×
×
  • EPROL tabletkalari 40mg N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

EPROL tabletkalari 40mg N10

Kategoriya:
- Kislotalikning buzilishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- NV Asia Ltd, Кипр произведено: Mepro Pharmaceuticals Pvt. Ltd
ATX kodi:
- A02BC05
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom apelsina N24 Bayer Consumer Care AG Germaniya
39 000 s`om dan
NITROGLISERIN tabletkalari 0,5mg N40 Технолог, ЧАО Ukraina
11 700 s`om dan
ASPAN tabletkalari 40mg N28 Дрогсан Илачлары Сан. ве Тидж. А. Ш. Turkiya
62 000 s`om dan
KONTROLOK poroshok 40mg N1 Takeda GmbH Germaniya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
EPROL tabletkalari 40mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

EPROL

 

Preparatning savdo nomi: Eprol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ezomeprazol

Dori shakli: ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

20 mg li doza

faol modda – ezomeprazolga ekvivalent 20 mg ezomeprazol

yordamchi moddalar: magniy karbonati asosi, natriy kroskarmelloza, kraxmal natriy glikolyati, kolloid kremniy dioksidi, tozalangan talk, mikrokristall sellyuloza, krospovidon, magniy stearati, makkajo‘xori kraxmali

qobiq tarkibi: gipromelloza, propilenglikol, tozalangan talk, titan dioksidi, asetilftalat sellyuloza, dibutilftalat, quyosh shafag‘i bo‘yovchisi.

40 mg li doza

faol modda – ezomeprazolga ekvivalent 40 mg mg ezomeprazol

yordamchi moddalar: magniy karbonati asosi, natriy kroskarmelloza, kraxmal natriy glikolyati, kolloid kremniy dioksidi, tozalangan talk, mikrokristall sellyuloza, krospovidon, magniy stearati, makkajo‘xori kraxmali

qobiq tarkibi: gipromelloza, propilenglikol, tozalangan talk, titan dioksidi, asetilftalat sellyuloza, dibutilftalat, quyosh shafag‘i bo‘yovchisi.

Ta‘rifi: kapsula shaklidagi, ikkala tomoni yassi, to‘q-sariq rangli ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Me‘da–ichak yarasiga qarshi vositalar va gastroezofageal reflyuksda qo‘llanadigan preparatlar. Proton nasosi ingibitorlari.

ATX kodi: A02BC05.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakokinetikasi

Ezomeprazol kislotali muhitda chidamsiz, shuning uchun peroral qo‘llash uchun preparatni granulalarini saqlagan tabletkalar ishlatiladi, uni qobig‘i me‘da shirasining ta‘siriga chidamli. Preparat tez so‘riladi: qon plazmasida maksimal konsentrasiyaga qabul qilingandan keyin 1-2 soatdan so‘ng erishadi. Ezomeprazolni mutloq biokiraolishligi bir martalik 40 mg dozani qabul qilgandan keyin 60% tashkil qiladi va uni har kuni sutkada bir marta qabul qilinganda esa 89% gacha oshadi. Ezomeprazolni 20 mg dozasi uchun bu ko‘rsatkichlar 50% va 68% ga muvofiqni tashkil qiladi. Sog‘lom odamlarda muvozanatli konsentrasiyada taqsimlanish hajmi taxminan tana vazniga 0,22 l/kg ni tashkil qiladi. Ezomeprazol qon plazmasi oqsillari bilan 97% gacha bog‘lanadi.

Ovqat qabul qilish ezomeprazolni me‘dada so‘rilishini sekinlashtiradi va pasaytiradi, ammo bu xlorid kislotasining sekresiyasini susayish samaradorligiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Ezomeprazol sitoxrom R450 (CYP) tizimi ishtirokida metabolizmga uchraydi. Asosiy qismi CYP2S19 spesifik polimorf izofermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi, bunda ezomeprazolning gidroksi- va metil guruhi ajralgan metabolitlari hosil bo‘ladi. Qolgan qismining metabolizmi boshqa spesifik izoferment CYP3A4 tomonidan amalga oshiriladi; bunda ezomeprazolning plazmada aniqlanuvchi asosiy metabolit hisoblangan sulfo guruhi bo‘lgan hosilasi hosil bo‘ladi.

Quyida keltirilgan ko‘rsatkichlar asosan faol fermenti CYP2S19 bo‘lgan pasientlarda (metabolizmi faol kechadigan pasientlarda) dori vositasini farmakokinetikasining xarakterini aks ettiradi.

Umumiy klirens preparat bir marta qabul qilingandan keyin taxminan soatiga 17 l ni va ko‘p marta qabul qilingandan keyin – soatiga 9 l tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri muntazam sutkada bir marta qabul qilingandan keyin 1,3 soatni tashkil qiladi. “Konsentrasiya-vaqt” egri guruh ostidagi maydoni (AUC) ezomeprazolni qayta qabul qilingandan keyin oshadi. AUC ni qayta qabul qilingandagi dozaga bog‘liq oshishi proporsional bo‘lishi xarakterga ega, bu jigar orqali “birinchi o‘tishda“ uning metabolizmini sekinlashuvi, shuningdek ezomeprazol va/yoki uning sulfo guruhi saqlovchi metabolitlarini tomonidan CYP2S19 fermentini susayishi chaqirgan tizimli kliriensni pasayishi natijasi bo‘lib hisoblanadi. Ezomeprazolni sutkada bir marta har kuni qabul qilinganda qabul qilishlar orasidagi tanaffuslarda qon plazmasidan to‘liq chiqariladi. Ezomeprazolni asosiy metabolitlari me‘da kislotasining sekresiyasiga ta‘sir qilmaydi. Peroral qabul qilinganda dozaning 80% gachasi siydik bilan metabolitlar ko‘rinishida, qolgan miqdori axlat bilan chiqariladi.

Ayrim guruh pasientlarda farmakokinetikasining o‘ziga xosligi:

Aholining taxminan 2,9±1,5% da CYP2S19 izofermentining faolligi pasaygan, bunday pasientlarda ezomeprazolni metabolizmi asosoan CYP3A4 ta‘siri natijasida amalga oshiriladi. 40 mg ezomeprazolni muntazam sutkada bir marta qabul qilinganda AUC o‘rtacha ko‘rsatkichi CYP2S19 izofermentini faolligi yuqori bo‘lgan pasientlardagi bu ko‘rsatkichdan 100% ga oshgan. Izofermentning faolligi past bo‘lgan pasientlarda plazmada maksimal konsentrasiyaning o‘rtacha ko‘rsatkichi taxminan 60% ga oshgan. Ko‘rsatilgan o‘ziga xosliklar dozaga va qo‘llash usuliga ta‘sir qilmaydi. Keksa yoshdagi pasientlarda (71-80 yosh) ezomeprazolni metabolizmi ahamiyatli o‘zgarishlarga uchramaydi. 40 mg ezomeprazolni bir marta qabul qilingandan keyin ayollarda AUC qiymati erkaklardagiga qaraganda 30% ga oshgan. Preparatni erkak va ayollarda har kuni sutkada bir marta qo‘llanganda uning farmakokinetikasida farqlar aniqlanmagan. Ko‘rsatilgan o‘ziga xosliklar dozaga va qo‘llash usuliga ta‘sir qilmaydi.

Yengil va o‘rtacha jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ezomeprazolning metabolizmi buzilishi mumkin. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dori vositasini metabolizmini tezligi pasayadi, bu ezomeprazol uchun AUC qiymatini 2 marta oshishiga olib keladi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda farmakokinetik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Chunki buyrak orqali ezomeprazolni o‘zini emas, balki uning metabolitlarini chiqarilishi amalga oshiriladi. Bundan kelib chiqib buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ezomeprazolni metabolizmi o‘zgarmaydi deb taxmin qilish mumkin. 12-18 yoshdagi bolalarda 20 mg va 40 mg ezomeprazol qayta qabul qilingandan keyin AUC qiymati va qon plazmasida maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (tmax) kattalardagi AUC va tmax qiymatlari bilan o‘xshash bo‘lgan.

Farmakodinamikasi

Eprol me‘dada parietal hujayralarda proton nasosini spesifik susaytirish yo‘li bilan xlorid kislotasini sekresiyasini kamaytiradi, omeprazolning S-izomeri hisoblanadi. Omeprazolni S- va R-izomerlari o‘xshash farmakodinamik faollikka ega. Ta‘sir mexanizmi:

Eprol kuchsiz asos hisoblanadi, kislotasi muhitda parietal hujayralarda sekretor naychalarda to‘planadi, u yerda faollashadi  va proton nasosini – N+,K+-ATF-aza fermentini susaytiradi. Ezomeprazol xlorid kislotasini ham bazal, ham rag‘batlantirilgan sekresiyasini susaytiradi. Ezomperazolni ta‘siri uni peroral 20 mg va 40 mg dozalarda qabul qilingandan keyin 1 soat davomida rivojlanadi.

Preparat besh kun davomida har kuni 20 mg dozada sutkada 1 marta qabul qilinganida, xlorid kislotasining o‘rtacha maksimal konsentrasiyasi pentagastrin bilan rag‘batlantirilgandan keyin 90% ga (5 kun davolangandan keyin 6-7 soatdan so‘ng xlorid kislotasini konsentrasiyasi o‘lchanganda) pasayadi.

Ezomeprozol 20 mg yoki 40 mg dozada har kuni peroral qabul qilinganidan 5 kundan keyin gastro-ezofageal reflyuksi bo‘lgan pasientlarda va klinik simpomlar bo‘lganida me‘da ichidagi rN 4 dan yuqori bo‘lgan va u 24 soat ichida o‘rtacha 13 va 17 soat davomida saqlab turilgan.

Ezomeprozolni sutkada 20 mg dozada qabul qilish fonida me‘da ichidagi rN 4 dan yuqori bo‘lgan ko‘rsatkichda kamida 8, 12 va 16 soat davomida 76%, 54% va 24% ga muvofiq pasientlarda saqlab turilgan. 40 mg ezomeprazol uchun bu nisbat 97%, 92% va 56% ga muvofiqni tashkil qiladi.

Kislotani susayishi natijasida erishiladigan  terapevtik samara. Eprolni 40 mg dozada qabul qilinganda reflyuks-ezofagitni tuzalishi taxminan 78% pasientlarda 4 hafta davolangandan keyin va 93% – 8 hafta davolangandan keyin boshlanadi.

Eprol bilan 20 mg dozada sutkada 2 marta muvofiq antibiotiklar bilan majmuaviy 1 hafta davomida davolash, taxminan 90% pasientlarda Helicobacter pilori ning muvaffaqiyatli eradikasiyasiga olib keladi.

Asoratlanmagan me‘da-ichak yarasi bo‘lgan pasientlarga 1 haftalik eradikasion davolash kursidan keyin yarani tuzalishi va simptomlarni bartaraf qilish uchun keyinchalik antisekretor preparatlar bilan monoterapiya o‘tkazish talab qilinmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Kattalar

Gastro-ezofageal reflyuks kasalligi

  • eroziv ezofageal-reflyuks

Me‘da-ichak yara kasalligida qon ketishini qaytalanishlarini profilaktika qilishda dori vositasini avval vena ichiga yuborib, keyin tabletka shakli bilan uzoq vaqt davolash.

Zollinger–Ellison sindromini davolash

12 yoshdan katta o‘smirlar

Gastro-ezofageal reflyuks kasalligi

– eroziv ezofageal-reflyuksda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi. Tabletkani suv bilan ichgan holda butunligicha yutib qabul qilinadi. Tabletkani chaynash yoki maydalash mumkin emas. Yutishi qiyin bo‘lgan pasientlar uchun tabletkani yarim stakan gazlanmagan suvda eritish mumkin (boshqa suyuqliklarni ishlatish mumkin emas. Chunki mikrogranulani himoya qobig‘i erib ketishi mumkin), tabletkani erigunicha aralashtirish, undan keyin erigan mikrogranulalarni darhol yoki 30 minut davomida ichish mumkin, undan keyin stakanni yarmigacha suv bilan to‘ldirish qolganlarini yana aralashtirish va ichish kerak. Mikrogranulalarni chaynash yoki maydalash mumkin emas.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar

Gastroezofageal-reflyuks kasalligi

40 mg dan sutkada bir marta 4 hafta davomida buyuriladi.

Birinchi davolash kursidan keyin ezofagitni tuzalishi boshlanmasa yoki simptomlar saqlanib qolgan hollarda, qo‘shimcha 4 haftalik kurslar tavsiya qilinadi.

 

Gastro-ezofageal reflyuks kasalligini simptomatik davolash

Ezofagitsiz pasientlarga sutkada 20 mg dan bir marta. Agar 4 haftalik davolashdan keyin simptomlar yo‘qolmasa, pasientlarni qo‘shimcha tekshiruvini o‘tkazish lozim. Kasallik simptomlari bartaraf qilingandan keyin preparatni “zarurat bo‘lganida” qabul qilish tartibiga o‘tkazish mumkin, ya‘ni simptomlar qaytalanganda Eprolni 20 mg dan sutkada bir marta qabul qilish lozim. NYAQP qabul qilayotgan pasientlar va me‘da yoki o‘n ikki barmoq ichak yarasini rivojlanish xavfi guruhiga tegishli pasientlar uchun “zarurat bo‘lganida” tartibida davolashni davom ettirish tavsiya qilinmaydi.

Kattalar

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi

Helicobacter pilori ni eradikasiyasi uchun majmuaviy davolash tarkibida:

– Helicobacter pilori bilan assosiasiyalanagan o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolash: Eprol 20 mg, amoksisillin 1 g va klaritromisin 500 mg. Barcha preparatlarni sutkada ikki marta 1 hafta davomida qo‘llaniladi.

– Helicobacter pilori bilan assosiasiyalanagan peptik yaralarni qaytalanishlarini profilaktika qilish: Eprol 20 mg, amoksisillin 1 g va klaritromisin 500 mg. Barcha preparatlarni sutkada ikki marta 1 hafta davomida qo‘llaniladi.

Keyinchalik doza shaxsiy ravishda tanlanadi, davolash davomiyligi kasallikni klinik xarakteristikasi bilan aniqlanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tez-tez (>1/100, <1/10)

  • bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi,
  • qorinda og‘riq, diareya. meteorizm ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat

Tez-tez emas (>1/1000, <1/100)

  • dermatit, qichishish, eshakemi, toshma
  • bosh aylanishi
  • og‘izni qurishi
  • uyqusizlik, paresteziya, uyquchanlik
  • “ jigar” fermentlarini faolligini oshishi
  • periferik shishlar

Kam hollarda (>1/10000, <1/1000)

  • leykopeniya, trombositopeniya
  • allergik reaksiyalar: isitma, angionevrotik shish, anafilaktoid reaksiya/shok
  • qo‘zg‘alish, depressiya, holsizlik, ongni chalkashishi
  • ta‘mni buzilishi
  • ko‘rishni noaniqligi
  • giponatriemiya
  • bronxospazm
  • stomatit va me‘da-ichak kandidozi
  • sariqlik bilan (yoki sariqliksiz) kechuvchi gepatit
  • fotosensibilizasiya, alopesiya
  • artralgiya, mialgiyalar
  • terlash

Juda kam xollarda (<1/10000)

  • agranulositoz, pansitopeniya
  • gallyusinasiyalar (asosan holsizlangan pasientlarda), tajavvuzkor hulq
  • jigar yetishmovchiligi, jigar ensefalopatiyasi
  • ko‘p shaklli ekssudativ eritema
  • Stivens-Djonson sindromi
  • toksik epidermal nekroliz
  • mushak zaifligi
  • interstisial nefrit
  • ginekomastiya
  • gipomagneziemiya.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • ezomeprazolga, benzimidazol yoki preparatni tarkibiga kiruvchi boshqa ingredientlariga yuqori sezuvchanlik,
  • fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik,
  • glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi yoki saxaroza-izomaltoz yetishmovchiligi,
  • 12 yoshdan kichik bolalar,
  • gastroezofageal reflyuks kasalligidan boshqa ko‘rsatmalar bo‘yicha 1 yoshdan katta bolalar yoshi,
  • laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Og‘ir buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ezomeprazol bilan davolash fonida me‘da shirasini kislotaligini pasayishi preparatlarni so‘rilishini o‘zgarishiga olib keladi, ularni so‘rilishi muhitning kislotaligiga bog‘liq. Ezomeprazol antasidlar va me‘dada kislotani sekresiyasini pasaytiruvchi boshqa preparatlar kabi ketokonazol va itrakonazolni so‘rilishiga olib kelishi mumkin.

Atazanavir va nelfinavirni omeprazol bilan bir vaqtda qo‘llangan hollarda bu preparatlarni zardobdagi darajasini pasayishi aniqlangan, shuning uchun ularni birga qo‘llashdan saqlanish lozim. Omeprazolni 40 mg va  atazanavirni 300 mg/ritonavirni 100 mg dozada birga sutkada bir marta qo‘llash AUC ko‘rsatkichini, shuningdek atazanavirni maksimal va minimal konsentrasiyasini sezilarli pasayishiga olib kelgan. Atazanavir dozasini 400 mg gacha oshirilishi omeprazolni atazanavirni konsentrasiyasiga bo‘lgan ta‘sirini kompensasiya qilmagan. Shuning uchun ezomeprazolni atazanavir bilan birga buyurish mumkin emas. Ezomeprazol va nelfinavirini bir vaqtda buyurish esa istisno qilinadi.

Ezomeprazol CYP2C19 – uning metabolizmida ishtirok etadigan asosiy fermentini susaytiradi. Ezomeprazolni metabolizmida CYP2C19 ishtirok etadigan boshqa, diazepam, sitalopram, imipramin, klomipramin, fenitoin va boshqalar kabi preparat bilan muvofiq ravishda birga qo‘llash bu preparatlarni plazmadagi konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin, bu o‘z navbatida dozani pasaytirishni talab qilishi mumkin. Bunday o‘zaro ta‘sir, ayniqsa Eprolni “zarurat bo‘lganida” tartibida buyurilganida esda tutish muhim. 30 mg ezomeprazolni va sitoxrom CYP2C19 substrati hisoblangan diazepamni birga qabul qilinganda, diazepamni klirensini 45% ga pasayishi aniqlangan.

Ezomeprazolni 40 mg dozada buyurish tutqanog‘i bo‘lgan pasientlarda fenitoinni qoldiq konsentrasiyasini 13% ga oshishiga olib kelgan. Shu sababli ezomeprazol bilan davolashni boshida va uni bekor qilinganda fenitoinni plazmadagi konsentrasiyasini nazorat qilish tavsiya qilinadi.

Varfarinni 40 mg Ezomeprazol bilan birga qo‘llash varfarinini uzoq vaqt qabul qilayotgan pasientlarda koagulyasiya vaqtini o‘zgarishiga olib kelmaydi. Ammo varfarin va ezomeprazol birga qo‘llanganda XMN (Xalqaro me‘yorlashgan nisbatni) indeksini biroz klinik ahamiyatli oshish hollari to‘g‘risida xabar qilingan.

Shuning uchun bu preparatlarni birga qo‘llashni boshida va oxirida XMN nazorat qilish tavsiya qilinadi.

Sizapridni 40 mg ezomeprazol bilan birga qabul qilish sizapridning sog‘lom ko‘ngillilarda farmakokinetik ko‘rsatkichlarini: AUC ko‘rsatkichini 32% ga, yarim chiqarilish davrini esa – 31% ga qiymatini oshishiga olib keladi, ammo bunda sizapridni plazmadagi maksimal konsentrasiyasi ahamiyatli o‘zgarmaydi. Sizapridni monoterapiya sifatida qo‘llanganida kuzatiladigan QT intervalini biroz oshishi Neksiumni qo‘shilganda oshmagan.

Neksium amoksisillin va xinidinni farmakokinetikasida klinik ahamiyatli o‘zgarishlarni chaqirmaydi. Ezomeprazol va naproksenni yoki rofekoksibani qisqa muddatli birga qo‘llashni baholash bo‘yicha tekshirishlar klinik ahamiyatli farmakonetik o‘zaro ta‘sirlashuvni aniqlamagan.

Ezomeprazolni metabolizmida CYP2C19 va CYP3A4 ishtirok etadi. Ezomeprazolni klaritromisin bilan birga (500 mg sutkada 2 marta) qo‘llash, u CYP3A4 susaytiradi, ezomeprazolni AUC qiymatini 2 martaga oshishiga olib keladi. Ezomeprazolni va majmuaviy CYP2C19 va CYP3A4 ingibitorlarini, masalan, vorikonazolni birga qo‘llash ezomeprazol uchun AUC qiymatini 2 martadan ko‘pga oshishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatlarda ezomeprazol dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Har qanday xavotirli simptomlar bo‘lganida (masalan, beixtiyoriy jiddiy vaznni yo‘qotilishi, qusishni qaytalanishi, disfagiya, qonli qusish yoki melena), shuningdek me‘da yarasi bo‘lganida (yoki me‘da yarasiga shubha bo‘lganida) xavfli o‘smalarning borligini istisno qilish kerak, chunki Eprol bilan davolash simptomatikani niqoblanish va tashhisni qo‘yilish muddatini uzaytirishi mumkin. Uzoq davr davolashda preparatni qabul qiladigan pasientlar (ayniqsa 1 yildan ko‘p) shifokorni muntazam nazorati ostida bo‘lishi kerak.

Eprolni “zarurat bo‘lganida” qabul qiladigan pasientlar simptomlarni xarakteri o‘zgarganida shifokor bilan bog‘lanishlari kerakligi to‘g‘risida ogohlantirilishlari kerak. ”Zarurat bo‘lganida” hollarda davolash buyurilganda ezomeprazolni plazmadagi konsentrasiyasini o‘zgarishi to‘g‘risidagi o‘zgarishlarni e‘tiborga olgan holda preparatni boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘sirini hisobga olish lozim.

Eprolni Helicobacter pilori eradikasiyasi uchun buyurilganda uchlamchi davolashning barcha komponentlarini dori bilan o‘zaro ta‘siri ehtimolini hisobga olish kerak. Klaritromisin CYP3A4 kuchli ingibitori hisoblanadi, shuning uchun CYP3A4 ishtirokida metabolizmga uchraydigan boshqa preparatlarni (masalan, sisapridni) qabul qilayotgan pasientlarga eradikasion davolash buyurilganda qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar va klaritromisinni bu dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sirini hisobga olish kerak .

Proton pompasi ingibitorlari bilan davolash va Salmonella va Campylobacter chaqiradigan me‘da-ichak infeksiyalarini paydo bo‘lish xavfini biroz oshishiga olib kelishi mumkin. Antisekretor preparatlarni uzoq vaqt davomida qabul qiladigan pasientlarda ko‘pincha me‘dada bezli kistalarni hosil bo‘lishi aniqlangan. Bu holat kislotani sekresiyasini yaqqol susayishi natijasidagi fiziologik o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Kistalar xavfsiz va qaytuvchan xarakterga ega. Ranitidin bilan o‘tkazilagan qiyosiy tadqiqotlarda Eprol nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (NYAQP), shu jumladan siklooksigenazani-2 ni (SOG-2) selektiv ingibitorlarini qabul qilgan pasientlarda me‘da yarasini bitishiga nisbatan yaxshi samarani ko‘rsatgan.

Buyrak yetishmovchiligi: preparat dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Eprolni og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash tajribasi cheklangan; shu sababli preparatni bunday pasientlarga buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Jigar yetishmovchiligi: yengil va o‘rtacha jigar yetishmovchiligida preparat dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun maksimal sutkalik doza 20 mg dan oshmasligi kerak.

Keksa yoshdagi pasientlar: preparat dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Homiladorlik

Preparatni homiladorlarga faqat ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyurish mumkin.

Dori vositasini transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirini o‘ziga xosligi

Dori vositasini nojo‘ya ta‘sirlarini hisobga olgan holda, transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya samaralari simptomlarini kuchayishi.

Davolash: simptomatik. Maxsus antidoti noma‘lum.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan alyumin folgali blisterda, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Salqin, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

EPROL tabletkalari 40mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
EPROL tabletkalari 40mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
EPROL tabletkalari 40mg N10 dori vositasi NV Asia Ltd, Кипр произведено: Mepro Pharmaceuticals Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
EPROL tabletkalari 40mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
EPROL tabletkalari 40mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
EPROL tabletkalari 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NV Asia Ltd, Кипр произведено: Mepro Pharmaceuticals Pvt. Ltd
VIZAVIRIN kapsulalar 200mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NV Asia Ltd, Кипр произведено: Mepro Pharmaceuticals Pvt. Ltd
VIZAVIRIN kapsulalar 200mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NV Asia Ltd, Кипр произведено: Mepro Pharmaceuticals Pvt. Ltd
VIZAVIRIN kapsulalar 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NV Asia Ltd, Кипр произведено: Mepro Pharmaceuticals Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9