×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

FLYUKOLD + VIT C poroshok so vkusom limona 5g N5

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Парацетамол, Аскорбиновая кислота, фенилэфрина гидрохлорид
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Nabros Pharma Pvt. Ltd
Vakil:
- Healthcare Business MChJ
ATX kodi:
- N02BE51
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
24 000 s`om dan
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N5 Узхимфарм, АО O'zbekiston
4 500 s`om dan
PARASETAMOL sirop 40ml 2,4% Dentafill Plyus, ООО
3 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1 paketcha quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar:
Paratsetamol 750 mg
Fenilefrin gidroxloridi 10 mg
Askorbin kislotasi 60 mg
Yordamchi moddalar: saxaroza, aspartam, karmozin, natriy saxarini, natriy metilparabeni, natriy propilparabeni, natriy xloridi, limon kislotasi, natriy sitrat.
Ta'mi: «qora qorag'at» yoki «limon» yoki «apelьsin».
Ta'rifi:
Limon ta'mli sariq kukun, iliq suvda eritilgandan so'ng spetsifik limon xidli sariq eritma xosil bo'ladi.
Qora qorag'at ta'mli: pushti rangli kukun, iliq suvda eritilgandan so'ng pushtidan binafsha ranggacha rangli spetsifik qora qoraqat xidli eritma xosil bo'ladi.
Apelьsin ta'mli: to'q sariq rangli kukun, iliq suvda eritilgandan so'ng to'q sariq rangli spetsifik apelьsin xidli eritma xosil qiladi.
Paratsetamol og'riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Og'riq qoldiruvchi ta'sir mexanizmi, asosan gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazida prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilish bilan bog'liq. Paratsetamolning isitmani tushiruvchi ta'siri, gipotalamik termoregulyatsiya markazlariga to'g'ridan-to'g'ri ta'siri bilan bog'liq bo'lib, buning natijasida qon tomirlarni kengayishi va kuchli terlash ajralib chiqishini kuchayishi tufayli, issiqlikni chiqarilishi kuchayadi.
Fenilefrin gidroxloridi (sinonimi mezaton): simpatomimetik amin, qon tomirlarning -adrenoretseptorlaring rag'batlantiruvchi vosita hisoblanadi, yurakning -adrenoretseptorlariga kam ta'sir qiladi. Arteriolalarni torayishini va arterial bosimni oshishini chaqiradi. Ko'z qorachig'ini kengayishiga olib keladi va glaukomada ko'z ichki bosimini pasaytirishi mumkin. Preparatning midriatik samarasi atropin qo'llangandagiga nisbatan kamroq davom etadi. Nafas olish yo'llari shilliq qavatidagi -adrenergik retseptorlariga ta'sir qilib, qon tomirlarni torayishini chaqiradi. Bu esa, yallig'lanish oqibatida paydo bo'lgan nafas yo'llari shilliq qavatini shishini vaqtinchalik kamaytiradi.
Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi, folat kislotaning faol shaklini hosil bo'lishida ishtirok etadi, gemoglobin va oksigemoglobinni, R450 sitoxromlarning temirini himoya qiladi. Askorbin kislotasi kollagen, serotonin, buyrak usti bezlari gormonlari, karnitinning biosintezida muhim rolь o'ynaydi, temirni transferin bilan bog'langan holatidan ajralib chiqishiga va uni ichakda so'rilishiga yordam beradi. Askorbin kislotasi (S vitamini) xujayradan tashqari va xujayra ichki antioksidanti hisoblanadi, erkin radikallarni faol bog'laydi.
Paratsetamol ichga qabul qilinganida yaxshi va tez so'riladi. Plazmadagi cho'qqi kontsentratsiyasiga 30-90 minut o'tgach erishiladi. Organizmning deyarli barcha to'qimalariga kiradi, yo'ldosh orqali oson o'tadi va ko'krak suti bilan chiqariladi. Jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlari farmakologik faol emas, ammo to'planganida jigarni nekrozga olib kelishi mumkin. Asosan metabolitlar ko'rinishida buyrak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,5 soatdan 3 soatgacha o'zgarib turadi. Jigar faoliyatini buzilishida preparatni organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu metabolitlarini organizmda to'planishiga olib keladi.
Ichga qabul qilinganida jigardan birinchi o'tish samarasiga va monoaminooksidaza bilan me'dada parchalanishi natijasida fenilefrin gidroxloridining biologik faolligi pasayadi. Biotransformatsiyasi me'da-ichak yo'llarida va jigarda yuz beradi. Buyrak orqali chiqariladi.
Askorbin kislotasini plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 25% ni tashkil qiladi. Askorbin kislotasining plazmadagi kontsentratsiyasi normada taxminan 10-20 mkg/ml ni tashkil qiladi, organizmdagi zahiralari - tavsiya qilingan dozalar har kuni qabul qilinganida taxminan 1,5 g ni, sutkada 200 mg qabul qilinganida 2,5 g ni tashkil qiladi. Leykotsitlarga, trombotsitlarga, so'ngra esa - barcha to'qimalarga oson kiradi; eng yuqori kontsentratsiyasi bez a'zolarda, leykotsitlarda, jigarda va ko'z gavharida bo'ladi; gipofizning orqa bo'lagida, buyrak usti bezlarining po'stlog'ida, ko'z epiteliysida, urug' bezlarining oraliq hujayralarida, tuxumdonlarda, jigarda, taloqda, me'da osti bezida, o'pkada, buyrakda, ichak devorida, yurakda, mushaklarda, qalqonsimon bezida to'planadi; yo'ldosh orqali o'tadi.
Paratsetamol nojo'ya samaralarni kam chaqiradi. Ba'zida allergik reaktsiyalar: terida toshma, eshakemi, angionevrotik shish bo'lishi mumkin. Kam hollarda - trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz. Dozani uzoq muddat oshirilganida gepatotoksik va nefrotoksik ta'sir bo'lishi mumkin. Gepatotoksik ta'sirning oshish xavfi barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampitsin, zidovuddin va boshqa jigar fermentlari induktorlarini bir vaqtda qabul qilinganda oshadi.
Fenilefrin ko'ngil aynishi, bosh og'rig'i, qon bosimini biroz oshishi va juda kam hollarda yurak urishini chaqirishi mumkin bo'lib, u preparatni qabul qilishni to'xtatilganidan keyin o'tib ketadi. Noodatiy reaktsiyalar paydo bo'lganida shifokorga murojaat qiling.
Preparatni qabul qilishdan avval: metoklopramid, domperidon, xolesteramin, antikoagulyantlarni (varfarin) qabul qilish, giponatriyli parhezga rioya qilish zarur bo'lgan (har bir paketcha 0,12 g natriy saqlaydi) hollarda shifokor maslahati zarur.
Jigarni toksik shikastlanishidan saqlanish uchun paratsetamolni alkogolli ichimliklar bilan birga qabul qilish, shuningdek alkogolni surunkali is'temol qiladigan shaxslar qabul qilishi mumkin emas.
Preparatning faol komponentlari sedativ ta'sir ko'rsatmaganligi tufayli, tavsiya etilgan dozalarda avtomobilni xaydash va mexanizmlar bilan ishlashda cheklovlar yo'q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.
Gripp, shamollash, boshqa o'tkir respirator virusli infektsiyalar, burunning yondosh bo'shliqlarida yallig'lanish (peshona qismi, gaymor bo'shlig'i) simptomatik davolash, kasallik simptomlarini:
bosh og'rig'i, bo'g'im va mushaklarda og'riqlar, (tanada uvishish xissi), tomoqda og'riq;
tana haroratini oshishi;
burundan nafas olishni buzilishi (burun "bitishi");
burun oqishi;
aksirish, burunda , ko'zlarda qichishish xissi, tomoqda «kichishini» xissi;
ko'z yosh oqishini bartaraf etish / kamaytirish maksadida qo'llaniladi;
Preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Jigar va buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari.
Gipertireoidizm (tireotoksikoz).
Qandli diabet va qandni so'rilishini nasliy buzilishlari (qand saqlaydi).
Yurak kasalliklari (aorta teshigini yaqqol stenozi, o'tkir miokard infarkti, taxiaritmiyalar).
Arterial gipertenziya.
Tritsiklik antidepressantlarni, beta-adrenoblokatorlarni, MAO ingibitorlarini , shu jumladan bekor qilingandan 14 kungacha bo'lgan davrda qabul qilish.
Boshqa paratsetamol saqlovchi vositalarni va shamollash, gripp va burunni bitishini yengillashtirish uchun vositalarni qabul qilish.
Prostata bezi adenomasi.
Yopiq burchakli glaukoma.
12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Glyukozo-6-fosfat degidrogenazani genetik tanqisligida, xavfsiz giperbilirubinemiyada, homiladorlik va emizish vaqtida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
MAO ingibitorlari, sedativ vositalar, etanolning samaralarini kuchaytiradi. Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi va antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydik tutilishi, og'iz qurishi, qabziyat xavfini oshiradi. Glyuklokortikosteroidlar glaukomani rivojlanishi xavfini oshiradi. Paratsetamol diuretik preparatlarning samaradorligini pasaytiradi. Galotan qorinchalar aritmiyasi xavfini oshiradi. Fenilefrin guanetidinning gipotenziv samarasini pasaytiradi. Guanetidin fenilefrinning alьfa-adrenoretseptorlarni rag'barlantiruvchi, tritsiklik antidepressantlar esa- simpatomimetik samarasini kuchaytiradi.
1 paketcha ichidagisini krujkaga solish, issiq suvni quyish, erib ketgunicha aralashtirish kerak. Agar zarur bo'lsa, sovuq suv va qand qo'shish mumkin. Kattalar: bir paketcha har 6 soatda buyuriladi. 24 soat davomida 4 paketchadan ko'p qabul qilmaslik kerak. Preparatni 4 soatdan tez qabul qilmaslik kerak. 12 yoshdan katta bolalar: bir paketcha har 6 soatda buyuriladi. 24 soat davomida 3 paketchadan ko'p qabul qilmaslik kerak.
Preparatni 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga shifokorni ko'rsatmasisiz buyurmaslik kerak.
Shifokorning maslahatisiz 5 kundan ortiq qo'llash tavsiya qilinmaydi. Agar simptomlar saqlanib qolsa, shifokorga murojaat qiling.
Ko'rsatilgan dozalarni oshirmang. Dozani oshirib yuborilish hollarida, hatto o'zingizni yaxshi his qilsangiz ham, tez tibbiy yordam kerak, chunki jigarni kechikkan jiddiy shikastlanishi xavfi mavjud. Paratsetamol bilan zaharlanishda maxsus antidot-atsetiltsisteindir.
Simptomlari: nojo'ya ta'sirlarini kuchayishi kuzatiladi.
Davolash: simptomatik davolash.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

FLYUKOLD + VIT C poroshok so vkusom limona 5g N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
FLYUKOLD + VIT C poroshok so vkusom limona 5g N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
FLYUKOLD + VIT C poroshok so vkusom limona 5g N5 dori vositasi Nabros Pharma Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
FLYUKOLD + VIT C poroshok so vkusom limona 5g N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
FLYUKOLD + VIT C poroshok so vkusom limona 5g N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
GRIPGO XOTMIKS granuli so vkusom klubniki 5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Аскорбиновая кислота, фенилэфрина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 59 000 so'mdan Batafsil
GRIPGO XOTMIKS granuli so vkusom limona 5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Аскорбиновая кислота, фенилэфрина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 59 000 so'mdan Batafsil
GRIPGO XOTMIKS granuli 5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Аскорбиновая кислота, фенилэфрина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 59 000 so'mdan Batafsil
NEOREM XOT poroshok so vkusom ananasa 5g N10
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ALLEDROKS gel 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
MONOPOUZ ESSEL kapsulalar N30
Narh: 112 000 so'mdan Batafsil
DOLAREN gel 20g
DOLAREN BEYBI suspenziya 60ml
KOFANOL sirop 100ml
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
DOLAREN tabletkalari N100
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
KALSIY D3 NABROS tabletkalari so vkusom limona N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
ESSEL FORTE kapsulalar N50
MONOPOUZ ESSEL kapsulalar N10
DOLAREN gel 50g
FLYUKON kapsulalar 150mg N1
FEROMINA kapsulalar N30
XIL krem 50g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
LIVERESS FORTE inyeksiya uchun eritma 5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
Narh: 118 000 so'mdan Batafsil
FERROMINA eritma 5 ml 100 mg/5 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
XIL krem 30g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
NOVIGRA tabletkalari 50mg N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
NOVIGRA tabletkalari 50mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
NOVIGRA tabletkalari 100mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
LIVERESS N kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
KARTIL SUPER FORTE kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9