×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

IMMUNOMAKS liofilizat 200ed N3

Kategoriya:
- Immunomodulyatorlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Картофеля ростков экстракт
Qadoqda soni:
- 3
Ishlab chiqaruvchi:
- Авексима,ОАО Россия, произведено Иммафарма,ООО
ATX kodi:
- L03
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 8 ta dorixonasida topildi

ico 480 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

48 700 s`om dan
METILURASIL suppozitorii 500mg N10 Нижфарм-Stada CIS Rossiya
8 500 s`om dan
GENFERON LAYT suppozitorii 250000me N10 БИОКАД, ЗАО Rossiya
65 000 s`om dan
LEFNO tabletkalari 20mg N30 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
154 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
IMMUNOMAKS liofilizat 200ed N3 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

IMMUNOMAKS

IMMUNOMAX

 

Preparatning savdo nomi: Immunomaks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): immunomaks

Dori shakli: mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat.

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: immunomaks – 200 TB;

yordamchi modda: natriy xloridi – 7,2 mg.

Ta‘rifi: oq rangli liofilizasiya qilingan kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: immunomodulyator vosita.

ATX kodi: L03

Farmakologik ta‘siri

Farmakodinamikasi

Immunomaks virusli va bakterial infeksiyalardan immun himoyasini kuchaytiradi. Preparatning immunofarmakologik ta‘sir mexanizmi Immunomaksning quyidagi immun tizimi zvenolarini faollashtirishi bilan bog‘liq:

  • Immunomaksning ta‘siridan so‘ng 2-3 soatdan keyin SD69 faollashtirish molekulasini kuchli ekspressiya qiluvchi NK-hujayralari. NK-hujayralarning sitologik faolligi 3 marta oshadi;
  • aylanib yuruvchi monositlar Immunomaks bilan faollashtirilganidan so‘ng 2-4 soatdan keyin sitokinlarni: interleykin-8, interleykin-1β va alfa o‘sma nekrozining omilini ishlab chiqara boshlaydi;
  • neytrofil granulositlar monositlar orqali faollashadi, preparat neytrofil granulositlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sir ko‘rsatmaydi. Monositlar tomonidan ishlab chiqariladigan interleykin-8 neytrofil granulositlarning faollashuvini chaqiradi, u Immunomaks ta‘siridan so‘ng 24 soatdan keyin yaqqol namoyon bo‘ladi;
  • to‘qima makrofaglari, u bu hujayralarning morfologik o‘zgarishlarda, bakterisid substansiyalarning ishlab chiqarilishini kuchayishida, 5′-nukleotidazalarning faolligini o‘zgarishida namoyon bo‘ladi;
  • yog‘ antigenlarga qarshi eruvchi va korpuskulyar antitelalarni hosil bo‘lishi.

Immunomaks viruslar (odam papillomasi virusi, oddiy gerpes virusi, paravirus, go‘shtho‘rlarning o‘lati virusi va boshqalar) yoki bakteriyalar (ichak tayoqchasi, salmonella, stafilokokk, xlamidiya, mikoplazma, ureaplazma va boshqalar) chaqirgan infeksiyalardan himoyani kuchaytiradi. Preparatni bu ta‘siri kattalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda Immunomaksni turli yo‘llar bilan; mushak ichiga, vena ichiga, qorin bo‘shlig‘iga, og‘iz orqali yuborilganida namoyon bo‘ladi.

Farmakokinetikasi

Preparatni farmakokinetikasi uni peptidoglikan tabiatli bo‘lishi va juda kichik ta‘sir qiluvchi dozalari sababli o‘rganilmagan.

Qo‘llanilishi

  • susaygan immunitetni muvofiqlashtirish uchun;
  • odam papilloma virusi chaqirgan patologik holatlarni davolash uchun (kandilomalar, so‘gallar, displaziya va boshqalar).
  • oddiy gerpes, xlamidiya, mikoplazma, ureoplazma, boshqa bakteriyalar va viruslar chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Qo‘llash oldidan preparat 1 ml in‘eksiya uchun suvda eritiladi.

Kattalar va 12 yoshgacha va undan katta bolalarga tavsiya qilinadigan doza kasallikning og‘irligiga qarab 100-200 TB ni tashkil qiladi. Preparat kuniga bir marta mushak ichiga yuboriladi. Davolash kursi – davolashning 1, 2, 3, 8, 9, 10 kunlaridagi 6 in‘eksiyadan iborat.

Qaytalanuvchi anogenital so‘gallarni davolash uchun Immunomaksni 200 TB dan 6 in‘eksiyasi, so‘gallarning destruksiyasini umumiy qabul qilingan usullaridan biri bilan: kriodestruksiya, elektrokoagulyasiya, lazer destruksiya yoki solkoderm bilan birga qo‘llanadi.

Bakteriyalar yoki viruslar chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun Immunomaksning 100-200 TB dan 6 in‘eksiya kursi o‘tkaziladi.

Susaygan immunitetni muvofiqlashtirish uchun Immunomaksning 100-200 TB dan 3-6 in‘eksiya kursi o‘tkaziladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Aniqlanmagan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Immunomaksga shaxsiy o‘ta yuqori sezuvchanlik. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ta‘riflanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Agar homilador ayol uchun potensial foyda homila uchun kutiladigan zarardan oshsa qo‘llash ehtimoli bor. Immunomaks emizikli onalarga qabul qilish uchun tavsiya qilinmaydi.

Surunkali kasalliklari bo‘lgan bolalar va kattalarda dori preparatini qo‘llanilishining ahamiyati yo‘q.

Transport vositalari, mexanizmlarini boshqarish qobiliyatiga ta‘siri ehtimoli ma‘lumoti

Preparat yuqori diqqat konsentrasiyasi va tezkor psixomotor reaksiya talab qiluvchi transport vositalari, harakat mexanizmlari va boshqa potensial xavfli faoliyat turlarini boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish simptomlari ta‘riflanmagan.

 

Chiqarilish shakli

200 TB dan preparat birinchi gidrolitik sinf neytral shisha flakonlarda, germetik rezina tiqin bilan berkitilgan, alyumin qalpoqcha bilan siqilgan, yoki ampula.

3 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan korobka karton qutida.

Saqlash sharoiti

4°S dan 8°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

IMMUNOMAKS liofilizat 200ed N3 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
IMMUNOMAKS liofilizat 200ed N3 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
IMMUNOMAKS liofilizat 200ed N3 dori vositasi Авексима,ОАО Россия, произведено Иммафарма,ООО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
IMMUNOMAKS liofilizat 200ed N3 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
IMMUNOMAKS liofilizat 200ed N3 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9