×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GEPA-L granulalari 5 g N30

Kategoriya:
- Gepatoprotektorlar, fosfolipidlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Л-орнитин-Л-аспартат
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Avantika Medex Pvt. Ltd
Vakil:
- MChJ Konark Pharm MChJ
ATX kodi:
- A05BA
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 7 ta dorixonasida topildi

ico 445 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
10 ml dan ampulalarda. 5 ampula PVX taglikda, tibbiyotda qo'llanishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Infuziya uchun eritmaning har 10 ml quyidagilarni saqlaydi: 

faol modda: L-ornitin-L-aspartat – 5 g; 

yordamchi moddalar: natriy metabisulfiti, in'ektsiya uchun suv

L-ornitin Gepa-L preparatining ta'sir etuvchi moddasi bo'lib, mochevinani hosil bo'lish tsikliga ta'sir qiladi. L-ornitin ornitin karbomoiltransferaza va karbomoilfosfatsintetazaning aktivatori sifatida, shuningdek mochevina sintezi uchun substrat sifatida ta'sir qiladi. Ornitin tsiklida mochevina hosil bo'lishini (ammiakdan mochevina hosil bo'lish reaktsiyasini) rag'batlantiradi, shu bilan qon oqimidan ammiakni bartaraf qiladi.

L-aspartat ham Gepa-L preparatining ta'sir etuvchi moddasi bo'lib, uch karbon kislotalari tsikliga ta'sir qiladi. L-aspartat jigarni o'tkir va surunkali kasalliklarida shikastlanishi mumkin bo'lgan vena qon tomirlari atrofidagi gepatositlarda glutamin sintezini rag'batlantiradi. Shu bilan shikastlangan hujayralar faollashib, yangi gepatositlarni generasiyasini rag'batlantiradi.

Ornitinni ham, aspartatni ham yarim chiqarilish davri qisqa – 0,3-0,4 soatni tashkil etadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, aminoguruhi ammiakka aylanadi va karbonat angidrid gazi bilan birga mochevinani hosil qiladi va siydik hamda axlat bilan chiqariladi. Aspartatning ahamiyatsiz qismi siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi.

Kam hollarda ko'ngil aynishi, qusish kabi me'da-ichak yo'llari faoliyatini buzilishi kuzatilishi mumkin, ular davolashni to'xtatishga sabab bo'lmaydi, preparatning dozasi kamaytirilganida o'z-o'zidan o'tib ketadi.

Allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin.

Preparat yuqori dozalarda yuborilganida qon plazmasi va siydikda mochevinaning darajasini nazorat qilish kerak.

Jigar faoliyati ahamiyatli darajada buzilganida, ko'ngil aynishi va qusishni oldini olish maqsadida infuziya tezligini pasientning individual holatiga muvofiq ravishda boshqarish kerak. 

Gepa-L preparati yuqori dozalarda yuborilganida qon zardobi va siydikda mochevinaning darajasini nazorat qilish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi 

Homiladorlik davrida preparatni qo'llash yuzasidan ma'lumotlar yo'q, shuning uchun bu davrida preparatni qo'llashdan saqlanish kerak.

Biroq agar preparat bilan davolash hayotiy ko'rsatmalarga ko'ra zarur deb topilsa, havf / foyda nisbatini diqqat bilan ko'rib chiqish kerak.

Preparatni ko'krak sutiga o'tishi noma'lum, shuning uchun emizish davrida preparatni qo'llashdan saqlanish kerak. 

Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri 

Kasallik oqibatida preparat bilan davolash vaqtida avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyati yomonlashishi mumkin, shuning uchun davolanish vaqtida bunday faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish kerak.

 

Giperammoniemiyada qo'llanadi, jigarni, jigar tsirrozi, steatozi, gepatit kabi o'tkir va surunkali kasalliklarini natijasi hisoblanadi, ayniqsa ongni buzilishi (koma oldi holati) yoki nevrologik asoratlar (jigar entsefalopatiyasi) ni davolash uchun qo'llanadi. 

L-ornitin-L-aspartat jigarda yuz beradigan metabolik jarayonlarga ta'sir ko'rsatadi. Ammiakdan mochevinani hosil bo'lish reaktsiyasini rag'batlantirganligi sababli detoksikasiya samarasini kuchaytiradi.

Preparatning ta'sir etuvchi va yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

Ba'zi buyrak kasalliklarida (qon zardobida kreatininning kontsentrasiyasi 3 g/100 ml dan yuqori bo'lganida) qo'llash mumkin emas.

Kontsentrasiyasi yuqori bo'lgan eritmani penisillin, K vitamini, rifampisin, meprobamat, diazepam, klomektiazolum, tiopental natriy va vinkaminum bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya qilinmaydi. 

25С dan yuqori bo'lmagan haroratda, yorug'likdan himoyalangan joyda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Muzlatilmasin.


Yaroqlilik muddati 

2 yil.

och sariqdan sariq ranggacha bo'lgan tiniq eritma.
Shifokorning ko'rsatmasi bo'yicha, kuniga o'rtacha 4 ampuladan yuboriladi. 

Ong buzilganida (koma oldi, koma holatlari) pasientning og'irlik darajasiga qarab sutkada 8 ampulagacha yuboriladi. 

Gepa-L preparatini barcha oddiy infuzion eritmalarga qo'shish mumkin. Shunday bo'lsa ham, venoz tolerantlik rivojlanishi mumkinligi tufayli, 500 ml infuziyaga 6 tadan ortiq ampula qo'shish mumkin emas. 

Preparatni maksimal yuborish tezligi soatiga 5 g ni tashkil etadi.

Qo'llash davomiyligi kasallikni davolash kursiga bog'liq. 

Bolalarga: preparatni 8 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash tavsiya etilmaydi.

Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasi oshirib yuborilishi natijasida intoksikasiya belgilari aniqlanmagan. Dozasi oshirib yuborilganida simptomatik davolash o'tkazish tavsiya etiladi. 

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GEPA-L granulalari 5 g N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GEPA-L granulalari 5 g N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GEPA-L granulalari 5 g N30 dori vositasi Avantika Medex Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GEPA-L granulalari 5 g N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GEPA-L granulalari 5 g N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
GEPA STIN inyeksiya uchun eritma 10ml 5g/10ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Koreya
  • Faol modda: Л-орнитин-Л-аспартат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dongkwang Pharm. Co., Ltd, Корея произведено: DAI HAN PHARM. CO., LTD.
GEPA MERS granuli 5g N30
Narh: 660 000 so'mdan Batafsil
GEPA MERS konsentrat 10ml N10
Ishlab chiqaruvchining dorilari
TELKOR tabletkalari 40 mg N30
SUPER DEN I NOCH tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
RANIT tabletkalari 150 mg N100
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
M-GIL tabletkalari 250 mg N20
Jenagra tabletkalari 100 mg N4
Jenagra tabletkalari 50 mg N4
Avisil granulalari 100 mg N30
KANDIVAG tabletkalari N8
Narh: 69 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
GEPA-L konsentrat 10ml 5g/10ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Montage Laboratories Pvt. Ltd
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9