×
×
  • GIMARIL kapsulalar  N50

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GIMARIL kapsulalar N50

Kategoriya:
- Gemorroyni davolash
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Ultra Herbal Remedies Pvt. Ltd.
ATX kodi:
- C05A
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RELIF suppozitorii N12 Bayer Consumer Care AG Germaniya
73 000 s`om dan
X PAYLS tabletkalari N60 L’amar Natural Product Pvt. Ltd Hindiston
RELIF ULTRA suppozitorii N12 Bayer Consumer Care AG Germaniya
75 000 s`om dan
Anuzol suppozitorii N10 Нижфарм-Stada CIS Rossiya
11 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GIMARIL kapsulalar N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GIMARIL

GIMARIL

 

Preparatning savdo nomi: Gimaril

Dori shakli: kapsulalar 500 mg.

Tarkibi:

Faol moddalar:

Sanskritdagi

nomi

Botanik/lotincha nomi Miqdori,

mg

Chitraka Plumbago zeylanical (seylon Svinchatkasi) 50
Majishta Rubia cordifolia (yuraksimon bargli Marena) 50
Khadirasara Acacia catechu (Akasiya katexu) 50
Haritaki Terminalia chebula Retz. (Terminaliya xebula) 50
Bilwa Aegle marmelos (Bengal behisi) 50
Guggulu Commiphora wightii (Hind bdeliysi) 50
Daruharidra Berberis aristata (O‘tkir uchli Barbaris) 50
Kanchanar Bauhinia variegata Blume (Yo‘l-yo‘l Bauxiniya) 50
Thwak Cinnamomum zeylanicum (seylon Korichnigi) 50

Ta‘rifi: o‘ziga xos hidli jigarrang kukun saqlovchi, qizil rangli kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: koloproktologiyada qo‘llanadigan vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Preparatning farmakologik xususiyati preparat tarkibiga kiruvchi dorivor o‘simliklar ekstraktining samaralari bilan bog‘liq.

Seylon Svinchatkasining quritilgan ildizlari ekstrakti kuchli antioksidant, yallig‘lanishga qarshi, antibaktirial, isitmani tushiruvchi xususiyatlarga ega, ovqat hazm qilish fermentlarini ajralib chiqishini rag‘batlantiradi va ichak ichidagisini yengil chiqarilishiga yordam beradi.

Yuraksimon bargli Marenaning qurutilgan poyalari ekstrakti antitoksik, kuchli antiseptik, antibakterial, yallig‘lanishga qarshi va umumiy tonusni oshiruvchi xususiyatlarga ega.

Akasiya katexuning qurutilgan daraxti ekstrakti antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va antiseptik faollikka ega, gemorroyni ortiqcha qonashini oldini oladi, yaralarni bitkazuvchi xususiyatlarga ega.

Terminaliya xebulaning quritilgan mevalarining ekstrakti yallig‘lanishga qarshi faollikka ega, shilliq qavatlar ta‘sirlanishini oldini oladi, qorinni dam bo‘lishini oladi, shuningdek adsorbent kabi ta‘sir ko‘rsatadi.

Bengal behisining quritilgan mevalari ekstrakti kuchli antibakterial xususiyatlarga ega. Bu yel haydovchi vosita, ovqat hazm qildiruvchi vositadir, kuchli antigemorragik, laktogon xususiyatlarga ega.

Hind bdeliysining quritilgan qatroni ekstrakti – giperxolesterinemiya, yallig‘lanish, sepsis, har qanday etiologiyali rektal qon ketishlarda yuqori faollikka ega steroid laktonlar sinfi gugullosteronlarni o‘rganish predmetidir.

Shuningdek ekstrakt nazal infeksiyalar, jarohatlar va gemorroyda antibakterial va antiseptik vosita sifatida qo‘llanadi.

O‘tkir uchli Barbarisning quritilgan poyalari ekstrakti antibakterial va yallig‘lanishga qarshi faollikka ega, antiseptik, antipiretik, o‘t haydovchi vosita hisoblanadi. Ekstrakt muntazam nevralgiya va qon ketishlarda samarali ekanligi aniqlangan.

Yo‘l-yo‘l Bauxiniyaning quritilgan poyalari ekstrakti antiseptik va antimikrob xususiyatlarga ega. Ekstrakt shuningdek nefroprotektor, yaralarni bitkazuvchi va regenerasiyalovchi xususiyatlarga ega.

Seylon Korichnigining quritilgan poyalari ekstrakti – kuchli rag‘batlantiruvchi vositadir, achchiq va aromatik modda, antibakterial, yallig‘lanishga qarshi va antiseptik xususiyatlarga ega, efir moylari jarohatlarda yallig‘lanish va og‘riqni kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

O‘simlikdan olingan komponentlarning majmuasi mahsulotning aniq farmakokinetikasi noma‘lum/aniqlanmagan yoki uni aniqlashda qiyinchiliklar mavjud.

 

Qo‘llanilishi

Gemorroy, qon ketish, yaralar, anorektal sohadagi yaralar bilan kechuvchi tugunlar va fistulalar, surunkali ich ketishi, dizenteriyani simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

1-2 kapsula kuniga ikki yoki uch marta ovqatdan keyin suv bilan qabul qilinadi. Maksimal sutkalik doa – kuniga 6 kapsulani tashkil etadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Diurtiklar bilan majmuada qabul qilish tavsiya etilmaydi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Agar preparatning yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa, uni mahalliy qoidalarga muvofiq utilizasiya qilish kerak. Bunday choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

Homiladorlik va laktasiya

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi (klinik ma‘lumot cheklanganligi tufayli).

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida xabar berilmagan.

 

Chiqarilish shakli

50 kapsula “bolalardan himoya” yopish tizimli YUZPE flakonda. Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GIMARIL kapsulalar N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GIMARIL kapsulalar N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GIMARIL kapsulalar N50 dori vositasi Ultra Herbal Remedies Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GIMARIL kapsulalar N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GIMARIL kapsulalar N50 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9