kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: o‘smalarga qarshi vosita.

ATX kodi: L01DB01

Farmakologik xususiyatlari

Streptomyces peucetius var. caesius kulturasidan ajratib olingan antrasiklin qatori o‘smalarga qarshi antibiotik.

Antimitotik va antiproliferativ ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmi DNK bilan o‘zaro ta‘siri, erkin radikallarni hosil bo‘lishi va hujayralarning membranalariga bevosita ta‘siri orqali nuklein kislotalarining sintezini susayishi bilan bog‘liq. Hujayralar preparatga mitozning S- va G2-fazalarida sezgirdir.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi – yuqori, taqsimlanishi – nisbatan bir tekis. Gematoensefalik to‘siq orqali o‘tmaydi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 75%.

Jigarda faol metaboliti doksorubisinol hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Oksidazalar, reduktazalar va degidrogenazalar ta‘siri ostida doksorubisinning fermentativ tiklanishi erkin radikallar hosil bo‘lishiga olib keladi, bu kardiotoksik ta‘sirining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Vena ichiga yuborilganidan so‘ng jigar, buyraklar, miokard, taloq, o‘pkada yig‘ilib, qondan tez yo‘qoladi. Doksorubisin va doksorubisinol uchun yarim chiqarilish davri – 20-48 soatni tashkil qiladi.

Chiqarilishi: safro bilan – 40% o‘zgarmagan holda 7 kun davomida, siydik bilan – 5-12% doksorubisin va uning metabolitlari 5 kun davomida.

Qo‘llanilishi

Sut bezining raki, o‘pka raki (mayda hujayrali), mezotelioma, qizilo‘ngach raki, me‘da raki, birlamchi gepatosellyulyar rak, me‘da osti bezining raki, insulinoma, karsinoid, bosh va bo‘yin raki, qalqonsimon bezining raki, xavfli timoma, tuxumdonlar raki, moyakning germinogen o‘smasi, trofoblast o‘smalar, prostata bezining raki, qovuq raki (operativ aralashuvlardan keyingi qaytalanishlarni davolash va oldini olish), endometriy raki, bachadon bo‘yni raki, bachadon sarkomasi, Yuing sarkomasi, rabdomiosarkoma, neyroblastoma, Vilms o‘smasi, osteogen sarkoma, yumshoq to‘qimalarning sarkomasi, Kaposhi sarkomasi, o‘tkir limfoblast leykoz, o‘tkir mieloblast leykoz, surunkali limfoleykoz, Xodjkin kasalligi va noxodjkin limfomalari, ko‘psonli mielomada qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Doksorubisin monoterapiya sifatida ham, boshqa sitostatiklar bilan majmuada ham, davolashning sxemasiga qarab turli dozalarda qo‘llanishi mumkin.

Dozani shaxsiy ravishda tanlashda maxsus adabiyotdagi ma‘lumotlarga amal qilish kerak.

Vena ichiga yuborish

  • monoterapiya sifatida davolash sikliga tavsiya etiladigan doza har uch haftada
    60-75 mg/m2 ni tashkil qiladi. Odatda preparat sikl davomida bir marta yuboriladi; sikl dozasini bir necha yuborishlarga bo‘lish mumkin (masalan, birinchi uch kun davomida ketma-ket yoki siklning birinchi va sakkizinchi kuni yuborish). Sikllar har 3-4 haftada takrorlanadi.
  • doksorubisinning zaharli ta‘sirini kamaytirish uchun, ayniqsa kardiotoksikligini, preparatni 10-20 mg/m2 dan har haftalik yuborish tartibi qo‘llanadi
  • boshqa o‘smalarga qarshi preparatlar bilan majmuada doksorubisin 30-60 mg/m2 sikl dozasida har 3-4 haftada buyuriladi.

Jigar faoliyatini buzilishi. Giperbilirubinemiyali pasientlarda doksorubisinning dozasi umumiy bilirubin konsentrasiyasiga muvofiq kamaytirilishi kerak:

  • qon zardobidagi bilirubinning konsentrasiyasi 12-30 mg/l da 50% ga;
  • qon zardobidagi bilirubinning konsentrasiyasi 30 mg/l dan yuqoriligida 75% ga.

Boshqa maxsus guruh pasientlari. Oldin o‘smalarga qarshi jadal davolash olgan pasientlarda, bolalarda, keksa yoshli pasientlarda, semiz pasientlarda (agarda tana vazni idealdan 130% ko‘proqni tashkil qilsa, doksorubisinning tizimli klirensini pasayishi aniqlanadi), shuningdek suyak ko‘migini o‘smali infiltrasiyasi bo‘lgan pasientlarda kamroq dozalarni buyurish yoki sikllar orasidagi intervallarni oshirish tavsiya qilinadi.

Doksorubisinni vena ichiga yuborishni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak. Tromboz rivojlanishi va ekstravazasiya xavfini kamaytirish uchun, doksorubisinni vena ichiga yuborish uchun tizim naychasi orqali 0,9% natriy xloridi eritmasi yoki 5% glyukoza eritmasini infuziyasi vaqtida, 3-5 minut davomida yuborish tavsiya qilinadi.

Doksorubisinning yig‘indi dozasi 550 mg/m2 dan oshmasligi kerak. O‘pka va ko‘ks sohasiga oldin nurli terapiya olgan yoki boshqa kardiotoksik preparatlar bilan davolangan bemorlarda doksorubisinning yig‘indi dozasi 400 mg/m2 dan oshmasligi kerak.

Preparat vena ichiga asta-sekin oqim bilan yuboriladi.

Qovuqqa yuborish

Qovuq ichiga yuborish uchun tavsiya etiladigan doza – bir instillyasiyaga 30-50 mg, davolashning maqsadi – davolash yoki oldini olishga qarab, yuborishlar orasida 1 haftadan to 1 oygacha bo‘lgan interval. Eritmaning tavsiya etiladigan konsentrasiyasi –
1 mg/1 ml in‘eksiya uchun suvda yoki 0,9% natriy xloridi eritmasini tashkil qiladi. Instillyasiya yakunlanganidan keyin qovuqning shilliq qavatiga preparatni bir tekis ta‘sir qilishi uchun, pasientlar har o‘nbesh minutda bir yonboshdan ikkinchi yonboshga o‘girilishlari kerak. Odatda, preparat qovuqda 1-2 soat davomida bo‘lishi kerak. Instillyasiyaning oxirida pasient qovuqni bo‘shatishi kerak.

Preparatni siydik bilan haddan ziyod suyulishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, pasientlar instillyasiyadan oldin 12 soat davomida suyuqlikni qabul qilishdan saqlanishlari kerakligi haqida ogohlantirilishlari kerak. Qovuqqa instillyasiya qilinganda doksorubisinning tizimli so‘rilishi juda past.

Mahalliy toksik ta‘sirining ko‘rinishlarida (kimyoviy sistit, dizuriya, poliuriya, nikturiya, og‘riqli siyish, gematuriya, qovuq sohasida diskomfort, qovuq devorining nekrozi) instillyasiya uchun mo‘ljallangan dozani 50-100 ml 0,9% natriy xloridi eritmasida eritish kerak. Kateterizasiya bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarga alohida e‘tibor qaratish kerak (masalan, qovuqning massiv ichki o‘smalari bilan bog‘liq bo‘lgan siydik chiqarish kanalining obstruksiyasi).

Arteriya ichiga yuborish

Gepatosellyulyar raki bo‘lgan bemorlarda jadal mahalliy ta‘sirini ta‘minlash, bir vaqtda umumiy zaharli ta‘sirini kamaytirish uchun doksorubisin arteriya ichiga, jigarning asosiy arteriyasiga 30-150 mg/m2 dozada 1 oydan to to 3 oylikkacha interval bilan yuborilishi mumkin. Yuqoriroq dozalarini faqat preparatning ekstrakorporal chiqarilishi amalga oshirilayotgan hollarda bir vaqtda qo‘llash kerak.

Bu usul potensial xavfli bo‘lgani va u ishlatilganida to‘qimaning tarqalgan nekrozi yuz berishi mumkinligi tufayli, arteriya ichiga yuborishni faqat ushbu usulni mukammal yaxshi egallagan shifokorlar amalga oshirishlari mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Qon yaratish tizimi tomonidan: dozaga bog‘liq, qaytuvchan leykopeniya va neytropeniya. Shuningdek, trombositopeniya va anemiya ham rivojlanishi mumkin. Leykopeniya odatda eng past qiymatga preparat yuborilganidan keyin 10-14 kun o‘tgach yetadi, qon manzarasini tiklanishi odatda 21-nchi kuni kuzatiladi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: Birinchi navbatda sinus taxikardiyasi va/yoki EKG dagi nuqsonlar (ST-T to‘lqinlarini nospesifik o‘zgarishlari) doksorubisinning kardiotoksikligining erta (o‘tkir) ko‘rinishlaridir. Shuningdek taxiaritmiyalar (qorincha taxikardiyasini ham qo‘shib), qorincha ekstrasistoliyasi, hamda bradikardiya, atrioventrikulyar blokada va Gis tutamining blokadasi kuzatilishi mumkin. Bu ko‘rinishlarning paydo bo‘lishi hamma vaqt ham keyinchalik kechiktirilgan kardiotoksiklikning rivojlanishini oldindan aytaolish (prognostik) omili bo‘lmaydi, ular kamdan-kam klinik ahamiyatli bo‘ladi va doksorubisin bilan davolashni bekor qilishni talab qilmaydi. Miokardning kechki (kechiktirilgan) shikastlanishi chap qorinchani chiqarib tashlash fraksiyasini klinik simptomlarsiz va/yoki dimlangan yurak yetishmovchiligining (DYUE) simptomlari (xansirash, o‘pka shishi, periferik shishlar, kardiomegaliya va gepatomegaliya, oliguriya, assit, ekssudativ plevrit, galop ritmi) bilan namoyon bo‘ladi. Shuningdek nim o‘tkir ko‘rinishlar (perikardit/miokardit) kuzatilishi mumkin. Antrasiklinlar chaqirgan kardiomiopatiyaning eng og‘ir shakli hayot uchun xavfli DYUE dir, u preparatning kumulyativ dozasini cheklovchi toksik omili hisoblanadi. Flebit, tromboflebit, tromboembolik asoratlar, shuningdek o‘pka arteriyasining emboliyasini (qator hollarda o‘lim bilan yakunlanadigan).

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, stomatit yoki ezofagit (og‘ir hollarda me‘da-ichak yo‘llarining shilliq qavatlarini yaralanishi rivojlanishi mumkin), og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining giperpigmentasiyasi, qorin sohasida og‘riq, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishlar, diatez, kolit. Qon zardobida umumiy bilirubin va «jigar» transaminazalari faolligini oshishi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: doksorubisin yuborilganidan keyin 1-2 kun davomida siydikni qizil rangga bo‘yalishi.

Sezgi a‘zolari tomonidan: kon‘yunktivit, keratit, ko‘z yoshini oqishi.

Reproduktiv tizimi tomonidan: amenoreya (davolash tugatilgach ovulyasiyani tiklanishi yuz beradi, biroq muddatidan oldin menopauza bo‘lishi mumkin); oligospermiya, azoospermiya (qator hollarda spermatozoidlarning soni normal darajagacha tiklanadi; bu davolash tugatilganidan so‘ng bir necha yil o‘tgach yuz berishi mumkin).

Teri va teri qo‘shimchalari tomonidan: ko‘pchilik hollarda qaytuvchi to‘liq alopesiya rivojlanadi. Sochlarning o‘sishini qayta tiklanishi odatda preparatni yuborish to‘xtatilganidan so‘ng 1-3 oy o‘tgach boshlanadi. Shuningdek teri va tirnoqlarning giperpigmentasiyasi, fotosezuvchanlik, eshakemi, toshma, qichishish paydo bo‘lishi mumkin. Ayrim bemorlarda, oldin nur bilan davolash o‘tkazilgan, doksorubisin yuborilganidan keyin (odatda 4-7 kundan so‘ng) ta‘sirlangan terining o‘ta yuqori sezuvchanligi, pufaklar hosil bo‘lishi bilan eritemani paydo bo‘lishi, shish, kuchli og‘riq, nurlantirilgan maydonlarda nam dermatit aniqlangan.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, dermatit, eshakemi, qo‘l va oyoq kaftlari terisining giperemiyasi, bronxospazm, anafilaksiya (kam).

Mahalliy reaksiyalar: ba‘zida infuziya o‘tkazilgan vena bo‘ylab eritematoz chiziqlar aniqlanadi, so‘ngra mahalliy flebit yoki tromboflebit paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek fleboskleroz rivojlanishi mumkin, ayniqsa, doksorubisin katta bo‘lmagan venaga qayta yuborilsa. Preparat atrofdagi to‘qimalarga tushgan holda mahalliy og‘riq, teri osti kletchatkasini og‘ir yallig‘lanishi va to‘qimalar nekrozi paydo bo‘lishi mumkin.

Arteriya ichiga yuborilganida: tizimli zaharliligiga qo‘shimcha me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yarasi kuzatilishi mumkin (ehtimol, preparatni me‘da arteriyasiga reflyuksi hisobiga); preparatni sklerozlovchi xolangit chaqirishi oqibatida o‘t yo‘llarining torayishiga olib kelishi mumkin.

Qovuqqa yuborilishida: sistit, siydikni qizil rangga bo‘yalishi.

Boshqalar: lohaslik, asteniya, isitma, qaltirash, yuzga issiqni quyilishi, siydik kislotasini ko‘p hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan giperurikemiya yoki nefropatiya, o‘tkir limfositar yoki mielositar leykozni rivojlanishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Doksorubisin yoki preparatning boshqa komponentlariga, shuningdek boshqa antrasiklinlar va antrasenlarga yuqori sezuvchanlik.
  • Homiladorlik va emizish davri.

Quyidagilarda vena ichiga yuborish mumkin emas: yaqqol mielosupressiyada, yaqqol jigar yetishmovchiligida, og‘ir yurak yetishmovchiligi va anemiyalarda, yaqinda o‘tkazilgan miokard infarktida, chegara yig‘indi dozalarda boshqa antrasiklinlar yoki antrasendionlar bilan oldingi davolashda; suvchechakda, o‘rab oluvchi gerpesda.

Quyidagilarda qovuq ichiga yuborish mumkin emas: qovuq devoriga penetrasiyali invaziv o‘smalarda, siydik yo‘llarining infeksiyalarida, qovuqning yallig‘lanishida.

Ehtiyotkorlik bilan – me‘da va o‘nikki barmoq ichakning yara kasalligi, giperbilirubinemiya, oldin o‘tkazilgan nur bilan davolash yoki ximioterapiya, uratli nefrolitiaz (shu jumladan anamnezdagi), yurak kasalliklari (kardiotoksik ta‘siri pastroq yig‘indi dozalarda kuzatilishi mumkin), jigar yetishmovchiligi, o‘sma hujayralari bilan suyak ko‘migining infiltrasiyasi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Doksorubisin boshqa o‘smalarga qarshi dori vositalarining zaharliligini, ayniqsa mielotoksikligini va me‘da-ichak yo‘llariga zaharli ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. Doksorubisin va potensial kardiotoksiklikka ega bo‘lgan boshqa sitotoksik preparatlar (masalan, 5-ftorurasil va/yoki siklofosfamid) bir vaqtda ishlatilganida, butun kurs davomida yurak faoliyatini sinchiklab nazoratini o‘tkazish talab qilinadi.

Doksorubisin fonida siklofosfamid chaqirgan gemorragik sistit ko‘rinishlarini kuchayishi va 6-merkaptopurinning gepatotoksikligi kuchayishi mumkin.

Streptozosin doksorubisinning yarim chiqarilish davrini oshiradi.

Doksorubisin miokard, shilliq qavatlar, teri va jigarga nurlantirish chaqirgan zaharli ta‘sirni kuchaytiradi.

Urikozurik, podagraga qarshi preparatlar nefropatiyani rivojlanish xavfini oshiradi.

Gepatotoksik preparatlar jigar faoliyatini yomonlashtirib, doksorubisinning zaharliligini oshishiga olib kelishi mumkin.

Doksorubisinni boshqa preparatlar bilan aralashtirish mumkin emas. Ishqoriy eritmalar bilan kontaktga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki bu doksorubisinni gidroliziga olib kelishi mumkin.

Geparin, deksametazon, gidrokortizon, natriy suksinati, aminofillin, sefalotin, 5-ftorurasil va o‘smalarga qarshi boshqa preparatlar bilan farmasevtik nomutanosib.

Tirik virusli vaksinalar bilan bir vaqtda qabul qilinganida, vaksina virusining replikasiya jarayonini jadallashishi, uning nojo‘ya/noxush samaralarini kuchayishi va/yoki vaksinani yuborishga javoban bemor organizmida antitelalarni ishlab chiqarilishini pasaytirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Doksorubisin bilan davolash o‘smalarga qarshi preparatlarni qo‘llash tajribasiga ega bo‘lgan shifokorlar nazorati ostida o‘tkazilishi kerak.

  • Yurakni zaharli shikastlanishining xavfini pasaytirish uchun doksorubisin bilan davolash boshlangunicha, davolash vaqtida uning faoliyatini muntazam nazoratini, shu jumladan exokardiografiya yoki ko‘p kanalli radioizotop angiografiya ma‘lumotlari bo‘yicha chap qorinchani qonni chiqarib tashlash fraksiyasini baholash, shuningdek EKG-nazoratini o‘tkazish kerak. Preparatni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan yurak yetishmovchiligining erta klinik tashxisi, uni muvaffaqiyatli davolash uchun juda muhimdir. Surunkali kardiotoksiklik belgilari aniqlanganida doksorubisin bilan davolash darhol to‘xtatiladi.
  • O‘tkir kardiotoksiklik ko‘pchilik hollarda tranzitor (o‘tkinchi) xarakterga ega, va odatda u doksorubisin bilan davolashni bekor qilishga ko‘rsatma sifatida qaralmaydi. Kechki (kechiktirilgan) kardiotoksiklik (kardiomiopatiya) yig‘indi dozaga bog‘liq. 300 mg/m2 ga teng yig‘indi dozada miokard faoliyatini buzilishi rivojlanishini ehtimoli taxminan 1-2%; 450-550 mg/m2 yig‘indi dozada buning ehtimoli asta-sekin oshadi. So‘ngra dimlangan yurak yetishmovchiligini rivojlanish xavfi keskin oshadi, shuning uchun 550 mg/m2 umumiy yig‘indi dozani oshirish tavsiya qilinmaydi. Agarda pasientda kardiotoksiklik paydo bo‘lishini qanday bo‘lmasin qo‘shimcha xavfi bo‘lsa (masalan, anamnezda yurak kasalliklariga ishora, antrasiklinlar yoki antrasendionlar bilan oldingi davolash, ko‘ks sohasini oldingi nur bilan davolash, siklofosfamid va 5-ftorurasil kabi boshqa potensial kardiotoksik preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash), unda zaharli ta‘siri pastroq kumulyativ dozalarda ham namoyon bo‘lishi mumkin, va yurak faoliyatini nazorati juda jiddiy bo‘lishi kerak. Doksorubisin chaqirgan kardiotoksiklik ko‘proq davolash kursi davomida rivojlanadi yoki u tugatilganidan keyingi ikki oy davomida, biroq, kechiktirilgan (davolash tugatilganidan so‘ng bir necha oy yoki hatto yil o‘tgach) nojo‘ya samaralari paydo bo‘lishi mumkin.
  • Doksorubisin bilan davolash jarayonida gematologik ko‘rsatgichlarni davolashning har sikli oldidan va davolash vaqtida baholashni o‘tkazish kerak, shu jumladan leykositlar, trombositlar, gemoglobin, qonning shaklli elementlarining miqdorini va jigarning funksional sinamalarini aniqlash.
  • Doksorubisinning ekstravazasiyasini birinchi belgilari (in‘eksiya joyida achishish yoki og‘riq) paydo bo‘lganida infuziyani darhol to‘xtatish, so‘ngra boshqa venaga doza to‘liq yuborilgunicha infuziyani qayta qilish kerak. Ekstravazasiyaning keyingi ta‘sirini yo‘qotish bo‘yicha mahalliy tadbirlar o‘tkazish lozim. Muz solingan paketlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir.
  • Iloji boricha bo‘g‘imlar ustidagi venalarga yoki venoz yoki limfatik oqimi buzilgan qo‘l va oyoqlarning venalariga yuborishdan saqlanish kerak.
  • Doksorubisin qo‘llanganida o‘sma hujayralarining tez lizisi oqibatida giperurekemiya kuzatilishi mumkin, shuning munosabati bilan davolash vaqtida pasientlarda siydik kislotasi, kaliy, kalsiy va kreatininni aniqlash tavsiya qilinadi. Yuqori gidratasiya, siydikni ishqorlashtirish va allopurinolni profilaktik buyurish, giperurikemiyani oldini olish uchun, o‘smaning lizisi sindromi bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar xavfini minimumga yetkazish imkoniyatini beradi. Giperurekemiya va podagrani davolashda, preparat bilan davolash fonida siydik kislotasining konsentrasiyasini oshishi natijasida podagraga qarshi vositalarning dozalariga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin.
  • Neytropeniya/leykopeniya rivojlangan bemorlarda infeksiya paydo bo‘lishi belgilarini aniqlash uchun ularni sinchiklab kuzatish kerak.
  • Preparat qabul qilganidan keyin 3 oydan to 1 yil oraliqda immunizasiyadan voz kechish kerak, agarda u shifokor tomonidan ma‘qullanmagan bo‘lsa; bemor bilan birga yashaydigan boshqa oila a‘zolari polimielitga qarshi peroral vaksina bilan immunizasiyalanishdan voz kechishlari kerak; poliomielitga qarshi vaksinasini olgan odamlar bilan mutloq saqlanish yoki burun va og‘izni yopuvchi himoya niqobini taqish kerak.
  • Erkaklar va bola tug‘ish yoshidagi ayollar doksorubisin bilan davolanish vaqtida va keyin eng kamida 3 oy davomida kontrasepsiyaning ishonchli usullarini qo‘llashlari kerak.
  • Doksorubisin bilan ishlashda sitotoksik moddalar bilan muomala qilish tartibiga rioya qilish kerak. Preparat bilan ifloslangan yuzaga gipoxlorit natriyning suyultirilgan eritmasi (1% xlor saqlovchi) bilan ishlov berish tavsiya qilinadi Preparat teriga tushganida – darhol terini sovunli suv bilan yoki natriy gidrokarbonatining eritmasi bilan yaxshilab yuvish kerak; ko‘zga tushganida – qovoqlarni tortib turib va ko‘zni (ko‘zlarni) ko‘p miqdordagi suv bilan 15 minut davomida yuvish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doksorubisinning dozasini o‘tkir oshirib yuborilishi og‘ir mielosupressiyaga (ko‘proq leykopeniya va trombositopeniyaga), me‘da-ichak yo‘llari tomonidan zaharli samaralarga olib kelishi, yurakning o‘tkir shikastlanishini chaqirishi mumkin.

Doksorubisinga antidot ma‘lum emas. Doza oshirib yuborilgan holda simptomatik davolash tavsiya qilinadi.

Chiqarilish shakli

5 ml yoki 30 ml dan nominal hajmli (I tur shishali) rangsiz shisha flakonlar. ETFE qatlamli xlorbutilkauchuk tiqin.

1 yoki 5 flakon (lar) 5 ml/30 ml (har biri) saqlovchi dastlabki paket.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Muzlatilmasin!

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DOMIRIN poroshok 50mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DOMIRIN poroshok 50mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DOMIRIN poroshok 50mg N1 dori vositasi LN PHARMA, Индия произведено: Admac Lifesciences tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DOMIRIN poroshok 50mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DOMIRIN poroshok 50mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
DOKSORUBISIN EBEVE konsentrat 50mg 2mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Доксорубицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
Narh: 740 000 so'mdan Batafsil
DOKSILID 50 poroshok 50mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Доксорубицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Celon Laboratories Ltd
ADRIM konsentrat 50mg/25ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Доксорубицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited, Индия для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
DOMIRIN poroshok 10mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Доксорубицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LN PHARMA, Индия произведено: Admac Lifesciences
DOKSORUBISINA GIDROXLORID poroshok 10mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Доксорубицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
DOKSORUBISIN EBEVE konsentrat 10mg 2mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Доксорубицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
DOKSILID 10 poroshok 10mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Доксорубицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Celon Laboratories Ltd
ADRIMIZIN poroshok 50mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Доксорубицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
ADRIM konsentrat 10mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Доксорубицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited, Индия для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DOMKET poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Gemsitabin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LN PHARMA, Индия произведено: Admac Lifesciences
AVISEL konsentrat 120mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: dosetaksel ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LN PHARMA, Индия произведено: Admac Lifesciences
ELIMOR inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/2ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ondansetron ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LN PHARMA, Индия произведено: Admac Lifesciences
ELIMOR inyeksiya uchun eritma 4ml 2mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ondansetron ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LN PHARMA, Индия произведено: Admac Lifesciences
ELIMOR inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ondansetron ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LN PHARMA, Индия произведено: Admac Lifesciences
LIPISEL konsentrat 30mg/5ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Paklitaksel ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LN PHARMA, Индия произведено: Admac Lifesciences
DOMKET poroshok 200mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Gemsitabin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LN PHARMA, Индия произведено: Admac Lifesciences
DOMIRIN poroshok 10mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Доксорубицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LN PHARMA, Индия произведено: Admac Lifesciences
AVISEL konsentrat 80mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: dosetaksel ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LN PHARMA, Индия произведено: Admac Lifesciences
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9