×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GELISAL sirop 100ml 27,78mg/5ml

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Faol modda:
экстракт листьев плюща
Ishlab chiqaruvchi:
- Medana Pharma S.A.
ATX kodi:
- R05CA12
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 144 ta dorixonasida topildi

ico 27 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 33 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 28 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20 ООО «Озон» Rossiya
3 000 s`om dan
LINKAS BEZ SAXARA sirop 90ml Herbion Pakistan (PVT) Ltd Pokiston
20 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GELISAL sirop 100ml 27,78mg/5ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GELISAL

GELISAL

 

Preparatning savdo nomi: Gelisal

Ta‘sir etuvchi modda (MNN): pechak barglarining ekstrakti

Dori shakli: sirop.

Tarkibi:

5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: oddiy pechak barglarining quruq ekstrakti (Hederae helicis folii extractum siccum 4–8:1)– 27,78 mg;

yordamchi moddalar: propilenglikol, kaliy sorbati, kristallanmaydigan suyuq sorbitol (Ye420), limon kislotasi monogidrati, ksantin kamedi, arpabodiyon aromatizatori, makrogol gliserol gidroksistearati, tozalangan suv.

Ta‘rifi: Sariq-jigarrang rangli, arpabodiyon o‘tli xidli quyuq suyuqlik. Xiralashishi va cho‘kma hosil qilishi mumkin.

Farmakoterapevtik guruhi: balg‘am ko‘chiruvchi vositalar.

ATX kodi: R05CA12

Farmakologik xususiyatlari

Gelisal preparati – o‘simliklardan olinadigan dori vositasi bo‘lib, faol modda – pechak barglarining ekstraktini saqlaydi. Balg‘am ko‘chiruvchi, mukolitik va bronxlarning silliq mushaklariga kuchsiz spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi. Balg‘amning qovushqoqligini kamaytirib, uning ko‘chishi (evakuasiyasi) ni tezlashtirishga yordam beradi. Bu nafasni yaxshilanishiga, yo‘talni kamayishi va yo‘qolishiga yordam beradi.

Ta‘sir mexanizmi oxirigacha ma‘lum emas.

 

Qo‘llanilishi

O‘simliklardan olinadigan dori preparati bo‘lib, balg‘amli (nam) yo‘tal balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Dozalash

Ichga, ovqatdan keyin buyuriladi.

Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar — 1,25 ml (1/4 shpris) sirop (bu 6,945 mg oddiy pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi) sutkada 1 marta buyuriladi.

1–4 yoshli bolalar — 2,5 ml (1/2 shpris) sirop (bu 13,89 mg oddiy pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi) sutkada 2 marta buyuriladi;

4–12 yoshli bolalar — 2,5 ml (1/2 shpris) sirop (bu 13,89 mg oddiy pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi) sutkada 2-3 marta buyuriladi;

12 yoshdan oshgan bolalar, kattalar — 5 ml (to‘liq shpris) sirop (bu 27,78 mg oddiy pechak barglarining quruq – ekstraktiga to‘g‘ri keladi) sutkada 2-3 marta buyuriladi;

Yuborish yo‘li

Ichga qabul qilinadi.

 

 

 

 

Shpris shaklidagi dozatordan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

  1. Flakon qopqog‘i buraladi (pasga ezib, bosiladi va soat strelaksiga qarama-qarshi buraladi).
  2. Dozator flakon boshchasidagi bo‘shliqqa bosib qiritilgan bo‘lishi kerak.
  3. Dozatorni to‘ldirish uchun, flakonni tagini tepaga aylantiriladi, so‘ngra dozator porshenini ehtiyotkorlik bilan pasga tortiladi, shprisga preparatning zarur bo‘lgan miqdorini olinadi.
  4. Flakonnni avvalgi holatiga aylantiriladi va undan doztorni ehtiyotkorlik bilan aylantirib, ajratib olinadi.
  5. Dozatorning uch qismini bolaning og‘izga kiritib, keyin sekin porshenni bosib, dozator ichidagisi yuboriladi.
  6. Qo‘llab bo‘lgandan keyin, flakondagi qopqoqni yaxshilab buraladi; dozatorni yuvib, quritiladi.

Qo‘llash davomiyligi

Agar dori vositasini qo‘llashni boshlagandan keyin yo‘tal bir xaftadan ortiq saqlanib tursa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish zarur.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan reaksiyalar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya) haqida xabar berilgan. Tez-tezligi noma‘lum

Allergik reaksiyalar (eshakemi, teri toshmalari, yuzda qizil dog‘lar, nafas olishni qiyinlashishi) haqida ma‘lumotlar mavjud. Tez-tezligi noma‘lum

Barcha nojo‘ya (g‘ayri oddiy) samaralar, shu jumladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan samaralarni paydo bo‘lishi to‘g‘risida davolovchi shifokorga xabar berish lozim.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ta‘sir etuvchi moddaga yoki Araliaceae oilasiga mansub o‘simliklariga, shuningdek har qanday yordamchi moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Xabar berilmagan.

Biroq, kodein yoki dekstrometorfan kabi opiatlarni saqlovchi, yo‘talga qarshi vositalarni shifokor bilan oldindan maslahatlashmasdan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Ikki yoshgacha bo‘lgan bollarda Gelisal preparati bilan davolashni shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng boshlash lozim.

4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uzoq muddatli yoki qayta takrorlanuvchi yo‘talda preparat bilan davolashni boshlashdan avval shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Xansirash, isitma va yiringli yo‘talda shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish zarur.

Kodein yoki dekstrometorfan kabi opiatlarni saqlovchi, yo‘talga qarshi vositalarni shifokor bilan oldindan maslahatlashmasdan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Gastrit va me‘daning yara kasalligi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ma‘lumot

Sirop qand saqlamasligi tufayli uni diabeti bo‘lgan pasientlar qabul qilishlari mumkin.

Preparat sorbit saqlaydi.

5 ml preparatda 4,2 g kristallanmaydigan suyuq sorbitol (Ye420) saqlanadi, bu 2,94 g sorbitga muvofiq  keladi.

Fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaydtgan pasientlar preparatni qabul qilmasliklari lozim.

Homiladorlik yoki laktasiya davri. Preparatni homilador ayollarda va emizikli ayollarda qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shuningdek preparatni homilaga ta‘siri bo‘yicha ham ma‘lumotlar yo‘q.

Preparatni faqat ona uchun foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgandagina  qo‘llash mumkin.

Transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri. Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari

Doza oshirib yuborilganda ko‘ngil aynishi, qusish, diareya va xavotirlik hissini chaqirishi mumkin.

1,8 g o‘simlik hom ashyosiga to‘g‘ri keladigan, oddiy pechak barglarining ekstrakti tasodifan qabul qilgan 4 yoshli bolada agressiv holat va diareya kutatilganligi  xaqida xabar berilgan.

Davolash

Doza oshirib yuborilgan holatlarida simptomatik davolashni o‘tkazish bilan pasientni holatini nazorat qilish zarur.

 

Chiqarilish shakli

100 ml dan preparat kafolat xalqasi bo‘lgan buraladigan polietilen qopqoqli va bolalarni flakonni ochishiga to‘sqinlik qiluvchi xavfsizlik moslamasi bo‘lgan, adaptorli jigarrang polietilen flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtiriladi. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va peroral yuborish uchun dozator-shpris bilan birga  karton qutilarga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori  bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

 Yaroqlilik muddati

2 yil.

Flakon birinchi marta ochilganidan keyin preparatni 6 oy davomida ishlatish mumkin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GELISAL sirop 100ml 27,78mg/5ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GELISAL sirop 100ml 27,78mg/5ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GELISAL sirop 100ml 27,78mg/5ml dori vositasi Medana Pharma S.A. tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GELISAL sirop 100ml 27,78mg/5ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GELISAL sirop 100ml 27,78mg/5ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
PROSPAN eritma dlya priema vnutr 5ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: экстракт листьев плюща ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Engelhard Arzneimittel GmbH & Co. KG.
AEROLET sirop 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: экстракт листьев плюща ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: Farmamag Ambalaj Sanayi ve Ticaret A.S.
Narh: 43 000 so'mdan Batafsil
PROSPAN sirop 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: экстракт листьев плюща ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Engelhard Arzneimittel GmbH & Co. KG.
Narh: 160 000 so'mdan Batafsil
PROSPAN tomchilar dlya priema vnutr 20ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: экстракт листьев плюща ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Engelhard Arzneimittel GmbH & Co. KG.
GERBION PLYUShA sirop 150ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: экстракт листьев плюща ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA, d.d.
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
PROSPAN eritma dlya priema vnutr 5ml N21
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: экстракт листьев плюща ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Engelhard Arzneimittel GmbH & Co. KG.
Narh: 74 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
AKVADETRIM VITAMIN D3 tomchilar dlya priema vnutr 10ml 15000ME/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Medana Pharma S.A.
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
Febrofid gel 30g 2,5%
Narh: 27 800 so'mdan Batafsil
BISEPTOL suspenziya 80ml 240mg/5ml
Narh: 25 200 so'mdan Batafsil
KLOTRIMAZOL eritma 15ml 1%
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
BOBOTIK tomchilar dlya priema vnutr 30ml 66,66mg/ml
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
Cevikap tomchilari 100ml 100mg/ml
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
AKVADETRIM PLYUS tomchilar dlya priema vnutr 10ml 20000ME
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Medana Pharma S.A.
FEBROFID gel 50g 2,5%
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9