×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GEVKAMEN 25,0 maz

Kategoriya:
- Qo'shma va mushak og'rig'i
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
- Тульская фармацевтическая фабрика, ООО
ATX kodi:
- M02AХ10
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLEKS kapsulalar N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
362 900 s`om dan
PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
VOLTAREN EMUL gel 20g 1% ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
30 000 s`om dan
KAMFORNAYA maz 25g 10% Radiks, НПП O'zbekiston
2 650 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GEVKAMEN 25,0 maz qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ILOVA-VARAQA

(pasientlar uchun ma‘lumot)

dori vositasini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

GEVKAMEN

 

Preparatning savdo nomi: Gevkamen.

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma

Tarkibi:

Har bir tuba quyidagilarni saqlaydi: levomentol – 4,5 g; rasemik kamfora – 2,5 g; evkalipt moyi – 2,5g; chinnigul moyi- 0,25g, qattiq neft parafini, oq yumshoq parafin.

Ta‘rifi: oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, o‘ziga xos xidli surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: bo‘g‘imlar va mushaklardagi og‘riqlarda sirtga qo‘llash uchun vosita.

ATX kodi: M02AX10.

 

Qo‘llanilishi

Bo‘g‘imlar va mushaklardagi og‘riqlarda chalg‘ituvchi va og‘riqni qoldiruvchi vosita.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Surtma shikastlangan bo‘g‘im yoki mushak sohasidagi terining og‘riqli joylarga 2-4 g    (2-4 sm uzunlikdagi surtma tasmasiga muvofiq keladi) dan kuniga 2-3 marta qo‘yiladi, surtma qo‘yilgan soha yengil uqalanadi. Davolash kursi kasallikning og‘irligi va kechishi va yo‘ldosh davolashning xarakteriga bog‘liq.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nerv tizimi tomonidan: surtma shikastlangan teriga surtilganda u so‘rilishi mumkin va bosh og‘rig‘i, ataksiya, dezorientasiya – og‘ir hollarda ongni buzilishi, holsizlik bo‘lishi mumkin.

Teri qoplamalari va teri osti-yog‘ kletchatkasi tomonidan: perianal qichishish, terini ta‘sirlanishi, surtma qo‘yilgan joyida ekzema.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: surtma tasodifan ichga qabul qilinganida – qorin og‘riqlari, ko‘ngil aynishi, qusish.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: surtma shikastlangan teriga surtilganda u  so‘rilishi mumkin va yurak urishi, bradikardiya, yurak ritmini buzilishi rivojlanishi mumkin.

Allergik reaksiyalar: kontakt dermatit, eshakemi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Yalpiz, chinnigul daraxti, evkalipt, mirtlar oilasi o‘simliklarining efir moylariga yuqori sezuvchanlik; teri qoplamasining butunligini buzilishi, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Teriga ishqalaganida Gevkamen sovuqlik xissi, keyin issiqlik, kuchsiz achishish va sanchilish chaqiradi.

Surtmani ko‘z va shilliq qavatlarga tushishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Surtmani jarohatlangan teriga surtish mumkin emas. Surtma har gal qo‘llaganidan keyin qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak. Terini kuchli ta‘sirlanishida ishqalashni to‘xtatish kerak.

 

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va emizish davrida foyda/xavf nisbatini hisobga olib, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Avtotransportni  yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.

Avtomobil va potensial xavfli texnikani boshqarish qobiliyatiga ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Chiqarilish shakli

Tubalarda 25 g dan. Har bir tuba ilova-varaqasi bilan birga qutida.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GEVKAMEN 25,0 maz dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GEVKAMEN 25,0 maz dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GEVKAMEN 25,0 maz dori vositasi Тульская фармацевтическая фабрика, ООО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GEVKAMEN 25,0 maz dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GEVKAMEN 25,0 maz dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9