×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GEPAGARD P tabletkalari N100

Kategoriya:
- Gepatoprotektorlar, fosfolipidlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Панкреатин, Л-орнитин-Л-аспартат
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
- United Biotech (P) Limited
ATX kodi:
- A05BA06
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ESSENSIALE FORTE N kapsulalar 300mg N30 А.Наттерманн энд Сие ГмбХ Germaniya
54 000 s`om dan
PROLARJ granuli so vkusom limona 5g N10 Unicure (India) Pvt. Ltd. Hindiston
GRINTEROL kapsulalar 250mg N50 Гриндекс, АО Latviya
GEPA MERS granuli 5g N30 Merz Pharma GmbH & Co KgaA Germaniya
660 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GEPAGARD P tabletkalari N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GEPAGARD P

HEPAGARD R

Preparatning savdo nomi: Gepagard P

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): L-ornitin-L-aspartat, pankreatin

Dori shakli: ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletka

Tarkibi

ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: L-ornitin-L-aspartat – 150 mg, pankreatin – 100 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, PVPK-90, natriy kroskarmelloza, dinatriy EDTA, natriy metabisulfiti, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, instakoat (ICMS-344), instakoat (IC4-EN-001), temir III-oksidi, temir II, III oksidi.

Ta‘rifi: jigarrang rangli, dumaloq, ikki yoqlama qavariq, ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita

ATX kodi: A05VA

Farmakologik hususiyatlari

L-ornitin: L-ornitin Gepagard P preparatining ta‘sir etuvchi moddasi bo‘lib, mochevinani hosil bo‘lish sikliga ta‘sir qiladi. L-ornitin ornitin karbomoiltransferaza va karbomoilfosfatsintetazaning aktivatori sifatida, shuningdek mochevina sintezi uchun substrat sifatida ta‘sir qiladi. Ornitin siklida mochevina hosil bo‘lishini (ammiakdan mochevina hosil bo‘lish reaksiyasini) rag‘batlantiradi, shu bilan qon oqimidan ammiakni bartaraf qiladi.

L-aspartat: L-aspartat ham Gepagard P preparatining ta‘sir etuvchi moddasi bo‘lib, uch karbon kislotalari sikliga ta‘sir qiladi. L-aspartat jigarni o‘tkir va surunkali kasalliklarida shikastlanishi mumkin bo‘lgan vena qon tomirlari atrofidagi gepatositlarda glutamin sintezini rag‘batlantiradi. Shu bilan shikastlangan hujayralar faollashib, yangi gepatositlarni generasiyasini rag‘batlantiradi.

Farmakokinetikasi

Ornitinni ham, aspartatni ham yarim chiqarilish davri qisqa – 0,3-0,4 soatni tashkil etadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, aminoguruhi ammiakka aylanadi va karbonat angidrid gazi bilan birga mochevinani hosil qiladi va siydik hamda axlat bilan chiqariladi. Aspartatning ahamiyatsiz qismi siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Giperammoniemiyada qo‘llanadi, jigarni, jigar sirrozi, steatozi, gepatit kabi o‘tkir va surunkali kasalliklarini natijasi hisoblanadi, ayniqsa ongni buzilishi (koma oldi holati) yoki nevrologik asoratlar (jigar ensefalopatiyasi) ni davolash uchun qo‘llanadi.

L-ornitin-L-aspartat jigarda yuz beradigan metabolik jarayonlarga ta‘sir ko‘rsatadi. Ammiakdan mochevinani hosil bo‘lish reaksiyasini rag‘batlantirganligi sababli detoksikasiya samarasini kuchaytiradi.

Qo‘llash usuli va dozalari

1-2 tabletkadan kuniga 3 marta 3 oy davomida qabul qilinadi.

Qo‘llash davomiyligi kasallikni davolash kursiga bog‘liq.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda ko‘ngil aynishi, qusish kabi me‘da-ichak yo‘llari faoliyatini buzilishi kuzatilishi mumkin, ular davolashni to‘xtatishga sabab bo‘lmaydi, preparatning dozasi kamaytirilganida o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning ta‘sir etuvchi va yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Ba‘zi buyrak kasalliklarida (qon zardobida kreatininning konsentrasiyasi 3 g /100 ml dan yuqori bo‘lganida) qo‘llash mumkin emas.

8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat yuqori dozalarda yuborilganida qon plazmasi va siydikda mochevinaning darajasini nazorat qilish kerak.

Jigar faoliyati ahamiyatli darajada buzilganida, ko‘ngil aynishi va qusishni oldini olish maqsadida infuziya tezligini pasientning individual holatiga muvofiq ravishda boshqarish kerak.

Gepagard P preparati yuqori dozalarda yuborilganida qon zardobi va siydikda mochevinaning darajasini nazorat qilish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun bu davrida preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak.

Biroq agar preparat bilan davolash hayotiy ko‘rsatmalarga ko‘ra zarur deb topilsa, havf / foyda nisbatini diqqat bilan ko‘rib chiqish kerak.

Preparatni ko‘krak sutiga o‘tishi noma‘lum, shuning uchun emizish davrida preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak.

Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Kasallik oqibatida preparat bilan davolash vaqtida avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyati yomonlashishi mumkin, shuning uchun davolanish vaqtida bunday faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasi oshirib yuborilishi natijasida intoksikasiya belgilari aniqlanmagan. Dozasi oshirib yuborilganida simptomatik davolash o‘tkazish tavsiya etiladi.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda. 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GEPAGARD P tabletkalari N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GEPAGARD P tabletkalari N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GEPAGARD P tabletkalari N100 dori vositasi United Biotech (P) Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GEPAGARD P tabletkalari N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GEPAGARD P tabletkalari N100 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
KONTRISEL poroshok 10000ed N10
BIODRONAT poroshok 60mg N5
BIODRONAT poroshok 30mg N5
FERRO-BIOTEK eritma 5 ml 20 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: United Biotech (P) Limited
FERRO-BIOTEK eritma 2,5 ml 20 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: United Biotech (P) Limited
MENEM poroshok 1000 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: United Biotech (P) Limited
MENEM poroshok 500 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: United Biotech (P) Limited
ONKOTAR 100/ONKOTAR 500 inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: United Biotech (P) Limited
ONKOTAR 100/ONKOTAR 500 inyeksiya uchun eritma 1ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: United Biotech (P) Limited
ONKOTAR 100/ONKOTAR 500 inyeksiya uchun eritma 1ml 100mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: United Biotech (P) Limited
MESNA 200 inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: United Biotech (P) Limited
IFOMID M poroshok 2g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: United Biotech (P) Limited
IFOMID M poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: United Biotech (P) Limited
IFOMID M poroshok 0.5g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: United Biotech (P) Limited
IMINEM poroshok 500mg/500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: United Biotech (P) Limited
IMINEM poroshok 500mg/500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: United Biotech (P) Limited
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9