×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GEKSIKON 0,016 tabletkalari N10

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Хлоргексидин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- ООО «Хемофарм»
ATX kodi:
- G01AX Противомикробные препараты и антисептики другие
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KLINDABIOKS suppozitorii 100mg N3 Farmaprim S.R.L Moldova
61 700 s`om dan
MASTODINON tabletkalari N60 Bionorica SE Germaniya
96 000 s`om dan
KLIMADINON tomchilar 50ml Bionorica SE Germaniya
50 000 s`om dan
KANDID B krem 15g Glenmark Pharmaceuticals Ltd Hindiston
40 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GEKSIKON 0,016 tabletkalari N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GEKSIKON®

NEXICON®

 

Preparatning savdo nomi: Geksikon®

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): xlorgeksidin

Dori shakli: qin shamchalari

Tarkibi:

Bir shamcha saqlaydi:

faol modda: xlorgeksidin biglyukonati – 16 mg (xlorgeksidin biglyukonati eritma sifatida ishlatiladi (20%li konsentrasiya));

yordamchi moddalar: shamchalar uchun asos – 3,10 g vaznli shamcha olish uchun yetarli miqdorda – makrogol-1500 (polietilenoksid 1500) 92-98%, makrogol-400 (polietilenoksid 400) 8-2%.

Ta‘rifi: oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, torpedasimon shaklli shamchalar. Yuzasini marmarligiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: Antiseptik vosita.

ATX kodi: G01AX

 

Farmakologik xususiyatlari

Geksikon® – mahalliy qo‘llash uchun antiseptik preparat, grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga, viruslarga nisbatan faol: shu jumladan Treponema pallidum, Chlamidia spp., Ureaplasma spp., Neisseria gonorrhoeae, Trichomonas vaginalis, Garderella vaginalis, Bacteroides fragilis, Herpes-Virus. Preparatga Pseudomonas spp., Proteus spp. ning ayrim shtammlari, hamda bakteriyalarning kislotaga chidamli shakllari, bakteriyalarning sporalari, zamburug‘lar, viruslar kuchsiz sezgirdirlar. Geksikon® laktobasillalarning funksional faolligini buzmaydi. Qon, yiring borligida faolligini saqlaydi (garchi biroz pasaygan bo‘lsada).

 

Farmakokinetikasi Qin ichiga qo‘llanganida amalda so‘rilmaydi, tizimli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklarni oldini olish (xlamidioz, ureaplazmoz, trixomoniaz, gonoreya, sifilis, genital gerpes va boshqalar).

Akusherlik-ginekologiyada infeksion-yallig‘lanish kasalliklarni (ginekologik kasalliklarni operativ davolash oldidan, tug‘ruqlar va abortlar oldidan, bachadon ichki spiralni (BIS) qo‘yish oldidan va keyin, bachadon bo‘ynini diatermokoagulyasiyasi oldidan va keyin, bachadon ichini tekshirishlari oldidan) oldini olish.

Bakterial vaginoz, kolpitlarni (shu jumladan nospesifik, aralash, trixomonad), infeksion genezli bachadon bo‘yni eroziyalarni davolash.

Qo‘llash usuli va dozalari

Qin ichiga. Qo‘llash oldidan shamcha kontur o‘ramdan ozod qilinadi.

Davolash uchun: 1 shamchadan sutkada 2 marta, 7-10 kun davomida.

Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi infeksiyalarni oldini olish uchun: 1 shamchadan himoyalanmagan jinsiy aloqadan keyin 2 soatdan kech emas.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat bekor qilingandan keyin o‘tkinchi allergik reaksiyalar, qichishish bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik, laktasiya davrida qo‘llash mumkin.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Yod bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Geksikon® anion guruhini (saponinlar, natriy laurilsulfati, natriy karboksimetilsellyuloza) saqlovchi detergentlar va sovunlar bilan, agarda ular qin ichiga kiritilsa, to‘g‘ri kelmaydi. Tashqi jinsiy a‘zolarni tozalash Geksikon® qin shamchalarining samaradorligi va o‘zlashtirilishiga ta‘sir qilmaydi, chunki preparat qin ichiga qo‘llanadi.

 

Chiqarilish shakli

Geksikon® qin shamchalari, 1 yoki 5 shamcha kontur uyali o‘ramga joylanadi. Bir shamchali bir kontur uyali o‘ram ikki barmoqqa kiygizuvchisi bilan, bir yoki ikki 5 shamchali kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.

 

Saqlash sharoiti

250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Bolalar olaolmaydigan joyda.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GEKSIKON 0,016 tabletkalari N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GEKSIKON 0,016 tabletkalari N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GEKSIKON 0,016 tabletkalari N10 dori vositasi ООО «Хемофарм» tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GEKSIKON 0,016 tabletkalari N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GEKSIKON 0,016 tabletkalari N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
EMILAR JELE dlya narujnogo primeneniya 50g 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Хлоргексидин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
LOROBEN sprey 30ml
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
XLORGEKSIDINA BIGLYUKONAT eritma 40ml 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Хлоргексидин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Ishlab chiqaruvchining dorilari
BIPROL 0,01 tabletkalari N30
BIPROL 0,005 tabletkalari N30
Другие формы препарата
GEKSIKON suppozitorii 16mg N10
GEKSIKON D 0,008 DLYA DETEY suppozitorii N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Хлоргексидин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Нижфарм, АО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9