×
×
  • ETRUZIL tabletkalari 2,5mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ETRUZIL tabletkalari 2,5mg N30

Kategoriya:
- O'smaga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ispaniya
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Фармацевтический завод Эгис, ЗАО, Венгрия произведено: Synthon Hispania S.L.
ATX kodi:
- L02BG04
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ANASTROZOL NAPROD tabletkalari 1mg N28 Naprod Life Sciences Pvt. Ltd Hindiston
BIKATERO 50 tabletkalari 50mg N30 Hetero Labs Limited Hindiston
FTORAFUR kapsulalar 400mg N100 Гриндекс, АО Latviya
KAPFURO tabletkalari 500mg N30 Dr.Reddy's Laboratories Ltd Hindiston
303 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ETRUZIL tabletkalari 2,5mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(pasientlar uchun ma‘lumot)

Etruzil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 2,5 mg

(Letrozol)

Ushbu dori vositasini qo‘llashdan oldin ilova-varaqani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.

  • Ushbu varaqani saqlab qo‘ying. Sizga uni yana bir marta o‘qib chiqish talab qilinishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat eting.
  • Ushbu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. U ularga xatto ularning simptomlari Siznikiga o‘xshash bo‘lsa ham zarar yetkazishi mumkin.
  • Agar Sizda har qanday nojo‘ya samaralar paydo bo‘lsa yoki Siz ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu xaqda shifokorga yoki farmasevtga xabar bering.

 

Yo‘riqnomaning mazmuni:

  1. Etruzil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
  2. Etruzil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak
  3. Etruzil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparatini qanday qabul qilish kerak
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar
  5. Etruzil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparatini qanday saqlash kerak
  6. Yaroqlilik muddati
  7. Dorixonalardan berish tartibi
  8. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

  1. Etruzil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi

Etruzil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparati nima

Letrozol, Etruzil® preparatining faol komponenti, aromatazaning ingibitori deb nomlangan moddalar guruhiga kiradi. U gormonal (yoki “endokrin”) vosita sifatida sut bezi rakini davolashda qo‘llanadi. Sut bezi rakining o‘sishi ko‘pincha ayollarning jinsiy gormoni – estrogenlar bilan rag‘barlantiriladi. Letrozol ularning sintezida ishtirok etuvchi fermentni (aromatazani) bloklab, estrogenlarning darajasini kamaytiradi, shunday qilib, o‘sishi uchun estrogenlar zarur bo‘lgan sut bezi o‘smasi xujayralarini o‘sishini bloklaydi. Buning natijasida o‘sma xujayralarini o‘sishi va/yoki ularning organizmning boshqa to‘qimalariga tarqalishi sekinlashadi yoki to‘xtaydi.

 

Etruzil® preparati nima uchun qo‘llanadi

Etruzil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparati menopauza davridan o‘tgan, ya‘ni hayz sikllari tugagan ayollarda sut bezi rakini davolash uchun qo‘llanadi.

Bu preparat shuningdek sut bezi rakini takroran paydo bo‘lishini oldini olish uchun ham qo‘llanadi. Uni sut bezida jarroxlik operasiyasidan oldin, shuningdek operasiyadan keyin yoki tamoksifen bilan davolagandan besh yildan so‘ng birinchi qator preparati sifatida qo‘llash mumkin.

Etruzil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparati shuningdek kasallikning kechki bosqichlari bo‘lgan pasientlarda sut bezi rakini organizmning boshqa to‘qimalariga tarqalishini oldini olish uchun ham qo‘llanadi.

Agar Sizda Etruzil® preparatining ta‘siri yoki u Sizga qaysi maqsadda buyurilgani bo‘yicha savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.

  1. Etruzil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak

Shifokor ko‘rsatmasiga qat‘iy rioya qiling. U ilova-varaqada keltirilgan umumiy ma‘lumotdan farq qilishi mumkin.

Quyidagi hollarda Etruzil® qobiq bilan qoplangan tabletkalarni qabul qilmang:

  • Letrozolga yoki 8 bo‘limda keltirilgan Etruzil® preparatining boshqa komponentlariga allergiyada;
  • agar Siz hali ham xayz ko‘rsangiz, ya‘ni siz menopauza davrini o‘tmagan bo‘lsangiz;
  • agar Siz homilador bo‘lsangiz;
  • agar Siz bola emizayotgan bo‘lsangiz;

Agar Sizda yuqorida keltirilgan holatlardan biri bo‘lsa, bu preparatni qabul qilmang va bu haqda davolovchi shifokoringizga xabar bering.

 

Tibbiyotda qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari

Etruzil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

  • agar Sizda og‘ir buyrak kasalligi bo‘lsa
  • agar Sizda og‘ir jigar kasalliklari bo‘lsa, agar Sizda osteoporoz bo‘lsa yoki suyaklarning sinishini o‘tkazgan bo‘lsangiz (3 bo‘lim “Etruzil® tabletkalarini qabul qilish vaqtida Sizning holatingizni nazorat qilish”ga qarang)

Agar Sizda yuqorida keltirilgan holatlardan biri bo‘lsa, shifokorga murojaat eting. Davolovchi shifokoringiz Sizni Etruzil® preparati bilan davolash vaqtida buni e‘tiborga oladi.

Bolalar va o‘smirlar (18 yoshgacha bo‘lgan)

Letrozolni bolalarga va o‘smirlarga berish mumkin emas.

Keksa yoshdagi pasientlar (65 yosh va undan kattalar)

65 yoshda shaxslar va undan kattalar Letrozolni boshqa katta odamlar dazasida qabul qilishlari mumkin.

Boshqa dori vositalari va Etruzil® qobiq bilan qoplangan tabletkalari

Siz qabul qilayotgan, yaqinla qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori vositalari haqida shifokor yoki farmasevtga xabar bering, bu shifokor reseptisiz beriladigan preparatlarga ham taalluqli.

Etruzil tabletkalarini ovqat yoki ichimliklar bilan qabul qilish

Ovqat va ichimliklar letrozolga ta‘sir qilmaydi.

Homiladorlik, emizish va reproduktiv faoliyat

Homiladorlik

Agar Siz homilador bo‘lsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, bu haqda davolovchi shifokoringizga xabar bering.

Etruzil® tabletkalarini homiladorlikda qo‘llash mumkin emas, chunki bu bolaga zarar yetkazishi mumkin.

Emizish

Letrozolni emizish davrida qo‘llash mumkin emas, chunki bu bolaga zarar yetkazishi mumkin.

Reproduktiv faoliyat

Etruzil® tabletkalarini faqat agar Siz menopauza davridan o‘tgan bo‘lsangizgina qo‘llash mumkin. Bunga qaramasdan davolovchi shifokoringiz Sizga samarali kontraseptiv vositani qo‘llashni tavsiya etishi mumkin, chunki Sizda Etruzil® tabletkalari bilan davolash vaqtida homiladorlikni inkor etib bo‘lmaydi.

Har qanday dori vositalarini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

 

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Agar Siz bosh aylanishi, toliqish, uyquchanlik yoki umumiy lohaslikni sezsangiz, o‘zingizni yana yaxshi xis qilguningizgacha transport vositalarini yoki har qanday mexanizmlarni boshqarmang.

Etruzil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparati laktoza saqlaydi

Etruzil® sut qandi laktoza saqlaydi. Agar davolovchi shifokoringiz Sizga ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmasligingiz haqida aytgan bo‘lsa, bu dori vositasini qabul qilishdan oldin unga maslahat uchun murojaat qiling.

  1. Etruzil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparatini qanday qabul qilish kerak

Bu preparatnihar doim qat‘iy shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qiling. Agar Siz o‘zingizda ishonch hosil qilmasangiz, albatta shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Tavsiya etilgan doza – bir tabletkadan kuniga bir marta. Etruzil® tabletkalarini sutkaning bir vaqtida qabul qilish, Sizga preparatni qachon qabul qilishni eslab qolishga yordam beradi.

Tabletkani butunligicha, chaynamasdan, ovqat bilan yoki och qoringa, bir stakan suv yoki boshqa ichimlik bilan qabul qilishl kerak.

Etruzil® tabletkalari bilan davolash davomiyligi

Shifokor ko‘rsatmalariga muvofiq Etruzil® tabletkalarini qabul qilishni davom ettiring. Bunga oylar yoki yillar talab etilishi mumkin. Agar Sizda Etruzil® preparati bilan davolash davomiyligi bo‘yicha savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokoringizga murojaat eting.

Etruzil® tabletkalari bilan davolash vaqtida Sizning holatingizni nazorat qilish

Siz bu preparatni faqat qat‘iy tibbiy nazorat ostida qabul qilishingiz kerak. Davolovchi shifokoringiz davolashning samarasi to‘g‘riligini nazorat qilish maqsadida Sizning xolatingizni vaqti-vaqti bilan tekshiradi.

Etruzil® tabletkalari Sizning organizmingizda estrogenlar darajasi kamayishi tufayli suyaklaringizni yupqalashishini yoki suyak to‘qimasini yo‘qolishini (osteoporoz) chaqirishi mumkin. Davolovchi shifokoringiz davolashdan oldin, davolash vaqtida va davolashdan keyin Sizga suyak to‘qimasi zichligini aniqlashni (osteoporozning darajasini aniqlash usuli) buyurishi mumkin.

Agar Siz Etruzil® tabletkalarini haddan tashqari ko‘p qabul qilgan bo‘lsangiz

Agar Siz Etruzil® preparatini haddan tashqari yuqori dozasini qabul qilgan bo‘lsangiz yoki kimdir adashib Sizning tabletkalaringizni qabul qilgan bo‘lsa, darhol yordam uchun shifokorga yoki kasalxonaga murojaat qiling. Tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati tug‘ilishi mumkin.

Agar Siz Etruzil tabletkalarini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

  • agar keyingi dozani qabul qilish vaqti yaqinlashayotgan bo‘lsa (taxminan 2-3 soatdan keyin), qabul qilinmagan dozani o‘tkazib yuboring va keyingi dozani rejalashtirilgan vaqtda qabul qiling. Aks holda (agar keyingi dozani qabul qilishga ancha bo‘lsa) Siz buni eslashingiz bilanoq o‘tkazib yuborilgan dozani qabul qiling va keyingi tabletkalarni odatdagi tartibda qabul qilishni davom ettiring.
  • O‘tkazib yuborilganini o‘rnini to‘ldirish uchun ikki marta dozani qabul qilmang.

Agar Etruzil® tabletkalarini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Davolovchi shifokoringiz tavsiya qilmagunicha Etruzil® preparatini qabul qilishni to‘xtatmang.

Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari

Boshqa barcha dori preparatlari kabi ushbu preparat ham nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, ammo hamma pasientlarda ular paydo bo‘lmaydi.

Nojo‘ya samaralarining ko‘pchiligi kichik va o‘rtacha jadallikka ega va odatda bir necha kundan bir necha haftagacha bo‘lgan davolash kursida yo‘qoladi. Bu samaralarning ayrimlari masalan, issiqlikni oqib kelishi, sochni to‘kilishi yoki qindan qon ketishlar, organizmda estrogenlarning yo‘qligi tufayli chaqirilishi mumkin.

Quyidagi nojo‘ya samaralarning ro‘yxati Sizni xavotirga solmasin – Sizda ulardan hech biri rivojlanmasligi mumkin.

Nojo‘ya samaralarning ayrimlari jiddiy bo‘lishi mumkin

Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralari kam yoki tez-tez bo‘lmagan hollarda kuzatiladi (ya‘ni bu preparatni qabul qiluvchilarda 10000 tadan 1 tadan ko‘p emas, 100 pasientdan 1 ta dan kam).

  • Holsizlik, falaj yoki tananing har qanday qismida sezuvchanlikning yo‘qligi, harakatlar koordinasiyasini buzilishlari, ko‘ngil aynishi, nafas yoki nutqning qiyinlashuvi (bosh miyada buzilishlarning belgilari, masalan, insult bilan bog‘liq).
  • Ko‘krakda to‘satdan siquvchi og‘riq (yurak faoliyatining buzilishini belgilari).
  • Nafas olishni qiyinlashishi, ko‘krakda og‘riq, xushdan ketish, yurak urishini tezlashishi, qo‘l va oyoqlarda to‘satdan og‘riq (tovonda) (bo‘lishi mumkin bo‘lgan qon laxtasining hosil bo‘lishini belgilari).
  • Vena yo‘li bo‘ylab kuchli oqriq bilan qizarish va shish va ehtimol tekkanda og‘riq bilan.
  • Og‘ir isitma, qaltirash yoki infeksiya bilan bog‘liq og‘iz shilliq qavatining yaralanishi (oq qon tanachalarining yetishmovchiligi).
  • Ko‘rish o‘tkirligini doimiy yaqqol pasayishi.

Agar Sizda yuqorida ko‘rsatilgan simptomlarning birontasi paydo bo‘lsa ham, darhol shifokorga murojaat qiling.

Siz shuningdek, agar Etruzil® preparati bilan davolash vaqtida Sizda quyidagi simptomlardan birontasi avydo bo‘lsa, darhol davolovchi shifokoringizga darhol xabar berishingiz kerak:

  • Asosan yuzda va tomoqda shish (allergik reaksiya bulgilari)
  • Teri va ko‘zni sariq rangga bo‘yalishi, ko‘ngil aynishi, ishtahani yo‘qolishi, siydikni to‘q rangga bo‘yalishi (gepatit belgilari)
  • Teri toshmalari, terini qizarishi, lablar, ko‘zlar yoki og‘izda pufaklar, terini kepaklanishi, haroratni oshishi (teri kasalliklari belgilari).

 

Boshqa mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari

Juda tez-tez (10 pasientdan kamida bittasida uchraydigan):

  • Qizib ketish hissi
  • Qonda xolesterin darajasini oshishi
  • Toliqish
  • Terlash
  • suyak va bo‘g‘imlarda og‘riq (artralgiya);

Agar keltirilgan nojo‘ya samaralardan birontasi Sizni jiddiy bezovta qilsa, davolovchi shifokoringizga xabar bering.

 

Tez-tez (100 tadan kamida 1 tasida uchraydigan, lekin 10 tadan kamida 1 tasida):

  • teri toshmalari
  • bosh og‘rig‘i
  • bosh aylanishi
  • o‘zini yomon his qilish (umumiy lohaslik hissi)
  • me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar, masalan, ko‘ngil aynishi, qusish, ovqat hazm qilaolmaslik, qabziyat, ich ketishi
  • ishtahaning kuchayishi yoki yo‘qolishi
  • mushaklarda og‘riq
  • ba‘zi xollarda suyaklarni sinishining sababi bo‘luvchi suyaklarni yupqalashishi yoki kuchsizlanishi (osteoporoz) (shuningdek 2 “Etruzil preparatini qabul qilishdan oldin” bo‘lmiga qarang)
  • qo‘l, qo‘l kafti, oyoq va to‘piqni shishi
  • kayfiyatning pasayishi (depressiya);
  • tana vaznini oshishi
  • sochlarni to‘kilishi
  • arterial bosimni oshishi (gipertenziya)
  • qorinda og‘riq
  • terini quruqligi
  • qindan qon ketishi

Agar keltirilgan nojo‘ya samaralardan birontasi Sizni jiddiy bezovta qilsa, davolovchi shifokoringizga xabar bering.

Tez-tez emas (1000 tadan kamida 1 tasida uchraydigan, lekin 100 tadan kamida 1 tasida):

  • nerv tizimi tomonidan buzilishlar: xavotirlik, asabiy taranglik, ta‘sirchanlik, uyquchanlik, xotirani buzilishi
  • sezuvchanlikni buzilishi (ayniqsa tegish szuvchanligi)
  • ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar: ko‘rish aniqligini buzilishi, ko‘zlarni ta‘sirlanishi
  • yurak urishini kuchayishi yoki tezlashishi
  • teri tomonidan buzilishlar: teri qichishishi (eshakemi)
  • qindan ajralmalar, qinni qurishi
  • bo‘g‘imlarda karaxtlik (artrit)
  • sut bezida og‘riq
  • tana haroratini oshishi
  • chanqoqlik, ta‘m bilishni buzilishi, og‘izni qurishi
  • shilliq qavatlarni qurishi
  • tana vaznini oshishi
  • siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyasi; siyish tez-tezligini oshishi
  • yo‘tal
  • jigar fermentlarini oshishi.

Agar keltirilgan nojo‘ya samaralardan birontasi Sizni jiddiy bezovta qilsa, davolovchi shifokoringizga xabar bering.

Agar Sizda har qanday nojo‘ya samara paydo bo‘lsa, bu haqda davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering. Bu ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarga ham taalluqli.

 

  1. Etruzil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparatini qanday saqlash kerak

Preparatni 25S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlash kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

 

  1. Yaroqlilik muddati

Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin Etruzil® qabul qilinmasin.

Birinchi ikkita raqam oyni, oxirgi to‘rtasi – yilni bildiradi. Yaroqlilik muddatini tugashi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar Sizga boshqa kerak bo‘lmagan preparatni yo‘q qilish kerak bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof muhitni ifloslanishini oldini olishga yordam beradi.

  1. Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

  1. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar

Etruzil® preparati nima saqlaydi

Ta‘sir etuvchi modda: letrozol. Qobiq bilan qoplangan har bir tabletka 2,5 mg letrozol saqlaydi.

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, qayta jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali, natriy kraxmalglikolyati (A turi), magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi.

Tabletka qobig‘i: gipromelloza, talk, makrogol 8000, titan dioksidi (Ye171), temir II oksidi (Ye172).

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ETRUZIL tabletkalari 2,5mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ETRUZIL tabletkalari 2,5mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ETRUZIL tabletkalari 2,5mg N30 dori vositasi Фармацевтический завод Эгис, ЗАО, Венгрия произведено: Synthon Hispania S.L. tomonidan Ispaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ETRUZIL tabletkalari 2,5mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ETRUZIL tabletkalari 2,5mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ETRUZIL tabletkalari 2,5mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод Эгис, ЗАО, Венгрия произведено: Synthon Hispania S.L.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9