×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ERBUFO FORSPIRO poroshok 160 mkg/4,5 mkg 60 doz

Kategoriya:
- Nafas olish tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Farmakoterapevtik guruh:
- Obstruktiv nafas olish kasalliklarini davolash uchun vositalar; kombinatsiyalar kortikosteroidlar yoki boshqa preparatlar bilan adrenergik preparatlar, bundan mustasno antikolinerjik.
Faol modda:
Формотерол, Будесонид
Ishlab chiqaruvchi:
- Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: AEROPHARM GmbH
Vakil:
- Sandoz Pharmaceuticals d.d.
ATX kodi:
- R03AK07
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

PEFSAL aerozol 50mkg 25/50 mkg/doza 120 doz World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
SINGLON tabletkalari 10mg N28 Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Гедеон Рихтер Польша, ООО Polsha
79 700 s`om dan
MONTESIT tabletkalari 5mg N10 Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd O'zbekiston
Saqlash shartlari Bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang. 25 ° C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang.
Yaroqlilik muddati (oy) 2 yil. Paketda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tganidan keyin foydalanmang.
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Har biriga 60 doza inhalatsiya kukuni o'z ichiga olgan qizil va oq rangli plastik inhaler blister lenta (OPA/alyuminiy/PVX/alyuminiy). 60 dozali 1 inhaler va foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar o'ramda. Inhaler bir martalik foydalanish uchun mo'ljallangan.
O‘RAMI
Blister tasmada (OPA/alyumin/PVX/alyuminli) 60 doza ingalyatsion kukun saqlovchi qizil-oq rangli plastik ingalyator.
60 dozali 1 ingalyator va qo‘llashga doir yo‘riqnomasi bilan qutida.
Ingalyator bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
CHIQARILISH SHAKLI
Ingalyatsiya uchun dozalangan kukun.
Nafas olinayotgan bir doza 160 mikrogramm budesonid va 4,5 mikrogramm formoterol (fumarat digidrati ko‘rinishida) saqlaydi.
Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati.

ErBuFo Forspiro preparatining faol moddalari bo‘lib budesonid va formoterol hisoblanadi, ular bronxial astmaning zo‘rayishlari tez-tezligini kamaytirish yuzasidan bir-birining ta’sirini to‘ldiradi.
Ingalyatsiya qilinganda budesonid (kortikosteroid) nafas yo‘llarida yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, formoterol (beta2-adrenoretseptorlarning selektiv antagonisti) esa bronxlarning silliq mushaklarini tez va davomli bo‘shashishini chaqiradi.
Bronxlarni kengaytiruvchi samarasi dozaga bog‘liq, bir martalik doza qo‘llanilgandan keyin 1-3 minut davomida namoyon bo‘ladi va kamida 12 soat davom etadi.
Budesonid va formoterolning fiksatsiyalangan dozalari bilan majmuasi tizimli ekspozitsiya nuqtai nazardan budesonid va formoterol monopreparatlariga bioekvivalent. Ingalyatsion qo‘llanadigan budesonid va formoterol tez so‘riladi, budesonidning plazmadagi maksimal konsentratsiyasiga ingalyatsiyadan keyin 30 minut davomida, formoterolning esa – 10 minut davomida erishiladi. Tadqiqotlarda kukunli ingalyator yordamida ingalyatsiyadan keyin budesonidning o‘pkada to‘planishining o‘rtacha ko‘rsatkichi nafas olinayotgan dozaning 32% dan 44% gacha, formoterolning esa – nafas olinayotgan dozaning 28% dan 49% gacha o‘zgargan. Budesonidning tizimli biokiraolishligi nafas olinayotgan dozaning taxminan 49% ni, formoterolning esa – nafas olinayotgan dozaning 61% ni tashkil qiladi. Formoterolni qon plazmasidagi oqsillar bilan bog‘lanishi taxminan 50%, budesonidniki esa – 90% ni tashkil qiladi. Formoterolning taqsimlanish xajmi taxminan 4 l/kg, budesonidniki esa – 3 l/kg ni tashkil qiladi. Formoterol kon’yugatsiya yo‘li bilan faolsizlanadi. Budesonid past kortikosteroid faollikka ega metabolitlarini hosil qilib, jigardan birinchi marta o‘tishda ahamiyatli darajada (taxminan 90%) metabolizmga uchraydi. Formoterol va budesonid o‘rtasida biron-bir metabolik o‘zaro ta’sirlar yoki siqib chiqarish reaksiyalari aniqlanmagan.
Formoterol dozasining asosiy qismi jigarda metabolizm oqibatida o‘zgaradi va so‘ngra buyraklar orqali chiqariladi. Budesonid asosan CYP3A4 fermenti tomonidan katalizatsiya qilinadigan metabolizm orqali chiqariladi. Formoterol ham, budesonid ham yuqori tizimli klirens (muvofiq ravishda taxminan minutiga 1,4 l va minutiga 1,2 l) bilan xarakterlanadi. Formoterolning terminal yarim chiqarilish davri o‘rtacha 17 soatni tashkil qiladi. Budesonidning qon plazmasidan yarim chiqarilish davri vena ichiga yuborilgandan keyin o‘rtacha 4 soatni tashkil qiladi.
Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda budesonid va formoterolning farmakokinetik ko‘rsatkichlari aniqlanmagan. Jigar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda budesonid va formoterolning ekspozitsiyasi oshishi mumkin.
Budesonid va formoterolning tizimli ekspozitsiyasi yuborilgan dozaning kattaligiga to‘g‘ri chiziqli bog‘liq.
Quyidagi reaksiyalar yuzaga kelganida ErBuFo Forspironi qo‘llashni to‘xtating va darhol shifokorga xabar bering:
- Yuzni, ayniqsa og‘iz atrofi (til va (yoki) hiqildoqni va (yoki) yutinishda qiyinchilik) shishi yoki nafas olishni qiyinlashishi (angionevrotik shish) va (yoki) hushdan ketishni rivojlanishi bilan kechuvchi allergik toshmalarni paydo bo‘lishi. Bu allergik reaksiya rivojlanganligidan dalolat berishi mumkin. Bunday noxush reaksiya kam hollarda (1000 ta odamdan 1 tadan kamrog‘ida) kuzatiladi;
- Ingalyatorni qo‘llagandan keyin darhol hushtaksimon nafas yoki hansirashni paydo bo‘lishi. Bu simptomlardan birontasi paydo bo‘lganida ErBuFo Forspironi qo‘llashni darhol to‘xtating va shisholinch yordam uchun ingalyatordan foydalaning. Darhol shifokorga murojaat etish kerak, chunki davolashni o‘zgartirish talab etilishi mumkin. Bunday noxush reaksiya juda kam hollarda (10000 ta odamdan 1 tadan kamrog‘ida) kuzatiladi.

Kuzatilishi mumkin bo‘lgan boshqa noxush reaksiyalar.
Tez-tez (10 ta odamdan 1 tadan kamrog‘ida yuzaga kelishi mumkin)
- Kuchli yurak urishi, qaltirash yoki tremor. Odatda ushbu noxush reaksiyalar yengil kechadi va preparatni qo‘llash davom ettirilganda o‘tib ketadi.
- Og‘izda zamburug‘li infeksiya. Agar ErBuFo Forspironi qo‘llagandan keyin og‘izni suv bilan chayilsa, bunday noxush reaksiyani rivojlanishi ehtimoli kam
- Tomoqda kuchsiz og‘riq, yo‘tal va ovozni bo‘g‘ilishi.
- Bosh og‘rig‘i.
- O‘SOK bo‘lgan patsiyentlarda o‘pkani yallig‘lanishi (pnevmoniya).

Agar preparatni qo‘llaganda quyida ta’riflangan har qanday simptom paydo bo‘lsa, bu haqida shifokorga xabar bering; bu o‘pkani yallig‘lanishidan dalolat berishi mumkin:
- isitma yoki qaltirash;
- ko‘p miqdorda balg‘am ajralishi, uning rangini o‘zgarishi;
- yo‘talni kuchayishi yoki nafas olishni qiyinlashishi.

Tez-tez emas (100 ta odamdan 1 tadan kamrog‘ida yuzaga kelishi mumkin)
- bezovtalik, asabiylik yoki qo‘zg‘alish hissi
- uyquni buzilishi
- bosh aylanishi
- ko‘rishni noaniqligi
- ko‘ngil aynishi
- yurak urishini tezlashishi
- terida ko‘karishlarni paydo bo‘lishi
- mushak tirishishlari
- tajavuzkorlik
- xavotirlik

Kam hollarda (1000 ta odamdan 1 tadan kamrog‘ida yuzaga kelishi mumkin)
- toshma, qichishish
- bronxospazm (hushtaksimon nafas chaqiruvchi nafas yo‘llaridagi mushaklarni qisqarishi). Agar ErBuFo Forspironi qo‘llagandan keyin to‘satdan hushtaksimon nafas paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llash to‘xtatiladi va darhol shifokorga murojaat etiladi.
- Qonda kaliy darajasini pasayishi.
- Yurakni noritmik urishi.

Juda kam hollarda (10000 ta odamdan 1 tadan kamrog‘ida yuzaga kelishi mumkin)
- Depressiya
- Hulq-atvorni o‘zgarishi, ayniqsa bolalarda
- Ko‘krak qafasida og‘riq yoki ko‘krak qafasida siqilish hissi (stenokardiya)
- Qonda qand (glyukoza) darajasini oshishi
- Og‘izda yoqimsiz ta’m kabi ta’m bilishni o‘zgarishi
- Arterial bosimni o‘zgarishi
- Tana vaznini oshishi, oysimon yuz, xolsizlik, qorinda yog‘ to‘planishi (Kushing sindromi).

Ingalyatsion kortikosteroidlar, ayniqsa yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanilganda organizmda steroid gormonlarni normal ishlab chiqarilishini izdan chiqarishi mumkin. Ushbu buzilishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- suyaklarning mineral zichligini o‘zgarishi (suyaklarni yupqalashishi);
- katarakta (ko‘z gavharini xiralashishi);
- glaukoma (ko‘z ichki bosimini oshishi);
- bolalar va o‘smirlarda o‘sishni kechikishi;
- buyrak usti bezi funksiyasini susayishi;
- kushingoid tashqi ko‘rinish;
- infeksiyalarga yuqori beriluvchanlik va stress holatlariga moslashuvanlikni buzilishi.
Ushbu noxush reaksiyalar tabletka shakllarini qo‘llaganga nisbatan ingalyatsion kortikosteroidlarni qo‘llaganda rivojlanish ehtimoli kamroq.
Retsept bo‘yicha beriladi.

Haydovchilik qobiliyatiga ta'siri
VOSITALAR VA MEXANIZMLAR BILAN ISHLASH
Hech qanday ta'sir yo'q yoki ahamiyatsiz.
Ingalyatsion kortikosteroidlarva uzoq ta’sir etuvchi beta2-adrenoretseptorlarning agonistlari bilan majmuaviy davolashga ko‘rsatilgan kattalar va bolalardagi (12 yosh va undan katta) bronxial astmani doimiy davolash:

- “talab bo‘yicha” qisqa ta’sirli beta2-adrenoretseptorlar agonistini qo‘llaganda ingalyatsion kortikosteroidlar bilan doimiy davolash fonida kasallik yetarlicha nazorat qilinmagan patsiyentlarda

yoki

- ingalyatsion kortikosteroid va uzoq ta’sir etuvchi beta2-adrenoretseptorlar agonistlari bilan davolash fonida kasallikni adekvat nazorat qilishga erishilgan patsiyentlarda qo‘llanadi.

O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK)

Bronxodilatatorlar bilan doimiy davolashga qaramasdan birinchi sekundda jadal nafas chiqarish xajmi (JNCHX1) ko‘rsatkichi kutilgan ko‘rsatkichning (bronxodilatator ingalyatsiyasidan keyin) <70% bo‘lgan kattalarda (18 yosh va undan katta) O‘SOK ni simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Preparatning faol yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.
Farmakokinetik o‘zaro ta’sirlar

CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari (masalan ketokonazol, itrakonazol, vorikonazol, pozakonazol, klaritromitsin, telitromitsin, nefazodon, kobitsistat va VICH- proteaza ingibitorlari) plazmada budesonidning darajasini ahamiyatli oshirishi mumkin va ularni yondosh qo‘llashdan saqlanish kerak. Ammo buning iloji bo‘lmasa, ingibitor va budesonidni qo‘llash orasidagi interval iloji boricha uzunroq bo‘lishi kerak. CYP3A4 ning kuchli ingibitorlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda samarani bir maromda ushlab turuvchi va bartaraf etuvchi davolash sifatida ErBuFo Forspironi qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Farmakodinamik o‘zaro ta’sirlar

Beta-adrenoretseptorlarning antagonistlari formoterolning ta’sirini susaytirishi yoki ingibitsiya qilishi mumkin. Shuning uchun, agar buning uchun qat’iy asoslar bo‘lmasa, ErBuFo Forspironi ushbu preparatlar (shu jumladan ko‘z tomchilari) bilan birga qo‘llash mumkin emas. Xinidin, dizopiramid, prokainamid, fenotiazinlar, antigistamin preparatlar (terfenadin) va tritsiklik antidepressantlar bilan birga qo‘llash QTc intervalini uzaytirishi va yurak qorinchalari aritmiyalari rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.

Levodopa, levotiroksin, oksitotsin va alkogol yurakni beta2-simpatomimetiklarga tolerantligini izdan chiqarishi mumkin.

Monoaminoksidaza ingibitorlari, shu jumladan furazolidon va prokarbazin kabi shunga o‘xshash xususiyatlarga ega preparatlar bilan birga davolash arterial gipertenziya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. 

Yondosh galogenizatsiya qilingan uglevodorodlar bilan anesteziya o‘tkazilganda aritmiyalar rivojlanishi xavfi oshadi.

Boshqa beta-adrenergik yoki antixolinergik dori vositalari bilan birga qo‘llash qo‘shicha bronxlarni kengaytiruvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Gipokaliyemiya dalachoy glikozidlarini qabul qiluvchi patsiyentlarda aritmiyalarga moyillikni oshirishi mumkin. Beta2-adrenoretseptorlar agonistlari bilan davolash fonida gipokaliyemiya yuzaga kelishi va ksantin hosilalari, kortikosteroidlar va diuretiklarni birga qo‘llaganda kuchayishi mumkin.

Budesonid va formoterolning bronxial astmani davolashda qo‘llanadigan boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri kuzatilmagan.

Bolalar va o‘smirlar

O‘zaro ta’siri yuzasidan tadqiqotlar faqat kattalarda o‘tkazilgan.



SAQLASH SHAROITI
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

YAROQLILIK MUDDATI
2 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Oq, deyarli oq yoki sarg‘ish rangli qumoqlarsiz kukun.

Qat’iy shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanilsin.
Preparat faqat ingalyatsiya uchun mo‘ljallangan.

Dozalari
Bronxial astma
ErBuFo Forspiro bronxial astmani birlamchi davolash uchun mo‘ljallanmagan. Har bir komponentning dozasi kasallikning og‘irlik darajasiga qarab individual ravishda tanlanadi. Doza kasallik simptomlarini nazorat qilishni ta’minlovchi minimal samarali dozaga erishilguncha tanlanadi.
Shifokor budesonid va formoterolning optimal dozasini tutib turish uchun patsiyentning holatini muntazam baholashi kerak.

Bronxial astmani ushbu preparat bilan davolashning ikki turi mavjud:
A. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash: ErBuFo Forspiro shoshilinch yordam preparati sifatida qisqa ta’sirli alohida bronxodilatator bilan birga doimiy samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash sifatida qo‘llanadi.
B. Samarani bir maromda ushlab turuvchi va xurujni bartaraf etuvchi davolash: ErBuFo Forspiro doimiy samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash sifatida va simptomlar rivojlanganda “talab bo‘yicha” qo‘llanadi.

A. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash
Patsiyentlarga o‘zlari bilan simptomlarni bartaraf etish uchun qisqa ta’sirli alohida bronxodilatatorni har doim olib yurish tavsiya etiladi.

Tavsiya etilgan dozalar
Kattalar (18 yosh va undan katta): 1-2 ingalyatsiya sutkada 2 marta. Ayrim patsiyentlarda maksimum 4 ingalyatsiya sutkada 2 marta talab etilishi mumkin.
O‘smirlar (12-17 yosh): -2 ingalyatsiya sutkada 2 marta.
Odatda simptomlarni nazorat qilishga ErBuFo Forspironi sutkada ikki marta qo‘llaganda erishilsa, uni qo‘llashni sutkada 1 martagacha kamaytirish mumkin. Qisqa ta’sirli alohida bronxodilatatorni qo‘llashni tezlashishi holatni yomonlashishidan dalolat beradi va bronxial astmani davolashni takroran baholashni talab etadi.
12 yoshdan kichik bolalar: ma’lumotlar yo‘qligi tufayli, ErBuFo Forspiro 12 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.

B. Samarani bir maromda ushlab turuvchi va xurujni bartaraf etuvchi davolash
Patsiyentlar ErBuFo Forspironing har kunlik samarani bir maromda ushlab turuvchi dozasini va simptomlarni bartaraf etish uchun ushbu preparatni qo‘shimcha sifatida qo‘llashadi. Patsiyentlarga o‘zlari bilan shoshilinch yordam preparati sifatida ErBuFo Forspironi olib yurishlari tavsiya etiladi.

Tavsiya etilgan dozalar
Kattalar va o‘smirlar (12 yosh va undan katta)
Tavsiya etilgan samarani bir maromda ushlab turuvchi doza: sutkada 2 ingalyatsiya (1 ingalyatsiyadan ertalab va kechqurun yoki2 ingalyatsiya faqat ertalab yoki faqat kechqurun).
Ayrim patsiyentlar uchun samarani bir maromda ushlab turuvchi doza bo‘lib sutkada 4 ingalyatsiya (2 ingalyatsiyadan sutkada 2 marta) hisoblanishi mumkin.
Simptomlar paydo bo‘lganida talab bo‘yicha 1 qo‘shimcha ingalyatsiya qo‘llanadi. Agar bir necha minut o‘tgach simptomlar saqlanib qolsa, qo‘shimcha ingalyatsiya takroran qo‘llanadi. Bir martada 6 tacha ingalyatsiya qo‘llanishi mumkin. Odatda sutkada 8 tadan ortiq ingalyatsiya talab etilmaydi; lekin qisqa vaqtga ingalyatsiyalar sonini sutkada 12 tagacha oshirish mumkin.
Sutkada 8 ta ingalyatsiyadan ortiq qo‘llaydigan patsiyentlarga tibbiy yordamga murojaat etish qat’iy tavsiya etiladi. Ularda takroran tekshiruvdan o‘tish va samarani bir maromda ushlab turuvchi dozani qayta ko‘rib chiqish kerak.
“Talab bo‘yicha” ErBuFo Forspiro ingalyatsiyasini tez-tez qo‘llaydigan patsiyentlarda dozaga bog‘liq noxush reaksiyalar paydo bo‘lishini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.

12 yoshdan kichik bolalar
ErBuFo Forspiro yordamida samarani bir maromda ushlab turuvchi va xurujlarni bartaraf etuvchi davolash tavsiya etilmaydi.

O‘SOK
Tavsiya etilgan dozalar
Kattalar (18 yosh va undan katta): 2 ingalyatsiya sutkada 2 marta.

Umumiy ma’lumotlar
Patsiyentlarning alohida guruhlari
Keksa yoshdagi patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Jigar yoki buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarni davolash uchun ErBuFo Forspironi qo‘llash yuzasidan ma’lumotlar yo‘q. Budesonid va formoterol asosan jigardagi metabolizmi yo‘li orqali chiqarilganligi tufayli, jigarning og‘ir darajadagi sirrozi bo‘lgan patsiyentlarda uning ekspozitsiyasini oshishini kutish mumkin.

Qo‘llashni o‘tkazib yuborilganda, bu eslashingiz bilan preparatning dozasin qabul qiling. Agar keyingi dozani qabul qilish vaqti kelgan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan dozani qabul qilmang. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilmang.

Moslamadan foydalanish uchun yo‘riqnoma
Patsiyentlarga Forspiro ingalyatoridan qanday foydalanish kerakligini namoyish qilish kerak.
Ingalyatordan to‘g‘ri foydalanishni vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.

Ingalyator folgali blister tasmada kukun ko‘rinishida preparatning 60 dozasini saqlaydi. Ingalyator unda qancha doza qolganligini ko‘rsatuvchi indikator bilan ta’minlangan: hisob 60 dan 0 gacha olib boriladi. So‘ngi 10 doza ishlatilganda indikator fizil fonda ko‘rsatiladi.
Ingalyatorni takroran ishlatish mumkin emas. Ingalyatorda preparat qolmaganidan keyin uni utilizatsiya qiling va yangisidan foydalaning. 

Ingalyatorni tayyorlash
- yon kameraning tiniq eshikchasini oching.
- Yon kameraning “tishchalari” bo‘ylab blister tasmasini ehtiyotkorlik bilan uzib olib tashlang. Tasmani tortish yoki yulib olish mumkin emas.
 
• Yon kameraning eshikchasini yoping va ishlatilgan tasmani tashlab yuboring.

Izoh: ishlatilgan sari yon kamera tasma bilan to‘lib boradi.
Qora rangli chiziqli tasma dori preparati saqlamaydi.
Keyinchalik yon kamerada tasmaning raqamlashtirilgan uyalari paydo bo‘ladi. Yon kamerada tasmaning ikkitadan ortiq uyalarini qoldirish mumkin emas, chunki ular ingalyatorni tiqilishiga olib kelishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilganidek tasmani uzib olish va xavfsiz usulda utilizatsiya qilish kerak.

Ingalyatordan foydalanish
1. Ochish
• Mundshtukni bo‘shatish uchun himoya qalpoqchasini pastga yo‘naltirib oching.
• Moslamada qancha doza qolganligi bilib olish uchun doza indikatorini tekshiring.

Dozani tayyorlash
• Oq richagning qirg‘og‘ini ko‘taring. Yon kamera yopilgan holatda bo‘lishi kerak.

Izoh: oq richagni faqat Siz doza bilan nafas olishga tayyor bo‘lganingizda bosish kerak, aks holda bu preparatni besamar ishlatilishiga olib kelishi mumkin.
 
• Ochish: imkoni boricha oq richagni shilq etgan tovush chiqquncha suring, bu preparatning yangi dozasini kerakli holatga chiqaradi; yuqorida raqam ko‘rinadi.

• Yopish: shundan keyin oq richag shilq etgan tovush bilan dastlabki holatga qaytishi uchun to‘liq yoping. Endi ingalyator ishlatishga tayyor.

2. Ingalyatsiya
- Ingalyatorni og‘izdan biroz masofada tutib, zo‘riqishsiz chuqur nafas chiqaring. Hech qachon ingalyatorga nafas chiqarmang, bu dozani o‘zgarishiga olib kelishi mumkin!
- Ingalyatorni himoya qalpoqchasi pastga qaratilgan holatda tuting.
- Lablarni mundshtuk atrofida zich yoping.
- Og‘iz orqali (burun orqali emas) sekin va chuqur nafas oling.

• Mundshtukni og‘izdan chiqaring, 5-10 sekund yoki Sizda diskomfort chaqirguncha vaqtga nafasni tutib turing.
• Sekin nafas chiqaring (lekin ingalyatorga emas!).
• Mundshtukni himoya qalpoqchasi bilan berkiting.
• Ingalyatsiyadan keyin og‘izni suv bilan chaying. Bu og‘izni zamburug‘li infeksiyasi va ovozni bo‘g‘ilishini oldini olishga yordam beradi.

Ingalyatorni tozalash
• Zarurati bo‘lganida mundshtukni tashqi tomonidan quruq to‘qima bilan arting.
• Ingalyatorni tozalash yoki biron-bir maqsadlarda uni qismlarga ajrantmang!
• Ingalyatorni tozalash uchun suv yoki nam salfetkalardan foydalanmang, chunki namlik dozani o‘zgartirishi mumkin!
• Mundshtuk yoki boshqa qurilmalarga to‘g‘nog‘ich yoki boshqa o‘tkir jismlarni kiritmang, bu ingalyatorni shikastlanishiga olib kelishi mumkin!

Formoterolning dozasini oshirib yuborilishi ehtimol, beta2-adrenoretseptorlar agonistlari uchun xarakterli samaralarga olib keladi: tremor, bosh og‘rig‘i, kuchli yurak urishi. Ayrim hollarda taxikardiya, giperglikemiya, gipokaliyemiya, QTc intervalini uzayishi, aritmiya, ko‘ngil aynishi va qusish kuzatiladi. Tutib turuvchi va simptomatik davolash ko‘rsatilishi mumkin. O‘tkir bronxial obstruksiyasi bo‘lgan patsiyentlarda uch soat davomida 90 mikrogramm doza yuborilganda xavfsizlik yuzasidan xavotirlik chaqirmagan.
Budesonidning dozasini o‘tkir oshirib yuborilishi, hatto haddan tashqari yuqori dozalari klinik muammolar chaqirmaydi. Haddan tashqari yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llaganda giperkortitsizm va buyrak usti bezi funksiyasini susayishi kabi tizimli kortikosteroid samaralar yuzaga kelishi mumkin.
Agar ErBuFo Forspiro preparati bilan davolash formoterolning dozasini oshirib yuborilishi tufayli bekor qilinishi kerak bo‘lsa, ingalyatsion kortikosteroid bilan tegishli davolashni o‘tkazish zarurati ko‘rib chiqiladi.

- homiladorlar yoki homilador bo‘lishni rejalashtirgan ayollar ushbu preparatni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashishlari kerak. Ushbu preparatni shifokor ko‘rsatmasiz qo‘llash mumkin emas.
- Agar ushbu preparatni qo‘llash davrida homiladorlik yuz bersa, uni qo‘llashni to‘xtatish mumkin emas, lekin homiladorlik haqida darhol davolovchi shifokorga xabar berish kerak.
Preparatni homiladorlik vaqtida, faqat agar afzalliklar potensial xavflardan yuqori bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
- Emizikli ayollar ErBuFo Forspironi qo‘llashni boshlashdan oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashishlari kerak. Preparatni, faqat agar ona uchun davolashdan kutilayotgan foyda bola uchun har qanday xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Davolashni bekor qilganda preparatni qo‘llashni to‘satdan to‘xtatish tavsiya etilmaydi, balki uning dozasi asta-sekin pasaytirish tavsiya etiladi.

Agar patsiyentlar davolashni samarasiz deb hisoblashsa yoki tavsiya etilgan maksimal dozadan yuqori dozada qo‘llashsa, ular shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.

Bronxial astma yoki O‘SOK ni nazorat qilishni to‘satdan va avj oluvchi yomonlashishi hayot uchun potensial xavfli, bunday hollarda patsiyent shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj.


Patsiyentlar qo‘l ostilarida har doim ErBuFo Forspiro (bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlar va ErBuFo Forspironi samarani bir maromda ushlab turuvchi va bartaraf etuvchi davolash sifatida qo‘llovchi patsiyentlar uchun) yoki tez ta’sir etuvchi alohida bronxodilatator (ErBuFo Forspironi faqat samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash sifatida qo‘llovchi patsiyentlar uchun) hisoblangan shoshilinch yordam preparati saqlovchi ingalyatorga ega bo‘lishlari kerak.


Patsiyentlar hatto agar klinik simptomlar bo‘lmasa ham ErBuFo Forspironing samarani bir maromda ushlab turuvchi dozasini tavsiya etilgan tartibiga rioya qilishlari kerak. ErBuFo Forspiro ingalyatsiyalari muntazam profilaktik, masalan jismoniy yuklamadan oldin qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Bunday hollarda tez ta’sir etuvchi alohida bronxodilatatorni qo‘llashni qayta ko‘rib chiqish kerak.


Preparatning dozasini kamaytirganda patsiyentning holatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish muhim. Minimal samarali dozani qo‘llash kerak.


Bronxial astmani zo‘rayishi yoki kechishini ahamiyatli yoki to‘satdan yomonlashgan holatlarda ErBuFo Forspiro bilan davolashni buyurish mumkin emas.

Davolash vaqtida astma bilan bog‘liq jiddiy noxush reaksiyalar va zo‘rayishlar yuzaga kelishi mumkin. Patsiyentlar davolashni davom ettirishlari kerak, ammo, agar ushbu preparatni qo‘llash boshlashganidan keyin astma simptomlari nazorat qilinmasa yoki yomonlashsa, shifokorga murojaat etish kerak.

Bevosita ingalyatsiyadan keyin hushtaksimon nafas va hansirashni kuchayishi bilan kechuvchi paradoksal bronxospazm kuzatilishi mumkin. U rivojlanganda ErBuFo Forspironi qo‘llash to‘xtatiladi, patsiyent tekshiriladi va zarurati bo‘lganida boshqa davolash buyuriladi. Paradoksal bronxospazm qisqa ta’sirli bronxodilatatorlar bilan davolashga beriladi, ularni darhol qo‘llash kerak.

Har qanday kortikosteroidlarni, ayniqsa yuqori dozalarda uzoq vaqt davomida qo‘llaganda tizimli samaralar yuzaga kelishi mumkin: Kushing sindromi, kushingoid tashqi ko‘rinish, buyrak usti bezi funksiyasini susayishi, bolalar va o‘smirlarda o‘sishni sekinlashishi, suyaklarning mineral zichligini pasayishi (ayniqsa yondosh osteoporoz rivojlanishi xavfi bo‘lgan patsiyentlarda), katarakta, glaukoma va kamroq hollarda bir qator psixologik yoki hulq-atvor ko‘rinishlar, shu jumladan psixomotor giperfaollik, uyquni buzilishi, xavotirlik, depressiya yoki tajavuzkorlik (ayniqsa bolalarda).

Agar buyrak usti bezi funksiyasi avvalgi tizimli steroid davolash oqibatida izdan chiqqan deb hisoblashga asos bo‘lsa, patsiyentlarni ErBuFo Forspiro bilan davolashga o‘tkazganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Peroral kortikosteroidlarga qaramlik rivojlangan, ingalyatsion budesonid bilan davolashga o‘tkazilgan patsiyentlarda uzoq vaqt davomida buyrak usti bezi funksiyasini buzilishi bilan bog‘liq xavfga duchorlar. Bunday hollarda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimini muntazam nazorat qilish kerak.

Patsiyentlarni ingalyatsion kortikosteroidlarning yuqori dozalari, ayniqsa tavsiya etilgan maksimal dozadan yuqori dozalarda uzoq vaqt davolash ham buyrak usti bezi funksiyasini klinik ahamiyatli susayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun og‘ir infeksiyalar yoki rejali jarroxlik amaliyotlari kabi organizmga stress ta’sirlari davrida tizimli kortikosteroidlar bilan qo‘shimcha himoyalanishni ko‘rib chiqish kerak. Kortikosteroidlarning dozasini tez pasaytirish o‘tkir adrenal kriz chaqirishi mumkin. Ushbu holatning simptomlari va belgilari odatda noaniq va o‘z ichiga anoreksiya, qorinda og‘riq, tana vaznini kamayishi, toliqish, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, ongni buzilishi, tirishishlar, arterial gipotenziya va gipoglikemiyani oladi.

Qo‘shimcha tizimli kortikosteroidlar yoki ingalyatsion budesonid bilan davolashni to‘satdan to‘xtatish mumkin emas.

Peroral davolashdan ErBuFo Forspiro bilan davolashga o‘tish rinit, ekzema va mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq kabi allergik yoki artritik simptomlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Toliqish, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va qusish kabi simptomlar paydo bo‘lganida kortikosteroid ta’sirni umumiy yetishmovchiligini gumon qilish kerak. Bunda peroral kortikosteroidlarning dozasini vaqtincha oshirish talab etilishi mumkin.

CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari va CYP3A ingibitorlari bilan yondosh qo‘llashdan saqlanish kerak. Ular tizimli noxush reaksiyalar rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin. Qo‘shimcha “Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri va o‘zaro ta’sirning boshqa turlari” bo‘limiga qarang.

Tireotoksikoz, feoxromotsitoma, qandli diabet, davolanmagan gipokaliyemiya, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya, idiopatik klapan osti aortal stenoz, og‘ir darajadagi arterial gipertenziya, anevrizma yoki yurak ishemik kasalligi, taxiaritmiya yoki og‘ir darajadagi yurak yetishmovchiligi kabi yurak-qon tomir tizimining og‘ir darajadagi buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga ErBuFo Forspiro ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

QTc intervalini uzayishi bo‘lgan patsiyentlarni davolaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki formoterolning o‘zi bunday ko‘rinishni kuchaytirishi mumkin.

Ingalyatsion kortikosteroidlarni qo‘llash zarurati va dozasini o‘pkaning faol va yashirin tuberkulyozi, shuningdek nafas yo‘llarining zamburug‘li va virusli infeksiyalari bo‘lgan patsiyentlarda qayta ko‘rib chiqish kerak.

Beta2-adrenoretseptorlari agonistlarining yuqori dozalari potensial xavfli gipokaliyemiya chaqirishi mumkin. Beta2-adrenoretseptorlar agonistlarini gipokaliyemiya chaqirishi yoki gipokaliyemik samarani kuchaytirishi mumkin bo‘lgan dori preparatlari, masalan ksantin hosilalari, steroidlar va diuretiklar bilan birga qo‘llaganda ushbu samara kuchayishi mumkin. Nostabil astmada, tez rivojlanadigan og‘ir astmada, shuningdek gipokaliyemiyaning ehtimoli oshadigan boshqa holatlarda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi. Qon zardobida kaliyning darajasini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda qonda glyukoza darajasini qo‘shimcha nazorat qilish kerak.

Ko‘rishni buzilishi

Ko‘rishni noaniqligi yoki ko‘rishni boshqa buzilishlari kabi simptomlar paydo bo‘lganida oftalmolog tekshiruvidan o‘tish kerak. Bunday buzilishlarning sababchisi bo‘lib katarakta, glaukoma yoki markaziy seroz xorioretinopatiya kabi kam uchraydigan kasalliklar bo‘lishi mumkin.

Preparat laktoza monogidrati (bir ingalyatsion dozada 4,4 mg) saqlaydi. Ushbu doza odatda laktozani o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan odamlarda buzilishlarni chaqirmaydi. Laktoza oz miqdorda sut oqsillarini saqlaydi, ular allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin.

Bolalar va o‘smirlar

Ingalyatsion kortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolanayotgan bolalarni o‘sishini muntazam nazorat qilish kerak.

Agar o‘sish sekinlashsa, ingalyatsion kortikosteroidning dozasini astmaning simptomlarini nazorat qiluvchi minimal samarali dozagacha kamaytirish maqsadida davolashni qayta ko‘rib chiqish kerak. Kortikosteroidlar bilan davolash afzalliklari va kuzatilishi mumkin bo‘lgan o‘sishni sekinlashishi xavfini sinchkovlik bilan baholash kerak. Bundan tashqari, patsiyentni pediatr-pulmonologga yuborish zarurati ko‘rib chiqiladi.

O‘SOK bo‘lgan patsiyentlarda pnevmoniya

Ingalyatsion kortikosteroidlarni qabul qilayotgan O‘SOK bo‘lgan patsiyentlarda ko‘pincha pnevmoniya, shu jumladan gospitalizatsiyani talab etuvchi holatlari kuzatilgan. Pnevmoniyaning klinik belgilari O‘SOK zo‘rayishidagi belgilar bilan mos keladi. Pnevmoniyani rivojlanishi xavf omillariga chekish, keksalik yoshi, tana vazni indeksini (TVI) pastligi va O‘SOK ni og‘ir darajada kechishi kiradi.



Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ERBUFO FORSPIRO poroshok 160 mkg/4,5 mkg 60 doz dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ERBUFO FORSPIRO poroshok 160 mkg/4,5 mkg 60 doz dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ERBUFO FORSPIRO poroshok 160 mkg/4,5 mkg 60 doz dori vositasi Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: AEROPHARM GmbH tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ERBUFO FORSPIRO poroshok 160 mkg/4,5 mkg 60 doz dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ERBUFO FORSPIRO poroshok 160 mkg/4,5 mkg 60 doz dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SIMBIKORT TURBUXALER poroshok 160/4,5 mkg/doza 60 doz
Narh: 255 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ERFLYUSAL FORSPIRO poroshok 50 mkg/500 mkg 60 doz
Narh: 207 000 so'mdan Batafsil
ERFLYUSAL FORSPIRO poroshok 50 mkg/250 mkg 60 doz
Narh: 267 400 so'mdan Batafsil
SALBUTAMOL aerozol 100 mkg/doza 200 doz
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Salbutamol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Aeropharm GmbH
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
AEROBRES aerozol 100mkg N200
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Salbutamol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Aeropharm GmbH
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9