×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GLIATILIN 0,6/7ML eritma dlya priema vnutr 7ml N10

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Italiya
Faol modda:
Холина альфосцерат
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Мифарм С.п.А.
ATX kodi:
- N07AX02
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KAVINTON eritma 25mg/5ml N10 Gedeon Richter PLC Vengriya
81 800 s`om dan
AMARIL tabletkalari 4mg N30 Санофи С.п.А. Italiya
43 000 s`om dan
ENSEFAKOLIN NEO eritma 4ml 1000mg/4ml N5 Remedy Group СП OOO O'zbekiston
NERVOGIL tabletkalari 1mg N30 Ilko Ilac Sanayi ve Ticaret A.S. Turkiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GLIATILIN 0,6/7ML eritma dlya priema vnutr 7ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GLIATILIN® (xolin alfosserati)

 

Dori shakli: kapsulalar, in‘eksiya uchun eritma

Farmakoterapevtik guruhi: nootrop vosita.

Tarkibi: In‘eksiya uchun eritmaning bir ampulasi (4 ml) quyidagilarni saqlaydi: faol ingredienti: xolin alfosserati – 1000 mg; nofaol ingredientlari: in‘eksiya uchun suv q.s. 4 ml gacha. Bir yumshoq jelatin kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol ingredienti: xolin alfosterati – 400 mg; nofaol ingredientlari: tozalangan suv, gliserin, kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, ezitol, sorbitan, natriy etil-r-gidroksibenzoati, natriy r-gidroksibenzoati, titan dioksidi (Ye 171), temir (III) metagidroksidi (Ye 172).

FARMAKOLOGIK TA‘SIRI. GLIATILIN asosan MNT ga ta‘sirga ega xolinomimetiklar guruhiga mansub yangi birikmadir. Preparatning tarkibiga 40,5% metabolik jihatdan himoyalangan xolin kiradi. Metabolik himoya bosh miyada xolinni ajralib chiqishini ta‘minlaydi. Tadqiqotlarning natijalari GLIATILIN xotira faoliyati va ta‘lim olish qobiliyatiga, shuningdek yomonlashuvi bosh miyaning involyusion patologiyasini rivojlanishi oqibitida chaqirilgan emosional holat va xulq ko‘rsatkichlariga ancha ijobiy ta‘sir qilishni ko‘rsatadi.

Ta‘sir mexanizmi organizmga tushganida xolin alfosserati fermentlar ta‘sirida xolin va glikerofosfatga parchalanishiga asoslangan; xolin nerv qo‘zg‘alishining asosiy mediatorlaridan biri bo‘lgan – asetilxolinni (AX) biosintezida ishtirok etadi; gliserofosfat neyronlar membranasining fosfolipidlarini (fosfatidilxolinni) o‘tmishdoshi hisoblanadi. Shunday qilib, GLIATILIN xolinergik neyronlarda nerv impulslarining o‘tishini yaxshilaydi; neyronal membranalarning plastikligi va mediatorlarning faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.

GLIATILIN serebral qon oqimini yaxshilaydi, bosh miyada metabolik jarayonlarni kuchaytiradi, bosh miyaning retikulyar formasiyasining tuzilmalarini faollashtiradi va bosh miyaning jarohat shikastlanishida es-xushni tiklaydi.

Farmakokinetikasi. Ichga qabul qilinganida yuborilgan dozaning o‘rtacha 88% ga yaqini so‘riladi. Birikmaning chiqarilishi, asosan o‘pka orqali, uglerod (IV) oksidi (CO2) ko‘rinishida ro‘y beradi. Preparatning taxminan 15% buyraklar va ichak orqali chiqariladi.

Farmakodinamikasi. Eksperimental tadqiqotlar, GLIATILINni neyrotransmissiyaning fiziologik sharoitlarida asetilxolinni dozaga bog‘liq ravishda ajralib chiqishini rag‘batlantirishini ko‘rsatdi.

GLIATILIN bir tomondan xolinning donori bo‘lib, asetilxolinning sintezini oshiradi, bu o‘z navbatida neyrotransmissiyaga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, boshqa tomondan fosfatidilxolinning (membrana fosfolipidi) sintezida ishtirok etadigan gliserofosfatning donori hisoblanadi, natijada membranalarning egiluvchanligi va reseptorlarning faoliyati yaxshilanadi, bu sinaptik o‘tkazuvchanlikka ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.

QO‘LLANILISHI

– bosh-miyaning og‘ir jarohatini asosan miya ustuni darajasidagi shikastlanishining o‘tkir davrida (ongni buzilishi, komatoz holat, o‘chog‘li yarim shar simptomatikasi, miya ustunining shikastlanish simptomlari);

-ishemik tipdagi bosh miyada qon aylanishi buzilishi (o‘tkir va tiklanish davrida) va gemorragik tipdagi qon aylanishini buzilishi (tiklanish davrida)

– miyaning degenerativ va involyusion psixoorganik sindromlari va keksa yoshdagi shaxslarda xotirani buzilishi, es-xushni chalkashishi, dezorientasiya; motivasiya va tashabbuskorlikni kamayishi, diqqatning jamlanishini susayishi bilan xarakterlanadigan fikrlash faoliyatining birlamchi va ikkilamchi buzilishlari kabi serebrovaskulyar yetishmovchilik oqibatlari;

– emosional va xulq doirasidagi o‘zgarishlar: emosional beqarorlik, ta‘sirchanlik, qiziqishni pasayishi;

– qarilik soxtamelanxoliyasi

– multiinfarkt demensiya.

–turli sabablar natijasida kelib chikkan demensiya (Alsgeymer  tipidagi demensiya, qarilik demensiyasi, aralash turlari) Alsgeymer kasalligi, Gentington xoreyasi.

– kognitiv funksiyalarni buzilishi (fikrlash funksiyalarini buzilishi, xotira va  diqqatni jamlash) xar xil sabablarga ko‘ra bosh miyada qon aylanish buzilishi natijasida aqlzaiflikni yengil yeki og‘ir darajalari mavjud bo‘lgan bemorlarda: bosh miyada qon tomirlari aterosklerozi, dissirkulyator ensefalopatiya, arterial gipertoniyada qo‘llanadi.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR. Preparatga aniqlangan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

HOMILADORLIK VA LAKTASIYA. Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

NOJO‘YA TA‘SIRLARI. Odatda preparat hatto uzoq vaqt qo‘llanganida ham yaxshi o‘zlashtiriladi. Kam hollarda ko‘ngil aynishi (asosan dopaminergik faollashuv oqibati sifatida) paydo bo‘lishi mumkin, bunday hollarda preparatning dozasi kamaytiriladi.

MEXANIZMLARNI BOSHQARISH QOBILIYATIGA TA‘SIRI. Avtomobilni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

DOZALARI VA QO‘LLASH USULI.  O‘tkir xolatlarda GLIATILIN mushak ichiga yoki vena ichiga (tomchilab) sutkada 1 gr dan (1 ampula) 3 gr gacha qo‘llaniladi. Vena ichiga yuborilganda bir ampula (4 ml) 50 ml fiziologik eritmada eritilib tomchilab yuboriladi, minutiga 60-80 tomchi. Davolash davomiyligi odatda 10 kun, ammo zarur bo‘lganda davolash kursini ijobiy natijaga erishilguncha davom ettirish mumkin keyinchalik kapsula qabul qilishga o‘tkaziladi

Surunkali serebrovaskulyar yetishmovchilik va demensiya sindromlarida GLIATILIN 400 mg (1 kapsula) dan sutkada 2-3 marta buyuriladi, yaxshisi ovqatdan oldin.

Davolash davomiyligi 3-6 oyni tashkil qiladi.

DORI VOSITALARI BILAN O‘ZARO TA‘SIRI. Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

CHIQARILISH SHAKLI. GLIATILIN in‘eksiya uchun eritma: o‘ram plastik konteynerda 4 ml dan 3 ampulani (preparatning 1000 mg ampulada) va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomani saqlaydi.

GLIATILIN kapsulalari: o‘ram PVX/alyumin blisterlarda 14 kapsula va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma saqlaydi.

YAROQLILIK MUDDATI VA SAQLASH SHAROITI. Ampulalar – 5 yil. Kapsulalar – 3 yil.

+250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI. Shifokor resepti bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GLIATILIN 0,6/7ML eritma dlya priema vnutr 7ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GLIATILIN 0,6/7ML eritma dlya priema vnutr 7ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GLIATILIN 0,6/7ML eritma dlya priema vnutr 7ml N10 dori vositasi Мифарм С.п.А. tomonidan Italiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GLIATILIN 0,6/7ML eritma dlya priema vnutr 7ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GLIATILIN 0,6/7ML eritma dlya priema vnutr 7ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
GLIATILIN inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N3
Narh: 198 900 so'mdan Batafsil
GLIATILIN kapsulalar 400mg N14
Narh: 154 300 so'mdan Batafsil
SEREPRO kapsulalar 400mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Холина альфосцерат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Верофарм АО
MEDOTILIN inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Холина альфосцерат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S.
  • Vakil:
Narh: 155 800 so'mdan Batafsil
SERETON inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Холина альфосцерат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Сотекс Фармфирма, ЗАО
Narh: 147 800 so'mdan Batafsil
GLIYATON inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Холина альфосцерат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 123 200 so'mdan Batafsil
GLIYATON kapsulalar 400mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Холина альфосцерат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 240 000 so'mdan Batafsil
NOOXOLIN ROMFARM inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Холина альфосцерат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: К.О.Ромфарм Компани С.Р.Л.
Narh: 106 400 so'mdan Batafsil
SEREPRO inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Холина альфосцерат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Верофарм АО
SEREPRO kapsulalar 400mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Холина альфосцерат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Верофарм АО
Narh: 220 000 so'mdan Batafsil
SEREPRO kapsulalar 400mg N56
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Холина альфосцерат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Верофарм АО
Narh: 220 000 so'mdan Batafsil
SERETON inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Холина альфосцерат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармФирма "Сотекс",ЗАО
SERETON kapsulalar 400mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Холина альфосцерат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Артлайф ООО/ ФармФирма "Сотекс "ЗАО
SERETON kapsulalar 400mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Холина альфосцерат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Артлайф ООО/ ФармФирма "Сотекс "ЗАО
Narh: 268 800 so'mdan Batafsil
SERETON kapsulalar 400mg N56
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Холина альфосцерат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Артлайф ООО/ ФармФирма "Сотекс "ЗАО
Narh: 298 000 so'mdan Batafsil
SERETON kapsulalar 400mg N14
  • Faol modda: Холина альфосцерат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ЗАО НПО «Европа-Биофарм»
Другие формы препарата
GLIATILIN kapsulalar 400mg N14
GLIATILIN kapsulalar
GLIATILIN 0,4 kapsulalar N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya / Rossiya
  • Faol modda: Холина альфосцерат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Италфармако С.п.А./Фармакор Продакшн, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9