28 000 s`om dan
Dorixonalardan izlashYaroqlilik muddati (oy) | 24 |
faol modda: ibuprofen -100 mg
yordamchi moddalar: natriy tsitrati, natriy saxarinati, natriy xloridi, polisorbat 80, glitserin, ksantan yelimi, 70% li suyuq sorbitol, limon kislotasi, metilparagidroksibenzoati, propilparagidroksibenzoati, banan aromatizatori, in'ektsiya uchun suv - 5,0 ml gacha.
Сhiqarish shakli
Polietilen yoki polipropilendan tayyorlangan yunidozalar (ampulalar). Yunidozalar (ampulalar) tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.
Istma tushiruvchi ta'sir MNT ning araxidon kislotasi kaskadida TsOG-1 va TsOG-2 ning bloklanishi bilan bog'liq bo'lib, bu prostaglandinlarning sintezini kamaytiradi, ularning tserebrospinal suyuqlikdagi kontsentratsiyasini kamaytiradi va termoregulyatsiya markazining qo'zg'alishini kamaytiradi.
Isitmani pasaytirish ta'siri preparatni qabul qilganidan keyin 30 minutdan so'ng boshlanadi, uning maksimal ta'siri 3 soatdan so'ng namoyon bo'ladi.
Og'riq qoldiruvchi ta'sirning asosiy mexanizmi E, F va I sinflari prostaglandinlarining, biogen aminlarning ishlab chiqarishini pasayishida bo'lib, bu esa notsitseptorlarning sezuvchanligini o'zgarish darajasida giperal'giziyaning rivojlanishining oldini olishga olib keladi.
Og'riq qoldiruvchi ta'sir yallig'lanish og'rig'ida yaqqol namoyon bo'ladi.
Yallig'lanishga qarshi ta'sir TsOG faolligining kamaytirish va yallig'lanish mediatorlarining sekretsiyasini kamaytirishga, yallig'lanish jarayonining ekssudativ va proliferativ fazasini kamaytirishga olib keladigan yallig'lanish o'choqlarida prostaglandinlar sintezining kamayishi bilan bog'liq.
Isitma tushuruvchi va og'riq qoldiruvchi ta'siri, 5-7 kundan keyin namoyon bo'ladigan, yallig'lanishga qarshi ta'sirga qaraganda erta va kichik dozalarda namoyon bo'ladi.
Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar singari, ibuprofen ham antiagregant ta'sir ko'rsatadi.
Nafas tizimi tomonidan: xansirash, bronxospazm.
Nerv tizimi va sezgi a'zolari tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyqu buzilishi, xavotirlik, uyquchanlik, depressiya, qo'zg'alish, ko'rishni buzilishi (qaytalangan toksik ambliopiya, xira va ikkita ko'rish).
Qon yaratish a'zolari tomonidan: anemiya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, leykopeniya.
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: yurak yetishmovchiligini rivojlanishi va kuchayishi, taxikardiya, AQB ning oshishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: juda kam hollarda: o'tkir buyrak yetishmovchiligi (kompensatsiyalangan va dekompensatsiyalangan), ayniqsa uzoq vaqt qo'llaganda, qon plazmasida mochevina kontsentratsiyasini ortishi va shish paydo bo'lishi bilan, papillyar nekroz.
Allergik reaktsiyalar: teri qichishi, teri toshmasi (eritematoz yoki eshakemi), angionevrotik shish, anafilaktoid reaktsiyalar, anafilaktik shok, bronxospazm, isitma, ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan, Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), eozinofiliya, allergik rinit.
Boshqalar: ter ajralishini kuchayishi kuzatilishi mumkin.
Ushbu nojo'ya ta'sirlardan biri yuzaga kelganda, preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
NYaQV bilan uzoq muddatli davolash vaqtida periferik qon manzarasini va jigar va buyraklarning funktsional holatini kuzatish kerak.
Me'da-ichak yo'li tomonidan salbiy voqealar xavfini kamaytirish uchun, Ifenta minimal samarali dozasini mumkin bo'lgan minimal qisqa kursda qo'llash kerak.
NYaQV-gastropatiya belgilari paydo bo'lganda,e zofagogastroduodenoskopiya, gemoglobinni aniqlash bilan qon tahlili, gematokrit va axlatni yashirin qonga tekshirishdan iborat qat'i nazorat talab qilinadi.
Bevosita jarrohlik aralashuvlaridan keyin, anamnezida MIY dan qon ketish va MIY kasalliklari ko'rsatilganda, NYaQV bilan bog'liq allergik reaktsiyalarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Preparat antibakterial ta'sirga ega emas va anginani davolashda etarli davolanishni buyurish uchun shifokor maslahati talab qilinadi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Muhim nojo'ya ta'sirini rivojlanishini ehtimoli hisobga olib, davolash davrida, transport vositalarini haydash va psixomotor reaktsiyalar tezligiga va diqqatni yuqori kontsentratsiyasini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyati bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
-shamollash kasalliklarida;
-o'tkir respirator virusli infektsiyalar, shu jumladan grippda;
-angina (faringit);
-isitma bilan kechuvchi bolalar infektsiyasida;
-isitma bilan kechuvchi emlashdan keyingi reaktsiyalar.
Kuchsiz va o'rtacha intensivlikdagi, turli sababli og'riq sindromi:
-tish og'rig'i; tishlarni og'riqli chiqishi;
-o'rta quloq yallig'lanishidagi quloq og'rig'i;
-bosh og'rig'i, migren';
-nevralgiya, tayanch-xarakat tizimi jaroxatidan keyingi mushaklarda, bo'g'imlarda og'riqda qo'llanadi.
• Atsetilsalitsil kislotasi: shifokor tomonidan buyurilgan atsetilsalitsil kislotasining past dozalari (sutkada 75 mg dan ortiq bo'lmagan) bundan mustasno, chunki birga qo'llash nojo'ya ta'sirlar xavfini oshirishi mumkin. Ibuprofen bir vaqtning o'zida qo'llashda atsetilsalitsil kislotasining yallig'lanishga qarshi va antiagregant ta'sirini kamaytiradi (ibuprofenni qabul qilgandan keyin antiagregant vosita sifatida atsetilsalitsil kislotasining kichik dozalarda qabul qilayotgan bemorlarda o'tkir koronar yetishmovchiligi chastotasini oshirishi mumkin).
• Boshqa NYaQV, jumladan selektiv TsOG-2 ingibitorlari: NYaQV guruhidan ikki yoki undan ortiq dori bir vaqtning o'zida qo'llash nojo'ya ta'sirlar rivojlanish xavfi ortishi mumkinligi tufayli saqlanish kerak.
• Diuretiklar NYaQV larning nefrotoksikligini oshirishi mumkin. Diuretik ta'sirni kamayishi va buyrak yetishmovchiligining rivojlanish xavfi tufayli preparat va diuretiklarni bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak.
Quyidagi dori vositalar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilsin:
Antikoagulyantlar va trombolitik preparatlar: NYaQV lar antikoagulyantlar, xususan, varfarin va trombolitik preparatlarning ta'sirini oshirishi mumkin.
Antiagregantlar va serotoninning qayta qamrab olishini selektiv ingibitorlari: me'da-ichakdan qon ketishi rivojlanish xavfi oshdi.
Gipotenziv vositalar (AAF ingibitorlari va angiotenzin II antagonistlari) va diuretiklar: NYaQV lar bu dori guruhlarining samaradorligini kamaytirishi mumkin.
Glyukokortikosteroidlar: MIY yara hosil bo'lishi va me'da-ichakdan qon ketish xavfi ortadi.
Yurak glikozidlari: NYaQV va yurak glikozidlarini birgalikda qo'llash yurak yetishmovchiligini kuchaytiradi, glomerulyar fil'tratsiyasi tezligini kamaytiradi va qon plazmasida yurak glikozidlarning kontsentratsiyasini oshiradi.
Litiy preparatlari: NYaQV lardan qo'llashsh fonida qon plazmasida litiy kontsentratsiyasining oshishi ehtimoli haqida ma'lumotlar mavjud.
Metotreksat: NYaQV lardan qo'llash vaqtida qon plazmasida metotreksat kontsentratsiyasining oshishi ehtimoli haqida ma'lumotlar mavjud.
Tsiklosporin va oltin preparatlari buyraklardagi prostaglandinlar sinteziga ibuprofenning ta'sirini oshiradi, bu esa nefrotoksiklikning ortishi bilan namoyon bo'ladi.
Ibuprofen tsiklosporinning plazma kontsentratsiyasini va uning gepatotoksik ta'siri rivojlanish ehtimolini oshiradi.
Mifepriston: NYaQV lar mifepristonni qabul qilgandan keyin 8-12 kundan oldin boshlanishi kerak, chunki NYaQV lar mifepristonning samaradorligini kamaytirishi mumkin.
Takrolimus: NYaQV va tacrolimusning birgalikda yuborish nefrotoksiklik xavfini oshirishi mumkin.
Zidovudin: NYaQV va zidovudinning birgalikda ishlatilishi gematotoksiklikning oshishiga olib kelishi mumkin. Zidovudin va ibuprofen bilan birgalikda davolangan gemofiliya bo'lgan OITV-musbat bemorlarda gemartroz va gematomalar xavfi ortib borayotganligi haqida dalillar mavjud.
Xinolon qatori antibiotiklari: NYaQV va xinolon qatori antibiotiklar bilan birgalikda davolanadigan bemorlarda tirishish kelib chiqish xavfini oshirishi mumkin.
Mikrosomal oksidlanish induktorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, rifampitsin, fenilbutazon, tritsiklik antidepressantlar) gidroksillangan faol metabolitlar ishlab chiqarishni oshirib, og'ir gepatotoksik reaktsiyalar xavfini oshiradi.
Ibuprofen og'iz gipoglikemik vositalar (ayniqsa sulfanilmochevina unumlari) va insulin ta'sirini oshiradi.
Kofein og'riq qoldiruvchi samarani kuchaytiradi.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so'ng qo'llanilmasin.
Isitma (issiq) va og'riq:
Yosh (tana vazni) |
Bir martalik doza |
Qabul qilish soni |
Maksimal sutkalik doza |
3-6 oy (5-7,6 kg) |
2,5 ml dan (50 mg) |
3 marta |
sutkada 7,5 ml (150 mg). |
6-12 oy (7,7-9 kg) |
2,5 ml (50 mg) dan |
3-4 marta |
sutkada 10 ml (200 mg) dan ko'p emas. |
1-3 yosh (10-16 kg) |
5 ml (100 mg) |
3 marta |
15 ml (300 mg) |
3-6 yosh (16-20 kg) |
7,5 ml (150 mg) dan |
3 marta |
sutkada 22,5 ml (450 mg) dan ko'p emas. |
6-9 yosh (21-30 kg) |
10 ml (200 mg) |
3 marta |
30 ml (600 mg) |
9-12 yosh (30-40 kg) |
10 ml (200 mg) |
3-4 marta |
40 ml (800 mg) |
12 yoshdan katta (40 kg ko'p) |
15 ml (300 mg) |
3 marta |
sutkada 45 ml (900 mg) dan ko'p. |
Dozani xar 6-8 soat qaytarish mumkin. Maksimal sutkalik dozadan oshmasin |
*3 dan 6 oygacha bo'lgan bolalar uchun preparatni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so'ng qo'llash mumkin.
2 kun davomida istma tushuruvchi samara bo'lmasa va 3 kun davomida og'riq qoldiruvchi samara bo'lmasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Tana haroratining ko'tarilishi bilan kechadigan emlashdan keyingi reaktsiyalar:
Yoshi 6 oygacha bo'lgan bolalar: 2,5 ml (50 mg) preparat buyuriladi. Agar kerak bo'lsa, 6 soatdan keyin yana 2,5 ml (50 mg) qabul qilinadi. 24 soat davomida 5 ml (100 mg) dan ortiq qo'llanilmasin.
Preparatning toksik ta'siri bilan bog'liq jiddiy holatlar odatda tana vazniga 400 mg/kg dan yuqori dozani olganidan keyin paydo bo'ladi(ya'ni 80 tavsiya etilgan bir martalik doza).
Dozani oshirib yuborish holatlarida, darhol shifokor bilan maslahatlashilsin.
Dozani oshirib yuborilishini davolash: me'dani yuvish(faqat preparatni qabul qilgandan keyin bir soat ichida), aktiv uglerod, ishqoriy ichimlik, simptomatik davolash (kislota-asos holatini tuzatish, arterial qon bosimi).
Homiladorlikning I - II uch oylikda va emizish davrida qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak. Homiladorlikning I va II uch oylikda qo'llash faqat ona uchun kutilgan foyda homila uchun mumkin bo'lgan xavfdan ustun bo'lgan hollarda qo'llash mumkin.
Emizish davri. Ifenta oz miqdorda ona sutiga chiqariladi. Emizish davrida og'riq va isitmada qo'llashmumkin.