×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GASTROGIST eritma 2 ml 2,5% N10

Kategoriya:
- Kislotalikning buzilishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Me'da va o'n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi vosita (N2 blokatori).
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Jurabek Laboratories, СП ООО
ATX kodi:
- A02BA02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom apelsina N24 Bayer Consumer Care AG Germaniya
39 000 s`om dan
MUKOGEN tabletkalari 100mg N30 Macleods Pharmaceutical Ltd Hindiston
88 000 s`om dan
OMES kapsulalar 20mg N30 Combitic Global Caplet Pvt. Ltd. Hindiston
12 000 s`om dan
OMEZANDRA poroshok 40mg Naprod Life Sciences Pvt. Ltd Hindiston
62 000 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

faol modda:

Ranitidin gidroxlorid –                                  28,0 g

ranitidinga qayta hisoblanganda –                   25,0 g;

yordamchi moddalar: natriy xlorid, natriy digidrofosfat digidrat, natriy gidrofosfat digidrat, natriy gidroksid  vodorod xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv  1,0 ml gacha.

Сhiqarilish shakli

Shisha ampulalarda in'ektsiya uchun 2,5 % - 2 ml li eritma. Kartonli o'ramda 5 yoki 10 ta ampula va qo'llashga doir yo'riqnoma. 


In'ektsiya uchun 2,5% eritma.
II avlodga kiruvchi  N2 –gistamin retseptorlarining blokatori. Ta'sir mexanizmi me'da shilliq qavatining parietal hujayralari membranalaridagi N2 – gistamin retseptorlari blokadasi bilan bog'liq. Xlorid  kislotasining kunduzgi va tungi sekretsiyasi, shuningdek bazal va stimullangan sekretsiyasini kamaytiradi, oziq-ovqat ta'sirida me'da kengayishi, gormonlar va biogen stimulyatorlar (gastrin, gistamin, atsetilxolin, pentagastrin, kofein) ta'sirlari tufayli ishlab chiqariladigan  me'da shirasi hajmini kamaytiradi. R450 tsitoxromi bilan bog'liq “jigar” fermentlariga deyarli ta'sir  etmagan holda me'da shirasidagi xlorid  kislotasi miqdorini kamaytiradi, qon zardobidagi  gastrin kontsentratsiyasiga,  shilliq ishlab chiqarilishiga  ta'sir qilmaydi. Pepsin faolligini pasaytiradi.

Qon zardobidagi  Ca2+ kontsentratsiyasiga ta'sir qilmaydi. Ranitidin  100 mg va undan ko'proq dozada vena ichiga yuborilganidan so'ng qon zardobida prolaktin kontsentratsiyasining  o'tib ketuvchi oshishi kuzatilishi  mumkin.

Me'da  shillig'ining hosil bo'lishi, unda glikoproteinlar miqdorini oshishi, me'da shilliq qavatida  gidrokarbonat sekretsiyasini oshishi, unda prostoglandinlarning (Pg)  endogen sintezini va regeneratsiya tezligini stimullash orqali me'da  shilliq qavatining himoya mexanizmlarini kuchaytiradi va uning xlorid  kislotasi ta'siri bilan bog'liq shikastlanishlarini bitishi  (shu jumladan, me'da-ichak yo'llaridan qon ketishini to'xtatishga va stress yaralarini chandiqlanishi)ga  yordam beradi. 

So'rilishi: mushak orasiga yuborilganidan so'ng tez so'riladi,  qon zardobidagi  maksimal kontsentratsiyasi odatda yuborilgandan so'ng 15-30 daqiqa ichida aniqlanadi. 

Qon zardobidagi maksimal kontsentratsiyasi (Smax) – 300-500 ng/ml ni tashkil qiladi. 

Taqsimlanishi: qon zardobi oqsillari bilan bog'lanishi – 15%, biroq taqsimlanish hajmi yuqori - 96 dan 142 l.gacha. Gematoentsefalik to'siq orqali yaxshi o'tmaydi; platsentar to'siq orqali va ko'krak sutiga o'tadi (laktatsiya davrida ayollar ko'krak sutidagi kontsentratsiyasi zardobdagi  kontsentratsiyasiga nisbatan yuqori).

Metabolizm: ranitidin intensiv metabolizmga uchramaydi. Yuborilgan dozaning ranitidin metaboliti sifatida chiqariladigan qismi peroral va vena ichiga yuborilganda deyarli bir xil bo'ladi. Dozaning 6%  buyraklar tomonidan N-oksid,  2 % —   S-oksid, 2 %-dezmetilranitidin va 1-2% furankarbon kislotasi analogi sifatida chiqariladi. 

Сhiqarilishi: ranitidinning yarim chiqarilish davri 2-3 soatni tashkil qiladi va qon zardobida kontsentratsiyasining ikki fazali pasayishi kuzatiladi. Eliminatsiya tezligi va va darajasi jigar holatiga uncha bog'liq emas. Vena ichiga yuborilganidan T1/2  1,9 soatni tashkil qiladi. Asosiy chiqarilish yo'li - buyraklar orqali.  Vena ichiga 150 mg 3N –ranitidin yuborilganidan so'ng dozaning 98% chiqarilgan, jumladan 5% ichak orqali va 93% -buyrak orqali. O'zgarmagan preparat 70% ni tashkil qilgan. Preparat dozasining 3%dan kamrog'i o't suyuqligi orqali chiqarilgan. Buyrak klirensi 500ml/min ni tashkil qilib, bu ko'rsatkich koptokcha fil'tratsiyasidan yuqori, bu esa buyrak kanalchilaridagi sekretsiya haqida dalolat beradi.  

Bemorlarning alohida guruhlari:

Yangi tug'ilgan chaqaloqlar ( 1 oygacha)

Yangi tug'ilgan chaqaloqlarning  qon zardobida  ranitidin klirensi pasayishi, yarim chiqarilish davri esa uzayishi mumkinligi haqida chegaralangan farmakokinetik ma'lumotlar bor.

1 oydan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar 

1 oy va undan oshgan  bolalarning qon zardobida ranitidin klirensi (9-13 ml/min/kg) va yarim chiqarilish davri (2-3 soat) sog'lom yoshi katta shaxslarnikiga mos kelishi haqida  chegaralangan farmakokinetik ma'lumotlar bor.

50 yoshdan katta bemorlar: 

50 yoshdan katta bemorlarda  ranitidinning yarim chiqarilish davri uzayadi (3-4 soat), klirensi esa yoshga mos ravishda buyraklar funktsiyasining pasayishi hisobiga  pasayadi. Shu bilan birga bu guruhdagi bemorlarda  ranitidinning tizimli  ta'sir darajasi va to'planishi  50% ga yuqori. Bunday farq buyraklar funktsiyasini pasayishi ta'siridan ustun turadi va keksa yoshli bemorlarda ranitidinning bioerishuvchanligi oshishi haqida ma'lumot beradi. 

Buyrak funktsiyasi buzilishi bo'lgan bemorlar: 

Buyrak yetishmovchiligi kuzatilgan bemorlarda  (kreatinin klirensi 50 ml/mindan past) to'planishi kuzatiladi, natijada qon zardobida ranitidin kontsentratsiyasi oshadi.  

Nojo'ya ta'sirlar a'zo va tizimlarning zararlanishi va uchrash  tezligiga ko'ra  quyidagi darajalanish shaklida keltirilgan:

juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100, < 1/10); kamroq (≥ 1/1000, < 1/100); kam hollarda (≥ 1/10000, < 1/1000); juda kam hollarda (< 1/10000).

Qon va limfa tizimi tomonidan: juda kam: qon formulasida o'zgarishlar (leykopeniya, trombotsitopeniya), odatda, orqaga qaytadi. Agranulotsitoz yoki pantsitopeniya qator holatlarda suyak ko'migining gipoplaziyasi yoki aplaziyasi bilan birga kuzatiladi. Immun gemolitik va aplastik anemiya.

Immun tizimi tomonidan: kam hollarda: gipersezgirlik reaktsiyalari  (eshak yemi, angionevrotik shish,  isitma, bronxospazm, arterial gipotenziya, ko'krak qafasida og'riq,  eozinofiliya); juda kam hollarda: anafilaktik shok.

Ro'hiy o'zgarishlar: juda kam hollarda: psixik faoliyatning qaytar o'zgarishlari: xush karaxtligi, depressiya va gallyutsinatsiyalar (asosan qariyalar va og'ir bemorlarda), uyqusizlik, ta'sirchanlik, emotsional labillik,  xavotirlik.

Nerv tizmi tomonidan: kam hollarda: kuchli motor qo'zg'alish (ajitatsiya) (asosan qariyalar va og'ir bemorlarda); juda kam hollarda: bosh og'rishi (ba'zan juda kuchli), bosh aylanishi va qaytar ixtiyorsiz harakat buzilishlari, tez charchash, uyquchanlik.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda kam hollarda: bradikardiya, atrioventrikulyar blokada, asistoliya,  taxikardiya, vaskulit, arterial gipotenziya.

Suyak-mushak va biriktiruvchi to'qima tizimi tomonidan: juda kam hollarda: artralgiya va mialgiya.

Ko'rish a'zosi tomoniadan: juda kam hollarda: taxminan akkomodatsiya falaji bilan bog'liq qaytar  ko'rish noaniqligi.

Eshitish a'zolari tomonidan va labirint o'zgarishlari: juda kam hollarda: quloqlarda shovqin.

Me'da-ichak yo'li tomonidan: juda kam hollarda: o'tkir pankreatit, diareya, ko'ngil aynishi, og'iz qurishi, qabziyat, qusish, qorinda og'riq.

Jigar va o't ajratish yo'llari tomoniadan: kam hollarda: jigar funktsional sinamalarini tranzitor va orqaga qaytar o'zgarishlari; juda kam hollarda: odatda orqaga qaytadigan sariqlik bilan yoki sariqliksiz kechuvchi  gepatit (gepatotsellyulyar, xolestatik yoki aralash).

Teri va teri osti to'qimalari tomoniadan: kam hollarda: teri toshmasi; juda kam hollarda: mul'tishaklli eritema (jumladan,  Stivens-Djonson sindromi), eksfoliativ dermatit, toksik epidermal nekroliz, alopetsiya.

Buyraklar va siydik ayirish yo'llari tomonidan: juda kam hollarda – o'tkir interstitsial nefrit.

Jinsiy a'zolar va sut bezi tomonidan: juda kam hollarda: qaytar impotentsiya, sut bezidagi o'zgarishlar (ginekomastiya va galaktoreya)   giperprolaktinemiya, amenoreya  libidoning kamayishi.

Shifokor retsepti bo'yicha beriladi.

Xavfli o'smalar borligini baholash:

Davolashdan avval me'da va o'n ikki barmoqli ichakda xavfli o'smalarni inkor qilish zarur (me'da raki belgilarini niqoblashi mumkin) 

Buyrak funktsiyasi buzilganida qo'llash:

Og'ir darajali buyrak yetishmovchiligi bilan og'rigan bemorlarda (KK  50 ml/min.dan kam)  ranitidinning  kumulyatsiyasi va qon zardobida  kontsentratsiyasning oshishi kuzatiladi.  Tavsiya etiladigan doza  sutkada  150 mg dan  1 marta. Davomiy ambulator peritoneal dializdagi yoki davomiy gemodializdagi bemorlarga  dori vositasi dializ seansi tugashi bilan 150 mg dozada buyuriladi. 

Yurak kasalliklari bilan og'rigan bemorlarda vena ichiga tez yuborilganida va yuqori dozalarda qo'llanilganida kardiotoksik ta'sirlari (bradikardiya) xavfi ortadi. 

Ranitidinni tavsiya etilgan dozalaridan yuqori dozalarni qo'llash qon zardobida  kreatinin kontsentratsiyasi, glutamattranspeptidaza va «jigar» transaminazalari  faolligini oshishiga olib kelishi mumkin.

Ranitidin o'tkir porfiriya hurujini chaqirishi mumkin, shu sababli anamnezida porfiriya hurujlari bo'lgan bemorlarda qo'llanilmasligi lozim.   

Keksa bemorlarda, surunkali o'pka kasalliklari, qandli diabet bilan og'rigan yoki immuniteti past bemorlarda kasalxonadan tashqari zotiljam xavfi yuqori  (1,82 marta (95% DI:1,26–2,64) ranitidin qabul qilmagan bemorlarga nisbatan).

Sog'lig'ida og'ir o'zgarishlar bo'lgan keksa bemorlarda ranitidinni qo'llash  xushni buzilishi,  depressiya va  gallyutsinatsiyalarga olib kelishi mumkin.

Stress sharoitlarida xolsiz bemorlarni uzoq vaqt davolashda me'dani bakterial zararlanishi so'ng infektsiya tarqalishi kuzatilishi mumkin. 

Ranitidinni keskin to'xtatib bo'lmaydi, «rikoshet» sindromini rivojlanish xavfi bor. 

12 barmoqli ichak yara kasalligi belgilari 1-2 haftada yo'qolishi mumkin, biroq terapiya yarani chandiqlanishi endoskopik yoki rentgenologik usullar bilan tasdiqlanmaguncha davom ettiriladi.

Ranitidin  itrakonazol yoki  ketokonazol  bilan birga qo'llanilganda bu vositalarning so'rilishini kamaytirmasligi uchun ularni qabul qilgandan 2 soatdan so'ng  qabul qilinishi kerak. 

Ranitidin qo'llanilganida siydikda oqsil - “yolg'on” musbat natijasi  kuzatilishi mumkin. Me'da kislota hosil qilish va semiz hujayralar funktsiyasiga ta'sir qiluvchi pentagastrin va gistaminga qarshi ta'sir qilganligi sababli diagnostik testlar o'tkazishdan 24soat oldin va tezkor allergik reaktsiyalarni aniqlash uchun diagnostik teri sinamalarini o'tkazishdan avval ranitidinni qo'llash tavsiya etilmaydi. 

Сhekish gastrogist samaradorligini pasaytiradi.

Davolash davrida me'da shilliq qavatini ta'sirlantiradigan ozuqa mahsulotlari, ichimliklar va boshqa dori vositalarini qabul qilish tavsiya etilmaydi. 

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi

Ranitidin platsentadan o'tadi, ko'krak suti orqali ajraladi (ko'krak sutidagi kontsentratsiyasi qon zardobidagi kontsentratsiyasidan yuqori).  Homiladorlik davrida ona uchun dori vositasining foydasi ehtimoli homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan holatlardagina dori vositasini qo'llash mumkin. Laktatsiya davrida preparat qo'llaniladigan bo'lsa ko'krak orqali emizishni to'xtatish masalasini xal qilish zarur. 

Transport vositalarini  boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri

Davolash davrida avtotransportni xaydash va yuqori diqqat-e'tiborni hamda psixomotor reaktsiya tezligini talab qiladigan potentsial xavfli faoliyat bilan shug'ullanganda ehtiyotkorlik talab qilinadi.

• Me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalliklari hurujini oldini olish va davolash;

• NYaQV qabul qilish bilan bog'liq oshqozon va o'n ikki barmoq ichak yaralari;

• Operatsiyadan keyingi me'da  “stress” yaralarini davolash va oldini olish;

• peptik yaralardan qon ketish  retsidivlanishini oldini olish;

• GERK, reflyuks-ezofagit, eroziv ezofagit;

• Zollinger-Ellison sindromi;

• narkoz ostida jarrohlik amaliyotlarida me'da shirasi aspiratsiyasini (Mendel'son sindromini) oldini olishda qo'llaniladi.


- o'tkir  porfiriya (anamnezida bo'lsa ham);

- homiladorlik va laktatsiya davri  (ko'krakdan emizish);

- ranitidin va dori vositasining boshqa moddalariga yuqori sezuvchanlik.

Ehtiyotkorlik bilan:

- dori vositasi jigar va buyrak yetishmovchiligida,  anamnezida porto-tizimli entsefalopatiyali jigar tsirrozida;

- 12 yoshgacha bolalarda qo'llash mumkin emas.

Ranitidinning yuqori dozalari (masalan, Zollinger-Ellison sindromini davolashda qo'llaniladigan) prokainamid va N-atsetilprokainamid chiqarilishini susaytirishi mumkin, oqibatda bu dori vositalarining qon zardobidagi kontsentratsiyasi oshadi.  

Ranitidin fenazon, aminofenazon, diazepam, geksobarbital, propranolol, lidokain, fenitoin, teofillin, aminofillin, bilvosita antikoagulyantlar, glipizid, buformin, metronidazol, kal'tsiy antagonistlarining jigardagi  metabolizmini kamaytirishi mumkin.

Ranitidin qabul qilish fonida me'daning  rN muhitini oshishi tufayli itrakonazol va ketokonazol ichilganida so'rilishi  pasayishi mumkin.

Ranitidin qabul qilinganida metaprololning AUC va qon zardobidagi kontsentratsiyasi oshadi (mos ravishda 80 va 50%) hamda  T1/2 vaqti 4,4 dan 6,5 soatgacha uzayadi.

Suyak ko'migi funktsiyasini susaytiruvchi dori vositalari bilan birga qo'llanilganida    neytropeniya xavfi oshadi. 

Kumarin qatori  antikoagulyantlari (masalan, varfarin)  bilan birga qo'llanilganida   protrombin vaqti o'zgarishi mumkin.  Protrambin vaqti puxta nazorat qilinishi lozim. 

Ranitidin eritmasi  quyidagi infuzion eritmalar bilan mos keladi:  0,9% natriy xlorid eritmasi, 5% dekstroza eritmasi, 0,18% natriy xlorid va 4% dekstroza tutuvchi eritma; 4,2% natriy bikarbonat eritmasi, Xartman eritmasi. 

2 yil. O'ramda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so'ng qo'llanilmasin.


Saqlash sharoiti

Quruq, yorug'likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.


Tiniq, biroz sarg'ish eritma.
Gastrogist preparati 12 yoshdan katta bolalar va  kattalarga  quyidagicha yuborilishi mumkin:

- 50 mg doza 20 ml.gacha hajmgacha suyultirilib sekin (2 daqiqadan ortiq) vena ichiga har 6-8 soatda

- 2 soatda 25 mg/soat tezlikda intermittirlovchi infuziya, har 6-8 soatda

- 50 mg dozada mushak orasiga, har 6-8 soatda.

Og'ir bemorlarda “stress” yaralari yoki peptik yaralardan qon ketishlar retsidivlanishini oldini olish maqsadida:

- Dastlab 50 mg dozada  sekin vena ichiga in'ektsiya shaklida, keyinra 0,125-0,250 mg/kg/soat tezlikda   vena ichiga davomiy infuziya. 

Mendel'son sindromini oldini olish uchun: umumiy narkozdan 45-60 daqiqa avval  mushak orasiga  yoki vena ichiga   50 mg dozada yuboriladi.

Buyrak yetishmovchiligi bilan og'rigan bemorlar: buyrak yetishmovchiligi  bo'lgan bemorlarga tavsiya qilingan doza 25 mg ni tashkil qiladi.

Yara kasalligi va  gastro-ezofageal reflyuksni tezkor davolash:

Bolalalrda yara kasalligi va  gastro-ezofageal reflyuksni davolash uchun tavsiya etiladigan doza  2 mg/kg/kun - 4 mg/kg/kun, dozani 2-4 ga bo'lib yuborish kerak. Bu tavsiya katta yoshli bemorlarda o'tkazilgan klinik tadqiqotlar asosida va bolalarda farmakokinetika tahlili asosida ishlab chiqilgan. 

Og'ir bemorlarda stress yaralar kelib rivojlanishini oldini olish:

Og'ir bemorlarda stress yaralar rivojlanishini oldini olish  uchun tavsiya etiluvchi vena ichiga yuboriladigan preparat dozasi  2 mg/kg/kun - 6 mg/kg/kuni ni tashkil etadi, bu dozani ikki-to'rtga bo'lib yuborish lozim. Bundan tashqari ranitidinni uzluksiz infuziya shaklida qo'llash mumkin. 

Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va bolalarda qo'llanilishi: 

Yangi tug'ilgan chaqaloqlar (1 oygacha): 

Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda preparat  qo'llanilishining xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va bolalar (1oydan 12 yoshgacha):

Bolalarda Gastrogist eritmasini vena ichiga yoki mushak orasiga qo'llash haqida ma'lumotlar kam. Gastrogist eritmasini maksimal 50 mg dozada har 6-8 soatda vena ichiga sekin (tezligi 2 daqiqadan ortiq)  yuborish mumkin. 

Bolalarda yara kasalligi va  gastro-ezofageal reflyuksni tezkor davolash:

Bolalarda yara kasalligi va  gastro-ezofageal reflyuksni tezkor davolash  uchun preaparatni  vena ichiga 2 mg/kg/kun - 4 mg/kg/kun dozada, 2-4 ga bo'lib yuborish tavsiya etiladi. Bu tavsiya yoshi katta bemorlarda o'tkazilgan klinik tadqiqotlar asosida va bolalarda farmakokinetika tahlili asosida ishlab chiqilgan. 

Vena ichiga va mushak orasiga yuboriladigan eritma -  Gastrogist preaparatini qo'llash bo'yicha yo'riqnoma:

Gastrogist preparati, vena ichiga va mushak orasiga yuboriladigan eritma  vena ichiga infuziya uchun qo'llaniladigan quyidagi vositalar bilan mos kleadi:  

0,9% natriy xlorid eritmasi, 5% dekstroza eritmasi, 0,18% natriy xlorid va 4% dekstroza tutuvchi eritma; 4,2% natriy bikarbonat eritmasi, Xartman eritmasi.  

Foydalanilmagan eritmalar  tayyorlangandan keyin 24 soat ichida yo'q qilinishi kerak.  Eritmaning rangi o'zgarsa yoki cho'kma paydo bo'lsa qo'llash mumkin emas

Simptomlari: tirishishlar, bradikardiya, qorincha aritmiyalari.

Davolash: simptomatik. Tirishishlarda – vena ichiga diazepam, bradikardiyada - atropin,    qorincha aritmiyalarida –lidokain. Gemodializ samarali.  

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GASTROGIST eritma 2 ml 2,5% N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GASTROGIST eritma 2 ml 2,5% N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GASTROGIST eritma 2 ml 2,5% N10 dori vositasi Jurabek Laboratories, СП ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GASTROGIST eritma 2 ml 2,5% N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GASTROGIST eritma 2 ml 2,5% N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 8000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 8000 ME/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 6000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 6000 ME/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 4000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9