×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GIOKSIZON maz 15g

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Гидрокортизон, Окситетрациклин
Ishlab chiqaruvchi:
- Merrymed Farm, ООО
ATX kodi:
- D07CA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SINTOMISINA liniment 25g 10% Radiks, НПП Rossiya Federatsiyasi
5 600 s`om dan
TERBIZID krem 1% 10g Agio Pharmaceutical Limited Hindiston
37 000 s`om dan
KLOTRIZ krem 15g Agio Pharmaceutical Limited Hindiston
38 900 s`om dan
KANDID krem 20g 1% Glenmark Pharmaceuticals Ltd Hindiston
25 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GIOKSIZON maz 15g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

GIOKSIZON

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

Preparatning savdo nomi

Gioksizon

XPN yoki guruhlash nomi

Gidrokortizon + Oksitetrasiklin

Dori shakli

sirtga va mahalliy qo‘llash uchun surtma

Ta‘rifi

Sariq rangli surtma.

Tarkibi

1 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

ta‘sir etuvchi moddalar: gidrokortizon asetati – 10,0 mg, oksitetrasiklin gidroxloridi – 30,0 mg;

yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat- 0,2 mg, vazelin – 1 g gacha.

Farmakoterapevtik guruhi

Mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteriod + antibiotik-tetrasiklin.

ATX kodi: D07SA01.

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat, komponentlarining yig‘indi ta‘siri natijasida, ayniqsa allergik kelib chiqishga ega bo‘lgan, bakterial infeksiyalar bilan asoratlangan terini yallig‘lanish reaksiyalarini rivojlanishini susaytiradi. Oksitetrasiklin –  tetrasiklinlar guruhi antibiotigidir, bakteriostatik ta‘sir ko‘rsatadi. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, Richettsia spp., Treponema spp., Chlamidia spp., Mycolplasma spp. larga nisbatan faol. Gidrokortizon – glyukokortikosteroid, yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiekssudativ va qichishishga qarshi samara ko‘rsatadi. Fagositozni tormozlaydi; fosfolipaza A2 faolligini susaytirishi va xujayra qobig‘i fosfolipidlaridan araxidon kislotasini ajralib chiqishini kamaytirish yo‘li bilan, leykotrienlar va prostaglandinlar sintezini kamaytiradi. Yallig‘lanish jarayonini chaqiruvchi interleykinlar va boshqa sitokinlarning ozod bo‘lishini susaytiradi; gistaminni ozod bo‘lishini va mahalliy allergik reaksiyalar paydo bo‘lishini tormozlaydi. Oqsillar sintezini va terida kollagen yig‘ilishini pasaytiradi, biriktiruvchi to‘qimani rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, proliferativ jarayonlarni susaytiradi.

Qo‘llanilishi

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni dermatiti (pufakchali va eksfoliativ), infeksiyalangan qazg‘oqlanish, follikulitlar, furunkulyoz, karbunkul, impetigo, saramasli yallig‘lanish, infeksiyalangan ekzemalar va jarohatlar, eroziyalar; yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi eshakemi; oddiy va allergik dermatit, seboreya; «quyoshli» eritematoz toshmasi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema; hashoratlarni chaqishi; tashqi eshituv yo‘lini allergik va yiringli kasalliklari; boldirni varikoz yaralari, kuyishlar, sovuq urishida qo‘llanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, teri tuberkulyozi, teri o‘smasi, rak oldi holatlar, mikoz, terini virusli kasalliklari (gerpes, suvchechak); homiladorlik, laktasiya davri (shikastlanishning katta o‘choqlarida qo‘llanganida) qo‘llash mumkin emas.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Mahalliy, sirtga buyuriladi.

0,5-1 g miqdordagi surtma terini shikastlangan joylariga yupqa qavat qilib kuniga 1-3 marta qo‘yiladi yoki steril doka bog‘lov ostiga qo‘yiladi.

Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi.

Nojo‘ya ta‘siri

Kam hollarda – allergik reaksiyalar, terini qo‘zg‘alishi, qichishish, toshma kuzatilishi mumkin. Uzoq muddat qo‘llanganida va/yoki katta yuzalarga qo‘yilganida – glyukokortikoidlarning tizimli nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin. Yuz terisida qo‘llanganida – teleangioektaziyalar, og‘iz sohasida teri osti kletchatkasini atrofiyasi kuzatilishi mumkin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Gioksizon surtma preparatining dozasini oshirib yuborilishi hollari haqida xabar berilmagan.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri yoki nomutanosibligi ta‘riflanmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Glyukokortikosteroidlar (GKS) bilan davolanish vaqtida chechakka qarshi vaksinasiyani o‘tkazish va immunizasiyani boshqa turlarini rejalashtirish mumkin emas (GKS ni immunodepressiv samarasi tufayli). Bolalarda preparatni katta yuzalarga va okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘yishdan saqlanish kerak. Preparatni yuz terisiga qo‘llashni zarurati bo‘lganida, yuqori so‘rilishi va nojo‘ya ta‘sirlarini paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, davolash qisqa bo‘lishi kerak.

 

Chiqarilish shakli

Mahalliy va sirtga qo‘llash uchun surtma.

10 g dan alyuminiy tubalarda. Har bir tuba preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GIOKSIZON maz 15g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GIOKSIZON maz 15g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GIOKSIZON maz 15g dori vositasi Merrymed Farm, ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GIOKSIZON maz 15g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GIOKSIZON maz 15g dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
GIOKSIZON maz 10g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гидрокортизон, Окситетрациклин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Нижфарм, АО
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
OKSIKORT maz 10g
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
GIOKSIZON AKRIXIN maz 10g 1%+3%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гидрокортизон, Окситетрациклин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Акрихин, АО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
PARASETAMOL tabletkalari 500mg N10
Narh: 1 400 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL tabletkalari 200mg N10
Narh: 900 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN tabletkalari 500mg N10
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
LINIMENT BALZAMICHESKIY PO VISHNEVSKOMU maz 25g
Narh: 4 900 so'mdan Batafsil
MEROKSAMR poroshok 0,5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MERAZIMAKS kapsulalar 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
Narh: 11 200 so'mdan Batafsil
MERAZIMAKS kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
MR EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2,4% N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2,4% N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2,4% N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2,4% N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2,4% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2,4% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2,4% N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2,4% N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2,4% N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2,4% N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2,4% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR ERITROMISIN maz 10g 10000YeD
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR SIANOKOBALAMIN (VITAMIN B12) inyeksiya uchun eritma 1ml 0,05% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR SEFTRIAKSON NATRIEVAYA SOL poroshok 1,0g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR SEFTRIAKSON NATRIEVAYA SOL poroshok 1,0g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR SEFOTAKSIMA NATRIEVAYA SOL poroshok 1,0g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR SEFOTAKSIMA NATRIEVAYA SOL poroshok 1,0g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR SEFOTAKSIMA NATRIEVAYA SOL poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9